Seminar
mavzu: Qoraqolpog`iston xududi eng qadimgi va Antik Davrlarda
Reja:
O’rta osiyoda antik davr yodgorliklari
3.1971 yilda Dalvarzintepa uy xonalaridan birida kichik tuvakchada oltindan yasalgan 115 ta ashyolar
Qoraqalpog`iston ulkasida qadimgi joylashish tosh davriga to`g`ri keladi. Qadimgi Xorazm davlati Amudaryoning quyar joyida bizning eramizgacha VII-Vi asrlarda joylashgan. Qoraqalpog`istonning eski poytaxti – Xujaylidan uch kilometr joyda ajoyib tarixiy- arxeologik kompleks Mizdakxan joylashgan bo`lib, u uch xolmax turadi. Olimlar bizning eramizgacha IV- asrda qurilib, XII – asrda tatar-mongollar tamonidan qirg`inga uchragan, ularning eng qadimgisi xisoblangan Gaur – qa`la eli ko`plagan zaraostrizm qabristonlar Mizdakxanning ichgi bo`lagida joylashgan. Qa`la Xorazm davlatining yirik savdo- xunarmandchilik markazi bo`lib, u orqali Buyul Ipak yo`lining janubiy tarmoqlarining biri o`tgan, bularga qazib topilgan qushlarning rasmi , oltin ipli gazlamalarning qoldiqlari, Xind okeani tosh idishlar , koraldan yasalgan kiyimlarning qoldiqlari dalil bo`la oladi.
Mizdakxandan uncha olisda joylashmagan qadimgi, bizning davrimizgacha kelgan zoraostrizmning diniy qurilishi Shilpiq joylashgan. So`ngi tadqiqotlarga qaraganda zaroastrizm talimoti qadimgi Xorazmda paudo bo`lgan va uning payg`ambari Zardushtra muqaddas kitob “Avesto” ning qadimgi qatorlarin yozgan.
Ellikqalada qadimgi qo`rg`onlar Qirqqiz qa`la, Ayoz qa`la, Ishan qa`la mavzoleyi joylashgan. Ulardan Tuproq qa`la II-IV asrda Xorazm xonligining markazi bo`lgan. Ajoyib saroylar, faqat xom loy skulpturalar, zallar, arxeologik tadqiqotlar natijasida topiladi. Ularda podsholar, qora tanli askarlar, o`yinchilar suratlangan.
Davlat 712- yili arablar tamonidan bosib olingan. Mizdakxan qa`lasidagi ajoyib estalik- Nazlimxansulu yer osti mavzoleyi uch davrga to`g`ri keladi, uning eng birinchi qurilishlari XII asrda boshlangan. Uning atrofida madrasa va Erejep xalifi mavzoleyining qoldiqlari topilgan bo`lib, ular IX-XI asrlarga to`g`ri keladi. Qadimgi Xorazm yo`llari orqali uning butun tarixi davomida XVI asr o`rtalariga kelib sharqdan g`arbga qaray karvonlar o`tib turgan. Bularda Usturt tekisligidan Buyuk Ipak yo`lida joylashgan karvon-saroylar, quduqlar va boshqada suv saqlagich qurilishlar dalillaydi.
Adamlarning qadimgi turar joylari Xorazm davlatida ochilgan bo`lib va cho`llarga yaqin bo`lib, ular neolit davriga (bizning eramizgacha VI-III asr) to`g`ri keladi. Bu joylarda ovchi va baliqchi qavmlari joylashgan. Janub bilan aloqa oqibatida Amudaryoning quyarlarida bizning eramizgacha II asrda yerni suvg`arib ekish paydo bo`lgan. Xorazm tsivilizatsiyasining boshlanishi arxiak madaniyat (bizning eramizgacha VII-V asr) davriga to`g`ri keladi. Bu davrda Kuzali-qir qa`lachasi va Jing`illi qo`rg`on qurilgan. Shundan qa`la yashovchilari va qishloq yashovchilari kelib chiqqan. Bizning eramizgacha Vi asrning o`rtalarida Xorazm Axamanidlar tarafidan bosib olinadi. Elda jadal madaniy olmashiniuvlar yuz beradi.
Bizning eramizgacha V-IV asrlatda Xorazm mustaqil ravshda rivojlangan. Xorazmliklar bizning eramizgacha IV-III asrlarda aholidan va tashqaridan olib kelingan elementlarni qarishtirib va rivojlantirib o`zining madaniyatini rivojlantiradi.
XII-XIII asrlarda tuzilgan, Indiyadan kavkazgacha cho`zilgan katta davlat Xorazmshoxlar davrida madaniyat va xunarmandchilik rivojlangan. Bu saltanati, saroylari va diniy imoratlari ko`zga tashlanib, ular ganch o`ymalari, yozilgan plitalar bilan bezatilgan. Shundan keyin xunarmandchilik rivojlanadi.
Mongollar bosib olgandan keyin Xorazm XIII asrda Oltin o`rda quramiga kiradi va unga katta ta`sir ko`rsatadi. Xorazm poytaxti – Urganch Markaziy Osiyo qa`lalarini bog`lovchi karvon yo`llari buylarida joylashgan. U Markaziy Osiyoning yirik xunarmandchilik markaziga aylangan. Bu davr keramikasida xar xil sa`nat usullaridan foydalangan, oyli va betlik naqshlar, grelirovka, shtamp, bezash mativlari o`simlikka o`xshash naqshlar, chinnidan ishlangan naqshlar keng foydalanilgan.
Qoraqalpog`iston yerida o`rta asr olimlari Al-Beruniy, Al- Xorazmiy, Najmiddin Kubrolar yetishib chiqqan. XIX asr XX asr boshlaridagi buyuk shoyir Ajiniyoz, Berdax yashab ijodiyot bilan shug`ullangan.
O’rta osiyoda antik davr yodgorliklari O’rta Osiyo hududida mil.av. IV– milodiy IV asrlarga oid yodgorliklarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borildi. O’zbekiston hududida M.E.Masson rahbarligida Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi, Ya.G’.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining arxeologiya guruhi O’zbekistonning barcha viloyatlarida, S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Xorazm vohasida V.M.Masson rahbarligida Baqtriya ekspeditsiyasi, G.A.Pugachenkova rahbarligida Xamza nomidagi san’atshunoslik ekspeditsiyasi xodimlarining Surxondaryo viloyatidagi faoliyatlarini qayd etish mumkin. M.E.Masson rahbarligida Turkmaniston hududida Turkmaniston arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari arxeologik tadqiqotlarni olib bordi. Tojikiston hududida A.N.Bernshtam, Pomir-Oloy tog’ tizimi atroflarida A.M.Mandelshtam, Beshkent cho’lida arxeologik tadqiqotlarni olib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |