«Sab’ai sayyor» «Xamsa»ning to‘rtinchi dostoni bo‘lib, ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Asarning bosh qahramoni — Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi — Mirrix. Bahrom ko‘pincha jangu jadallar, fitna-yag‘molar timsoli sifatida keladi. Tarixchilar bu nomni Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (120—438-yillarda podsholik qilgan) bilan bog‘laydilar. Xalq orasida Bahrom Go‘r laqabi bilan shuhrat topgan. «Go‘r» deb qulonni aytganlar. Bahrom ovga, maishatga o‘ch, urushlarda hamisha g‘olib keladigan shoh sifatida talqin qilingan.
▲ 2-tоpshiriq. Quyidagi Navoiyning aql, idrok, tafakkur, kasb va hunar madhiga bag‘ishlangan satrlarini o‘qing va sharhlang.
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
******
Birovkim — anga aql davosi bor,
O‘zi qasdin etmak ne manosi bor.
******
Dedi: qar ishki qilmish odamizod,
Tafaqkur birla bilmish odamizod.
******
Ilmni kim vositai joh etar,
O‘ziniyu xalqini gumroh etar.
*******
Ilm o‘qub qilmag‘on amal maqbul,
Dona sochib ko‘tarmadi mahsul.
******
Ko‘ngul dardig‘a darmondur nasihat,
Qiloli unga imkondur nasihat.
▲ 3-tоpshiriq. Quyidagi rasm asosida ”Layli va Majnun” dostonida ilm-hunar, bilim va bilimdonlik mavzusi”borasida fikrlaringizni og‘zaki davom ettiring.
▲ 4-tоpshiriq. Quyidagi rasm va matn asosida ”Sab’ayi sayyor” dostonini yoritishga harakat qiling.
Bahrom Eron shohi Yazdijurdning o‘g‘li. Unga Ozoda nomli go‘zal bir kanizakni in’om etgan edilar. Ozoda yaxshi soz chalar, qo‘shiq aytar, umuman, har jihatdan mukammal edi. Bahrom ham uni sevar, yonidan qo‘ymas edi.
Bir kuni ovga chiqdilar. Shahzoda Ozodaga mahoratini namoyish etib, maqtangisi keldi. Undan ohularni qanday otishni so‘radi. Ozoda unga chopib borayotgan bir to‘da ohuni ko‘rsatib, nnovi erkagini urg‘ochiga, urg‘ochisini esa erkakka aylantir, uchinchisi bu holni ko‘rib hayron bo‘lsin, dedi. Bahrom ishorani lushundi. Ikki o‘q bilan erkak ohuning ikki shoxini sindirdi. Ikki o‘q qadab urg‘ochisini shoxlik qildi. Uchinchisining qulog‘iga yonlama otib yarador qildi. Oldingi oyog‘i bilan qulog‘ini qashlaganda navbatdagi o‘q bilan mixlab qo‘ydi. Va mamnun holda taqdirlanishni kutib Ozodaga qaradi. Ozoda esa bundan mamnun bo‘lmadi. Aksincha, shahzodani yovuz Axramanga o‘xshatdi. Bahrom g‘azabga mindi va Ozodani otlar tuyog‘i ostiga tashlab o‘ldirdi. Otasidan so‘ng Bahrom taxtga chiqdi. Ko‘p voqea-sarguzashtlami boshidan kechirdi. 20 yil o‘ynab-kuldi, 20 yil adolat bilan mamlakatni boshqardi, 20 yil Ollohga xizmat qildi. O‘g‘liga saltanatni topshirdi. Uxladi, shu bilan o‘rnidan turmadi.
▲ 5-tоpshiriq. Quyidagi “Tarixi muliki ajam” asaridagi hikoyatlardan namunalarni ifodali o‘qing.
“No‘shiravonul – odil” hikoyati
Do'stlaringiz bilan baham: |