5. Berilgan so‘zlar yordamida so‘z birikmalari hosil qiling. Ularning bir-biridan farqini tushuntiring.
(Musiga, kino, rassomchilik, teatr, o’ymakorlik)ga qiziqish.
(Aqliy, matematik, texnik, gumanitar, musiqiy) qobiliyat(lar).
(Iqtidor, layogat, gobiliyat, talant)li bo‘lish.
(Iqtidor, layogat, gobiliyat, talant)ni rivojlantirish.
(Aql, iqtidor, layoqat, iste’dod, zehn, uquv)li talaba.
6. Berilgan tushunchalarning ta’rifini o‘qing. Ularning mazmunidagi farqlarni izohlang.
Iqtidor — kuch-qudrat, qodirlik.
Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. U faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi imkoniyatdir. Qobiliyatning yugori darajasi iste’dod va daholikda namoyon bo‘ladi.
Iste'dod, talant — nihoyatda zo‘r qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layogat. Iste’dod insonning ma’lum faoliyati turida o‘zini namoyon etadi.
Daholik — favqulodda kuchli aql, xotira va ijodiy iste‘dod; bilim saviyasi, dunyoqarashiga ko‘ra o‘z davri darajasidan ilgarilab ketish. Daholik buyuk iqtidor va yuksak ijtimoiy ong mahsulidir. Daholar fantexnika, madaniyat, xususan badiiy ijodiyot sohasida muayyan millat, davlat miqyosida emas, balki umumbashar, jahon miqyosidagi muhim kashfiyotlar qilishga, ilmiy, badiiy asarlar yaratishga qodir bo‘ladi.
7. Savollarga javob bering.
Siz dunyoga mashhur qaysi iqtidor egalarini bilasiz?
Ulaming iqtidori qanday aniqlangan?
Ular iqtidoridan qanday foydalanmoqdalar?
Iqtidor bilan muvaffaqiyat orasidagi yo‘l og‘irmi?
6. Matnni o‘qib, unga nom bering. Ajratib ko‘rsatillgan so‘z va iboralarning ma’nosini izohlang.
Inson hayoti boshdan oyoq rejalashtirilgan holda o‘tadi. Inson tug‘ilgach, unga, albatta, ism qo‘yadilar, yurishga, so‘zlashga o‘rgatadilar, so‘ngra unga ta’lim beradilar, biror kasb-hunar o‘rgatadilar va uni mustaqil hayotga yo'llaydilar. Mustaqil yashash davrida ham harbir inson muayyan magqsad asosida o’zi tuzgan katta va kichik rejalar bilan ish ko‘radi. Bu davrda kimlardir buyuk ishlarni amalga oshirib, ulug’ siymolarga aylanadi, kimlardir o‘rtamivona, ya’ni “el qatori” yashaydi, kimlardir hayotda yashagani ham sezilmay o‘tib ketadi. Bulaming barchasi insonga berilgan iqtidor va uning harakati tufayli yuz beradi. Zehn va iqtidor bilimlarni egallashdagi eng muhim xislatlardir. Inson umrining 18 yoshidan 25 yoshgacha bo‘lgan davri uning eng ziyraklik davri, 30 yoshidan 40 yoshgacha ijodiy iqtidorning barg urgan davri, 40 yoshdan 50 yoshgacha kasb mahoratining eng rivojlangan davri hisoblanar ekan. Buyuk allomamiz Abu Ali ibn Sino o‘z tarjimayi holida “Men biror kecha oxirigacha uxlamas, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas edim”, deb qayd etgan. Kishi katta bo‘lgani sari oqil, tajribali, ilmga beriluvchan bo‘lib borar ekan. Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlarning ko‘pchiligi o‘z kashfiyotlarini 30 yoshdan keyin yaratganlar. Iste’dod va har tomonlama rivojlanganlikning cho‘qqisini egallagan buyuk shaxslarni daholar deyishadi. Aytishlaricha, insonr daho darajasiga yetishishida iqtidor 1foizini, tirishqoqlik va shidauc mehnat esa 99 foizini tashkil qilar ekan. Haqiqatan ham, og‘ir, mashaqqatli, matonat va sabr talab qiladigan mehnat barcha ilmiy kashfiyotlar, ajoyib musiga asarlari, rassomchilik, arxitektura san’ati mo‘jizalarining paydo bo‘lishida asosiy o‘rinni egallagan. Shu tufayli bunday asarlar insoniyat tarixida ko‘p asrlar davomida yashaydi. Barcha mashhur insonlaming hayoti va faoliyati bundan dalolat beradi. Ulaming ichida turli-tuman sohalar vakillari bor. Har qanday kasbda ham o‘z mehnati bilan tajriba orttirib, tinmay insonlar bor. Ularning eng muhim fazilati hech qachon o‘sishdan to‘xtamaslikdir. Aksincha, o‘zini ayaydigan, o‘z huzur-halovatini,moddiy ta’minotini har narsadan ustun qo‘yadigan, “kunim o‘tsa bo‘ldi” qabilida faqat o‘zi uchun qayg‘uradigan odamlar nafaqat tarixda, balki o‘z zamondoshlari xotirasida ham qolmaydi. Demak, hayotimizning qanday kechishi o‘zimizning harakatlarimiz natijasidir.
8. Matnni o‘qing. Uning mazmunini kengaytirib gapirib bering.
Fan olamida shunday olimlar ijod qilib o‘tganki, ular yaratgan ilmiy g‘oya va kashfiyotlar yangi yo‘nalishlaming vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan. Ana shunday tengi yo‘q iqtidor sohiblaridan biri Albert Eynshteyndir. Uning nomi zamonaviy fizika sohasida ochilgan ko‘plab qonuniyatlar bilan chambarchas bog‘langan. Albert Eynshteyn 1879-yilning 14-mart kuni Germaniyaning Ulma shahrida tug‘ildi. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo‘ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun borlig‘ini chulg‘ab oldi. 1896-yilda Surix texnologiya institutiga o‘qishga kirdi. U shunday qobiliyatga ega ediki, bir marta eshitgan narsani hech o‘zgarishsiz qayta hikoya qilib beraverardi. Institutni bitirgandan so‘ng ketma-ket o‘z ilmiy g‘oyalarini bayon etgan ilmiy magolalarini nashr qildira boshladi. E’lon qilgan har bir magolasi fizika fanida katta kashfiyot bo‘ldi. 1905-yili “Maxsus nisbiylik nazariyasi” deb nomlangan asari orqali fanga nisbiylik nazariyasini olib kirdi. XX asrning buyuk olimi, Nobel mukofoti sovrindori darajasiga ko‘tarilgan Albert Eynshteyn 1955-yilning 18-aprelida vafot
(“Nobel mukofoti sohiblari’’kitobidan.)
9. Guruhdoshlaringizning o‘qishga bo‘lgan munosabati haqida fikr yuriting. Ularni quyidagi sifatlar bo‘yicha tavsiflang:
e o‘z layoqatidan to‘liq foydalanadi;
© o‘z layoqatidan deyarli foydalanmaydi;
© o‘z layoqatini bilmaydi. Intervyu
Do'stlaringiz bilan baham: |