Qorako’l tuman kasb-hunar maktabining 2020- yil " " dagi Pedagogik kengashida muhokama qilindi va ma’qullandi. Bayonnoma № Kafedra mudiri: Sh. Ergashov



Download 1,48 Mb.
bet56/68
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#89135
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68
Bog'liq
Тарбия фани(1)

Jan Batist Lamark (Fransiya, 1744-1829) organik dunyo tadriji to'g'risida o'ziga qadar yaratilgan ta'limotlar ichida xiyla mukammal nazariyani asosladi. Unga ko'ra hayvonlar, o'simliklar turlari iloimo o'zgarib boradi. Bunda tashqi ta'sir ostida ularning tuzilishi murakkablashib va ichki salohiyatiga binoan ular takomillashib boradi. Olim tadrijiylik tamoyilini jonli tabiatning yagona qonuni deb ko'rsatgan.


Tadrijiylik ilmiy yo'nalishi


Tabiatshunoslik dalillariga tayangan holda aytish mumkinki, insonning kelib chiqishi to'g'risida turli-tuman qarashlar mavjud. Jumladan, ulardan biriga ko'ra, o'tmishi 100 million yillarga borib taqaladigan xordalilar (Chordata) tipiga mansub bo'lib, qandaydir koinotiy falokat tufayli qirilib ketgan umurtqalilarning kichik avlodi -

dinozavrlardan 60 million yil awal sutemizuvchilar (Matalia) sinfidan kelib chiqqan so'nggi primat (Primates)ning gominid (Hominid) oilasi insonning qadimiy ajdodlaridir. 2-3 million yil awal tadrijiy shakllana boshlagan inson (Homo) zoti dastlabki mohir odam (Homo habilis)ning turli avlodlari nutq kurtaklariga, rivojlangan panjalariga ega, qo'l cho'qmorlari tayyorlashga qodir maymun-odam (Pitekos antropos), keyin esa qadimgi odam (Arhantropos) va 150 ming yil awal kelib chiqqan, miyasi rivojlangan, nutqi ravon va xilma-xil mehnat qurollarini yasay oladigan va tik yuruvchi odam (Homo erectus) bosqichlarini bosib o'tgan. Hozirgi odam - aqlli odam (Homo sapiens) turi Yer sharida, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, 90-100 ming yildan beri yashab keladi.

Tadrijiylik doirasidagi Darvin ta'limotiga ko'ra insonning kelib chiqishi va mav- judligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, irsiyat va o'zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi.



Charlz Robert Darvin (Angliya, 1809-1892) «Tabiiy tanlanish yo 'li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi» (1859), «Madaniy о'simliklarning va uy hayvonlarining o'zgarishi» (1859), «Madaniy o'simliklar va uy hayvonlarining o'zgarishi» (2 jildlik, 1871), «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me'yorlari va ideallarini qayta qurdi. Lamarkning chiziqli determinizmi bartaraf etilgan edi.

Darvinizm ta'limoti maydonga kelganda genetika fani to'la shakllanib bo'lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o'z aksini topmagan. K. Marks va boshqalarning ijtimoiy omillar to'g'risidagi nazariyalari bu ta'limot muallifiga noma'lum edi. Shu va boshqa sabablarga ko'ra, darvinizmning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar nazarga olinmagan.

Darvinning tadrijiylik nazariyasi nuqsonlarini dastlab tad- rijiylikning mehnat nazariyasi to'ldirishga qodirday ko'ringan edi.


Darvinizm



Vernadskiy va Teyar de Sharden nazariyasi
Bu nazariyaga ko'ra moddiy obyektlar harakati maqsadga yo'naltirilgan tarzda kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat

lortilgan, balki o'zida uni ifodalaydi. Bunday yondashish asosida hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi doirasida insonning paydo bo'lishi to'g'risida muayyan nuqtayi nazarni ilgari surish mumkin bo'ladi. V.I.Vernadskiy hayotni koinotiy hodisa hisoblab, unga ladrijiylikning qonuniy mahsuli sifatida qaragan.

V.I.Vernadskiy Yerda hayotning kelib chiqishi va u bilan bog'liq liolda biosferaning paydo bo'lishi insonning kelib chiqishidan boshlangan antropokoinotiy tizim fan rivojlanishining insoniy yo'nalishi bilan qo'shilib noosfera qaror topishini bashorat qilgan edi.

Kelib chiqishi fransuz bo'lgan, paleontologiya, qadimshunoslik, biologiya sohalarida taniqli olim va mutafakkir Teyar de Sharden diniy-mafkuraviy tamoyillarga tayangan holda «tadrijiy-koinotiy- nasroniylik» nazariyasini ilgari suradi. Bunazariyaga ko'ra, olamdagi butun mavjudot ruh uchqunlaridan tashkil topgan. Olam hodisalari oddiydan murakkabga tomon, pastdan yuqoriga qarab doimo o'/.garishdadir. Bunda ular o'zaro bogiiqlikda bo'lib, miqdoriy yoki sifatiy tomonlari bir-biriga o'tib turadi. «Barcha sohalarda, - ta'kidlaydi olim, - qandaydir miqdor yetarli darajada kuchaysa, ularning ko'rinishi, holati yoki tabiati keskin o'zgaradi: qiyshiqlik harakat yo'nalishini o'zgartiradi, tekislik nuqtaga aylanadi, barqarorlik yo'qoladi, suyuqlik qaynaydi, butun boiaklarga ajraladi». Teyar de Sharden inson kelib chiqishini ham o'z ichiga olgan Koinot o'zgarishi jarayonlari bosqichlarini quyidagicha tushuntiradi: noorganik tabiat («ilk hayot»), organik olam («hayot»), ma'naviy olam («fikr»), («noosfera») va Xudo («Omega nuqtasi») yoki ulkan hayot «fikr» bosqichida o'zida ruhiy quvvatni mujassamlaydigan inson kelib chiqadi.

Bu nazariyadagi, diniy asosda bo'lsa-da, amal qiladigan qat'iy determinizm tadrijiylikda hech qanday tasodifga o'rin qoldirmaydi.

Mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga




Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish