Qoraqalpog'iston Respublikasida maktabgacha ta'limning o'ziga xos xususiyatlari



Download 62,5 Kb.
bet1/3
Sana28.06.2022
Hajmi62,5 Kb.
#716281
  1   2   3
Bog'liq
Yulduz Erdashova Urazbay qizi. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika institu


Qoraqalpog'iston Respublikasida maktabgacha ta'limning o'ziga xos xususiyatlari.
Yulduz Erdashova Urazbay qizi. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika instituti 2-kurs magistranti.
Annotatsiya:Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasida maktabgacha ta'limning o'ziga xos xususiyatlari,boshqarish tamoyili,boshqarishning psixologik tamoyili,haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi,maktabgacha ta’lim,raxbarlik,metodika,shaxs,korxona.
Kirish:
Qoraqalpog'iston Respublikasida maktabgacha ta’limga uslubiy raxbarlik O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti orqali amalga oshiriladi.
Metodika kabineti Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida ish yuritadi. Uning tashkiliy tuzilishi quyidagicha:
O'zbekiston Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman metodika kabineti faoliyatini nazorat qiladi hamda ularga uslubiy yordam beradi.
Uning asosiy vazifalari; xalq ta’limi bulimlari qoshidagi metodika kabinetlari faoliyatini nazorat qilish, tarbiyachilar va xalq ta’limi xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish, ilgor ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat. Har qaysi soqani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har birini tavsiflash, moxiyatini ifodalashga ehtiyoj tug’iladi.
Tamoyil - biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshqarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning xolatimizda bu - xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, muassasa raxbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan xolda boshqaruv ob’ektiga (bizning xolatimizda bu - maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
Boshqarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari - diktat, idrok tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui. Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan o’zviy bog’liq bo’lib, bularning barchasi kishilar urtasidagi munosabatlarda ko’zatiladi.
Bugungi kunda jamiyat xayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda. Boshqarish usulining eng muxim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi.
Albatta, raxbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka va bilim, raxbarlik salohiyati, ko’plab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar sohibi bo’lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarish ham bundan istisno emas.
Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko’nikmalarni o’zaro uyg’un holda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’liq masalalarni talab darajasida xal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni o’zluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. SHu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning raqbarlik saloxiyati va ma’naviyatini yuksaltirish g’oyat muhim aqamiyat kasb etadi. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor qaratib, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Buyuk maqsad yo’lidan ogishmaylik» asarida: «Kadrlar tanlashda — vatanparvarlik xalqiarvarlik tuyg’usi bugun juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlaydi.Qoraqalpog'istonRespublikasi maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O’zbekiston Respublikasi Xalq Maktabgacha ta’limi vazirligi xo’zuridatashkil etilib, mazkur soha bo’yicha etakchi to’zilma sifatidabarcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiniuslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqashtirib boradi.
Qoraqalpog'iston Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetio’z faoliyatida amaldagi qonunchiliq Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlarva boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institugi, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institugi, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o’quv-metodika markazi, Viloyat pedagog kadrlarni qyta tayyorlashva malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalarbilan mustaxkam hamkorlik aloqilarini o’rnatadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiningasosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
- Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko’rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Bolajon»dasturini to'liq bajarilishini ta’minlaydi;
- ilgor ish tajribalarni hganadi, umumlashtiradiva ommalashtiradi (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari,maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi-uslubchi, mudiralar, uslubchilar va tarbiyachilar,murabbiylar faoliyatini taxlil etish asosida);
- ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiyava boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidakulga kiritilgan yutuqiar, xalq pedagogikasi an’analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari, yo’l-yuriqiarini ishlab chiqadi.
Nazorat qilish deganda — davlat nazorati, Maktabgacha ta’limbulimlari tomonidan maktabgacha tarbiya muassasalari va rahbarlari faoliyatini teyupirish shakllari tushuniladi.
Bu, avvalo, colara oid amaldagi qonun hujjatlari, jumladan, «Ta’lim to’tisida»gi Qonun asoslarini, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining, «Maktabgacha ta’lim to’g’risida»gi Nizom, «Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi», «Maktabgacha ta’lim dasturi», «Ilk qadam» o’quv dasturining bajarilishini, xalqta’limi idoralari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog’liq bo’lgan ariza va shikoyatlarni tekshirishni anglatadi.
Bundan tashqari, nazorat — har bir maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatidagi mavjud nuqson va kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish, ta’lim-tarbiya, pedagoglar va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim vositadir.
Nazorat qilishning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunchilik hujjatlarida, «Maktabgacha ta’lim konsepsiya»sida belgilab berilgan tamoyil va mezonlar tashkil etadi.



Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish