Uyga vazifa
Tashkiliy hujjatlarning turlariga namunalar yozib kelish
Adabiy o‘qish:
Shuhrat
“Oltin zanglamas” romani
(asardanparcha)
Qodirinstitutga qabul qilinib, uch-to`rt kunonash ahrining havosi bilan nafas olgani qaytganida imtihonlardan yaxshi o`tganidan xursand bo`lsa ham, yuraginingallaqayerinimadandirachishibturardi. O`sib-ulg`aygan har bir toshiga chaunga tanish bo`lgan ona shahrini tark etganida yuragi qancha entikkan bo`lsa, institutga kirib, o`z shahriga qaytayotganida ham ko`ngli shunchalik g`alati bo`lib ketdi. Begona shaharda nimasidir esidan chiqib qolgandek, nimasidir ko`ngliga g`ashlik solayotgandek tuyuldi. Hech kim uni kuzatgani chiqmagan bo`lsa ham, ko`zlari javdirab kimnidir qidirdi, kimgadir aytadigan gapi bordek o`zicha pichirlab qo`ydi. Poezd jilganda-ku, kupeda turolmay, o`zini derazaga urdi, kimnidir ko`rmoqchi edi… Bu holatning boisi o`sha atlas ko`ylakli, kulgisi yoqimli qiz, oltin uzukning suvga tushib ketgan zumrad ko`zi ekanini Qodir yaxshi bilardi.
Qodirdagi bu o`zgarishni hammadan oldin uning onasi Adolat xola onalik qalbi bilan sezdi, shekilli, katta o`g`li Sodiqqa:
- Yo`q, bolam, ukangga bir narsa bo`lgan. Bunaqa emas edi,-dedi. – O`qishga kirgani rostmi? Yo nomusdan yolg`on gapirib, ich-etini yeb yuribdimi?
- Qog`ozini ko`rsatdi, o`z ko`zim bilan ko`rdim,-dedi Sodiq ishonch bilan.
- Bo`lmasa ukang kasal, bizdan yashiryapti.
- Charchagan bo`lsa kerak, mening ko`zimga ham shunaqa ko`rinadi. Yana surishtirarman.
- Shunday qil, jon bolam, yosh, bilmaydi.
- Xo`p, xo`p!
26-mavzu. Farmoyish hujjatlari
I. Og‘zaki nutq:
▲ 1- tоpshiriq.Universitetingiz yoki fakultetingizda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risida buyruq loyihasini tayyorlang.
II. Nazariy ma’lumot
Buyruq. Mazkur huquqiy hujjat tashkilot, korxona yoki muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal etish maqsadida qo‘llaniladi. Qo‘llanish mohiyatiga ko‘ra buyruqlar ikki turga bo‘linadi:
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid yoki individual buyruqlar.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, tashkilot ichidagi faoliayatni tartibga solish, yuqori tashkilotdan kelgan topshiriqlarni bajarish, kundalik vazifalarni hal etish, ishni rejalashtirish, bajarilgan ish yuzasidan hisobot berish kabi masalalar bo`yicha qabul qilinadi. Ularda, odatda, topshiriq va vazifalar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddatlari tayin qilinadi. Buyruq vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tashqi iqtisodiy munosabatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalari bo‘yicha ish yuritadi.
Ichki mehnat tartib-qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, aniq bir kishiga emas, balki butun jamoaga qaratilgan bo‘ladi.
Buyruqlar odatda rasmiy blankalarga yoziladi. Lekin oq qog‘ozga yozilishi ham mumkin. Har ikki holda ham uning to‘g’ri tashkillanishi uchun zarur mantiqiy izchillikka amal qilinadi. Buning uchun buyruq zaruriy qismlarga ajratib olinadi. Ular quyidagilardir:
Gerb yoki tashkilotning maxsus belgisi (blanka qismlar).
Vazirlik va yuqori tashkilot nomi.
Muassasaning xos raqami (hisob raqami).
Hujjat shaklining xos raqami. (hammasida ham emas).
Muassasa nomi.
Sarlavha (mazmundan kelib chiqib),
Sana.
Raqami.
Buyruq tayyorlangan joy.
Hujjat nomi.
Buyruq matni (agar ilovalar mavjud bo‘lsa, ular ham shu qismga kirib ketadi).
Rahbar yoki vakolatli shaxsning imzosi.
Muhr.
Hujjat matnini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi, telefon raqami va imzosi.
Hujjat nusxasi.
Huquqshunosninig imzosi.
Buyruq loyihasi, oldin qayd etilganidek, tegishli mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi, bosh yoki yetakchi mutaxassis, huquqshunos, bosh hisobchi bilan kelishiladi. Huquqshunos buyruqda ko‘tarilgan masala qonunga mos ekanligini, rasmiylashtirish tartibini, loyiha amaldagi qonun va hukumat qarorlariga muvofiq kelishini, oldingi buyruqlarni rad etmasligini ko‘rib chiqadi. Buyruq loyihasiga tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chiriladi va rahbarga imzolash uchun tavsiya qilinadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarga mazmundan kelib chiqib sarlavha qo‘yiladi. Masalan, “Yangi ishlab chiqarish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”, “Viloyat hokimining 2006-yil 10-noyabrdagi 250-qarorini bajarish haqida” va hokazo. Ammo ba’zi qisqa matnli buyruqlarga sarlavha qo‘yilmaydi. Buyruqni rahbar imzolagach, ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tegishli daftarga qayd etidi.
Buyruqningasosiymatni, odatda, kirish(asoslovchiqism) vafarmoyish(asosiyqism) qismidaniboratbo‘ladi. Kirish qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilinib olinayotgan rasmiy hujjat raqami keltiriladi. Masalan, “Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kirish imtihonlarini muvoffaqiyatli topshirgan bir guruh abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish hamda viloyat hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining 2006-yil 28-avgustdagi 190-buyrug’ini bajarish maqsadida”
Ayrim hollarda asos qilib olinayotgan hujjatning kirish qismi to‘liq keltirilishi, yoki farmoyish qismining bandlari berilishi ham mumkin. Ba’zi hujjatlarni asoslashga hojat bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ularda asoslovchi qism (kirish) yozilmaydi. Bunday hollarda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri farmoyish qismi bilan berilaveriladi. Farmoyish qismi bosh harflarda yozilgan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Mazkur so‘zning o‘zi bir qatorga yoziladi va undan keyin albatta ikki nuqta qo‘yiladi. So‘ngra matn satr boshidan boshlanib, unda bandlar beriladi. Farmoyish qismida kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarishi ko‘rsatiladi. Masalan, “1. Respublika kasb-hunar ta’limi metodik markazining topshirig‘iga binoan 2006-yil 29-30 noyabr kunlari fan olimpiyadalarining birinchi bosqichi o‘tkazilsin”.
2. Olimpiyadani to‘g‘ri tashkillash, namunalai va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida quyidagi tartibda tashkiliy qo‘mita tuzilsin:
Abdullayev A. – kollej direktori, qo‘mita raisi.
Fozilov E.Q. – o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, qo‘mita raisi o‘rinbosari.
Aliyeva S.O. – kollej uslubchisi, qo‘mitaning mas’ul kotibi.
Boboyev D. – qo‘mita a’zosi.
Mavlonova S. – qo‘mita a’zosi.
Siddiqov A. – qo‘mita a’zosi.
Vladimirova A. – qo‘mita a’zosi.”
Farmoyish qismida harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“yuklatilsin”, “Amalga oshirilsin”, “o‘tkazilsin”, “ta’minlansin”, “hisoblansin” va h.k.). Bajaruvchilar – muassasa yoki uning bo‘limi, mansabdor shaxs aniq ko‘rsatiladi (Kollej direktorining amaliyot bo‘yicha o‘rinbosari Tolibov R. zimmasiga yuklatiladi).
Oxirida buyruqning bajarilishini nazorat qilish kimga yuklatilgani ham ko‘rsatiladi. (“Buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.”, “Buyruqning bajarilishini nazorat qilish o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari E.Fozilov zimmasiga yuklatilsin kabi).
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgari joriy qilingan buyruq yoki boshqa hujjatlarni to‘liq, yoxud qisman bekor qilinishi ham ko‘rsatiladi. Bunday buyruqlar o‘z faoliyat doirasiga ko‘ra, kami bilan uch, ko‘pi bilan bir necha o‘n nusxada tayyorlanadi tegishli xodimlarga tarqatiladi. Lozim bo‘lganda esa butun jamoa tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |