Ruhiy kasallikka chalinish
Oʻzbekiston Respublikasi JK 104-moddasida badanga ogʻir shikast yetkazilganlik natijasida ruhiy kasalga chalinish koʻrsatib oʻtilgan, bunda jabrlanuvchi, odatda, oʻzi qilayotgan harakatining xususiyatini anglash qobiliyatini yoʻqotadi va odamlar bilan muloqot qilishdan mahrum boʻladi.
Ruhiy (psixik) kasallik normal ruhiy faoliyatning buzilishi boʻlib, u shaxsning atrofdagi voqelikni toʻgʻri idrok etish va oʻz xulq-atvorini nazorat qilish layoqatiga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Bu idrok, tafakkur, xotira, hissiyot, diqqat-e’tibor, iroda, qiziqish va yurish-turish izdan chiqishida namoyon boʻladi.
Ruhiy kasallik tashxisi va uning yetkazilgan jarohat bilan bogʻliqligi ruhiy-psixiatrik ekspertiza oʻtkazib aniqlanadi. Bunday shikastlanishning ogʻirlik darajasi sud-tibbiyot ekspertining ishtirokida aniqlanadi.
Sogʻliq buzilib, umumiy mehnat qobiliyatining 33 % dan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiGarchi badanga yetkazilgan shikast hayot uchun xavfli boʻlmasa yoki a’zo ishdan chiqmasa-da, jabrlanuvchi umuman sogʻliqning buzilishi natijasida mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismini doimiy yoʻqotsa, badanga ogʻir shikast yetkazish deb hisoblanadi.
JK 104-moddasida jabrlanuvchiga huquqqa xilof ta’sir etish natijasida umumiy mehnat qobiliyatining yoʻqotilishiga alohida e’tibor berilgan. Bunday holatda mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi barqaror, ya’ni doimiy yoki ma’lum boʻlmagan uzoq muddatga yoʻqotilgan boʻlishi lozim.Tan jarohati natijasida yoʻqotilgan umumiy mehnat qobiliyatining foizlarda ifodalangan jadvali orqali obyektiv tomonlarni inobatga olgan holda jarohat oqibati kelib chiqqandan soʻng belgilanadi.Bolalarda mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi «Qoidalar»da belgilab qoʻyilgan umumiy qoidalardan kelib chiqqan holda, katta yoshli
shaxslarniki singari, nogironlarniki esa nogironligi va uning guruhidan qat’i nazar, amaliy jihatdan sogʻlom kishilarniki singari aniqlanadi.
Homilaning tushishiHomilaning tushishi ogʻir tan jarohati jumlasiga kiradi, chunki uning hatto tibbiyot muassasasida tushishi homilador ayolning sogʻligi yoki hayoti uchun xavflidir.
Homila zoʻrlik ishlatilishi natijasida tushganida esa bu xavf yanada ortadi. Bundan tashqari, homilaning tushishi natijasida ayol onalikdan mahrum boʻladi, homila nobud boʻladi, hayot uziladi, ayol vujudiga ogʻir ziyon yetadi. Bunday qilmish tufayli ayolga jiddiy ma’naviy, ruhiy ziyon yetkaziladi va bu hol uning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi.Homilaning tushishi, uning muddatidan qat’i nazar, agar bu holat organizmning individual xususiyati bilan bogʻliq boʻlmasdan, yetkazilgan zarar bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ogʻir tan jarohati deb topiladi. Bunday holatda sud-tibbiyot ekspertizasi akusher-ginekolog bilan birgalikda amalga oshiriladi.Homilaning tushishi nafaqat jismoniy, balki ruhiy zoʻrlik ishlatish (hujum tufayli qattiq qoʻrqish, choʻchish va hokazo) natijasida ham sodir boʻlishi mumkin. Homiladorlik muddati jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatsizdir.Oliy sudning rahbariy koʻrsatmalariga muvofiq, homilaning tushishiga olib kelgan qasddan tan jarohati yetkazish faqat aybdor jabrlanuvchining homilador ekanligini bilmagan va unda ayolga tan jarohati yetkazishga qasd mavjud boʻlgan hollarda aybdorning qilmishini JK 104-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish lozim. Boshqacha qilib aytganda, aybdor jabrlanuvchining homiladorligini bilmagan holda u tomonidan sodir etilayotgan huquqqa xilof harakatlar (uning jabrlanuvchiga qilgan ta’siri) jabrlanuvchi a’zo yoki toʻqimalarining anatomik butunligining buzilishiga yoki ularning fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab boʻlishi mumkinligini anglagan va bunga koʻzi yetishi lozim. Aks holda (masalan, tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq boʻlmagan jabrlanuvchini doʻpposlash yoki
boshqa harakatlar) Oliy sud Plenumi qarorida sodir etilgan qilmishni JK 111-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish nazarda tutilgan 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |