1.2. QO‘LYOZMA KITOBLARNI BEZASH VA ULARNING TURLARI
O‗rta Osiyoda kitobxonalarning paydo bo‗lishi, juda qadim davrlarda borib
taqaladi. X asrda Samoniylar saroy kutubxonasida buyuk olim Abu Ali ibn Sino
ishlagan. Kitobat san‘ati O‗rta Osiyo Buxoro, Xiva va Samarqand kabi shaharlariga
mahalliy va chet eldan kuplab qo‗lyozma kitob keltirilar edi. Amir Temurning
mashhur kitobxonasida turli tillarda yozilgan kitoblar orasida ohu terisiga yozilgan
Xalifa Usmonning katta Qur‘on kitobi saqlangan.
XIX asrda ham O‗rta Osiyoda ko‗plab kitobxonalar mavjud bo‗lgan. Jumladan
Buxoro Amiri kutubxonasi haqida Vyatkin ma‘lumot beradi.
Xiva xoni Said Muhammad Rahim katta katta kutubxonaga ega bo‗lganligi,
A.N.Samaylovich quyidagi ma‘lumotni keltiradi: ―Muhammad Rahim 2 ta
qo‗lyozmalar kitobxonasiga ega edi, biri Arkda, ikkinchisi yozgi Saroy toza bog‗da
joylashgan bo‗lib, ular muntazam ravishda yangi qo‗lyozma va nusxalar bilan
to‗lg‗ozilar edi. Xonni xususan, she‘riyat, tarix va tabobat alohida qiziqtirar edi‖.
O‗tmish asrlardagi kabi XIX asrda ham qo‗lyozma kitoblar yaratilishida turli
kasb vakillari ishtirok etishardi. CHunonchi, uning asosiy yaratuvchisi xattot
kitobning barcha bezak va shaklini belgilar edi. Uning oldida nozik tabli SHarq
kitobxonini
talablarini
qondirishdek
vazifa
turardi.
Qo‗lyozmani faqat
mazmuninigina emas, balki, xattotning nafis san‘ati xarflarning uyg‗unligi va
unsurlarning nisbatlari va chiziqlardan uyg‗unligini estetik zavq bag‗ishlardi. SHarq
shoirlari ―Alif va Lomlarni behudaga go‗zal qizni nafis gavdasiga qiyoslashmagan.
Xattotlik san‘ati tabiiy kobiliyatdan tashkari katta chidam, mehnatsevarlik va
muntazam mukammallikni talab qilgan. Yuksak badiiy darajada qo‗lyozma kitobni
yaratishda, oylar emas balkim yillar ketgan.
O‗rta Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi –XX asr boshlarida yuksak
mahoratli xattotlar bo‗lgan. Ular kuchirgan kuplab kitoblar bizni davrimizgacha etib
kelgan.
Mahalliy qog‗ozdan qo‗lyozmalarni yaratish hali davom etar va asosan diniy
mavzudagi qo‗lyozmalardan keng foydalanishar edi. Mahalliy qog‗ozni ishlab
chiqarish XIX asr oxiri XX asr boshlaridan Qo‗qonda va Toshkentda ishlab chiqarilar
edi, ammo ―Qo‗qon joydori‖, ―Qo‗qon nimkonobi‖ qog‗ozlari biroz dag‗al va notekis
edi. VIII asrdan buyon ishlab chiqarib kelayotgan Buxoro va Samarqand qog‗oz
ishlab chiqarishi butunlay yo‗qqa chiqdi. Kitob yaratishda yuqorida aytganimizdek
ko‗plab ixtisoz vakillari ishtirok etishgan. Ulardan biri qo‗lyozma kitobni muqovali
yaratib bezagani saxxoflar san‘ati qadimiy an‘anaga ega edilar. Muqovasozlik
qadimdan amaliy san‘atning bir turi hisoblangan va ko‗plab ustalar bu sohada yuksak
mahorat cho‗qqisiga ko‗tarilgan, ulardan biri Qavmiddin Tabrizi bosma muqovaning
ixtirochisi bo‗lgan.
Alohida qimmatbaho qo‗lyozmalarni bezashda zargarlar ham ishtirok etishgan.
Ular oltin va kumushdan kitob belbog‗i va muqova shabaqalar yaratishgan.
XX asr boshlarida kichik muqovasozlik ustaxonalari mavjud bo‗lib, usta bir
yoki ikki shogirdi bilan eski usulda muqova yaratgan. Ularning mehnati past
baholanib, toshbosma bilan jiddiy raqobat har bir qog‗oz yoki terini bo‗lagini iqtisod
qilishga majbur bo‗lishgan.
Bu davrda Qo‗qon muqovasozlari mashhur bo‗lishgan. Qo‗qondlik ustalar
boshqa mintaqa ustalari uchun asbob-anjom yasashgan. Buxorolik muqovasozlar
orasida Qori Odil Abduxoliqlar mashhur bo‗lishgan.
SHarq kitoboti muqovaga bosma yozuvni qo‗llamas edi, ammo nafis
o‗simliksimon va ba‘zan geometrik shakldagi va hajmdagi medalonlar o‗rin olardi.
Ular muqovani bezabgina qolmay muqovasozni muhri vazifasini bajarar va ba‘zi
hollarda uni nomini bizgacha etkazardi.
Qo‗lyozma kitob muqovalari teri va nimterilari qatori boshqa materiallardan
muqovalanardi. Jumladan, Buxorolik xattot Qori Ahmad Mullo SHofiy Buxoriy
ko‗chirgan qo‗lyozma Qur‘on (1891 yil) yashil rus parchasi bilan muqovalangan.
Boshqa bir qo‗lyozma ―Shayton va Odam Ato manzarasi‖ qo‗lyozmasining
muqovasini asosi faneradan bo‗lib, muqovaning ikki tomoni teri bilan qoplangan, teri
yuzasiga chitgarlik usulida qizil bo‗yoq bilan naqsh tushirilgan.
Qo‗lyozma betlari ilgari teridan foydalanib forzats yordamida birlashtirlar edi,
ammo XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yashil va kulrang qog‗ozdan
foydalanib forzatslar yaratilgan. Ba‘zi qulyozmalarda forzats bezagida oddiy rus gul
kogozidan, hind litografiya muqovasi va ba‘zan mahalliy qog‗ozdan foydalanilgan.
Qo‗lyozma kitobning badiiy bezakchisi lavvoh bulib, unga qo‗lyozma
xattotdan o‗tgan. Ko‗plab o‗rganayotgan davr qo‗lyozmalarida har bir sahifa matni
mayin gulli va oltin chiziqli ramkalarga olingan, ba‘zi xollarda qo‗lyozmani matnini
sahifasi ochiq qoldirilganlari ham uchraydi.
Matn sahifada bitta, ikkita katorda joylashtirilgan bulib, xususan nazmiy
asarlarda ko‗plab bulaklarga bo‗lingan. Sahifada matnni joylashuvi turfaligi
uygunligi nafis did bilan joylashtirilganligi bilan xarakterlidir.
Kitob boshlanishi va tugallanish sahifalari o‗ziga xos bezaladi. Kitob
boshlanishida chiroyli naqshlangan oltin xolva bo‗yoq bilan bajarilgan. Unvon
joylashadigan qo‗lyozma alohida mustaqil qismlardan tashkil topgan bo‗lsa, ularning
har biri unvon bilan boshlanadi va zastavkalar har biri rangi va shakli bilan bir-
biridan farq qiladi. Unvonlar tepadan ochiq qoldirilgan ramkalarga olinadi va tepa
qismi madoxil bilan tugallangan naqshin kompozitsiyadan iborat bo‗ladi. Ba‘zi
unvonlarda chekasi ramka chizig‗i bilan kesilgan yarim unvonlar joylashadi.
Unvonlar kompozitsiyasi turlicha bo‗lib, gullar, mevalar, barglar bilan to‗ldirilgan
naqshlardan tashkil topgan. Ammo ularni tasviri musulmon olami san‘atiga xos tekis
va buyoqlari sof.
Qo‗lyozmalarda ishlatilgan o‗simliksimon ―islimi‖ naqshi turfa xil bo‗lib,
xuddi me‘morchilikdagi va dekorativ san‘atdagi kabi katta rol o‗ynaydi. Kitob
bezagida eng ko‗p qo‗llaniladiganlari islimi naqshlaridan sipiralsimon ―islimi jangi‖
va navdasi, gullari erkin simmetriya prinsipida joylashgan ―islimi sekor‖dir.
1886 yilda Muhammad Siddiq tomonidan qayta yozilgan Jomiyning ―Bahoriy
bog‗‖ kitobi frontispisi juda boy bezatilgan. U ipak qog‗ozda oltin, yashil, ochiq,
ko‗k, binafsha va pushti ranglar bilan bajarilgan.
Barcha sahifalar atrofi keng oltin ornamental ramka bilan o‗ralgan, undan
tashqari to‗lqinsimon mayin tanacha uzun ilk kurtaklari ramka ichiga kiritib
tasvirlangan. Sahifaning markazida- yirik feston medalon, belgili fonda bo‗yalmagan
turli shakldagi kartush matn bilan tasvirlangan.
Qo‗lyozmaning oxirgi qatorlari cho‗ziq uchburchak ramkaga olingan. Ba‘zi
kitoblar chekkasi esa ramkadagi matn qatori o‗simliksimon naqsh bilan to‗ldirilgan.
Sahifalarning kompozitsiyasi zargarona nafis naksh bilan ba‘zida yumshoq va
ba‘zida tarang arab imlosining uyg‗un bog‗liqligi evaziga tugallanganlik kasb etadi.
Arab imlosiga xos naqshinkorlik xattotlikni naqqoshlik san‘atini davomidek taassurot
uyg‗otadi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yaratilgan qo‗lyozmalarni ko‗pchiligi Temur
davrida yashab ijod qilgan Mir Ali Tabriziy ixtiro qilgan va keyinchalik turli
mintaqalarda o‗ziga xoslikka ega bo‗lgan nasx va nas‘taliq xusnixatida ko‗chirilgan.
Ba‘zi qo‗lyozmalar yoki ularning bir qismi shikasta xusnixatida bajarilgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid qo‗lyozma kitoblarni o‗rganish shuni
ko‗rsatadiki, bu davr u xattotlar, nakkoshlar muqovasozlar san‘ati bo‗lib, mahalliy
aholini estetik ehtiyojlarini qondirishda davom etgan qo‗lyozma bezagida ba‘zi
an‘analar saqlangan holda uning badiiy qiyofasi garchi nafisligini yo‗qotmagan
bo‗lsada kamtarona ko‗rinishga ega bo‗ladi. Qo‗lyozma kitob o‗zini so‗nggi davrini
kechirayotgan bo‗lsada Turkistonda bosma kitob paydo bo‗lgandan keyin ham to‗liq
yo‗q bo‗lmadi.
Qo‘qon xonligida kitobat qilingan asarlarni mazmuniga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin.
Diniy kitoblar, Falsafiy kitoblar, Filologik kitoblar,
Jo‗g‗rofiy kitoblar, Tarixiy kitoblar.
Diniy kitoblar turlari: Musulmonlarning muqaddas kitobi - Qur‘oni
karimning o‗n minglab nusxalaridan. Qur'oni karim matniga yozilgan
tafsirlardan. uni mutolaa qilishning har xil usullari - qiroatga, Qur'oni karim
orfografiyasi va matni masalalari-tajvidga bag'ishlangan asarlardan. hadis
to‗plamlari hamdahadisshunoslikasoslari yoki usullariga,mumtoz hadis
to'plamlarini qayta ishlash va yangilarini tuzishga bag'ishlangan asarl ardan,
maqomat
(avlivolar
hayoti)ga
oid
adabivotlardan.
sufizm,
islom
qonunshunosligi
Худоѐрхон саройи кутубхонасида мавжуд бўлган Қуръони Карим
нусхаларидан яна бири Фарғона вилоят Ўлкашунослик музейида ҳам
сақланмоқда. ―Худоѐрхоннинг сарой кутубхонасидан келтирилган ушбу китоб
муқоваси теридан тайѐрланган ва сарғиш тусдаги рангда қопланган. Бу қўлѐзма
куфий хатида санъаткорона кўчирилган бўлиб, 75 жойига Худоѐрхоннинг
―вақф фисабиллуллоҳ‖ ѐзувли муҳри босилган. Шунингдек, 36 та кичик мухр
бўлиб, унга ҳам ―вақф фисабилуллоҳ 1287‖ деб, унинг ѐзилган санаси ҳам
кўрсатилган. Оятлар ўртасида 36 жойга ой шаклидаги тамға, ѐй, қуѐш рамзлари
тилло рангда босилган‖.
Қирғизистонлик тарихчи Қияс Молдоқасимов томонидан интернет
тармоғига жойлаштирилган мақолада бугунги кунда Қирғизистоннинг Баткен
вилоятида яшаѐтган Маҳмуд исмли шахснинг шахсий кутубхонасида оғирлиги
16 кг ни ташкил этувчи Қуръони Карим нусхаси мавжудлиги айтиб ўтилган.
Мақолада айтилишича ушбу китоб Худоѐрхон мамлакатдан чиқиб кетиши
вақтида Тошмат қозига ҳадя қилинган бўлиб, қози бу китобни авайлаб асраган
ва фарзандларига ҳам бу муқаддас китобни асрашларини айтган. Маҳмуд
Тошмат қозининг учинчи авлоди экан. Ушбу Қуръони Карим китобини сўнгги
бетида кўчирилган йили 1277-йил Ҳижрий йил кўрсатилган бўлиб, уни
милодий йилга айлантирсак 1856-йилга тўғри келади. Унинг ҳар 7-бетида
Худоѐрхоннинг 1-хон бўлганлигидаги ва 2-3-марта хон бўлган вақтидаги 2
турли муҳрлари босилган. Мухр Худоѐрнинг ўзига тегишли. Кичкина мухрда
Худоѐрхоннинг ўзининг номи яна отасининг номи бор. Бу мухрнинг устида
«фаттах» деган ѐзув бўлиб, бу бир неча марта хон бўлганлигини далиллайдиган
мухрдир. Китобдаги яна бир мухрга ―вақихун хий сабийбиллоҳ‖ (бу нарса ҳеч
қандай пулга, ҳеч қандай нарсага сотилмайди) деб ѐзиб қўйган.
Мақола муаллифининг айтишича диний мазмундаги китоблар хонлик
кутубхонасида кўплаб нусхаларда сақланган.
Falsafiy kitoblar: Falsafiy adabiyotlar ham yuqorida zikr etilgan
davrdagi kitob repertuarining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Qo‘qon xonligi maktab, madrasalarida ushbu turdagi adabiyotlarni asosiy
darslik sifatida o‘rgatilganligi bois, bugungi kunga qadar ham falsaviy ruhda
yozilgan qo‘lyozmalar ko‘plab topilgan.
Filologik kitoblar. Umumiy ta‘limning muhim tarkibiy qismi hisoblangan.
maktab va madrasalarda asosiy fanlardan biri sifatida o'qitilgan arab tiliga oid
kitoblar ijtimoiy fanlar majmuida alohida o‘rin tutadi. Arab, keyinchalik fors
va turkiy filologiyasi Turonzaminning o'rta asrlar kitob repertuaridan
grammatika, leksikologiya, leksikografiya, prosodiya, metrika, poetika,
stilistika singari fan sohalariga oid ilmiy monograf iyalar, risolalar, ularning
ommabop talqinlari va o‘quv qo‘lanmalari shaklida o‘rin olgan edi.
Jo‗g‗rofiy kitoblar.
Jo'g'rofiy adabiyotlar. Mazkur fandagi ikki yo‗nalish -
matematik va tavsifiy vo'nalishlarga muvofiq, Turonzamin kitob repertuarida
adabiy-badiiy janrlar va kitob janrlarining bir necha turlarida yaratilgan:
«yo‘llar va mamlakatlar (davlatlar)ning» izchil tavsifi, mamlakatlar va aholi
yashaydigan joylaming koordinatalari iadvallari (zijlar), ularning nazariy
tavsifi va sharhlari; muayyan sayohatlar, pochta va savdo vo'llari
marshrutlarining tavsiflari; uzunlik va kenglik haqidagi ma‘umotlarni o'z
ichiga olgan nazariy qismdan hamda er yuzasining aholi yashaydigan joy
larining tavsifi, butun olam tuzilishining tavsifi (kosmografiya). alohida
mintaqalaming tarixiy-jug'rofiy tavsifi shaklidagi tavsifiy qismdan iborat
aralash xususiyatga ega asarlar.
Tarixiy kitoblar. Qo‘qon xonligi kitobat san‘ati namunalarining salmoqli
qismini tarixiy kitoblar tashkil etadi. Bugungi kungacha xonlik tarixiga oid 4 0
dan ortiq tarixiy qo‘lyozma asarlar mavjud bo‘lib, ularning batafsil tahlilini
keying boblarimizda bayon etganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |