Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq



Download 0,65 Mb.
bet1/7
Sana13.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#790033
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
489 14.08.2020




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.06 Norezidentlarning foydasini soliqqa tortish / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.04 Qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni to‘ldirish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qarorga 5 va 6-ilovalar 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritsinlar;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda hisobot topshirish muddatlariga rioya qilmagan hamda to‘lov intizomini buzgan tadbirkorlik subyektlari mansabdor (jismoniy) shaxslariga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llash vakolatini soliq organlariga berishni va soliq huquqbuzarlikka oid ishlarni elektron yuritish tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-avgust,
489-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga
1-ILOVA
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]

Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (keyingi o‘rinlarda — soliq) salbiy farq summasini qoplash, shu jumladan, boshqa soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni uzish hisobiga qoplash Soliq kodeksiga va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarishga hamda chet davlat fuqarolariga soliq summasi o‘rnini qoplashga (TAX FREE) nisbatan ushbu Nizom qoidalari tatbiq etilmaydi.
4. Ushbu Nizom maqsadlarida qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi deganda Soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadigan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi salbiy farq tushuniladi.
Bunda xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha yetkazib beruvchilarga tovarlar (xizmatlar) qiymatida to‘langan soliq summasi tushuniladi.
5. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari, shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga (agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa) nol darajali stavkani qo‘llashda qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ushbu Nizomning 7 va 8-boblarida belgilangan tartibda o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
6. Soliq summasi o‘rnini qoplash masalasi qoida tariqasida soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq boshqarmasi tomonidan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi topshirig‘iga asosan soliq to‘lovchining arizasi va taqdim etilgan hujjatlari soliq to‘lovchi hisobga olingan joydan o‘zga joydagi soliq organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi va qaror qabul qilinishi mumkin.
7. Soliq summasi soliq to‘lovchiga soliq organining soliq summasi o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi qarori asosida soliq summasini qoplash (qaytarish) to‘g‘risidagi ariza tushgan sanadan e’tiboran oltmish kundan, ushbu Nizomning 6-bobida ko‘rsatilgan tartibda esa yetti kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim.
2-bob. Soliq summasini qoplash uchun asos bo‘luvchi hujjatlar va ularni taqdim etish tartibi
8. Soliq summasining qoplanishi soliq to‘lovchining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi qo‘shilgan qiymat solig‘ining qoplanishi lozim bo‘lgan summasini qaytarish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
9. Ariza soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali taqdim etiladi.
10. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari tomonidan soliq organiga bevosita yoki buyurtma xati bilan pochta, aloqasi xizmati orqali ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi.
11. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi deb e’tirof etilmagan holatlarda kontrakt hamda xorijiy xaridor tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini (ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Bunda, vositachilik shartnomasiga asosan vositachining (agentning) vositachilik haqi summasi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komitent hisobidan vositachiga kelib tushgan summadan ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hisobot (bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma) taqdim etiladi.
Ushbu xizmatlar butunjahon Internet axborot tarmog‘i orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa (elektron shakldagi xizmatlardan tashqari), kontrakt hamda xorijiy xaridor tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
12. Xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatilgan bo‘lsa, umumqabul qilingan xorijiy amaliyotga muvofiq tuzilgan hisobot va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xorijiy xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi ushbu xizmatlar haqiqatda realizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
13. Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar Soliq kodeksining 264-moddasi uchinchi qismida qayd qilingan shaxslarga ko‘rsatilganda arizaga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda realizatsiya qilingan suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish