Qo’shiq: Assalomu aleykum qo’shig’i. 1) Salom sizga onajonlar
Parvonasiz bizlarga.
Shodligimiz sheriklari
Bizday o’g’il-qizlarga
2) Mehri daryo oftob bo’lgan Har so’zi kitob bo’lgan Qilgan ishi savob bo’lgan Otajonlar Assalom. 3) Ustoz faqat salomimiz
Sizga kamlik qiladi.
Salom yo’llab o’quvchilar
Sizga ta’zim qiladi.
4) Katta-kichik baringizga Yo’llagaymiz biz salom. Ta’zim sizga, hurmat sizga Deymiz: Salom assalom. Qo’shiq: Xushkelibsiz qo’shig’i 1) Daryolar soyday bo’lsin
Ohanglar kuyday bo’lsin.
Bitiruv kechamiz ham
Tantana to’yday bo’lsin.
2) Bitiruv kechamizda Do’stlar o’ynab kuylaymiz. O’quvchining ilk kunin Birdam eslab qo’yamiz. 3) O’sha kuni ilk bora
Maktabga qadam qo’ydik
Yuraklarda bir tuyg’u
His va hayajon tuydik.
4) Qo’limizda guldasta Kirib keldik maktabga Mehr bilan Dilbar ustoz O’rgatdilar odobga. 5) O’sha kundan ustozim
Onamizday sevamiz.
Sizga o’xshab so’ylaymiz
Sizday qadam qo’yamiz.
6)Bag’ringizga intilib Bo’ldik bolangiz misol Bilim, hikmat bog’ida To’liqsiz ummon misol. 7)Qo’limizdan tutdingiz
Boshladingiz bir boqqa.
“Bilimlar mamlakati”
Gurkiragan gul boqqa.
8) Shundan beri siz bilim Bog’bonimizsiz ustoz O’ngimizning posboni Ustozim sizga ta’zim. Qo’shiq: Boychechak qo’shig’i SAHNA KO’RINISHI.
O’quvchi: Keling bir muddat ortga nazar tashlaymiz. 2018-2019- o’quv yili 1-B sinf Alifbe bayramiga tayyorgarlik.
Ustoz: Salom bolalar.
Bolalar: Assalomu aleykum.
Ustoz: O’tgan darsda nima o’tgandik?
( hech kim gapirmaydi) Ustoz : Esingizdan chiqdimi kecha o’tilgan harf? Darsni boshlaymiz…… Daftarlaringizni chiqaringlar…. Hamma doskaga qarasin.
Ustoz doskaga harflarni yozib turadi. Bola: Ustooooz…
Ustoz: Ha, nima bo’ldi?
Bola: Botinkamning ipi yechilib ketdi.
Ustoz: Hozir…. ( Botinkani ipi bog’lidi)
Ustoz: Bo’ldimi?
Bola: Bo’ldi
Ustoz: Qani darsimizni davom ettiramiz. Doskaga qaranglar.
Ustoz doskaga harflarni yozib turadi. Bola: Ustoooz
Ustoz: Ha, yana nima bo’ldi?
Bola: Qornim ochdi
Ustoz: Mayli yeguliklaringizni olib yeya qoling.
O’quvchilar sumkasidan non chiqarib yeyishadi Ustoz: Ha aytgancha, Alifbe bayrami uchun she’rlarimiz bor edi. Qani aytib beringlarchi?
“A” harfi: Ayil asal yaladi ko’p ko’p ko’p
Asalari taladi xo’p xo’p xo’p.
“F” harfi: Fil deganlari shumi? O’xshash xartumi, dumi.
Quloqlari shalpaygan, Pewonasi yalpaygan.
“G” harfi: Gulla go’zal gulgun diyorim,
Gul maskanim o’zbekistonim.
“N” harfi: Ninachi hoy ninachi, Nog’oraga o’ynachi.