1. BOB. QO‘QON XONLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY
JARAYONLAR
1.1. QO‘QON XONLIGIDA MADANIY HAYOT VA UNING KITOBAT
BILAN BOG‘LIQ JIHATLARI
O‗rta Osiyo davlatlari kabi Qo‗qon xonligida ham islom dini jamiyatning
tayanch mafkurasi edi. Ilk va o‗rta asrlarda islom dini doirasida mavjud bo‗lgan
hurfikrlilik tafakkurni tabiiy fanlar va dunyoviy falsafaga yo‗llagan va bu o‗z o‗rnida
aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar rivojini ta‘minlab bergan bo‗lsa, so‗nggi
o‗rta asrlarga kelib, an‘anaviy islom, aqidaparastlikning ta‘siri kuchaydi. Ilm-fan,
ta‘lim va ma‘rifat sohalarida diniy ta‘limotlar hukmronlik qila boshladi. Ruhoniylar
o‗z manfaatlaridan kelib chiqib, ma‘naviy hayotning barcha sohalarini islom
aqidalariga tobe qilishga, din va shariat tamoyillarini yanada chuqurroq singdirishga
intilar edilar. Madaniy hayotda yuzaga kelgan bunday vaziyat XIX asrda Qo‗qon
xonligida ilm-fanning ahvoliga, ayniqsa bu soha rivojining bir yoqlamalilik
xususiyatiga sabab bo‗ldi.
Xonlikda ilm-fanning shu davrdagi holati butun O‗rta Osiyoda bo‗lganidek
Evropada erishilgan darajadan ancha orqada bo‗lib, omma fanlarning barcha
sohalarida qo‗lga kiritilgan yangilik va kashfiyotlardan bexabar edi. Aniq va tabiiy
fanlarda mutaasiblik va jaholat hukmron bo‗lgan. Masalan, 1873 yilda Mavlaviy
Rishtoniy (u Mavlaviy cho‗bin nomi bilan mashhur edi) arkda quyosh soatini
yasaganida olomon uni sehrgarlik va jodugarlikda ayblagan va g‗alayon davrida uni
urib o‗ldirgan
13
. Mirzo Olim Maxdum hoji «Tarixi Turkiston» asarida ilmiy muhit
haqida: «Ilmu maorifda bo‗lsa, Turkistonda o‗tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug‗bek, Ali
Qushchi o‗rniga o‗lturg‗on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va
riyokorlikka tabdil bo‗lub, jahl balosig‗a mubtalo bo‗lg‗an edilar…ilmi dinsiz oxirat
13
Isaboyeva G.S. XIX asrda Qo‘qon xonligida madaniy hayot: Tarix fan. nomz…diss. – Toshkent: O‘zMU, 2010. 79-b.
yo‗li topilmagandek, maorif va kamolotsiz dunyo yo‗llari ham topilmas» deb
yozadi
14
.
Bu davrda aniq va tabiiy fanlarning xo‗jalik va maishiy hayotda, ya‘ni
amaliyotda qo‗llaniladigan sohalarigagina e‘tibor qaratilgan. Kundalik turmushda
tibbiyot, me‘morchilikda matematika va handasa, sug‗orma dehqonchilikda
o‗simlikshunoslik, gidrologiya va muhandislik ilmidan foydalanilgan. SHunga ko‗ra,
xonlikda aniq va tabiiy fanlardan faqat tibbiyot, geografiya, tabiatshunoslik fanlari
bilan shug‗ullangan olimlarnigina ko‗rsatish mumkin. Ayrim kamchiliklar bo‘lishiga
qaramay xonlikda adabiy muhit, madaniy hayot anchayin ravnaq topgan edi. Ayniqsa
qo‘qon xonligi madaniy hayotida maktab, madrasalar faoliyati muhim o‘rin
egallaydi.
15
XIX asrning o‗rtalarida Qo‗qon xonligida 350 dan ortiq madrasa va shunchaga
yaqin maktab bor edi. Madrasalar ijtimoiy hayotda katta o‗rin egallab, murakkab bir
uslubda idora qilinardi. Madrasalarning qatorida kutubxona, qiroatxonalar ham
bo‗lib, har xil guruhlarning ilmiga bo‗lgan qiziqishlariga javob berardi. Madrasalarda
talaba (tolib al-ilm)lar o‗qib, ularga mudarrislar (domulla, oxund) dars berardilar.
Mudarrislar, domla va oxundlarning har xil martabalari bo‗lgan. «Banoraspo‗sh»
mansabli mudarrislar xon qabulida bo‗lish huquqiga ega edilar.
Madrasa o‗z vaqflarining daromadiga qarab mu‘idlar, muqarrir, kitobdor,
farrosh, imom, so‗fi, mujovir, sartarosh, posbon, oshpazlarni ishga olib ularga maosh
berardi. Madrasa ishlariga mutavakkil boshchilik qilardi. Vaqf ishlari sudur qo‗lida
edi.
Rossiya imperiyasining bosqini arafasida O‗rta Osiyoda ta‘lim va maorif,
an‘anaviy tarzda davom etgani ma‘lum. Turkiston bosib olingach rus imperiyasining
yangi ma‘muriyati ta‘lim va maorif sohasida ham ba‘zi o‗zgarishlarni amalga
oshirmoqchi bo‗lgan. Biroq, ijtimoiy munosabatlardagi qoloqlik, xurofot va diniy
mutaasiblik bu sohada katta o‗zgarishlar qilishga yo‗l bermagan.
14
Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон... − Б. 22.
15
Bobobekov H.N. Qo‘qon tarixi. T.: Fan, 1996. – b. 123.
Qo‗qon xonligida ta‘lim tizimi, ya‘ni maorif o‗rta asr an‘analari bo‗yicha
davom etgan. Boshlang‗ich ta‘lim 6-7 yoshdan boshlanib, o‗g‗il bolalar maktablarda,
qizlar esa otinoyilarning uylarida ta‘lim olganlar.
Aksari maktablar mahalla masjidlari qoshida ochilgan bo‗lib, alohida xususiy
maktablar ham mavjud bo‗lgan. XIX asr o‗rtalarida Qo‗qon xonligida 350 taga yaqin
maktablar faoliyat ko‗rsatgan. Maktablar shahar va qishloqlardagi masjidlar yonida
faoliyat yuritib, ularning asosiy vazifasi bolalarga boshlang‗ich bilimlar berishdan
iborat edi.
Maktablarda yetti yil davomida bolalarga, ularning tushunish-tushunmasligidan
qat‘iy nazar alifbe, Qur‘on, abjad, farzi ayn, Chor kitob, Xo‗ja Hofiz, Sa‘diy Sheroziy
she‘rlari, So‗fi Allohyor va Mirzo Bedil asarlaridan savod o‗rgatilishi lozim edi.
16
O‗zbek bolalari ko‗proq bo‗lgan maktablarda yana besh kitob – «Fuzuliy
kitobi», «Lison ut-tayr», «Alisher Navoiy devoni», «Fuzuliy», Mashrabning ijodi
o‗tilgan. O‗g‗il bolalar birinchi kun maktabga borganda non, shirinlik, domlaga
sarupo yoki uning matosi (surp yoki chit) olib borganlar. Ta‘lim jarayonida ta‘lim
berayotgan domlaga har payshanba kunlarida, bayram yoki bolaning muayyan
kitobni o‗qib bitirgani munosabati bilan hadyalar, sarpo va pul (20 tanga) berilgan.
Tolibning bir bosqichdan (bir kitob xatmidan so‗ng) keyingi bosqichga o‗tgani
munosabati bilan maxsus ziyofat berish odat tusiga kirgan.
Xonlikning ma‘naviy va madaniy hayotida madrasalarning ahamiyati katta
bo‗lgan. XIX asr o‗rtalarida Qo‗qon xonligida 350 dan ortiq madrasa bo‗lgan.
17
Jumladan, Qo‗qonda- 52, Toshkentda - 17 ta, Xo‗jandda – 49 ta madrasa faoliyat olib
borgan.
18
Qo‗qondagi Oliy madrasasi, Modarixon madrasasi, Toshkentdagi
Ko‗kaldosh, Baroqxon va Abulqosim Shayx madrasalari, Xo‗janddagi Muslihiddin
madrasasi, Marg‗ilondagi Sayyidahmadxo‗ja madrasalari, yuqorida ta‘kidlanganidek,
xonlikdagi eng mashhur madrasalardan hisoblangan. Xonlikda ayollarning
16
Alixojiyev M. Qo‘qon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan o‘rni. (1800-1876): Tarix fan.
nomz…diss. – Toshkent, 2012. 86-b
17
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги тарихи (хонлик тарихи – манбаларда). – Тошкент: 2014, 60-б.
18
Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 265-b
madrasalarda o‗qishi mumkin bo‗lmagan va ular otinoyilardan hususiy tahsil
olganlar.
19
O‗smirlar 13-15 yoshdan boshlab madrasada o‗qiy boshlaganlar. Madrasalarda
o‗qish muddati 15-20 yil bo‗lib, madrasa ta‘limi aniq bir yo‗nalish va reja asosida
olib borilmagan. Madrasada 15-20 yil davomida talabalarga 137 dan ortiq o‗quv fani
yoki kitoblar o‗qitilgan. Fanlardan Qur‘on qiroati ilmi (retitatsiya, tajvid), «Kalom
ilmi», «Hadis ilmi», «Fiqh ilmi», «Payg‗ambarlar tarixi», falsafa, arab tili
grammatikasi, mantiq, notiqlik ilmi (ritorika), islom aqoidi, meros va boylik
taqsimoti, savdo-sotiq munosabatlari uchun «Faroiz ilmi» (matematikaning 4 amali
hajmida) va yuqoridagi ilmlarga oid kitoblar, nazm va nasrda bitilgan asarlar
o‗qitilgan.
Madrasalarda birinchi navbatda «Qur‘on» va uning turli tafsirlari, «Hadis»lar
to‗plamlari, Imom ut-Termiziyning «SHamoyil an-nabaviy», So‗fi Allohyorning
«Odob-as-solihin», «Maslak al-muttaqin», «Sabot al-ojizin», G‗azzoliyning «Kimyoi
saodat», «Maorij an-nubuvvat fi madorij al-futuvvat» (Siyari sharif), Xiyoliyning
«Hikmat al-ayn», «Al-viqoya» kabi asarlar va sharhlar o‗rgatilgan.
Madrasalarda dunyoviy bilimlar deyarli o‗qitilmagan bo‗lsa-da unda aniq
fanlardan riyoziyot, tabiiy fanlardan nujum ilmi, geografiya, ijtimoiy fanlardan tarix,
falsafa, mantiq ilmlari, gumanitar fanlardan arab tili, bayon o‗tilgan. Bundan tashqari
she‘r va husnixatdan ta‘lim berilgan, Sa‘diy, Hofiz, Bedil, Jaloliddin Rumiy, Jomiy,
Navoiy va boshqa Sharq ma‘naviyatining ilg‗or vakillarining asarlari o‗rgatilgan.
XIX asrning birinchi yarmida Qo‗qon xonligida o‗ziga xos ilmiy-madaniy
muhit yaratgan ma‘rifatparvar hukmdor Amir Umarxon ilm, madaniyat, san‘at,
adabiyot va turli kasb-hunarlarning rivojiga katta e‘tibor bergan. Umarxonning bu
boradagi rag‗batini Ibrat o‗zining ―Farg‗ona tarixi‖
20
asarida Jome‘ madrasasi
poydevoriga g‗isht qo‗yish marosimi tavsifida quyidagicha ta‘riflaydi: ―Umarxon
asrinda madrasa qilmoq rasm o‗rninda bo‗lub, xon o‗zi boshlab, Xo‗qanddagi
madrasai Jome‘ni binosiga urunub, asosga tosh qo‗ymoq bo‗lganda, ulamo va fuzalo
19
Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 265-b
20
Ibrat Ishoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li. Farg‘ona tarixi. T.: Kamalak, 1991.
va umarolarni akobiri viloyati Xo‗qand jam bo‗lganda, asosga tosh qo‗yadurgon
kishiga balog‗atdan buyon tarki mustahab sodir bo‗lmagan kishi bormu, tosh
qo‗yodur deganda, hech kim qodir bo‗lmay ojiz kelganda, xon o‗zi: ―Alhamdulilloh,
man tarki mustahab qilganim yo‗q ekan!‖ – deb, asosga toshni o‗zi qo‗yganda,
ulamoyi asr ittifoq ilan ―jannatmakon‖ laqabini bergan ekanlar‖. Darhaqiqat,
Umarxonning
madaniy-ma‘rifiy
hayotni
rivojlantirish
yo‗lidagi xizmatlari
keyinchalik Rossiya imperiyasi ma‘murlari tarafidan ham e‘tirof etilgan. Jumladan,
Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskoy qayd qilganidek: ―...taxtga Umarxon
o‗tirganidan so‗ng, Qo‗qon xonligi o‗zining oltin davrini boshidan kechirgan va
birinchi marta Turkiya bilan diplomatik munosabatlar o‗rnatgan, bundan tashqari, u
erda yangi musulmon markazi vujudga kelganki, u madrasalarining binolari,
mudarrislarning bilimdonligi va tahsil oluvchi mullalarning soni bo‗yicha Buxoro
markazi bilan bellasha olardi‖. Ma‘lumki, jahon sivilizatsiyasida shahar
madaniyatining o‗rni katta hisoblanadi. Shu jumladan, Qo‗qon xonligining Qo‗qon,
Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‗ilon, O‗sh va boshqa shaharlari qadimdan
siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaz sifatida nom qozongan. Ushbu shaharlar madaniy-
ma‘naviy hayotida, iqtisodiy munosabatlarda vaqf mulklari o‗zining munosib o‗rniga
ega bo‗lgani shubhasiz. Shu jihatdan xonlikdagi madrasalar soni XIX asrdayoq
sayyohlar va tadqiqotchilar bilan birga imperiya ma‘murlarini ham doimo qiziqtirib
kelgan. Qo‗qon xonligi boshqaruvi yillarida madrasalarning umumiy sonini aniqlash
maqsadida ularni ro‗yxatga olish ishlari bajarilgani haqida ma‘lumotlar yo‗q. Tarixiy
asarlarda ham xonlik shaharlaridagi madrasalarning umumiy soni bilan bog‗liq aniq
ma‘lumotni olish qiyin.
21
Faqatgina u yoki bu shahar xususida to‗xtalgan mahalliy
mualliflar ayni shu shaharlardagi madrasalarni tilga olib o‗tgan. Masalan, toshkentlik
muarrix Muhammad Solihxo‗ja o‗z shahridagi yigirmaga yaqin madrasa nomi,
joylashgan o‗rni, binosi va qurilishi hamda vaqf mulklari bilan bog‗liq ma‘lumotlarni
keltirib o‗tadi. Shu sababli ulardagi mavjud ma‘lumotlar tahliligina bu borada
taxminiy tasavvurni bera oladi. Tarixchi olim Sh.Vohidov Qo‗qon xonligi
21
Xudoyqulov T.D. XIX asrda Qo‘qon xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti: Tarix fan.
nomz…diss. – Toshkent: O‘zMU, 2009. 78-b.
tarixnavisligiga bag‗ishlangan tadqiqotlarida mahalliy tarixiy asarlar va boshqa
turkum manbalardagi ma‘lumotlarning qiyosiy tahlili asosida XIX asr o‗rtalarida
Qo‗qon xonligining o‗zida 350 dan ortiq madrasa mavjud bo‗lgani haqida yozadi.
Tabiiyki, bu madrasalarning aksariyati xonlik shaharlari, qisman yirik qishloqlari
hissasiga to‗g‗ri kelgan.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek Qo‘qon xonligidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlik, xonlik madaniy hayotining ham yuksalishiga zamin bo‘lgan. Ayniqsa
ming sulolasi vakillari ichidan o‘z davrining bilimdon shaxslarini yetishib chiqqanligi
ham xonlikda madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga imkon beradi. Yaratilgan
shart-sharoit va xonlarning homiyligi sababli tez orada qo‘qonda ilm ahlining kata
guruhi to‘plandi. Albatta ularining ijodi kitobat san‘atining rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Kitobat qilingan asarlar esa kutubxonalarni boyitib bordi.
Qo‘qon xonligi kitobat san‘ati haqida so‘z borar ekan albatta, ma‘rifatparvar
shoira Nodirabegim haqida to‘xtalmasdan bo‘lmas. Zero Umarxon vafotidan keyin
shoiraning rahnomoligida qo‘qonlik usta hunarmandlar tomonidan ko‘plab ijod
namunalari kitobat qilindi, yana ko‘plab asarlardan nusxa ko‘chirildi. Nodira Andijon
hokimi Rahmonqul biyning qizi bo‘lib, Rahmonqul biy Ming urug‘i o‘zbeklarining
ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi. Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy ming urug‘dan bo‘lgan
Faxrinniso (Ming oyim)ga uylangan edi. Olimxon va Umarxonlar ularning farzandi
bo‘lib, Faxrinniso oyim bilan Rahmonqul biy aka-singil edilar. 1808-yil Qo‘qon xoni
Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi. So‘ngra Umarxonni tog‘asi
Rahmonquli biyning qizi Nodiraga uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqilliligi,
odobi va go‘zalligi tegra yoqqa doston bo‘lgan edi. Shunday qilib Mohlar oyim
Umarxon bilan turmush quradilar.
22
Mohlar oyim Umarxon nikohiga o‘tgach avval
Marg‘ilonga, so‘ngra Qo‘qonga keladi. 1810-yil Olimxon o‘ldirilgach Qo‘qon taxtiga
Umarxon o‘tiradi. Mana shu davrdan boshlab Nodiraning xonlik hayotidagi ro‘li
faollashib boradi. Umarxon davrida ayollar huquqlari ma‘lum borada himoya qilina
boshlandi. Bunda uning rafiqasi Nodirabegimning xizmatlari benihoya kattadir. U
ayollarning o‘qish, yozishni o‘rganishlari uchun madrasalarda dars tashkil etib,
22
Qayumov. A. Qo‘qon adabiy muhiti. T.: O‘zfanakadnashr, 1961. 185-b
otinoyilarning saboq berishni yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga, Nodira ayollarning
haq-xuquqlari poymol bo‘lishiga juda qattiq qarshi turgan hamda xuquqlari
cheklanib, uy ishlari bilan tamomila band bo‘lib qolgan ayollarga savodli bo‘lishlari
uchun sharoit yaratib berishga uringan.
23
Avvaliga Umarxonni davlat ishlarida va ijod
bobida maslahatdoshi bo‘lgan Mohlaroyimni 1822-yil turmush o‘rtog‘i Umarxon
vafotidan so‘ng siyosiy hokimyatdagi o‘rni ortib boradi. Jumladan 14 yoshli o‘g‘li
Muhammad Alixon taxtga o‘tiradi. Muhammad Alixon (hukmronlik davri 1822-
1841, noyabr) dastlabki yillarda yosh bo‘lganligi uchun davlatni boshqarishda unga
ko‘maklashadi. Zahiriddin Muhammad Bobur mirzoni taxtga o‘tirgan dastlabki
yillarni eslaylik, endigina 12 yoshga kirgan Bobur mirzo yosh bo‘lganligi uchun
davlat ishlarini boshqarishda volidasi Qutlug‘ Nigorxonim ko‘maklashgan edi.
Shunday holat Mohlaroyim faoliyatida takrorlanadi. O‘g‘li Muhammad Alixon ham
taxtga o‘tirgan vaqtda bor yo‘g‘i Bobur mirzodan ikki yosh katta edi xolos.
Nodirabegimning zamondoshi, saroy shoiri Hotif shunday deydi: ―Umarxon
vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi Farg‘ona, Toshkent, Andijon va boshqa
shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o‘z xizmatiga chaqirtirib keldi‖.
Shuningdek, Nodirabegim bozor va rastalar, masjidu madrasalar, karvonsaroylar
qurilishiga ham e‘tibor beradi. Takagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino
ettiradi.
24
Xulosa qilib aytganda Qo‘qon xonligi madaniy hayotida maktab madrasalar
muhim o‘rin egallagan bo‘lib, ushbu ta‘lim maskanlarining faoliyat yuritishida
qo‘lyozma kitoblar va kutubxonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berilgan.
Yuqorida ta‘lim jarayonida foydalaniladigan ayrim asarlar nomlari keltirib o‘tildi.
Shubxasiz ushbu asarlar qo‘qonlik mohir kitobat san‘ati namoyondalari xizmatlari
tufayli yuzaga kelgan edi.
23
Qayumov. A. Qo‘qon adabiy muhiti. T.: O‘zfanakadnashr, 1961. 185-b
24
Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 275-b
Do'stlaringiz bilan baham: |