Qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,72 Mb.
bet53/159
Sana07.04.2022
Hajmi3,72 Mb.
#533704
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159
Bog'liq
O\'ZBEK TILI-2021-2022

Insho-ijodiy mehnat

”Insho” arabcha so‘z bo‘lib, uning ma’nosi ”yaratish”, ”bino qilish”, ”qurish”, ”boshlash” demakdir. Tilimizda bu so‘zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo‘llanadi.


Insho o‘quvchining ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon, savodli bayon qila olish ko‘nikma va malakalarini, shu mavzu bo‘yicha bilimlarini namoyish etuvchi ijodiy matn-kichik bir asardir. Insho o‘quvchi ma’naviyati va ma’rifati ko‘zgusidir. Undan o‘quvchining bilimlari, his-tuyg‘ulari, fikrlarini bayon etish ko‘nikma va malakalari o‘z aksini topadi.
Bilib oling.Matnda so‘z qo‘llash va tanlash
Ajdodlarimiz qadimdan to‘g‘ri, ta’sirchan, chiroyli gapirishga intilish va ularni odatga aylantirishga ma’rifiy-axloqiy talab sifatida qarab kelganlar. So‘zni qadrlash, yaxshi so‘zlay olish, so‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish, chin so‘zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini saqlash, ezma va vaysaqi bo‘lmaslik kabilarga amal qilish nutq odobining asosiy talablari hisoblangan. Nutqiy muomaladagi bu odatlar xalqimizning mangu an’anasi sifatida yashab va takomillashib kelmoqda.
Nutq madaniyatini egallash birinchi galda hozirgi o‘zbek tili va uning mavjud ifoda vositalarini puxta o‘zlashtirish, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilish kabi lisoniy omillarga, ikkinchidan, so‘zlashganda muayyan axloq-odob me’yorlariga rioya etish, o‘z va o‘zgalar gapiga e’tiborli bo‘lish, o‘rinli so‘zlash, tinglash, suhbatlashish, munozara madaniyatini bilish kabi ijtimoiy-ruhiy omillarga bog‘liqdir.


SO‘Z TANLASH VA QO‘LLASH
Nutqda so‘zni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash nutq madaniyatining muhim shartlaridan hisoblanadi. Fikrni tinglovchiga tushunarli va aniq yetkazishda so‘zni to‘g‘ri tanlash lozim.
So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
– so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
– tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;
–so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishini hisobga olish;
– so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash.
Atamalar, kasb-hunarga oid so‘zlar faqat bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanadi. Bular bir ma’noli so‘zlardir. Masalan: Piyola - choy ichishga mo‘ljallangan idish; leksikologiya - so‘z ma’nolarini o‘rganuvchi fan ma’nosidagina qo‘llanadi.
So‘zlar ikki va undan ortiq ma’noni ifodalasa ko‘p ma’noli sanaladi. Avval bir ma’noda qo‘llangan so‘zning ko‘p ma’nolarda ishlatilishi ko‘p ma’nolikni vujudga keltiradi.
Masalan:

3-mashq.Gaplarni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini izohli lug‘atdan foydalangan holda izohlab, daftaringizga yozing.


1. Daraxt bir yerda ko‘karadi (Maqol). 2. Tarix g‘ildiragini orqaga aylantira oladigan kuch dunyoda yo‘q. 3. Oydin kechada ko‘l yoqasida sayr etishni xush ko‘rardi. 4. Cho‘lpon o‘zbek she’riyatiga yangi usul olib kirdi. 5. Men bu gapni tarjima vajidan aytayotganim yo‘q (A.Q.). 6. Shifti qubbasimon muhtasham xona yana g‘alati guvillab ketdi (Y.O.). 7. Fursat g‘animatdir shoh satrlar-la, Bezamoq chog‘idir umr daftarin (G‘.G‘.).
2-tоpshiriq. Lug‘atdan bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga 10 tadan mi-sol toping, ularni ikki ustunga ajratib yozing. 4 ta ko‘p ma’noli so‘zni tanlab, ularga ikkitadan gap tuzing.
3- tоpshiriq. Matnlarni o‘qing. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni to-pib, ma’no ko‘lamini aniqlang.
I. Ustoz adibning mashhur «Ming bir jon» hikoyasi-da shunday so‘zlar bor: «Bu xotinning joni bitta emas, ming bitta edi. Hozir tugab qolgan shamdek lipillab yonayotgan joni basharti so‘ngan taqdirda ham qolgan mingtasini yoqib, keyin so‘nadi».
Abdulla Qahhorning ham chirog‘i so‘ndi. Lekin u ming-minglab o‘quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga chiroq yoqib ketdi. Bu chiroq sira zavol bil-maydi. Bu chiroq sira o‘chmaydi (Said Ahmad).

II. Oy gulladi. Osmon toqiga


yulduzlarni kimdir qoqadi.
O‘zanlarda sokin to‘lg‘anib
tag‘in quyuq kunduz oqadi.
Shavkat Rahmon
III. So‘ri uzra egilgan ishkom
Soya tashlar quyuq, yoqimli.
Qayerdasan, jonajon makon,
Bugun seni yomon sog‘indim!
A. Oripov
4-mashq.Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini izohlab, daftaringizga yozing. Bu so‘zlarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanishni chizmada ko‘rsating.
1. Alisher Navoiyning asarlari o‘zbek tilini baland pog‘onaga ko‘tardi. 2. Kishilar o‘rtasidagi iliq muno-sabat mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalaydi. 3. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati (E. V.) 4. Olam sari ochib yangi ong, Sekin-sekin yorishardi tong (H. O.). 5. Tog‘ning ko‘rki tosh bilan, odamning ko‘rki bosh bilan. 6. Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi. 7. Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo‘l ochadi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish