Bu davrda Buxoro amirligi bilan ham chegara shaharlar uchun harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib turdi. Bu esa mehnatkash aholi turmushining qashshoqlashuviga sabab bo‘ldi. Natijada bir necha bor qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Qolaversa, hukmdorligining so‘nggi yillarida Madalixon ham aysh-ishratga berilib ketgan edi. Shu sababli ham unga qarshi fitna yuzaga keladi. Qo‘qonda Madalixon o‘z o‘gay onasiga uylandi va bu bilan musulmonchilikdan chiqdi, degan gaplar tarqatildi. Davlatni boshqarishda katta tajribaga ega bo‘lgan va xonning yaqin maslahatchisi Xaqquli mingboshi tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilgani fitnachilarga yanada qo‘l keldi. Fitnaga bosh qo‘shgan Qozikalon, Isoxo‘ja lashkarboshi, Toshkent hokimi va boshqalar Madalixonni taxtdan ag‘darib, Olimxonning o‘g‘li Sheralini yoki Murodbiyning o‘g‘li Xo‘jabiyni xon qilib ko‘tarmoqchi bo‘ladilar. Ular Buxoro amiri Nasrulloga elchi yuborib, madalixonni taxtdan ag‘darishda yordam so‘raydilar. Qo‘qon xonligini zabt etib Buxoroga qo‘shib olishni rejalashtirib yurgan amir Nasrullo 1842 yil aprelda katta qo‘shin bilan Qo‘qonga yurish qiladi. Uning asl maqsadini tushungan Madalixon yashinicha saroy xazinasini, oilasini olib, o‘ziga sodiq bo‘lgan 1000 kishi bilan Qo‘qondan Namangan tomonga qochadi. Jangsiz Qo‘qonni egallagan Nasrullo xonning xazinani olib ketganini bilgach, shaharni talash haqida buyruq beradi. Ertasi kuni esa aholidan tortib olingan narsalar majburan yana qo‘qonliklarga sotiladi. Faqat kumush, oltin buyuimlar olib qolinadi. - Bu davrda Buxoro amirligi bilan ham chegara shaharlar uchun harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib turdi. Bu esa mehnatkash aholi turmushining qashshoqlashuviga sabab bo‘ldi. Natijada bir necha bor qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Qolaversa, hukmdorligining so‘nggi yillarida Madalixon ham aysh-ishratga berilib ketgan edi. Shu sababli ham unga qarshi fitna yuzaga keladi. Qo‘qonda Madalixon o‘z o‘gay onasiga uylandi va bu bilan musulmonchilikdan chiqdi, degan gaplar tarqatildi. Davlatni boshqarishda katta tajribaga ega bo‘lgan va xonning yaqin maslahatchisi Xaqquli mingboshi tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl etilgani fitnachilarga yanada qo‘l keldi. Fitnaga bosh qo‘shgan Qozikalon, Isoxo‘ja lashkarboshi, Toshkent hokimi va boshqalar Madalixonni taxtdan ag‘darib, Olimxonning o‘g‘li Sheralini yoki Murodbiyning o‘g‘li Xo‘jabiyni xon qilib ko‘tarmoqchi bo‘ladilar. Ular Buxoro amiri Nasrulloga elchi yuborib, madalixonni taxtdan ag‘darishda yordam so‘raydilar. Qo‘qon xonligini zabt etib Buxoroga qo‘shib olishni rejalashtirib yurgan amir Nasrullo 1842 yil aprelda katta qo‘shin bilan Qo‘qonga yurish qiladi. Uning asl maqsadini tushungan Madalixon yashinicha saroy xazinasini, oilasini olib, o‘ziga sodiq bo‘lgan 1000 kishi bilan Qo‘qondan Namangan tomonga qochadi. Jangsiz Qo‘qonni egallagan Nasrullo xonning xazinani olib ketganini bilgach, shaharni talash haqida buyruq beradi. Ertasi kuni esa aholidan tortib olingan narsalar majburan yana qo‘qonliklarga sotiladi. Faqat kumush, oltin buyuimlar olib qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |