2. Iste`mol va jamgarish funktsiyalari.
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma`lumotlar va grafiklarga tayanib iste`mol funktsiyasini yozamiz:
C = a + b Yd , bu erda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliklar;
b – iste`mol xajmining tasarrufidagi daromadga boglikligini ifodalovchi koeffitsient, boshkacha aytganda iste`molga chegaralangan moyillik.
ΔS
b = --------- 100
Δ Yd
Demak, iste`mol xajmi avtonom iste`molga, tasarrufidagi daromad xajmiga va iste`mol xajmining tasarrufidagi daromad o`zgarishiga ta`sirchanligiga boglik.
Jamgarish grafigini xam iste`mol grafigiga o`xshab algebraik ifodalash mumkin, ya`ni jamgarish funktsiyasi kuyidagi ko`rinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd
Iste`mol va jamgarish xajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashkari kuyidagi omillar, to`grirogi bu omillardagi o`zgarishlar xam ta`sir ko`rsatadi:
1. Uy xo`jaliklari daromadlari.
2. Uy xo`jaliklarida to`plangan mulk xajmi.
3. Baxolar darajasi.
4. Iktisodiy kutish.
5. Iste`molchilar karzlari xajmi.
6. Solikka tortish xajmi.
Dastlabki besh omil ta`sirida iste`mol va jamgarish grafiklari o`zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta`sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste`mol va jamgarish ulushi nisbatlari o`zgaradi. Solikka tortish darajasining o`zgarishi ixtiyordagi daromad xajmini o`zgartirgani tufayli uning ta`sirida iste`mol va jamgarish grafiklari bir tomonga karab siljiydi. Iste`mol funktsiyasini aniklash borsidagi tadkikotlar, uning xajmi shuningdek 6)axolining daromadlari xajmi va to`plagan mulki ko`lamiga ko`ra tabakalanishi darajasi xamda 7) axolining soni va yoshiga ko`ra tarkibiga xam boglikligini ko`rsatdi.
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barqaror sur'atlarini ta'minlashda mutanosiblikning quyidagi amaliy jihatlaridan foydalanishga e'tibor kuchaytirish lozim: iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bir maromda, barqaror ravishda kechishi uchun asos yaratish; ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini ta'minlash; iqtisodiy resurslarning davlat, milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari, hududlari va boshqa tarkibiy qismlari bo‘yicha oqilona va samarali taqsimlanishiga imkoniyat yaratish; mamlakatdagi mavjud ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida oqilona taqsimlash va h.k.
2. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanishida o‘zaro dialektik bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirmay turib xizmat sohasini kengaytirib bo‘lmaydi. O‘z navbatida, xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi ishlab chiqarish rivojida yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shunga ko‘ra, hozirda tarixan uzoq yillar davomida rivojlanib kelgan ishlab chiqarish sohasi hamda jadallik bilan o‘sib borayotgan xizmat sohasi o‘rtasida o‘zaro oqilona mutanosiblikning shakllanish jarayoni davom etmoqda. O‘zbekiston rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetishi uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari o‘rtasidagi nisbatni hozirgi 1:0,74 darajadan 1:1,5-2,5 darajaga qadar oshirish zarur bo‘ladi.
3. Mamlakatimizda ichki talabni qo‘llab-quvvatlash orqali tarmoqlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash bir qator yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur:
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish;
- ularni imtiyozli kreditlar ajratish orqali qo‘llab-quvvatlash;
- eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga byudjet-soliq imtiyozlarini berish;
- eksport salohiyatini rivojlantirish hamda mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni rag‘batlantirish.
4. Umuman olganda, iqtisodiy resurslardan tejamli foydalanishda tarmoqlar o‘rtasidagi mutanosiblikni yanada kuchaytirishning muhim yo‘llari quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy resurslarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ulardan foydalanish tejamkorligini ta'minlovchi omillarni aniqlash va ularga maqsadga yo‘naltirilgan holda yondashish;
- iqtisodiy resurslardan tejamli foydalanishni ta'minlovchi me'yorlarning ilmiylik darajasini va ob'ektivligini oshirish;
- iqtisodiy resurslardan tejamli foydalanishni ta'minlovchi ilmiy me'yorlarni ishlab chiqishda muntazam holda jahonning ilg‘or fan-texnika yutuqlari va yangiliklarining e'tiborga olinishini ta'minlash va h.k.
5. O‘zbekistonda mutanosiblikni ta'minlash orqali iqtisodiy o‘sishni yanada yuksaltirishning quyidagi yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadga muvofiq: milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari o‘rtasidagi o‘zaro oqilona nisbatni ta'minlash, ular o‘rtasidagi ishlab chiqarish va texnologik bog‘liqlikni optimallashtirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish; iqtisodiy jarayonlar o‘rtasidagi muayyan mutanosiblikni ta'minlash; mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari va ulardan foydalanish borasidagi mutanosiblikni ta'minlash; innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy-texnikaviy salohiyatni yuksaltirish orqali yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslar taqsimotini yaxshilash, ishlab chiqaruvchi kuchlarni samarali joylashtirish va hokazo.
6. Iqtisodiyotning mutanosibli rivojlanishini ta'minlashda quyidagi yo‘nalishlarda resurslardan tejamli foydalanish zarur: iqtisodiy resurslarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ulardan samarali foydalanishga majbur etuvchi mexanizmni yanada takomillashtirish; tejamkorlikka ta'sir etuvchi omillar va ularning iqtisodiy muvozanat, mutanosiblikka ta'sirini aniqlash; resurslardan tejamli foydalanish me'yorlarining ilmiylik darajasi, ob'ektivligini oshirishda jahonning ilg‘or fan-texnika yutuqlari va yangiliklarini ishlab chiqarish amaliyotiga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
7. Qishloq xo‘jaligida ishchi kuchi resurslaridan samarali va tejamli foydalanishni ta'minlash uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
- qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi kuchi resurslarini o‘zining ixtisosligi, malakasi va sifati bo‘yicha mavjud ish o‘rinlariga muvofiqligini ta'minlash;
- ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi darajasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan ishchi kuchining optimal me'yorini aniqlash va band ishchi kuchi sonini unga muvofiqlashtirish;
- ortiqcha ishchi kuchi resurslarini qishloqda qayta ishlash sanoati, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma korxonalarini barpo etish orqali band qilish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |