Qoraqalpoq Davlat universiteti Tarix fakulteti 3 b guruh talabasi Aminov Rahmatjonning O`zbek davlatchiligi tarixi fanidan taqdimot ishi



Download 451 Kb.
Sana04.03.2022
Hajmi451 Kb.
#482291
Bog'liq
Aminov Rahmatjon slayd

Qoraqalpoq Davlat universiteti Tarix fakulteti 3 B guruh talabasi Aminov Rahmatjonning O`zbek davlatchiligi tarixi fanidan taqdimot ishi

  • Nukus-2021

Mavzu : Ilk davlatlar davridagi iqtisodiy va ijtimoiy tuzum aholisi va xo`jaligi

  • Reja :
  • 1. O`rta Osiyoda ilk davlatlarning tashkil topishi
  • 2. Davlatlarning iqtisodiy va ma`naviy ahvoli
  • 3. Ilk davlatlar bo`yicha manbalar
  • 4. Qadimgi Xorazm va uning ijtimoiy taraqqiyoti
  • Arxeologik ma’lumotlarga asosan, mil.avv. II ming yillik o’rtalarida O’zbekistonda (Surxon vohasi) dexqonchilik madaniyati ta’sirida ilk davlatchilikka o’tila boshlandi. Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan yerlar va sug’orish tizimi maydonlari bilan chegaralanganligi bois, kichik hududlarda, axoli zich joylashgan voxalarda paydo bo’ldi.
  • Bu vazifalarni hal etish zururiyati, turli vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabila orasidan xurmatga loyiq kishilar-yo’lboshchilar ajralib chiqa boshladi. Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarqqiyoti aloxida o’ringa ega bo’lgan, qabiladagi ijtimoiy va xo’jalik xayoti ustidan nazorat qiluvchi kishilarning ajralib chiqishiga olib keldi, biroq bular hali hukmron tabaqaga aylanmagan edilar. Jamiyatda dastlab axloqiy va obro’ nuqtai nazaridan ajralib turgan kishilar asta-sekin jamiyatdagi otadan o’g’ilga meros qoluvchi hokimiyat egalariga aylanib bordilar. O’zbekistonning dastlabki davlat uyushmalari ham dexqonchilik vohalari axolisini chetdan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy jixatdan boshqarib turish uchun tashkil topdi. O’zbekistonning bronza davriga oid ilk davlatchiligi xaqida faqatgina arxeologik manbalar mavjud bo’lsa, miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda yoritilgan. Bular «Avesto», Axamoniylar davri mixxat yozuvlari, antik davr Rim va Yunoniston tarixchilari asarlarida O’zbekistonning davlatchilik tarixi xaqida ilk ma’lumotlar jamlangan.
  • Biroq, faqatgina yozma manbalar yordamida bu masalaning to’la moxiyati ochib berilishi imkonsiz bo’lgani uchun bu davrdagi davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy turmush tarzi arxeologik manbalar yordamida ham o’rganiladi. «Avesto» tili, viloyatlarning tarixiy geografiyasi nomlanishi kabi xususiyatlarga ko’ra Xorazm hududlarida paydo bo’lgan. «Avesto» ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlar bilan bog’lanadi. Unda qadimgi geografik tushunchalar, xuddiy, etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro’yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, iqtisodiy va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlar va boshqalar o’rin olgan. Axamoniylar davri yozuvlarida O’rta Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida ma’lumotlar saqlangan bo’lib, bu yozuvlar mil.avv. VI-V asrlarga oid va ular Bexistun va Naqshi Rustam qoyalarida, Suza, Persopol, Xamadon shaharlaridan topib o’rganilgan.
  • Antik dunyo mualliflaridan Ktesiy (mil.avv. V asr), Gekatey (mil.avv. VI-V asrlar), Geradot (mil.avv. V asr) va boshqalar ham O’zbekiston hududida qadimdan mavjud bo’lgan davlatlar, xalqlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush tarzi xaqida ko’pgina qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, XIX asr oxiridan boshlab, oldingi yillar jaxon tarixshunosligida O’rta Osiyodagi ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolari haqida va ularni o’rganishda yuqorida eslatilgan mualliflarning asarlari, «Avesto» ma’lumotlari va boshqalar asos bo’ldi.
  • Olimlarning fikricha, Aryoshayyona, «Avesto» da tilga olingan Kavi Vishtaspning podsholigi bo’lib, mil.avv. IX-VIII asrlarda Drangiana, Satagadiyab Ariya, Marg’iyona, Amudaryo o’rta oqimidagi yerlarni birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning va I.Gershevichlarning fikricha, Kavi Vishtaspning davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» bo’lgan. Bu masala hali to’liq o’z yechimini topgan. Biroq, S.P.Tolstov va Ya.G’.G’ulomovlar Xorazm davlati qadim zamonlaridanoq aynan Amudaryoning quyi oqimlarida yuzaga kelgan degan fikrni ilgari surishgan. Bu davlat hududi xozirgi Xorazmdan ancha katta bo’lgan. Mil.avv. 700-540 yillarda Qadimgi Baqtriya davlatining (Baqtriya, Marg’iyona, So’g’diyonaning bir qismi) ancha rivojlangan davri bo’lib, uning hududlari Murg’ob vohasi, Xindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurotak tizmasi va Buxoro hududlarigacha borib yetgan deb taxmin qilinadi.
  • Baqtriya bu davrda Xorazm davlati va sak-massagetlar harbiy-siyosiy uyushmasiga chegaradosh bo’lgan. Marg’iyona va So’g’diyona Baqtriyaning ayrim qismlari bo’lganligi xaqida ham ayrim ma’lumotlar mavjud. Arxeologik manbalarga ko’ra, Xorazmda mil.avv. IX-VIII asrlarda paxsa va xom g’ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa inshootlari va boshqalar topilmagan. Shuningdek, bunday narsalar Baqtriya va So’g’diyona hududlarida ham uchramagan. Mil.avv. VII asrga oid Ko’zaliqir va Baqtriyadagi Qiziltepa shaharlari mudofaa devorlaridagi o’xshashliklar shu davrda bu yerlarda yirik shahar markazlari bo’lganligidan dalolat beradi.Miloddan avalgi VI asrdagi Xorazm sopol idishlarining Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyonadagi shunday buyumlarga o’xshashlik jixatlari ko’p bo’lgan. Bu umumiylik va o’xshashlik yuqoridagi davlatlarning umumiy madaniyatga mansub bo’lganliklaridan dalolat beradi. Mil.avv. VII-VI asrlarda shakllangan va ancha yirik bo’lgan Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlarining axolisi til, urf-odatlari, madaniy xayot tarzi jixatidan umumiylikka ega bo’lgan.
  • Bu davrda jamiyatning hududiy bo’linishi shakillanib, o’troqlashuv jarayoni kuchaydi, shaharlar, qal’alar paydo bo’ldi, xo’jalik tarqqiy etdi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida o’zbek arxeologlari O’zbekistonning turli viloyatlarida bir qancha qadimgi shaxarlar xarobalarini topib o’rgandilar. Tadqiqotlarning guvoxlik berishicha, bu shaxarlarning ayrimlari bundan 2700 yillar avval paydo bo’lgan. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) kabilar kiradi. Bu qadimiy shaxarlar an’analari Samarqand (Afrosiyob, maroqand), Kitob-Shaxrisabz (Uzunqir), Qarshi (Yerqo’rg’on) hududlarida davom etgan. Eng qadimgi shaxarlarga xos belgilardan asosiysi uning mudofaa devorlari bilan o’rab olinganligidir. Devorlar suv to’ldirilgan chuqur xandaq bilan o’rab olingan. Bu shaxar-qal’alarda ichki qal’a, axoli yashaydigan dahalar, xunarmandchilik ustaxonalari va savdo rastalari joylashgan qismi mavjud bo’lgan. Shaharlar atrofida dexqon xo’jaliklari va ekin maydonlari, bog’lar joylashgan. Ilk davlatlarning hududiy asosini aloqador dexqonchilik tumanlari tashkil qilgan. Xo’jalik yuritish maqsadida o’zlashtirilgan yerlarda axoli zich joylashib, ular «madaniy-xo’jalik» vohalari deb yuritilgan.
  • Manzilgohlarning soni va o’zlashtirilgan yerlarning umumiy maydoniga qarab, madaniy-xo’jalik vohalari bir necha guruxlarga bo’lingan va ularning chegaralari sug’orma dexqonchilik hududlari va sug’orish tarmoqlari chegaralari bilan bog’liq bo’lgan. Mil. avv. VII-VI asrlarda aholi nisbatan zich joylashgan o’troq vohalarda dexqonchilik jadal rivojlangan. Axolining asosiy mashg’uloti-dexqonchilikdan tashqari xunarmandchilik va chorvachilik bilan ham shug’ullangan. Ayrim uy xonalaridan topilgan ustaxonalar shundan dalolat beradi.
  • O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo’lishi muammolarini o’rganish uchun asos bo’lgan bo’lishiga qaramasdan, qadimgi davlatlar hududlari, shakllari, boshqaruv tizimi sanasi bilan bog’liq bo’lgan mavzularniig ayrim yo’nalishlari hamon ilmiy bahslarga sabab bo’lmoqda.Ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni taxlil qilish shuni ko’rsatadiki, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg’oniston) hududlarida harbiy ahamiyatga ega bo’lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. O’sha davrda Marg’iyona va So’g’diyona qadimgi Baqtriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida turli ma’lumotlar bor. Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy iqtisodiy markazlardan biri bo’lib, aholining, qudrati shaharlar va qal’alarning ko’pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi shundan dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • 1.Sagdullaev A. Qadimgi O` zbekiston ilk ezma manbalarda. T. 1996.
  • 2.Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T. Sharq. 2000
  • 3.Karimov Sh., Shamsuddinov R. Vatan tarixi. Birinchi kitob. T., 2010.O`zbekiston tarixi. T.Universitet. 1999.
  • 4.Sagdullaev A. va boshq. O`zbekiston tarixi: davlat va jamiyat
  • taraqqieti. T., Akademiya, 2000

Download 451 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish