Qo’shiq: Atlas qo’shig’i
Ustoz: Qani hamma menga qarasin.
Bolalar: (Yig’laydilar…)
Ustoz: Yana nima bo’ldi?
Bola: Uyimga ketaman, uyimni sog’indim…
Bolalar yig’laydilar…
Ustoz: Bo’ldi, bo’ldi, jiiim. Ana tanaffus ham bo’ldi, narsalaringizni yig’ishtiringlar. Xayr.
O’quvchi: Biz 1-sinfda o’qishni, yozishni, shakllarni, rasm chizishni, harflarni o’rgandik.
O’quvchi: 2019-2022-o’quv yili. 2-“B” sinf o’quvchilari.
1) Biz o’shanda g’o’r edik
Urushqoq va zo’r edik.
O’tirishni bilmasdik
Kerak ishni qilmasdik.
2) Anqayardik birimiz,
Gap sotardik birimiz
Qalam, ruchka ushlashga
Bo’ysunmasdi qo’limiz.
3) Kimlardir darsda mahal
Uxlab qolardi sal-pal
Kimdir sinfin topolmay
Yig’lab adashar har gal.
4) Bugun mana bo’yimiz
Cho’zilib katta bo’ldik.
Bunda o’qib o’rganib
Ancha narsani bildik.
5) Raxmat sizga ustozim
Mehribonsiz bag’oyat
Sizni xursand qilolsak
Shod bo’lamiz bag’oyat
Qo’shiq: Ustoz muallim (jonli)
Bolalar sinfda suxbatlashib o’tirishadi.
1-bola: O’rtoq bilasanmi men direktor bo’lsam nima qilgan bo’lardim?
2-bola: Nima qilarding?
1-bola: Mana shu miyani achitadigan ona tili va matematika fanlarini olib tashlab o’rniga jismoniy tarbiya fanini qo’ygan bo’lardim.
3-bola: Ha to’g’ri bu gaping menga maqul. Keyin texnologiya va rasmni ham qo’shib qo’y.
4-bola: Hozir qaysi dars?
Hammasi: O’qish.
2-bola: Menda bir fikr bor?
Bolalar maslahatlashadi.
3-bola: Diqqat, diqqat. Hamma menga qarasin. Juma, shanba, yakshanba hammamiz mazza qilib dam olamiz. Dushanba kuni esa og’ir fanlar, shuning uchun maktabga hech kim kelmasin. Agarda kim dushanba kuni darsga kelsa biz uni “Qo’rqoq” deb ataymiz.
2-bola: aytib qo’yay buni ustoz bilmasin.
1- bola: Ha, qachongacha o’qiymiz, o’qish ham jonga tegdi.
O’quvchi: 2020-yil 16- mart kuni barcha maktablar yopildi va ta’lim tizimi online shaklga o’tkazildi. Yurtimizga ko’rinmas virus Koronavirus kirib keldi.
Virus kiyimini kiygan bola sinfga kirib hamma joyga virus puflab chiqadi.
Keyin esa sinfni dezinfeksiya qilib chiqishadi.
1-bola: Maktabimni, ustozimni, sinfdoshlarimni sog’indim.
2-bola: Maktab qachon boshlanarkan, roziman kunda 7 soat matematika o’tishga.
3-bola: Heeey, internet ham jonga tegdi. Maktabimdan, ustozimdan, do’stlarimdan, sinfdoshlarimdan ayirmasin.
4-bola: Eeey, bunday bo’lishini kim bilibdi deysiz. Maktabni sog’indik, sinfda dars o’tishga nima yetsin.
5- bola: Bu biz uchun katta sinov bo’ldi. Butun sinfimiz bilan va’da beramiz. Hamma darsliklarni olib kelamiz va hamma fan biz uchun zarurligini bildik. Endi faqat a’lo baholarga o’qiymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |