Sifat mavzusi yuzasidan test topshiriqlari
Sifatlarning nechta ma’no turi mavjud?
a) 5 b) 6 c) 7 d) 4
2. Qaysi gapda ozaytirma darajadagi sifat mavjud?
1. Gulzorga to’kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo’lib, jigarrang tus olgan. 2. Sha’mning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. 3. maxsum kichkinagina, ozg’in, siyrak soqol-u qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo’lmaydigan biro dam edi. 4. Shunda ulg’aydi bo’yi, Ko’ring bo’ldi yigitcha . Vazmin, tuyrak, chaqnoq ko’z, Sarg’ish soch-u oppoq yuz.
a) 1,2,4 b) 2,4 c) 2,3,4 d) 1,3,4
3. Qaysi qatorda qo’shma sifatlarning imlosi to’g’ri yozilgan?
a) qismlari ajratib yoziladi b) qismlari qo’shib yoziladi
с) qismlari chiziqcha bilan yoziladi d) asosan qo’chib yoziladi
4. Qaysi qatorda sifatga to’g’ri ta’rif berilgan?
a) otga bog’lanib, uning belgisini bildiradi va qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi.
b) fe’lga bog’lanib, uning belgisini bildiradi va qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi.
c) olmoshga, otga bo’g’lanib, uning belgisini bildiradi va qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi.
d) a,b
5. Sifatlarni aniqlang. 1) kechki; 2) doimiy; 3) mafkuraviy; 4) dastlabki; 5) turtki; 6) o’yinchoq;
7) erinchoq;
a) 1,3,4,6,7 b) 1,2,3,4,5,7 c) 1,2,3,4,7 d) 3,7
6. Qaysi gapda ikkita qo’shma sifat mavjud?
1. Shirinsuxan, oqko’ngil insonlar mevali daraxtga o’xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. 2. Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 3. Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko’rki, ishyoqmaslar esa ularning og’riq joyidir. 4. Toshbag’ir odamdan yaxshilik kutma. 5. Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. 6. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o’xshaydi.
a) 3,5 b) 1,3,5 c) 2,4,6 d) to’g’ri javob yo’q.
7. Takroriy sifat mavjud gapni aniqlang.
1. Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan. 2. O’z onamni elas-elas xotirlayman. 3. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. 4. Ba’zan plitka shokoladmi, arzon-garov qo’g’irchoqmi olib keladi. 5. Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go’shtlardan kabob pishiryapti. 6. Shag’al to’kilgan o’ydim-chuqur yo’ldan yurish it azobini bersa-da Yigit chidadi. 7. Qishloq obod bo’lsa, katta-katta ko’chalar tushsa, kim qarshilik qiladi. 8. Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi. 9. Yangi-yangi ariqlar kavlab, qo’riqlar ochamiz.
a) 3,5,7,9 b) 2,3,5,7,9 c) 1,4,6,8 d) barchasida mavjud
8. Qanday sifat belgini to’g’ridan-to’g’ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydi, daraja ko’rsatish imkoniga ega emas?
a) yasama sifat b) asliy sifat c) hisbiy sifat d) qo’shma sifat
9. asliy sifatlar berilgan qatorni toping.
a) go’zal, chiroyli, oq, shirin b) ko’chma, derazali, devoriy
c) aqlli, yuzaki, mazali d) a,c
10. Nisbiy sifatlar berilgan qatorni aniqlang.
a) go’zal, chiroyli, oq, shirin b) ko’chma, derazali, devoriy
c) aqlli, yuzaki, mazali d) a,c
Do'stlaringiz bilan baham: |