II. Nazariy ma’lumot
Kompyuterda hujjat matni tayyorlash, uni tahrir qilish vazifasini biz misollar yordamida bajarishga harakat qilamiz. Deylik, biz buyruq matnini tayyorlashimiz kerak. Bu ishni kompyuterning WORD(Windovsning amaliy dasturi) tizimida bajarish mumkin. WORD tizimi matnli hujjatlarni tuzish, ko‘zdan kechirish, tahrir qilish, chop etish imkoniyatini beradigan murakkab tarmoqdir.
Yozishni boshlashdan oldin yangi sahifa(“qog‘oz”) ochib olishimiz kerak. Buning uchun “Пуск”ning programmalar bandidan dasturlar dispetcherining “Microsoft Office” bo‘limi, uning ichidan esa “WORD” so‘zi topiladi. So‘ngra sichqonchani uning ustiga olib kelib, chap tugmachani ikki marta bosiladi. Shunda dastur joylashgan sahifa(“oq qog‘oz”) ochiladi. Uning asosiy qismi oq qog‘ozdek toza, yuqori, pastki va yon tomonlarida dastur WORD menyulari va unga tegishli muhit belgilari bo‘ladi. Менюda Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблиtsа, Окно, Справка kabiqismlarbo‘ladi.
Ochilgan sahifaning chap tomoni yuqori qismida ko‘rsatkich-kursor (yonib-o‘chib turadigan tayoqcha) ko‘zga tashlanadi. Ana shu kurs or ruchka uchi vazifani bajaradi.
Ana shundan keyin buyruq matnining tarkibiy qismlarini bilgan kishi nimalar yozishni o‘yla bo‘ladi. Odatda matnni klaviatura orqali kiritiladi. Dastlab ko‘rsatkich-kurs orekranda kerakli joyga keltiriladi. Kiritilayotgan harflar kursorning o‘rniga joylashadi.
Agar matnni kirill yozuvi yoki lotin yozuvida yozish kerak bo‘lsa, “Shift” va “Alt” tugmachalarini bosib tegishli yozuvga o‘tish mumkin. Kurs orning lotin yoki kirill alifbosiga o‘tgani ekranning quyidagi ma’lumotnoma satrida joylashgan qismida “русский” yoki “английский”degan yozuv chiqadi.
. Ayrim klaviaturalarning drayverlari boshqa bo‘lgani uchun alifbolar “Пуск” satrida joylashgan bo‘ladi. Buni satrdagi “En” (Английский)yoki “Ru” (Русский) ko‘rsatkichlardan bilsa bo‘ladi. Agar sichqonchani mazkur yozuvlardan biri turgan bandning ustiga olib borib, chap tomoni bosilsa, uning ustida yozuvlar paneli ochiladi. Hamda u orqali tegishli alifboni tanlash mumkin.
Tegishli alifbo tanlangandan so‘ng, “Файл” bandidan “Параметрыстраниtsы” buyrug‘i topiladi va u orqali sahifaning tepa, past, chap va o‘ng tomondan qancha joy tashlash lozimligi aniqlab olinadi. Bundan tashqari shu buyruq katologida qog‘ozning ko‘ndalang(альбомная)yoki uzunasiga (книжная) qo‘yish hal qilib olinadi. Buyruq matni uzunasiga yoziladi. Shundan so‘ng shrift tanlanadi. Shriftlar “Форматирование” buyrug‘i tarkibida bo‘ladi. Odatda bizning hududimizlarimizdagi kompyuterlar tili rus va ingliz tiliga moslangan bo‘ladi. Endi uni o‘zbek tiliga moslash kerak bo‘ladi. Aksariyat kompyuterlarda “Times New Roman” shrifti uchraydi. Ammo o‘zbek tilida ish yuritish uchun kirill alifbosidagi yozuvimiz uchun “AANTIQUA”, lotin yozuvidagi alifbomiz uchun “PANDA Lat UZ” shriftlari qulaydir. Bu shriftlar mamlakatimizda keng tarqalgan. Mazkur shriftlar o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari talablariga mos keladi.
So‘ngra matnni satrboshidan boshlab yoziladi. Buyruq matni amalada qanday bo‘lsa, shunday yozilaveradi. Kompyuterga matn terayotganda imlo qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Agar birorta so‘z noto‘g‘ri yozilsa, uning ostida qizil chiziqcha paydo bo‘ladi. Bu holga e’tibor bermasdan yozaversangiz ekranda imlo xatolari ko‘payib ketdi degan ogohlantiruvchi yozuv chiqadi. Bu paytda siz matn yozolmayzsiz. Shuning uchun yozuvning ostidagi “OK” nuqtasini bosish va xatolarni tuzatish kerak. Shundan so‘ngyozishda davom etish mumkin. Bir satr tugasa, kursor avtomatik ravishda yangi qatorga o‘tadi.
1-mashq.Nuqtalar o tushirib qoldirilgan so‘zlardan mosini topib qo‘ying va ko‘chiring.
1. Matndagi xato yozilgan harf, belgi yoki so‘zni olib tashlash uchun kursor o‘sha xato belgining oldiga olib borib, klaviaturaning o‘ng tomondagi tugmalaridan ……… tugmasini topib bosiladi. Natijada belgi o‘chadi. O‘rniga zarur harfni qo‘shish uchun kerakli harfni bosish kifoya. 2. Agar matnni yangi xatboshidan boshlash lozim bo‘lsa, klaviaturadagi ……… nuqtasini bir marta bosiladi. Shunda kursor sartboshiga o‘tadi. 3.Odatda, oddiy rasmiy hujjatlar matni …………. shriftda yoziladi.4. Agar so‘zni bosh harf bilan yozish talab qilinsa, ……… hamda kerakli harfni bosiladi. 5. Matn kompyuter xotirasiga kiritilgandan so‘ng, uni bosmaga eng qulay va chiroyli tartibda, hujjatning mazmunini to‘la ochib bera oladigan ko‘rinishda tayyorlash zarur bo‘ladi. Bu vazifani ………….. bo‘limi bajaradi. 6. Ish jarayonida ………… tizimida tayyorlanayotgan matn uchun jadval kerak bo‘lsa, menyudagi Таблиtsа bandiga kirib kerakli hajmdagi jadval kiritish mumkin. Ammo murakkab ko‘rinishli statistik, moliyaviy va iqtisodiy jadvallar .......... amaliy dasturida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |