3-MAVZU: Diniy manbalarning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Jahon dinlarida ilm olishga targ’ib qilinishi.
Islom dinida tarbiyaning o’rni.
Muqaddas man’baalarda inson tarbiyasiga e’tibor.
3.Jahon dinlarida ilm olishga e’tibor.
Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko'ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan mif- laridan birida tasvirlanishicha, erkak va ayol xudolar suv xudosi bo'lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichimlik miqdorini ko'paytirish usulini topishini so'rab mu- rojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo'lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol bo'lgan.
Birinchi insonning paydo bo'lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, О limp cho'qqisida yashagan xudolardan odamlar tug'ilgan.
Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi tog'risida
Nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da aytilishicha, «...Yana Xudo: «О z suratimizga ко 'га, О 'zimizga о 'xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ко 'к yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yeryuzi vayerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi ... Xudovandi karim yerning tuprog'idan odamni yasab,
uning dimog'iga hayot nafasini pufladi. Shu yo'sinda odam tirik jon bo'ldi»0.
Tabiatshunoslik dalillari
Qur'oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «...Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So'ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So'ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go'sht qilib yaratdik, bas, parcha go'shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go'sht qopladik, so'ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik»0.
Buddaviy dinida ta'kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo'lgan kuchlarning o'tkinchi yig'indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko'ra va ularga bog'liqlikda paydo bo'lib, yana yo'qolib turadi.
Ko'rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma- xil. Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo'lib asta-sekin to'planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan.
Diniy ta'limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o'tmishda, ayniqsa, yangi zamonning boshlaridan Yevropada to'plangan ma'lumotlar insonning paydo bo'lishiga doir awalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, tasodifan yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarrting, garchi ular boshqa biologik tur - hayvonlarga tegishli bo'lsa-da, inson suyaklariga ham o'xshashligi ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, hayvonlarning ayrim yuqori turlaridagi ba'zi sifatlar maymunlarning morfologik tuzilishi va qushlarning ikki oyoqda yurishi, ko'pgina jonzotlarning eng sodda qurollar yordamida «uy-joy» qurish, o'ziga xos tarzda tildan, raqsdan foydalanishi, jamoa bo'lib yashashi va hokazolar ham e'tibordan tashqarida qolmagan. O'z navbatida, bular odamning yaratilishi to'g'risidagi diniy qarashlarga bog'liq bo'lmagan holda tushuntirilishi lozim edi. Yoki topilgan tosh qurollarning kimga tegishliligi ko'p bahslarga sabab bo'ldi. Bu qurollarni hayvonlar yasamaganliklari uchun ularniki bo'lolmasligi aniq edi.
Inson kelib chiqishi to'g'risidagi ilmiy yo'nalish organik olamdagi barcha mavjudotlarning rivojlanishi to'g'risida XIX asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o'laroq xiyla asoslab berilgan. Tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya, liziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy ma' lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya materiallari har tomonlama o'rganilgan edi. Bu nazariya o'z ichiga kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi.
Antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba'zi jihatlardan XVIII asrda Yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida maydonga kelgan. Masalan, shotlandiyalik geolog olim Jeymas Petton (1726-1795) ilgari surgan geologiyaviy farmatsiyalar to'g'risidagi ladrijiylik nazariyasida Yer sayyorasining geologik tarixi, uning u yoki bu qismining yemirilishi va boshqa qismi kelib chiqishining c|aytarilib turishi sikllari sifatida talqin qilingan edi. Keyinroq, 1796- yilda fransuz olimi Pyer Simon Laplas (1749-1827) Quyosh tizimi- ning «dastlabki» tumanliklardan kelib chiqqanligi nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariya Olamning I. Nyuton mexanikasiga asoslangan statik qiyofasi o'rniga, tadrijiy mexanika qiyofasi to'g'risidagi qarashlarini ifodalagan edi.
Laplasning zamondoshi ingliz vrachi va tabiatshunosi Erazm Darvin (Charlz Darvinning bobosi) o'zining «Zoonomiya» dostonida (1796) ilgari surgan nazariyasida tashqi muhit ta'sirida hayvonlar hayotini tadrijiy tushuntirib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |