Qoraqalpoq davlat unversiteti


II.Bob..Badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish kvalifikatsiya qilish bo’yicha oliy sud plenum qarori



Download 60,33 Kb.
bet9/11
Sana11.05.2022
Hajmi60,33 Kb.
#602026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5278404524908743356

II.Bob..Badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish kvalifikatsiya qilish bo’yicha oliy sud plenum qarori


Qasddan badanga turli darajada shikast yetkazish bilan bog’liq ishlar bo’yicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama qilib, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalari to’g’ri qo’llanilishini ta’minlash maqsadida, «Sudlar to’g’risida»gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarga tushuntirilsinki, badanga shikast yetkazish deganda, inson organlari yoki organizmi to’qimalari anatomik to’kisligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqi ta’sir oqibatida buzilishi tushunilmog’i lozim.
Badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og’irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo’lib, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining 1992 yil 21 oktyabrdagi buyrug’i bilan tasdiqlangan, badanga yetkazilgan shikast og’irligini sud-tibbiy yo’sinda belgilash qoidalariga muvofiq o’tkaziladi.
Shu sababli, badanga shikast yetkazilgan har bir holda JPK 173-moddasi birinchi qismining 1-bandi talabiga ko’ra sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanishi va o’tkazilishi shart bo’lib, uning xulosasi sud tomonidan qayd etilgan Qoidalar va ishning boshqa materiallari asosida (JPK 187-moddasi) baholanishi lozim.
2. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, badanga shikast yetkazishga oid ishlar bo’yicha qilmishni to’g’ri kvalifikasiya qilish uchun ayb shakli, badanga shikast yetkazish motivi, maqsadi va usuli, aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan oqibat o’rtasida sababiy bog’lanish mavjudligi, shuningdek ishning to’g’ri hal etilishi va aybdorga adolatli jazo belgilanishi uchun ahamiyatli bo’lgan boshqa holatlar batafsil aniqlanishi lozim.
3. Jinoyat kodeksi 104—110-moddalari bo’yicha javobgarlik aybdorda mazkur moddalar dispozisiyasida ko’rsatilgan shikastni boshqa bir odamga huquqqa xilof ravishda yetkazishga nisbatan qasd (to’g’ri yoki egri) mavjud bo’lgandagina kelib chiqadi.
Agar aybdor o’z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglasa, jabrlanuvchi badaniga muayyan darajada shikast yetkazishi mumkinligiga ko’zi yetsa va shuni xohlasa yoinki xohlamasada, bunga ongli ravishda yo’l qo’ysa yoki o’z qilmishidan kelib chiqadigan oqibatlarga befarq qarasa, barcha qilmish aslida kelib chiqqan oqibatlar bo’yicha kvalifikasiya qilinadi.
4. Badanga har qanday og’irlik darajasida qasddan yetkazilgan shikast uchun javobgarlik aybdorning qilmishi bilan kelib chiqqan, JK 104—110-moddalarida ko’rsatilgan oqibatlar o’rtasida sababiy bog’lanish mavjud bo’lishini taqozo etadi. Agar mazkur oqibatlar, garchi ular aybdorning huquqqa xilof harakatlari bilan bog’liq bo’lsada, biroq organizmning individual xususiyatlari yoki ko’rsatilgan tibbiy yordam tegishlicha bo’lmaganligi, jabrlanuvchining unga yetkazilgan ziyon og’irlashishiga sabab bo’lgan o’z harakatlari, aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan boshqa holatlar tufayli kelib chiqqan bo’lsa, qilmishni Jinoyat kodeksining ko’rsatilgan moddalari bilan kvalifikasiya qilish uchun asoslar bo’lmaydi.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104, 105, 109-moddalari birinchi qismlarida qayd etilgan badanga yetkaziladigan turli darajadagi shikast belgilari doirasi qat’iydir. Bunda badanga yetkazilgan shikast muayyan darajadagi og’irlikka taalluqliligini e’tirof etish uchun ulardan bittasi yetarli bo’ladi. Agar badanga yetkazilgan shikast og’ir, o’rtacha og’ir yoki yengil xususiyatga ega ekanligini ko’rsatuvchi bir necha belgi mavjudligi aniqlansa, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to’g’risidagi qarorda hamda sud hukmida ularning barchasi bayon etilishi shart.
Aybdorning qasddan qilgan harakatlari oqibatida jabrlanuvchi badaniga og’ir shikastdan tashqari boshqa og’irlik darajasidagi shikast yetkazilgan hollarda, qilmishni Jinoyat kodeksining badanga yengilroq darajada shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan qo’shimcha kvalifikasiya qilish talab etilmaydi.
6. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 104-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishi deganda, jarrohlik aralashuvisiz bartaraf etib bo’lmaydigan inson qiyofasiga yoqimsiz, seskantiradigan ko’rinish beruvchi jarohat (jumladan, mexanik ta’sir, olov, agressiv moddalar va h.k.lar ta’sirida yuz simmetriyasining, mimikaning buzilishi, chuqur chandiqlar, kertiklar paydo bo’lishi, badanning yara bosishi, burun, lab, quloqning ajratilishi va boshqa nuqsonlar) tushunilishi lozim.
Badan jarohatlarining tuzalmaydigan darajada ekanligini aniqlash sud-tibbiy ekspertiza vakolatiga taalluqli.
Jarohatlarni xunuklashtiruvchi deb topish masalasi tergov organlari va sudning vakolatiga tegishli bo’lib, u jamiyatda mavjud estetik tasavvurlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda hal etiladi. Bunda mazkur jarohatlarni kiyim, soch turmagi va boshqa yo’sinda yashirish imkoniyati borligi ularni xunuklashtiruvchi deb topish masalasini hal etishga ta’sir etmasligi lozim.
7. Qilmishni homiladorligi aybdorga ayon bo’lgan ayol badaniga qasddan yetkazilgan og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast sifatida kvalifikasiya qilish uchun (JK 104-moddasi ikkinchi qismining «a» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «b» bandi) ayolning homilador ekanligi holati uning badaniga shikast yetkazilgunga qadar aybdorga ma’lum bo’lgan bo’lishi lozim.
Bunda qilmishni mazkur belgi bilan kvalifikasiya qilish uchun homilani tushirishga nisbatan qasd mavjud bo’lishi, aybdorning harakatlari homilaning tushishiga olib kelmagan hollarda esa, badanga boshqa, tegishlicha, og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazilgan bo’lishi shart. Aks holda, harakatlar, kelib chiqqan oqibatlar bo’yicha, Jinoyat kodeksining badanga qasddan shikast yetkazish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bilan kvalifikasiya qilinadi.
Agar jabrlanuvchi homilador ekanligini aybdor anglamagan bo’lsa, uning badanga qasddan yetkazilgan va homilaning tushishiga sabab bo’lgan shikast faqat aybdorda jabrlanuvchi badaniga og’ir shikast yetkazishga nisbatan qasd mavjud bo’lgan holda JK 104-moddasi birinchi qismi bilan, aks holda JK 111-moddasi bilan kvalifikasiya qilinmog’i lozim.
8. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 104-moddasi ikkinchi qismining «b» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «v» bandi bilan o’z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga bunday shaxs tomonidan o’z xizmat faoliyati yoki fuqarolik burchini bajarishga to’sqinlik qilish, shuningdek bunday faoliyat uchun o’ch olish maqsadida qasddan og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazgan aybdorning harakatlari kvalifikasiya qilinishi lozim.
Fuqarolik burchini bajarish deganda, jumladan, insonning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida mustahkamlangan majburiyatlarni bajarishga qaratilgan har qanday qonuniy faoliyati tushuniladi.
9. Badanga qasddan yetkazilgan og’ir yoki o’rtacha og’ir shikastni o’ta shafqatsizlik bilan yetkazilgan deb tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining «v» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «g» bandi bo’yicha kvalifikasiya qilish uchun aybdorda jabrlanuvchiga bunday shikastni alohida jismoniy yoki ruhiy azob beruvchi usulda yetkazishga nisbatan qasd mavjud bo’lganligini aniqlash lozim.
O’ta shafqatsizlik, jumladan badanga og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazishga sabab bo’lgan azoblash va qiynashda namoyon bo’ladi. Bunda azoblash deganda, uzoq vaqt ovqat, suv yoki issiqlikdan mahrum qilish kabi xo’rlovchi harakatlar, yoxud insonni sog’liq uchun ziyon yetkazuvchi sharoitga solish yoki unda qoldirish va h.k. tushunilishi lozim. Qiynash deganda, ko’p marta yoki uzoq vaqt davomida og’riq yetkazuvchi, jumladan, muttasil do’pposlash, chimchilash, kesish, o’tmas yoki o’tkir-sanchiluvchi (kesuvchi) predmetlar bilan ko’p sonli, biroq chuqur bo’lmagan jarohatlar yetkazish, elektr yoki termik omillar orqali ta’sir ko’rsatish va h.k. bilan bog’liq harakatlar tushunilishi lozim.
Badanga qasddan og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazish usulini o’ta shafqatsizlik xususiyatiga ega deb topish masalasini hal qilish sud-tibbiyot ekspertining emas, tergov organlari va sudlar vakolatiga taalluqli.
Jabrlanuvchi uchun yaqin shaxslar ko’z o’ngida uning badaniga qasddan og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazish holati ham basharti bunda aybdor o’z harakatlari bilan ularga alohida azob berayotganligini anglagan bo’lsa, aybdor tomonidan namoyon etilgan o’ta shafqatsizlik ifodasi sifatida baholanishi lozim. Jabrlanuvchi uchun yaqin shaxslar toifasiga uning yaqin qarindoshlari bilan bir qatorda, u bilan alohida do’stlik munosabatlarida bo’lgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.
10. Badanga qasddan ommaviy tartibsizliklar jarayonida yetkazilgan og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining «g» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «d» bandi bo’yicha kvalifikasiya qilinishi lozim.
Agar aybdor tomonidan ommaviy tartibsizliklar jarayonida qasddan badanga og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazishdan tashqari yakson qilish, buzish, o’t qo’yish va shu kabi boshqa jinoyatlar sodir qilingan bo’lsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui bo’yicha kvalifikasiya qilinishi lozim.
11. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan tamagirlik niyatida, ayni paytda, bosqinchilik belgilari mavjud bo’lmagan holda yetkazilgan og’ir, o’rtacha og’ir shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining «d» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «ye» bandi bilan kvalifikasiya qilinadi.
12. Badanga qasddan bezorilik tuyg’usida yetkazilgan og’ir shikast JK 104-moddasi ikkinchi qismining «ye» bandi bilan kvalifikasiya qilinadi va JK 277-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikasiya qilishni talab etmaydi. Agar aybdor mazkur jinoyatdan tashqari yana bezorilik jinoyati belgilari mavjud boshqa harakatlarni sodir etgan bo’lsa, qilmish JK 104-moddasi ikkinchi qismining «ye» bandi va 277-moddasining tegishli qismida ko’rsatilgan jinoyatlar majmui bo’yicha kvalifikasiya qilinishi lozim.
13. Badanga qasddan yetkazilgan og’ir, o’rtacha og’ir shikastni millatlararo yoki irqiy adovat zamirida yetkazilgan (JK 104-moddasi ikkinchi qismining «j» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «j» bandi bo’yicha) deb kvalifikasiya qilish uchun aybdor tomonidan bunday harakatlar boshqa motivlarda (masalan, muayyan jabrlanuvchiga nisbatan rashk, o’ch olish, shaxsiy kelishmovchilik munosabati tufayli) emas, balki aynan ushbu bandda nazarda tutilgan motivda sodir etilganligi aniqlanishi lozim.
14. JK 104-moddasi ikkinchi qismining «z» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «z» bandi bilan jabrlanuvchiga nisbatan diniy taassublar zamirida uning diniy e’tiqodi munosabati bilan, aksariyat hollarda, muayyan diniy konfessiya sha’ni va obro’sini kamsitish, diniy adovat yoki ixtilof qo’zg’atish maqsadida qasddan yetkazilgan, tegishlicha, og’ir, o’rtacha og’ir shikast kvalifikasiya qilinishi lozim.
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jabrlanuvchi badaniga uning organlari yoki to’qimalarini qonunsiz olish paytida yetkazilgan og’ir shikast ham transplantasiya maqsadida uni o’z organlari yoki to’qimalarini berishga majburlash paytida yetkazilgan og’ir shikast ham JK 104-moddasi ikkinchi qismining «i» bandi bilan kvalifikasiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning harakatlari natijasida kishi organi yoki to’qimasi olingan bo’lishi shart bo’lmay, unda transplantat olish maqsadi borligi aniqlanishining o’zi kifoya.
16. Badanga qasddan og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazgan bir guruh shaxslarning harakatlari, oldindan til biriktirilgan yoki biriktirilmaganligidan qat’i nazar, tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining «k» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «i» bandi bilan kvalifikasiya qilinishi lozim.
Bunda badanga qasddan og’ir, o’rtacha og’ir shikast bir guruh shaxslar tomonidan yetkazilgan deb topish uchun ikki va undan ortiq shaxs bunday shikast yetkazish maqsadida birgalikda harakat qilib, uni sodir etishda ham ijrochi sifatida qatnashgan bo’lishi kerak. Biroq, badanga shikast ulardan har biri tomonidan yetkazilgan bo’lishi shart emas (masalan, guruh ishtirokchilaridan biri jabrlanuvchining qarshiligini bostirsa, ayni paytda boshqasi unga jarohat yetkazadi). Badanga og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazishga qaratilgan harakatlar bir shaxs tomonidan sodir etilish jarayonida unga boshqa shaxslar shu maqsadda kelib qo’shilganda ham bunday jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topilishi kerak.
17. Ikki va undan ortiq shaxs badaniga qasddan yetkazilgan og’ir, o’rtacha og’ir shikast, basharti aybdorning harakatlari yagona qasd bilan qamrab olingan va odatda, uzluksiz bir vaqtning o’zida yoki juda qisqa vaqt ichida sodir etilgan bo’lsa, JK 104-moddasi uchinchi qismining «a» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «a» bandi bilan kvalifikasiya qilinishi lozim.
18. Qasddan badanga ikki va undan ortiq marta, uni sodir etishga yagona qasd mavjud bo’lmagan holda va odatda turli vaqtda og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazish, tegishlicha, JK 104-moddasi uchinchi qismining «b» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «k» bandi bilan takroriylik belgisi bo’yicha kvalifikasiya qilinadi.
Qasddan badanga yetkazilgan og’ir, o’rtacha og’ir shikastni, tegishlicha, takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan deb kvalifikasiya qilish uchun aybdor jinoyatning ijrochisi yoki boshqa turdagi ishtirokchisi ekanligi ahamiyat kasb etmaydi.
Ayni paytda, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, aybdor tomonidan muqaddam boshqa jinoyat sodir etilgan bo’lib, uning tarkibiy qismini qasddan og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazish tashkil etilganligi (masalan, shaxs muqaddam bosqinchilik, terrorizm, bezorilik, harbiy xizmatchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish va h.k. jinoyatlarni sodir etgan bo’lsa) qilmishni JK 104-moddasi uchinchi qismining «b» bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining «k» bandi bilan takroriylik belgisi bo’yicha kvalifikasiya qilish uchun asos bo’lmaydi.
Ishtirokchilikda badanga qasddan og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazilganda, takroriylik sifatidagi kvalifikasiya belgisi, faqat, ushbu belgiga loyiq aybdorga nisbatan qo’llanilib, boshqa ishtirokchilarga nisbatan qo’llanilishi istisno etiladi.
19. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, jabrlanuvchi badaniga uning o’lishiga sabab bo’lgan og’ir shikast yetkazilishi, faqat aybdorda og’ir shikast yetkazishga nisbatan qasd va o’lim kelib chiqishi tariqasidagi oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik ko’rinishidagi ayb mavjud bo’lgandagina JK 104-moddasi uchinchi qismining «d» bandi bilan kvalifikasiya qilinadi. Bunda, qilmishni shu taqlid kvalifikasiya qilish uchun badanga yetkazilgan og’ir shikast bilan kelib chiqqan o’lim o’rtasida sababiy bog’lanish borligi aniqlanishi shart.
Kelib chiqqan o’limga nisbatan ehtiyotsizlik ko’rinishidagi ayb, jumladan aybdor tomonidan o’ldirib qo’yish ehtimoli anglanganligidan dalolat bermaydigan usul yoki qurol bilan yoxud hayotiy muhim bo’lmagan organlariga yetkazilganligida va shunga o’xshash boshqa holatlarda namoyon bo’lishi mumkin.
20. Sudlar badanga qasddan yetkazilgan va jabrlanuvchining o’lishiga sabab bo’lgan og’ir shikastni ehtiyotsizlik orqasida odam o’ldirishdan farqlashlari lozim. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, ehtiyotsizlik orqasida odam o’ldirishda aybdorda jabrlanuvchi badaniga og’ir shikast yetkazishga nisbatan ham, uni o’ldirib qo’yishga nisbatan ham qasd bo’lmasligi taqozo etilsa, jabrlanuvchi badaniga uning o’lishiga sabab bo’lgan og’ir shikast yetkazilganda esa, shaxsning qasdi jabrlanuvchiga shunday shikast yetkazishga qaratilgan bo’ladi.
21. JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari, 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikasiya belgilari mavjud bo’lgan holda badanga qasddan og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazish ushbu bandlarning barchasi bilan kvalifikasiya qilinadi. Bunday hollarda jazo bir necha kvalifikasiya belgisi mavjudligi hisobga olingan holda tayinlanishi lozim.
Aybdorning harakatlarida JK 104-moddasining ham ikkinchi ham uchinchi qismlarida nazarda tutilgan kvalifikasiya belgilari mavjud bo’lgan hollarda, barcha qilmish JK 104-moddasining uchinchi qismi bo’yicha kvalifikasiya qilinishi lozim bo’lib, biroq shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etish to’g’risidagi qarorda va hukmda barcha kvalifikasiya belgilari ko’rsatilishi shart.
Ayblanuvchiga, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi yoki uchinchi qismlari, 105-moddasi ikkinchi qismining ikki va undan ortiq bandlarida nazarda tutilgan kvalifikasiya belgilari mavjud bo’lgan holda badanga qasddan og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazganligi yuzasidan ayb qo’yilib, biroq ulardan ayrimlari o’z tasdig’ini topmasa, hukmning tavsif qismida u yoki bu bandlar bo’yicha ayblov asossiz deb topilganligi to’g’risida motivlar keltirilib, xulosa qilinishining o’zi yetarli.
22. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, agar aybdor qo’llagan zo’rlik jabrlanuvchini do’pposlash, uning badaniga yengil yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazishga sabab bo’lsa, jabrlanuvchi badaniga og’ir shikast (yoki jabrlanuvchining o’limi) aybdorning aybi bilan qamrab olinmagan holatlar bo’yicha (masalan, zarbadan so’ng yiqilish natijasida) kelib chiqqan bo’lsa, aybdor oqibatiga ko’zi yetmagan, biroq ko’zi yetishi shart va mumkin bo’lgan yoxud ko’zi yetsada, yetarli asoslarsiz uning oldini olishni mo’ljallab qilgan harakatlari natijasida kelib chiqqan oqibatlar JK 111 yoki 102-moddalari bilan kvalifikasiya qilinadi. Bunday paytda badanga qasddan yetkazilgan shikastlar alohida yuridik baholanishi lozim. Bunday harakatlarda jinoiy jazoga sazovor qilmish belgilari mavjud bo’lsa javobgarlik jinoyatlar majmui bo’yicha kelib chiqadi.
Agar zo’rlik oqibatida qasddan badanga og’ir shikast yetkazilgan bo’lib, jabrlanuvchining aybdor ehtiyotsizlik shaklida subyektiv munosabat bildirgan o’limi olingan jarohatlar, masalan, yiqilish oqibatida kelib chiqqan bo’lsa, qilmish qasddan badanga og’ir shikast yetkazish va ehtiyotsizlik orqasida odam o’ldirish jinoyatlari majmui bo’yicha kvalifikasiya qilinadi.
23. Sudlarga tushuntirilsinki, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazish, hatto JK 104-moddasi uchinchi qismida ko’rsatilgan aybni og’irlashtiruvchi belgilar mavjud bo’lgan taqdirda ham tegishlicha JK 104, 105-moddasi bilan kvalifikasiya qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar, jumladan, ular ehtiyotsizlik orqasida o’limga sabab bo’lgan holda ham tegishlicha JK 106, 107, 108-moddalari bilan kvalifikasiya qilinishi lozim.
24. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, badanga qasddan, sog’liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo’lmagan muddatga yo’qolishiga sabab bo’lmagan darajada yengil shikast yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Badanga qasddan bunday shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, faqat u shunday qilmish uchun shaxsga nisbatan ma’muriy jazo ma’muriy jazo qo’llash to’g’risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida takroran sodir etilgan (JK 109-moddasining birinchi qismi) yoki sog’liqning qisqa vaqt davomida yomonlashuviga sabab bo’lgan (JK 109-moddasining ikkinchi qismi) holdagina kelib chiqadi.
25. Aybdorning harakatlarini JK 110-moddasi bilan kvalifikasiya qilish uchun do’pposlash yoki qiynash xususiyatiga ega bo’lgan boshqa harakatlar qasddan, muttasil, ya’ni jabrlanuvchiga jismoniy yoki ruhiy azob berish maqsadida yagona qasd bilan qamrab olingan va kamida uch marta sodir etilganligi aniqlanishi lozim.
Qiynash jarayonida badanga yengil shikast yetkazish (u sog’liqning yomonlashuviga olib kelgan-kelmaganligidan qat’i nazar) JK 110-moddasi bilan qamrab olinadi va JK 109-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikasiya qilinishini talab etmaydi.
Agar qiynash jarayonida badanga og’ir, o’rtacha og’ir shikast yetkazilgan bo’lsa qilmishni, bunday jarohat yetkazishga nisbatan qasd mavjud bo’lgan taqdirda, JK 104 yoki 105-moddasi bilan kvalifikasiya qilish lozim bo’lib, uni JK 110-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikasiya qilish talab etilmaydi.
26. Mazkur toifa ishlar bo’yicha jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni undirish masalasini hal etish chog’ida sudlar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 11 sentyabrdagi «Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti to’g’risida»gi qarorida mavjud tushuntirishlarga amal qilishlari lozim
1&. Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish (O’zb.Res.JK 105-moddasi)
Mazkur jinoyatning bevosita obyekti badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilgan shaxsning sogʻligi daxlsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.Jinoyatning obyektiv tomoni shaxs sogʻligiga zarar yetkazuvchi harakat va harakatsizlik JK 105-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyektiv tomondan toʻgʻri va egri qasd bilan sodir etiladi.Oʻzbekiston Respublikasi JK 105-moddasi 2-qismida javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlarda badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
(Mazkur kvalifikatsiya belgilari haqida toʻliq ma’lumotni JK 104- moddasi 2- va 3-qismining tahlilida koʻrishingiz mumkin.)
Yengillashtiruvchi holatlarda badanga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik
Yengillashtiruvchi holatlarda sodir etilgan badanga shikast yetkazish jumlasiga kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish (JK 106-moddasi); zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish (JK 107-moddasi); ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish (JK 108-moddasi) kiradi.Mazkur jinoyat tarkibini ochishda yengillashtiruvchi holatlarda odam oʻldirish bilan bogʻliq qoidalarga asoslanish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq, qilmishni baholashda yana shuni e’tiborga olish lozimki,
«kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, hatto JK 104-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan aybni ogʻirlashtiruvchi belgilar mavjud boʻlgan taqdirda ham tegishlicha JK 104, 105-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar, jumladan, ular ehtiyotsizlik orqasida oʻlimga sabab boʻlgan holda ham, tegishlicha JK 106, 107, 108-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim».qiynoq, jismoniy ogʻriq va azob beradigan bir necha martalik yoki bir martalik harakatlardan iboratdir. Qiynash natijasida badanga yengil shikast yetkazilishi yoki yetkazilmasligi mumkin. Agar bunday shikastlar yetkazilgan boʻlsa, qilmish JK 110-moddasi bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha kvalifikatsiyani talab qilmaydi. Agar qiynash natijasida badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilgan boʻlsa, jinoyat JK 104-moddasi yoki 105-moddasining tegishli bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak 1.
Jinoyat doʻpposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash muttasil ravishda sodir etilgan paytdan e’tiboran tamom boʻlgan deb topiladi.

Download 60,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish