Bilish - insonning tashqi dunyo hodisalari va o'zi to'g'risida zarur bilimlarga ega bo'lish salohiyati. Bilim - bilish jarayonining yakuniy ifodasi. Haqiqat - bilimlarning voqelikka mos kelishidir.
Fan - tartiblangan va turmushda qo'llanilayotgan bilimlarning keng maqomda, ijtimoiy institut sifatida olinishi.
Falsafa - alohida taxlitdagi bilimlar tizimi bo'lib har qanday dunyoqarashning umummag'zini tashkil etadi.
Savollar va topshiriqlar
Inson bilishi o'z-o'zidan kechadimi yoki maxsus amalga oshiriladimi?
Inson bilishi o'zini o'zi bilishdan boshlanadimi yoki tashqi dunyoni bilishdan?
Bilish jarayoni qanday tarzda kechadi? Haqiqat muammolarini mulohaza qilib ko'ring. Falsafiy donolik bilan fan haqiqati umumiylikka egami? Hozirgi zamon bilimlarining postnomumtoz tabiatini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |