Alohida tovarlar bo`iicha aktsiz solig’ini hisoblash xususiyatlari
Alkogolli mahsulot bo`yicha belgilangan tartibga muvofiq budjetga to`lanadigan aktsiz solig’i summasi belgilangan stavkalar bo`yicha hisoblab yozilgan soliq summasi bilan «O`zvinosanoat-xolding» XK maxsus hisobvarag’iga o`tkaziladigan soliq summasi o`rtasidagi ayirma sifatida belgilanadi.
Alkogolli mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko`rsatadigan bankda «O`zvinosanoat-xolding» XKga o`tkaziladigan, belgilangan stavka bo`yicha hisoblab chiqilgan aktsiz solig’ini to`lashga doir maxsus hisobvaraq ochadilar, bu soliq korxonaning ko`rsatilgan hisobvarag’iga har o`n kunda, aktsiz solig’ini to`lash muddatlaridan kechiktirmay o`tkaziladi.
«O`zvinosanoat-xolding» XKga tegishli bo`lgan aktsiz solig’i summasi, basharti korxona alkogolli mahsulotga doir aktsiz solig’i bo`yicha to`lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda ko`rsatilgan soliq turi bo`yicha boqimandalar mavjud bo`lmasa, kompaniyaning maxsus hisobvarag’iga yo`naltiriladi.
Alkogolli mahsulot bo`yicha aktsiz solig’i summasi hisob-kitobiga misol (1 l uchun)
T/r
|
|
Konyak
|
Aroq
|
Quvvatlantirilmagan vino
|
1
|
Tayyor mahsulot tarkibida bo`lgan spirt hajmi (%)
|
42
|
40
|
|
2
|
Aktsiz solig’i stavkasi
|
|
|
|
a)
|
(suvsiz etil spirtining 1l.ga so`mda)
|
4000
|
2660
|
—
|
b)
|
(tayyor mahsulotning 1 l.ga so`mda)
|
—
|
—
|
273,9
|
3
|
Hisoblab yozilgan aktsiz solig’ining summasi
|
|
|
|
a)
|
(1-satr x 2a satr : 100) (tayyor mahsulotning 1 l. uchun so`mda)
|
1680
|
1064
|
|
b)
|
(2b-satr) (tayyor mahsulotning1 l. uchun so`mda)
|
—
|
—
|
273,9
|
Alkogolli mahsulot bo`yicha budjetga to`lanadigan aktsiz solig’i
hisob-kitobiga misol (1 l uchun)
T/r
|
|
Konyak
|
Aroq
|
Quvvatlantirilmagan vino
|
1
|
Tayyor mahsulot tarkibida bo`lgan spirt hajmi (%)
|
42
|
40
|
|
2
|
Aktsiz solig’i stavkasi
|
|
|
|
a)
|
(suvsiz etil spirtining 1l.ga so`mda)
|
4000
|
2660
|
—
|
b)
|
(tayyor mahsulotning 1 l.ga so`mda)
|
—
|
—
|
273,9
|
3
|
Hisoblab yozilgan aktsiz solig’ining summasi
|
|
|
|
a)
|
(1-satr x 2a satr : 100) (tayyor mahsulotning 1 l. uchun so`mda)
|
1680
|
1064
|
|
b)
|
(2b-satr) (tayyor mahsulotning1 l. uchun so`mda)
|
—
|
—
|
273,9
|
4
|
«O`zvinosanoat-xolding» XK maxsus hisobvarag’iga yo`naltiriladigan aktsiz solig’ining stavkasi
|
|
|
|
a)
|
(suvsiz etil spirtining 1l.ga so`mda)
|
60
|
60
|
—
|
b)
|
(tayyor mahsulotning 1 l.ga so`mda)
|
—
|
—
|
12,0
|
5
|
«O`zvinosanoat-xolding» XK maxsus hisobvarag’iga yo`naltiriladigan aktsiz solig’ining stavkasi
|
|
|
|
a)
|
(1-satr x 4a satr : 100) (tayyor mahsulotning 1 l.i uchun so`mda )
|
25,2
|
24
|
—
|
b)
|
(4b- satr) (tayyor mahsulotning 1 l.i uchun so`mda)
|
—
|
—
|
12
|
6
|
Budjetga to`lanadigan aktsiz solig’ining summasi
|
|
|
|
a)
|
(3a –satr —5a-satr) ( tayyor mahsulotning 1 l.i uchun so`mda)
|
1654,8
|
1040
|
—
|
b)
|
(3b –satr —5b-satr) ( tayyor mahsulotning 1 l.i uchun so`mda)
|
—
|
—
|
261,9
|
O`simlik (paxta) yog’i bo`yicha
Belgilangan tartibga muvofiq oziq-ovqatda ishlatiladigan o`simlik (paxta) yog’i bo`yicha, bundan salomas va «O`zbekiston» yog’ini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog’ mustasno, budjetga to`lanadigan aktsiz solig’ining summasi bo`lib umumbelgilangan stavka bo`yicha hisoblab chiqilgan soliq summasi bilan maxsus hisob-varaqqa o`tkaziladigan soliq summasi o`rtasidagi farq hisoblanadi.
Bunda aktsiz solig’i summasi, korxona tomonidan belgilangan prognoz ko`rsatkichlari bajarilgan va o`simlik (paxta) yog’i bo`yicha aktsiz solishga doir boqimandalar mavjud bo`lmagan taqdirda, maxsus hisobvaraqqa yo`naltiriladi.
Tozalangan o`simlik (paxta) yog’i ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko`rsatadigan bankda belgilangan miqdorda hisoblab chiqarilgan aktsiz solig’ini to`lash bo`yicha alohida hisobvaraq ochadilar, u korxonaning ko`rsatilgan hisobvarag’iga har o`n kunda, aktsiz solig’ini to`lash muddatlaridan kechiktirmay o`tkaziladi.
Aktsiz solig’i bo`yicha prognoz ko`rsatkichlari bajarilgan va unga doir boqimanda bo`lmagan taqdirda korxonaning maxsus hisobvarag’ida to`plangan summa dalolatnoma asosida hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus hisobvaraqqa o`tkaziladi.
Belgilangan prognoz ko`rsatkichlari bajarilmagan yoki aktsiz solig’i bo`yicha boqimanda bo`lmagan taqdirda etishmayotgan summa dalolatnoma asosida korxona hisobvarag’ida to`ttlangan summa hisobiga budjetga undiriladi, to`plangan summaning qolgan qismi esa maxsus hisobvaraqqa o`tkaziladi.
O`simlik (paxta) yog’i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus hisobvaraqlarida to`plangan pul mablag’lari qat’iyan maqsadga ko`ra ishlatiladi, ya’ni maxsus hisobvaraqqa o`tkaziladi.
Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 6-kunidan kechiktirmay, maxsus hisobvaraqda to`iningan mablag’lar konvertatsiyaga yo`naltiriladi. Konvertatsiyalangan mablag’lar ikki bank kuni mobaynida hukumat kafolati bilan jalb etilgan kreditlarni qaytarishga yo`naltirilishi kerak. Soliq solishdan bo`shatib olingan mablag’lardan maqsadga ko`ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |