Tashkiliy, huquqiy va moliyaviy asoslari.
1. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti davlat byudjeti mablaglari hisobidan moliyalashtiriladi.
Unga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag ajratiladi.
2. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiO’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi oldidao’z faoliyati bo’yicha hisobot berib turadi.
3. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetio\qityvchilap malakasini oshirish instituti bilan kelishganholda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqiangan reja asosida ish yuritadi.
Maktabgacha ta’lim taraqqiyotida boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg’armalar, shuningdek tadbirkorlik to’zilmalari faol ishtirok etib kelmoqia.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1) ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterga ega ekani;
2) ta’limning o’zluksizligi va izchilligi;
3) o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyorliligi;
4) ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
7) har bir shaxsning bilim olishga iste’dodini rivojlantirishni rag’batlantirilishi;
8) ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvining o‘zaro uyg‘unligi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi.
1) demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limi tibbiy-gigienik profilaktik va sog‘lomlashtirish tizimiga doyr qonun hhujjatlari asosida ishlarni tashkil etish.
2) yakkaboshchilik tamoyili - ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari, aralash tusdagi bolalar bog’chasi (uning tarkibiga yillik ish rejasini tulik bajarishga karatiladi;
3) hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;
4 ) aniqlik tamoyili- pedagogik metodik va xo‘jalik ishlarini aniq maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil qilish va bajarilishini tahlil qilish;
5) xo‘jalikni boshqarish tamoyili - ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
6) tanqid va o‘z-o‘zini tanqid - rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga talabchanlik bilan yondoshishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlariga tanqidiy munosabat;
7) farqlash tamoyili - ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg‘or ish tajribalarini ko‘ra olish;
8) yangilikni his qila olish tamoyili - o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarini o‘zlashtirish va ish faoliyatida qo‘llay olish.
Xulosa:
ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama barkamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoatva xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;
- maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
— zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
— bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
— maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo’yicha malakali maslahat ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
— maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Maktabgacha ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
— bolalar xayotini muxofaza etish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
— bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishini rivojlantirish;
— bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
— bola rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish:
— bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
— bolalarni jismoniy, ma’naviy va intellectual jihatdan maktabda o’qishga tayyorlash.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy ish hujjatlari:
Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun (T., 1997).
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (T., 1997).
Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi Nizom 2017).
Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Konsepsiya 2012
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (T., 2008; 2012, 2017).
“Bolajon”dasturi (T., 2010).
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmonlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |