1845 yilgacha Qo‘qon xonligida xotirjamlik hukm surdi. Asli xivalik bo‘lgan Murodbek 1845 yilda Buxoro lashkari bilan Qo‘qonga kelib, Musulmonqul va uning qo‘shini yo‘qligidan foydalanib, Qo‘qonni osonlik bilan zabt etadi. Murodbek Sheralixonni qatl etib Qo‘qon taxtini egallaydi va o‘zini amir Nasrulloning vassali deb e’lon qiladi. Bundan xabar topgan Musulmonqul qipchoq qo‘shinlari bilan kelib qo‘qonliklar yordami bilan shaharni qo‘lga kiritadi. Bor yo‘g‘i 8 kun taxtda o‘tirgan Murodbek qo‘lga olinib qatl etiladi va taxtga Sheralixonning 13 yoshli o‘g‘li Xudoyorxon o‘tqaziladi. Lekin amalda hokimiyat uning qaynotasi Musulmonqul mingboshi qo‘liga o‘tadi. Bu holat 1850 yilning oxirigacha davom etdi. Musulmonqul amalda saroyda cheksiz hokimiyatga ega edi. Bu hol Qo‘qondagi boshqa amaldorlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Musulmonqulga qarshi qipchoqlar orasida ham kuchli dushmanlar guruhi yuzaga keladi. Bu guruhga O‘ratepa, Ho‘jand hamda Marg‘ilon beklari birlashib, ularga Toshkent hokimi Nurmuhammad ham qo‘shildi. 1852 yilning iyun oyida Musulmonqul mingboshi 30 ming kishilik qo‘shin bilan Toshkentga qarshi yurish qiladi. Chirchiq daryosi bo‘yidagi hal qiluvchi jangda Xudoyorxon o‘z qo‘shinining katta bir qismi bilan birga toshkentliklar tomoniga o‘tib ketadi. Bu saroyda Musulmonqul qipchoqqa qarshi boshlangan kurashda hal qiluvchi burilish bo‘ldi. Musulmonqul qo‘shini tor-mor etilib, uning o‘zi yaqin kishilari bilan qochib ketishga ulguradi. Bu voqealardan so‘ng Qo‘qonda Musulmonqulga qarshi kurashgan guruh yetakchilari bosh lavozimlarni egallaydi. Lekin bu hol uzoqqa cho‘zilmadi. 1852 yil kuzida xonlikda butun qipchoqlarni qirg‘in qilish boshlanib ketadi. Natijada 20 ming qipchoq o‘ldiriladi. Bunga Xudoyorxonning o‘zi boshchilik qildi. Saroydagi amallarni egallab turgan qipchoqlar ham qatl etilib, ularning mol-mulki tortib olindi. 1853 yili qoraqirg‘izlar orasida yashirinib yurgan Musulmonqul qipchoq ham tutilib Qo‘qonga olib kelindi va Xudoyorxonnning amri bilan qatl etildi.