Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq


-bob. Eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar va ularni taqdim etish tartibi



Download 0,65 Mb.
bet2/7
Sana13.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#790033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
489 14.08.2020

3-bob. Eksport operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar va ularni taqdim etish tartibi
14. Eksport operatsiyalari bo‘yicha soliq summasi o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qo‘shimcha tarzda soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi);
yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha xizmatlar realizatsiya qilinganda — ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirilgan yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri;
valyuta mablag‘lari tushganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi;
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi tovarlar eksport qilinganligi va valyuta mablag‘lari tushganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar.
Agar ushbu bandning ikkinchi-oltinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan hujjatlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud bo‘lsa, mazkur hujjatlarni soliq organiga taqdim etish talab etilmaydi.
15. Soliq kodeksining 262-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga nisbatan soliq summasi o‘rnini qoplashda ushbu Nizomning 14-bandi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etiladi.
16. Nol darajali stavka qo‘llanishi natijasida hosil bo‘lgan va qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasining asoslanganligini tasdiqlash uchun soliq to‘lovchi arizaga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda soliq to‘lovchiga qoplab berilishi lozim bo‘lgan soliq summasi bo‘yicha hisob-kitobni ilova qiladi.
Bunda tovarlarni eksportga jo‘natish va jo‘natilgan tovar uchun to‘lovlar turli chet el valyutasida amalga oshirilgan bo‘lsa, yuklab jo‘natish amalga oshirilgan sanadagi chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada (so‘mda) qayta hisoblab chiqishning ushbu Nizomga 7a-ilovadagi shaklga muvofiq hisob-kitobini ilova qiladi.
17. Soliq to‘lovchining arizasi ushbu Nizomda nazarda tutilgan ilovalarsiz taqdim etilsa, ushbu ariza soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilmagan holda besh kun mobaynida soliq to‘lovchiga qaytariladi. Arizasi ko‘rib chiqilmagan va qaytarilgan soliq to‘lovchi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan xolda, qayta ariza berishga haqli.
4-bob. Qoplanadigan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi
18. Qoplanishi nazarda tutilgan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan soliq organi kameral soliq tekshiruvini o‘tkazadi. Kameral soliq tekshiruvi soliq organining tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘isiz amalga oshiriladi.
Bunda arizada ko‘rsatib o‘tilgan soliq davri bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan avval soliq auditi o‘tkazilgan bo‘lsa, qoplanishi nazarda tutilgan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi.
19. Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilgan kundan keyingi kundan boshlanadi va ellik kungacha bo‘lgan muddatda yakunlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish davrida soliq organi zarur hujjatlar va mavjud tovar-moddiy boyliklari qoldig‘ini ko‘zdan kechirish, zarur hollarda sayyor soliq tekshiruvini tashkil etgan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish Soliq kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda hududni va binolarni ko‘zdan kechirish, Soliq kodeksining 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlarni talab qilib olish hamda Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan tartibda uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
21. Soliq organining mansabdor shaxsi kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlarni bayon etgan holda xulosa rasmiylashtiradi va bir kundan kechiktirmay tegishli qaror qabul qilish uchun soliq organi rahbariga (o‘rinbosariga) kiritadi.
22. Soliq summasini qoplash bo‘yicha o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bo‘yicha soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
23. Soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risidagi qaror soliq to‘lovchining arizasi olingan kundan boshlab ellik kundan oshmagan muddatda qabul qilinishi lozim.
24. Qaror kirish, tavsif-asoslantirish va qaror qismlaridan iborat bo‘ladi.
Kirish qismida: qaror qabul qilingan vaqt, joy, qarorni qabul qilgan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi, soliq to‘lovchining nomi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR), arizaning soliq organida ro‘yxatga olingan sanasi va raqami, qoplanishi so‘ralayotgan soliq summasi ko‘rsatiladi.
Tavsif-asoslantirish qismida: kameral soliq tekshiruvi o‘tkazgan mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi, boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini qoplash hisobiga yo‘naltiriladigan soliq summasi, bank hisobvarag‘iga qoplanishi (qaytarilishi) lozim deb topilgan soliq summasi, qoplanishi rad etilgan (to‘liq yoki qisman) hollarda esa, rad etish asoslari batafsil bayon qilinadi.
Qaror qismida: boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini qoplash hisobiga yo‘naltiriladigan soliq summasi, soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga qaytarilishi lozim deb topilgan soliq summasi, qoplanishi rad etilgan hollarda rad etilgan (to‘liq yoki qisman) soliq summasi hamda rad etilgan soliq summasi miqdorida soliq hisobotiga tuzatish kiritish majburiyati, qaror ustidan shikoyat qilish huquqi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Soliq summasini qoplashni rad etishni (to‘liq yoki qisman) o‘z ichiga olgan qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
soliq summasini hisobga olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
tovarlar (xizmatlar) xarid qilinishida hisobvaraq-fakturalar elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida rasmiylashtirilmaganda;
soliq to‘lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish to‘liq elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimi orqali amalga oshirilmaganligi aniqlanganda;
huquqni suiiste’mol qilish, qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali soliqni to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik holatlari aniqlanganda;
huquqni suiiste’mol qilish, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan soliq summasini qonunga xilof ravishda oshirish yoki to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi natijasida asossiz soliq nafi olinganlik holatlari aniqlanganda;
soliq to‘lovchi tomonidan iqtisodiy mazmuniga mos kelmaydigan xo‘jalik operatsiyalari hisobotda aks ettirilishi va (yoki) kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilish bo‘yicha majburiyat bajarilmasligi natijasida asossiz soliq nafi olinishi holatlari aniqlanganda;
soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshirilgan bitim (operatsiya)ning asosiy maqsadi soliq summasini to‘lamaslik (to‘liq to‘lamaslik) va (yoki) hisobga olish bo‘lgan hamda bitim (operatsiya) bo‘yicha majburiyat soliq to‘lovchi bilan tuzilgan shartnomaning tarafi bo‘lmagan shaxs yoki bitimni (operatsiyani) bajarish majburiyati shartnoma yoki qonun bo‘yicha yuklatilmagan shaxs tomonidan bajarilgan holatlar aniqlanganda;
bitimlar (operatsiyalar) haqiqiy emas va tadbirkorlik faoliyati doirasida daromad olishga qaratilmagan yoki (va) iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamagan deb topilganda;
soliq to‘lovchi tomonidan so‘ralgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki soxta hujjatlar taqdim etilganda, shuningdek, hududni, ishlab chiqarish, omborxona, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirishga, sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga to‘sqinlik qilinganda;
soliq to‘lovchi va unga tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan kontragentlar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaganda (to‘liq hisoblanmanganda);
hisobga olish huquqini beruvchi tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilish va sotish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligida ishtirok etgan yetkazib beruvchilarda (kontragentlarda) ushbu tovarlarning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
soliq to‘lovchi tomonidan asossiz soliqdan naf olinishiga olib keladigan, tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish zanjiridagi bitimlar (operatsiyalar) ishtirokchi shaxslarning o‘zaro bog‘liqligi (hukuqiy, iqtisodiy va boshqa nazorat ostidagi) aniqlanganda.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
26. Soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror soliq to‘lovchiga uning shaxsiy kabineti orqali, ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kundan kechiktirmay yuboriladi.
27. Soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida qaror qabul qilinganda qoplanishi asosli deb topilmagan soliq summasi yuzasidan Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan umumiy tartibda kameral soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.
28. Soliq organining qaroriga asosan qoplanishi rad etilgan soliq summasi yuzasidan soliq to‘lovchi asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.
Arizani qayta ko‘rib chiqishda ilgari soliq summasini qoplashni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha soliq summasini qoplashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5-bob. Soliq summasini qoplash tartibi
29. Soliq organining soliq summasini (to‘liq yoki qisman) qoplash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq soliq organi bir kun muddatda qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini hisobga olish orqali soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini uzishni Soliq kodeksining 104-moddasiga asosan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
30. Soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan bo‘lgan soliq qarzini uzish amalga oshirgandan so‘ng soliq organi tomonidan bir kun muddatda soliq summasining qolgan qismi bo‘yicha ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda soliq summasini qaytarish to‘g‘risidagi xulosa rasmiylashtiriladi va elektron shaklda (DSQ elektron axborot tizimi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yuboriladi.
31. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi DSQ axborot tizimi orqali soliq organlarining xulosasini olgandan so‘ng Davlat budjeti mablag‘lari doirasida bir kunda avtomatik tarzda soliq summasini soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
6-bob. Soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibi
32. Soliq kodeksining 274-moddasi to‘rtinchi qismiga binoan soliqning jami summasi o‘rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi bu haqda soliqni qaytarish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi:
belgilangan tartibda yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslarga;
soliqni qoplashga doir ariza bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini Soliq kodeksining 109 yoki 107-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq to‘lovchilarga;
eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa, nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari;
mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
soliq monitoringi ishtirokchilariga.
Quyidagi hollarda soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibi tatbiq etilmaydi:
arizaga ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan zarur hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan bo‘lsa;
ariza taqdim etilgan vaqtda soliq to‘lovchi soliqlarni to‘lamaslik xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar toifasiga mansub bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 25-bandi beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilarda qayd etilgan holatlar aniqlangan taqdirda, salbiy farqning asoslanmagan qismi doirasida.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
321. Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatib o‘tilgan soliq to‘lovchilar toifasidan tashqari intizomli soliq to‘lovchilarga ham soliq summasi o‘rnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
Soliq to‘lovchilarni insofli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari (talablari) va ularning ro‘yxatini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(321-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
33. Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qoplash uchun arizada ko‘rsatilgan soliq summasi unga to‘liq hajmda yetti kun ichida ushbu Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda qoplab beriladi. Bunda qoplanishi uchun arizada ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq soliq summasini qoplashning tezlashtirilgan tartibi tatbiq etilmaydigan hollarda soliq summasi asoslanganligi yuzasidan ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda kameral soliq tekshiruvi o‘tkaziladi va kameral soliq tekshiruvi yakuni bo‘yicha soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
34. Kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra arizada ko‘rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz deb topilsa, soliq to‘lovchi asossiz ravishda qoplangan soliq summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblagan holda Davlat budjetiga to‘lashi shart. Ko‘rsatilgan tartib chet el diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tatbiq etilmaydi.
7-bob. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlariga soliq summasini qoplash (qaytarish) tartibi
35. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari tomonidan rasmiy foydalanish, shuningdek, ularning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno), shu jumladan, ular bilan birga yashovchi oila a’zolarining (keyingi o‘rinlarda-diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlar hamda ularning oila a’zolari) shaxsiy ehtiyoji uchun sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan soliq summasi soliq organlariga sotib olish operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan xaridlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini ilova qilgan holda taqdim etilgan arizalar asosida qoplab (qaytarib) beriladi.
Bunday hujjatlar jumlasiga yetkazib beruvchilar tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida ajratib ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturalar, invoyslar, nazorat-kassa texnikasining cheklari, davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan chiptalar, talonlar, cheklar yoki shularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar kiradi.
36. Diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlar (shu jumladan, ular bilan birga yashovchi oila a’zolari) tomonidan sotib olingan tovarlar bo‘yicha to‘langan soliq summasi xorijiy davlatlarning diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalari orqali qoplanadi (qaytariladi).
37. Diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlar (shu jumladan, ular bilan birga yashovchi oila a’zolari) tomonidan bir yil mobaynida sotib olingan bir nechta avtotransport vositalari bo‘yicha to‘langan soliq summasi faqat bitta obyekt bo‘yicha qoplab (qaytarib) beriladi, uch yil mobaynida bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari sotib olingan bo‘lsa, soliq summasi faqat bitta obyekt bo‘yicha qoplab (qaytarib) beriladi. Bunda, ko‘rsatilgan shaxslar qaysi obyekt bo‘yicha soliq summasi qoplanishini mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ladilar.
38. Soliq organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar kameral soliq tekshiruvidan o‘tkaziladi va ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda ariza berilgan kundan e’tiboran besh kun mobaynida soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) yoki soliq summasini qoplashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
39. Soliq summasini qoplash (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida qaror qabul qilinganda qoplanishi lozim deb topilgan soliq summasi ushbu Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda qaytariladi.
40. Ushbu Nizomning 35 — 39-bandlarida belgilangan qoidalar tegishli chet davlatning qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga (shu jumladan, ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga) nisbatan soliq summasini qoplash tartibi belgilangan bo‘lsa yoxud bunday norma O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa qo‘llaniladi.
Agar tegishli xorijiy davlatning qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga, shu jumladan, ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga soliq summasini qoplashda qo‘shimcha cheklovlar yoki alohida shartlar mavjud bo‘lganda soliq organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar paritet asosda qo‘llanilishi mumkin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi har yili joriy yilning 1-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga, ushbu Nizomning 40-bandi:
birinchi xatboshisida qayd etilgan qoidalar tatbiq etiladigan xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlari ro‘yxati;
ikkinchi xatboshida qayd etilgan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar to‘g‘risida ma’lumotni tegishli xorijiy davlatning diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlariga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar va shartlar paritet asosda qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosasini ilova qilgan holda kiritadi.
8-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga soliq summasini qoplash (qaytarish) tartibi
42. Mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchisi tomonidan bitim doirasida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan soliq summasi ushbu soliq to‘lovchiga sotib olish operatsiya sanasini, summasini, xususiyatini aniqlash va uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan xaridlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etgan arizasi asosida qoplab (qaytarib) beriladi.
43. Bunday hujjatlar jumlasiga yetkazib beruvchilar tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida ajratib ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturalar, invoyslar va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar kiradi.
44. Soliq to‘lovchining arizasini ko‘rib chiqish, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish va soliq summasini qoplash (qaytarish) to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish ushbu Nizomning 10, 38 va 39-bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
45. Ushbu Nizomning 42 va 43-bandlarida belgilangan qoidalar mahsulot taqsimotiga oid bitimda soliq bo‘yicha nol darajali stavka qo‘llanishi nazarda tutilgan bo‘lsa tatbiq etiladi.
46. Mazkur bobda qayd etilgan shaxslarga soliq summasi 2020-yil 1-yanvardan keyin sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qoplab beriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
47. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan summani soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga qaytarish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish