Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq
489 14.08.2020
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) Oldingi tahrirga qarang. Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga 3-ILOVA [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.04 Qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari] Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlash tartibini belgilaydi va quyidagilarga nisabatan tatbiq etiladi: tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda; yuridik shaxsning mol-mulkidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) 239-moddasi to‘rtinchi qismi 6-bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda; agar Soliq kodeksining 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko‘rsatishda). 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymati — tovarlarning (xizmatlarning) ehtimolga eng yaqin va adolatli qiymati, shu jumladan, vakolatli organlar, baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadigan va (yoki) belgilangan, tovarlar (xizmatlar) bozorida realizatsiya qilinishi (ko‘rsatilishi) mumkin bo‘lgan qiymat; tovarlarning (xizmatlarning) bozori — xaridorning (sotuvchining) tovarlarni (xizmatlarni) O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida qo‘shimcha xarajatlarsiz olish (realizatsiya qilish) imkoniyatidan kelib chiqib aniqlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) muomalada bo‘lish sohasi. 3. Qonun hujjatlarida tovarlarning (xizmatlarning) qiymatini bozor qiymati sifatida aniqlashga nisbatan moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlaridan majburiy tarzda foydalanish lozimligi belgilangan taqdirda, mazkur standartlarda belgilangan qoidalardan foydalaniladi. 2-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash chog‘ida tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatini aniqlash tartibi 4. Soliq organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda — QQS) to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlarida quyidagi bitimlar (operatsiyalar) bo‘yicha soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanganligi o‘rganiladi: tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda, shu jumladan, tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalari bo‘yicha; tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘ziga tegishli mol-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol-mulk (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasi to‘liq yoki qisman hisobga olingan bo‘lsa, boshqaruv organi a’zolariga, xodimlarga, ularning oila a’zolariga yoxud boshqa shaxslarga soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun berishda (xizmatlar ko‘rsatishda); tovarlarni (xizmatlarni) bepul berish, bunda shunday berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan deb e’tirof etilganda. Bunda tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar ko‘rsatish Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi deb e’tirof etiladi: a) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan bo‘lsa; b) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur bo‘lsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liqligi asoslantirilgan bo‘lsa; v) qonun hujjatlari qoidalaridan kelib chiqilgan bo‘lsa. 5. Agar ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi Soliq kodeksining 248-moddasi birinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadi. Buning aksi isbotlanmagunga qadar mazkur qiymat bozor narxlariga muvofiq keladi deb qabul qilinadi. 6. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan bitimlarni (operatsiyalarni) amalga oshirayotganda tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymati quyidagilarni qo‘llagan holda aniqlanishi mumkin: o‘zining narxga doir ma’lumotlari (prays-varaqlar); axborot-narx agentliklari ma’lumotlari; ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar; birja xabarlari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinadigan yoki so‘rovga ko‘ra taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasi; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda narxlarni belgilash uchun normativlarni o‘rnatadigan vakolatli organlarning ma’lumotlari. Agar tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymati ko‘rsatib o‘tilgan organlarda turlicha bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida ularning o‘rtacha qiymati inobatga olinadi. 7. Tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatini ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan tartibda aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bunday qiymat baholovchi tashkilotlarning xulosalari asosida yoxud xarajatlarni indeksatsiyalash usulidan foydalangan holda aniqlanadi. 8. Tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatini xarajatlarni indeksatsiyalash usulidan foydalangan holda aniqlashda, muayyan tarmoqning sanoat mahsulotlarining xarid qilish sanasidan boshlab realizatsiya qilish sanasigacha bo‘lgan davrda ushbu tarmoqlardagi statistika organi tomonidan e’lon qilinadigan narx qimmatlashuvi indekslari asosida hisoblanadi. Bunda sanoat mahsuloti aynan qaysi tarmoqqa tegishli ekanligini aniq belgilash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, sanoat bo‘yicha umumiy indeks qo‘llaniladi. Funksional yoki iqtisodiy jihatdan eskirgan asosiy vositalar va tovarlarning bozor qiymati baholanayotganda dastlabki xarajatlarni indeksatsiyalash usulini qo‘llashda qolgan iqtisodiy xizmat qilish muddati yoki tegishli eskirish foizi hisobga olinadi. 9. Tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatini aniqlashda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida bitimlar tuzishda narxlarga qo‘yiladigan odatdagi ustamalar yoki chegirmalar hisobga olinadi. Xususan, quyidagilar yuzaga keltirgan chegirmalar hisobga olinadi: tovarlarga nisbatan bo‘lgan iste’mol talabining mavsumiy va boshqa tebranishlari; tovarlarning sifat yoki boshqa iste’mol xususiyatlarini yo‘qotishi; tovarlarning yaroqlilik yoki realizatsiya qilish muddatlarining tugashi (tugash sanasining yaqinlashishi); marketing siyosati, shu jumladan, unga o‘xshash tovarlar bo‘lmagan yangi tovarlarning (xizmatlarning) bozorga kirib borishi, shuningdek, tovarlarning (xizmatlarning) yangi bozorlarga kirib borishi; iste’molchilarni ular bilan tanishtirish maqsadida tovarlarning tajriba modellari va namunalarini realizatsiya qilish. 10. Soliq organi bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan farq qiladigan (u yoki bu tomonga) qiymatini qo‘llangani dalili aniqlangan taqdirda, Soliq kodeksining 248-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblangani kabi QQS bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. 11. Soliq organining ushbu Nizomga muvofiq tovarlar (xizmatlar) bozor qiymatidan kelib chiqib QQS bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi qarori Soliq kodeksining 223 yoki 224-moddalarida nazarda tutilgan moliyaviy jarimalarni qo‘llashga olib kelmaydi. 12. Soliq to‘lovchi soliq organining QQS bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan bitimning (operatsiyaning) qiymati bozor narxlariga muvofiqligini va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yo‘li bilan nizolashishga haqli. 13. Ushbu Nizomning 5 — 9-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bilan cheklanmagan holda bitim (operatsiya) natijalarini aniqlash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday vaziyatlar sud tartibida amalga oshiriladi. 3-bob. Yakunlovchi qoida 14. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu Nizomga rioya etishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qaroriga 4-ILOVA Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish kiritish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish kiritish tartibini belgilaydi. 2. Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deganda qonunchilikka muvofiq da’vo qilish muddati o‘tgan va undirish noreal bo‘lgan boshqa qarzlar bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar tushuniladi. 3. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq bazasiga tuzatish kiritish, tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. 4. Mazkur Nizom talablari Soliq kodeksining 15-moddasiga asosan lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda qarzdorlik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik hamda soliq qonunchiligini buzish holatlari aniqlanib jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda bankrot deb e’tirof etish orqali hosil bo‘lgan bo‘lishi lozim. 2-bob. Tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat bo‘yicha umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik yuzasidan qaror qabul qilish shartlari 5. Soliq to‘lovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bog‘liq bo‘lgan umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorliklarni chegirib tashlashga haqli. Bunda umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorliklarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 6. Majburiyatlar bekor qilinishi oqibatida qarzdor tomonidan so‘ndirilishi mumkin bo‘lmagan undirilishi umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida korxona rahbarining farmoyishini chiqarishi uchun quyidagi hujjatlar asos hisoblanadi: sud hal qiluv qaroriga binoan majburiyatlar tugatilganligi; bankrotlik (iqtisodiy sudning bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risidagi ajrimi); xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi yakuniy hisoboti; qarzdor jismoniy shaxs vafot etganligi yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb e’lon qilinganligi; qarzdorlikning da’vo qilish muddati o‘tganligi. 7. Quyidagi hollarda qarzdorliklar umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilmaydi: hujjatlar bilan tasdiqlanmagan qarzdorlik; huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish bilan bog‘liq kechikishlardan hosil bo‘lgan qarzdorlik; da’vo muddati oralig‘ida qarz beruvchi tomonidan o‘z pul mablag‘lari yoki aktivlarini muddati o‘tkazib yuborilgan holda uzoq vaqt mobaynida qarzni undirish choralari ko‘rilmagan qarzdorlik; kafolatli (kafillik majburiyati olingan) qarzdorlik; solidar shartnoma shartlari asosida yuzaga kelgan qarzdorlik. 8. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq solish maqsadlari uchun qarzdorlikni bekor qilish mezonlari hisob siyosatida aniqlanishi lozim. 3-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatishlar kiritish 9. Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki ko‘paytirish tarafga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. 10. Tadbirkorlik subyekti tomonidan umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlikni hisobdan chiqarishi uchun qarzdorlik summasi yuzaga kelganligini hamda da’vo muddati o‘tganligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar jamlangan bo‘lishi zarur. Bunda: to‘lov muddati aniq belgilangan shartnoma; shartnoma shartlariga muvofiq berilgan tovar moddiy qiymatliklarni o‘tkazish bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar hamda tovarlar (xizmatlar)ni qabul qilish dalolatnomalari; to‘lov topshiriqnomalari, shuningdek, oxirgi hisobot davrida tuzilgan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan debitor qarzdorlik haqiqatdan qaytarilmaganligini tasdiqlovchi inventarizatsiya hisoboti; umid qilib bo‘lmaydigan debitor qarzdorlikni hisobdan chiqarish yuzasidan chiqarilgan korxona rahbari farmoyishi. Shuningdek, soliq to‘lovchi oldida debitor qarzdorlik yuzaga kelganligi yuzasidan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari bo‘lishi mumkin. 11. Soliq bazasiga tuzatishlar kiritish vaqtida uni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatda turgan bo‘lishi lozim. 12. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha qarzdorlik summasi sud organlari tomonidan umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb topilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi bunday qarzdorlik bo‘yicha soliq solinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish summasiga mos ravishda kamaytiradi. 13. Umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hisobdan chiqarilganda soliq solinadigan aylanma summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturada aks ettirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi miqdorida, soliq solinadigan aylanma summa doirasida kamaytiriladi. 14. Qarzdorlik hisobdan chiqarilganda taraflar tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq hisoblangan jarima va penya summalari tuzatish kiritish summasiga kiritilmaydi. 15. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasiga tuzatish kiritish bir nechta aylanmalar rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura bo‘yicha quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: Download 0,65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |