Qoraqalpoq davlat univesiteti


Qisqa muddatli Fillips egri chizig'i



Download 0,65 Mb.
bet11/12
Sana28.04.2022
Hajmi0,65 Mb.
#586890
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5204097471814306556

Qisqa muddatli Fillips egri chizig'i: Qisqa muddatli Fillips egri chizig'i shuni ko'rsatadiki, qisqa muddatda inflyatsiya va ishsizlik o'rtasida savdo-sotiq mavjud. Buni uzoq muddatli Phillips egri chizig'iga (qizil rangda) qarama-qarshi qo'ying, bu uzoq muddat davomida inflyatsiya darajasidan qat'i nazar, ishsizlik darajasi ozmi-ko'pi barqarorligini ko'rsatadi.
Ko'rsatilgan misolni ko'rib chiqing. Ishsizlik darajasi 2% bo'lsa, tegishli inflyatsiya darajasi 10% ni tashkil qiladi. Ishsizlik 1% gacha kamayganligi sababli inflyatsiya darajasi 15% gacha ko'tariladi. Boshqa tomondan, ishsizlik 6 foizga ko'payganda inflyatsiya darajasi 2 foizga tushadi.
Tarixiy dastur
1960-yillarda Fillips egri chizig'i mashhurlikka ko'tarildi, chunki u haqiqiy makroiqtisodiyotni aniq tasvirlab bergandek edi. Biroq, 1970-yillarning stagflyatsiyasi, Fillips egri chizig'i barqaror va taxmin qilinadigan siyosat vositasi bo'lgan har qanday illuziyalarni buzdi. Hozirgi kunda zamonaviy iqtisodchilar barqaror Fillips egri chizig'i g'oyasini rad etishmoqda, ammo ular qisqa muddatda inflyatsiya va ishsizlik o'rtasida kelishuv mavjudligiga rozi bo'lishdi. Yalpi taklifning egri chizig'ini hisobga olgan holda, yalpi talabning oshishi real ishlab chiqarish hajmining o'sishini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan ishsizlik kamayadi. Ishchi kuchida ko'proq odamlar ish bilan ta'minlanganligi sababli, iqtisodiyot ichidagi xarajatlar ko'payadi va talab darajasida inflyatsiya yuzaga keladi va narxlar darajasi oshadi.
Shuning uchun qisqa muddatli Fillips egri chizig'i inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi haqiqiy, teskari bog'liqlikni aks ettiradi, ammo bu munosabatlar faqat qisqa muddatda bo'lishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi barqaror kelishuv g'oyasi iqtisodiy tarix tomonidan rad etilgan.

3.Karantin payda ishsizlik darajasi
O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Ish bilan ta’minlanishga muhtojlar soni 1,94 mln kishigacha ortdi. Karantin choralari mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Mehnat vazirligi. 2019 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 9,1% ni tashkil etgan edi. Ushbu ma’lumotlar Mehnat vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy markazi tomonidan mamlakatning 101 ta shahar va tumanlarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari asosida e’lon qilindi. Unda 490 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 4900 ta uy xo‘jaliklari va 25,9 ming fuqaro qamrab olingan.
«COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.
Ishga muhtoj bo‘lganlar soni 1,94 mln kishini tashkil etdi. 16−30 yoshdagi ishsizlik darajasi 20,1 foizga, ayollar orasida 17,4 foizga yetdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mehnat resurslari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paydi va 19 mln kishini tashkil etdi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga COVID-19 ning salbiy ta’siri sababli ish bilan band bo‘lganlar soni 5 foizga kamayib, 12,7 mln kishiga yetdi.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaygan holda 5,5 million kishini tashkil etdi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming kishiga (46,4%) kamaydi. Bu holat koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi choralar natijasida yuzaga keldi, deb ta’kidladi Mehnat vazirligi. Shu bilan birga, 131,2 ming kishi pullik jamoat ishlariga jalb qilinganligi sababli rasmiy sektorda ishchilar sonining keskin kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.
Chet elga ishlashga ketgan fuqarolar soni 2 million kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 553,2 ming kishiga va 2020 yilning birinchi choragiga nisbatan 232 ming kishiga kam.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar soni (chet elda ishlayotgan mehnat muhojirlaridan tashqari) 2019 yil oxiriga nisbatan 2,1% ga yoki 105,3 ming kishiga kamaydi va 5,1 million kishini tashkil etdi. Bu bir martalik va mavsumiy ishlarda vaqtincha ish bilan band bo‘lganlar sonining kamayishi (108,4 ming kishiga), oilaviy korxonalarda va ishbilarmonlar o‘rtasida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan (87,4 ming kishiga), shuningdek ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotgan tadbirkorlar sonining qisqarishi (110,6 ming kishi) hisobiga yuz berdi, izohladi Mehnat vazirligi.
Karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortdi.
«Tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda», — deyiladi xabarda.
Birinchi yarim yillikda iqtisodiy nochor aholi soni 4,5 foizga o‘sdi. Tadqiqot davomida karantin davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi, deya qayd etdi vazirlik.
Yanvar-iyun oylarida, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumshatish uchun, mehnat organlari 588,2 ming ishsiz va ishsiz fuqarolarga (shulardan 159,9 ming nafari 30 yoshdan oshmagan, shuningdek, 229,4 ming nafari ayollar) ish bilan ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatdilar.
Xususan, doimiy ish joylariga ishga joylashish va pullik jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga 501,1 ming kishi ish bilan ta’minlandi. 15 ming ishsiz kasbiy ta’limga yuborildi, 27,1 ming ishsizga 10,1 mlrd so‘m miqdorida ishsizlik nafaqalari to‘landi.
O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylarida ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etib, yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,1 foizga kamaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatda mehnat resurslari soni 19,1 mln kishini, respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1,9 mln kishini tashkil etgan. O‘zbekistonda ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,6 mln kishidan oshgan.
Xabar berilishicha, sentyabr oyida respublikaning 108 ta shahar va tumanlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan. Tadqiqot davomida 490 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.
2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida mehnat resurslari soni 19 mln 121,3 ming kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 100,7 foizga yoki 135,5 ming kishiga oshgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 mln 205,2 ming kishini tashkil etib, yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 3,7 foizga (468,5 ming kishiga) oshgan.
Yanvar-sentyabr oylarida rasmiy sektorda band aholi soni 5 mln 673,8 ming kishini tashkil qilib, yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 1,7 foizga yoki 92,6 ming kishiga oshdi.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 mln 618,8 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 9,9 foiz yoki 504,2 ming kishiga ortgan. Bu asosan respublikadan tashqariga ishlash uchun chiqadigan mehnat migrantlarining ichki mehnat bozoriga qaytib kelishi hamda mavsumiy ishlar qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning ortishi evaziga yuzaga kelgan.
Respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 mln 912,6 ming kishini tashkil etgan, bu yanvar-iyun oylariga nisbatan 128,3 ming kishiga yoki 6,3 foizga kamaygan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 mln 642,5 ming kishini tashkil etdi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 11,1 foizni tashkil etganligini ko‘rsatdi. 16−30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi 17,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa 14,7 foiz bo‘ldi.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 273,6 ming kishini tashkil etib, yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 3 foizga yoki 130,3 ming kishiga kamaygan.
Yilning birinchi 9 oyi davomida tuman va shaharlardagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga murojaat qilgan 910 201 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatildi.
Murojaat qilgan fuqarolarning 243 946 nafari ish bilan ta’minlandi, 500 449 kishi jamoat ishlariga jalb qilindi, 25 384 nafar ishsizlar kasbga o‘qitildi, 45 036 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlandi, 38 002 kishiga mehnat munosabatlari bo‘yicha konsultatsiyalar berildi.
Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 30 827 nafar oila shaxsiy tomorqalarda, 19 174 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida band qilindi, 7 383 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi.
Ma’lumot uchun, yilning ikkinchi chorakyakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda ishsizlik ko‘rsatkichi 15 foizgacha va yanvar-iyun oylaribo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 13,2% ni tashkil etgan edi.
Prezidentimiz bu yilgi oily majlisga murojarnomasida ishsizlik darajasi va uning yechimi togrisida koplab fikr va rejalar aytdi . “Assalomu alaykum, hurmatli deputat va senatorlar! Aziz yurtdoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar!0
Oliy Majlisga va xalqimizga yo’llanayotgan bu yilgi Murojaatnoma, o’tgan yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga to’g’ri kelmoqda.
Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o’tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so’nggi yuz yilda ro’y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.
Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan.
Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun – shunga e’tibor bering – har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. bugungi kunga qadar dunyo bo’yicha 500 millionta ish o’rni yo’qotilgan.
Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan o’tkazdi.
Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o’tmoqdamiz.
Joriy yilda “Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” Davlat dasturiga muvofiq yangi O’zbekistonni barpo etish bo’yicha barcha sohalarda islohotlarni qat’iy davom ettirdik.
Xalqaro valyuta jamg’armasi va xalqaro reyting agentliklari tahlillariga ko’ra, bu yilgi sinovlarga qaramasdan, O’zbekiston dunyoning sanoqli davlatlari qatorida ijobiy o’sish sur’atlarini saqlab qoldi.
Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizga kengaytirilgan savdo preferensiyalari – “GSP+” tizimini tatbiq etish bo„yicha, muhim qadamlar tashlandi. Ushbu tizim kelgusida respublikamizda ishlab chiqariladigan 6 mingdan ziyod turdagi mahsulotlarni Yevropabozoriga boj to’lamasdan olib kirish imkonini beradi. Bu, o’z navbatida, birgina to’qimachilik mahsulotlarining yillik eksportini 300 million dollarga oshirish uchun sharoit yaratadi.
Joriy yilda mamlakatimizning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlari yanada yaxshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion so„mlik davlat yevroobligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.
Bu yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik va o„rta korxonalar hamda infratuzilma ob’ektlari barpo etildi. Jumladan, “Navoiyazot”da ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksi hamda azot kislotasi zavodi, Muborak, Gazli va Sho„rtan neft-gaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari, Toshkent metallurgiya zavodi kabi yirik quvvatlar ishga tushirildi.
Birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar bo’lib, 2 ming 700 megavatt quvvatga ega.
Toshkent shahrida 2 ta yangi metro stansiyasi va ilk bor 18 kilometrlik yer usti metrosi foydalanishga topshirildi.
Qishloq xo’jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to’liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o’rtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratdi.
Meva-sabzavotchilik, g’allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo’lga qo’yildi. Buning natijasida, pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramasdan, 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi.
Bu yil 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi. 133 ming gektar yoki o’tgan yilga nisbatan 2 barobar ko’p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi.
Tadbirkorlikni keng qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’plab imtiyoz va yengilliklar berildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga 100 trillion so’m yoki 2016 yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko’p kreditlar ajratildi.
2020 yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili bo’ldi, desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Avvalo, aholining muayyan qatlami o’rtasida kambag’allik mavjudligini birinchi marta tan olib, uni qisqartirish bo’yicha keng qamrovli ishlarni boshladik.
Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo’yicha mutlaqo yangi – “temir daftar” tizimi joriy etildi. Qisqa muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, o’zini o’zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko’pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo’lga qo’ydi.
Dehqon xo’jaligi va tomorqa yer egalariga 300 milliard so’m imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda yangi yo’nalishga aylandi.
Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg„ona viloyatlarida tashkil etilgan “IT-Parklar”da 500 dan ortiq zamonaviy kompaniyalar ish boshladi.
Yoshlar o’rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash masalasi e’tiborimiz markazida bo’ladi.
Buning uchun kelgusi yilda professional ta’lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi.
Bundan buyon ishchi kasblar bo’yicha talab qo’yishda malaka asosiy o’ringa chiqadi.
Shuning uchun Hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bo’lgan ishchi kasblar bo’yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etsin.
Xabaringiz bor, Yoshlar forumidagi uchrashuvimizda yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta’minlash uchun 100 million dollar ajratish to’g’risida qaror qabul qildik.
Bundan tashqari, yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash hamda ularni kasb-hunarga o’qitish uchun 1 trillion so’m va 50 million dollar ajratiladi.
Kambag’allikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullarni joriy etamiz.
Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak – kambag’allik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish bilan o’z-o’zidan hal bo’lib qolmaydi. Buning uchun ta’lim, sog’liqni saqlash, kasb-hunarga o’qitish, ichimlik suv, energiya va yo’l infratuzilmasi bilan bog’liq kompleks muammolarni hal etib borish kerak.
Nima uchun biz “temir daftar”ni joriy etdik? Bundan maqsad – ehtiyojmand aholini to’g’ri aniqlash va shu asosda, ular bilan manzilli ishlashni tashkil etishdir.
Kelgusi yildan to’liq ishga tushadigan “Ijtimoiy reyestr”da “temir daftar”dagi barcha ma’lumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko’rsatiladi.
Birinchi navbatda, kambag’al aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli taminlashimiz lozim. Bu masalada xalqaro ekspertlar bilan chuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga yetkazilmoqda. Kelgusi yil 1 martdan boshlab aholining minimal iste‟mol xarajatlari miqdori e’lon qilinadi.
Hukumat ikki oy muddatda ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me’yorlar darajasida bosqichma-bosqich ta’minlash bo’yicha dastur ishlab chiqsin.
“Temir daftar”ga kiritilgan har bir fuqaroni kambagallikdan chiqarish bo’yicha motivatsiya, ko’nikma va moliyaviy ko’mak tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etiladi.
Kambag’allikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil – bu insonning intilishi, o’z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati bo’lishi kerak. Shu maqsadda kelgusi yili mahallalarda aholini kasb-hunarga o’qitish bo’yicha mingdan ziyod markazlar tashkil etiladi. Bunda kasbhunarga o’qitilgan har bir shaxs uchun o’quv markazlariga 1 million so’mgacha subsidiya berilib, buning uchun byudjetdan 100 milliard so’m ajratiladi. O’quv kurslarini tamomlab, o’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarga asbob-uskuna xarid qilish uchun 7 million so’mgacha subsidiyalar beriladi.
Shuningdek, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo„nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi.
Ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga Bandlikka ko’maklashish hamda Jamoat ishlari jamg’armalaridan 500 milliard so’m yo’naltiriladi.
Pandemiya sharoitida o’z ishini yo’qotgan aholini kambag’allikka tushib qolishiga yo’l qoymasligimiz kerak. Shuning uchun kelgusi yildan boshlab yangicha tizim joriy etiladi. Unga ko’ra, vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshiriladi va bunda 6 ta hujjat talab etiladigan eski byurokratik tartib bekor qilinadi.
Kambag’allikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlarning diqqat markazida bo’lishi lozim.
Har bir tuman va shahar hokimi bir oy muddatda o„z hududida kambag„allikni qisqartirish bo’yicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi bo„yicha har chorakda mahalliy Kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borishi zarur. Bu masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerak.
Xulosa
Inflyatsiya nega ekzogen ko'rinadigan statistik jarayondan kelib chiqishini yoki boshqacha qilib aytganda, nima uchun Fillips egri chizig'ini makroiqtisodiy ma'lumotlar bilan osongina aniqlash mumkin emasligini tushuntirish uchun biz standart tahliliy tizimdan foydalanamiz. Shu asosda, pul-kredit organi inflyatsiya va ishlab chiqarishning maqsadlaridan kelib chiqadigan og'ish sifatida o'lchanadigan farovonlik yo'qotishlarini minimallashtiradi. Bu hokimiyatni ishlab chiqarish ko'rsatkichi pasayganda inflyatsiyani oshirishga intiladigan maqbul maqsadli qoidaga rioya qilishga olib keladi. Bu ijobiy nishabli Fillips egri chizig'ini aniqlashga to'sqinlik qiladigan inflyatsiya va chiqim oralig'i o'rtasidagi salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Muvozanat sharoitida inflyatsiya Fillips egri chizig'iga ta'sir qiladigan har qanday xarajatlarni keltirib chiqaradigan zarbalarning statistik xususiyatlarini meros qilib oladi (masalan, energiya narxlarining shoklari, valyuta kursining o'zgarishi). Maqsad qoidasidagi zarbalar Fillips egri chizig'ini aniqlashning kalitidir. Ushbu maqsadli zarbalar Teylor qoidalarida yoki ko'p mintaqalar sharoitida yoki ko'p mamlakatlardagi pul ittifoqida pul siyosatining zarbalari shaklida bo'lishi mumkin, turli mintaqalarga yoki mamlakatlarga turli xil ta'sir ko'rsatadigan o'ziga xos talab shoklari. Bir o'zgaruvchan regressiya tahlilida, agar bu zarbalarning nisbiy dispersiyasi etarlicha yuqori bo'lsa, xarajatlarni tejashga olib keladigan zarbalarning boshqarib bo'lmaydigan qolgan dispersiyasiga nisbatan, Fillips egri chizig'ini aniqlash mumkin. Xuddi shu tarzda, pul-kredit siyosatini yoki boshqa talab shoklarini aniqlash inflyatsiya va ishlab chiqarish farqi o'rtasidagi ijobiy munosabatni distillashga imkon beradi. Shuningdek, biz bu erda oddiy ramka ishi qanday qilib Fillips egri chizig'idagi bir nechta empirik xulosalarni birgalikda ratsionalizatsiya qilishi mumkinligini ko'rsatib berdik, birinchidan, bu katta xarajatlar shoklari bo'lgan davrlar zaifroq bo'lishi kerak - 1970 yillarning fasli - va pul-kredit siyosati o'z maqsadlariga erishishda nisbatan muvaffaqiyatli bo'lganida - inflyatsiyani maqsadli davrda bo'lgani kabi. Ikkinchidan, ish haqi Fillips egri chiziqlari Fillips egri chizig'ini baholaydigan ma'lumotlarda aniqroq bo'lishi kerak. Uchinchidan, Fillips egri chizig'i aloqador paneldagi ma'lumotlarda umumiy ma'lumotlarga qaraganda kuchliroq ko'rinishi kerak. Xulosa qilib aytganda, maqola Fillips egri chizig'ini baholash natijasida kelib chiqadigan identifikatsiya muammosini tushuntiradi, empirik adabiyotlarda topilgan natijalarni ratsionalizatsiya qiladi va identifikatsiya qilish muammosining amaliy echimlarini muhokama qiladi, AQSh mintaqaviy ma'lumotlarida Fillips egri chizig'ini ko'rsatib beradi. Shunday qilib, gazeta pul-kredit siyosatining keng tarqalgan asosini tashkil etuvchi inflyatsiya va sustlik o'rtasidagi bog'liqlikni shubha ostiga qo'ygan so'nggi ish to'lqinini ko'rib chiqishga umid qilmoqda.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish