Qo‘qon xonligida kechgan jarayonlar haqidaH.N.Bobobekov,Sh.H.Vohidov, H.Z.Ziyoyev, G.A.Agzamova, D.Sangirova, V.T.Ishquvvatov, Z.A.Ilhomov, Muhammad Yahyoxon22 kabi tadqiqotchilar asar va maqolalar yozdilar. Ularda xonlik tarixining turli masalalari,xususan, Turkiston xalqlari Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurashi, Qo‘qon xonligida xalq harakatlari va ularning ijtimoiy-siyosiy asoslari, turli tarixiy shaxslar,jumladan,Aliquli Amirlashkarning mamlakat siyosy hayotidagi o‘rni,xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ba‘zi masalalari, ma‘muriy boshqaruv tizimining ayrim muammolari, Qo‘qon xonligi
manbashunosligi masalalarini va o‘zlarining ilmiy mulohazalarini berganlar.
Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis H.N.Bobobekovning bu davrda chop etilgan “Qo‘qon tarixi” asarida xonlik tarixining ko‘p muammolarini tahlil
qilish bilan birga xonlikdagi ayrim mansablar va soliq tizimiga oid ma‘lumotlar
keltirilgan.
Qo‘qon tarixnavislik maktabi vakillari tomonidan yaratilgan xonlik tarixiga
oid asarlar ustida manbashunoslik tadqiqotlarini olib borgan Sh.H.Vohidov ham
o‘z tadqiqotlarida Qo‘qon xonligi davrida o‘zbek davlatchiligining holatini ilmiy
tahlil etishga imkon yaratuvchi tarixiy faktlarni berdi. Ayniqsa, uning R.Xoliqova
bilan‖ Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan‖, deb nomlangan risolasi
mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. H.Z.Ziyoyev Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga bag‘ishlangan asarida bu jarayonning muhim jihatlarini ko‘rsatib berish bilan birga xonlik boshqaruv tizimining ayrim tomonlariga ham e‘tibor qaratdi.
Shuningdek, G.A.Agzamovaning O‘rta Osiyo xonliklari, xususan,Qo‘qon
xonligi tarixiga oid tadqiqotlarda shaharlar hayoti, ularda mavjud ma‘muriy –
boshqaruv tizimi va bu tizimning turli bo‘g‘inlarini egallagan mansabdorlar,
xususan, rais ( muxtasib)lar hayoti, faoliyati haqida muayyan fikrlar bayon
etilgan.
Bu davrda Qirg‘izistonlik,Qozog‘istonlik va Rossiyalik olimlar
T.K.Beysimbiyev, Yu.F.Lunyov,V. Ploskiylar ham xonlik tarixiga oid tadqiqotlar
olib bordilar. T.K.Beysimbiyev Muhammad Yunus Toib qalamiga mansub “Tarixi
Alimquli Amirlashkar” asari va boshqa manbarlarda keltirilgan ma‘lumotlarga
asoslanib,xonlikda mavjud mansablarni izohlagan. U Qo‘qon xonligi davrida
janubiy Qozog‘istonning yo‘qori ma‘muriyati ga bag‘ishlangan maqolasida 1809-
1865 yillarda Toshkent viloyati va uning shimoliy hududlarining idora etilishi, mazkur viloyatga tayinlangan hokimlar hamda mahalliy boshqaruv tizimida asosiy
vazifalar zimmasiga yuklangan botirboshi va sarkor mansablarini tahlil qilgan.
Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda xorijiy tadqiqotchilar ham o`z hissasini
qo‘shganlar. Qo‘qon tarixi bo‘yicha M.Xoldsvort va B.Mans 28 tomonidan ingliz
tilida chop etilgan asarlarda xonlikning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy hayoti
ma‘muriy boshqaruv tizimi yuzasidan mulohazalarini keltirgan. Biroq, ularning
ushbu mavzuga oid mulohazalarida ba‘zi kamchiliklarga yo`l qo`yganlar.
Xususan,M.Xoldsvort xonlikning davriy chegarasini 1798 yildan 1876 yilga
qadar ming sulolasi qo‘lida bo‘lganligi, xonlik tarkibiga Marg‘ilon, Qo‘qon va
Namangan viloyatlari kirgan deb noto‘g‘ri mulohaza yuritgan. B.Mans ham
shunday mulohazani ilgari surdi. Ayrim ingliz tadqiqotchilari, jumladan,Yu.Bregel, E.Ollvort va S.Livay esa bu masalaga jiddiy e‘tibor qaratib,tarixiy jarayonlarni tog‘ri keltirishga harakat qildi. Xususan, Yu.Bregel va E.Ollvortlar M.Xoldsvort hamda B.Mansdan farqli ravishda xonlikning tashkil topishi 1710 yilda sodir bo‘lganligini nisbatan to‘g‘ri ko‘rsatishdi. S.Livay esa xonlikni 1709 yilda tashkil topganligini to‘g‘ri ko‘rsatgan.
Biroq bu asarlarda Qo‘qon xonligining ma‘muriy–boshqaruv tizimi alohida
tadqiqot ob‘yekti sifatida o‘rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |