Qo‘qon xonligining ijtimoiy tuzumi ham qo‘shni davlatlardan farq qilmagan. Yuqori tabaqa hisoblangan saroy amaldorlari va diniy peshvolar katta mol-mulk va yer-suvga ega edi. Jamiyatning eng ko‘p sonli va eng kam huquqli tabaqasi oddiy xalq – fuqaro edi. Mamlakatning barcha moddiy boyligi ular mehnati bilan yaratilardi. Xonlikdagi eng yuqori harbiy amaldor amiri lashkar bo‘lib, ko‘p hollarda bu lavozimga qipchoq urug‘idan bo‘lgan kishilar tayinlangan. Qo‘shinning asosini ham qipchoqlar tashkil qilgan. Qo‘shin o‘sha davr qoidalariga mos ravishda o‘nminglik, minglik, yuzliklarga bo‘lingan. Harbiy-ma’muriy amaldorlar uchun saroy xazinasidan belgilangan tartibda yillik maosh va “tanho”, “tarxon” shaklidagi yer-mulklar berilgan. - Qo‘qon xonligining ijtimoiy tuzumi ham qo‘shni davlatlardan farq qilmagan. Yuqori tabaqa hisoblangan saroy amaldorlari va diniy peshvolar katta mol-mulk va yer-suvga ega edi. Jamiyatning eng ko‘p sonli va eng kam huquqli tabaqasi oddiy xalq – fuqaro edi. Mamlakatning barcha moddiy boyligi ular mehnati bilan yaratilardi. Xonlikdagi eng yuqori harbiy amaldor amiri lashkar bo‘lib, ko‘p hollarda bu lavozimga qipchoq urug‘idan bo‘lgan kishilar tayinlangan. Qo‘shinning asosini ham qipchoqlar tashkil qilgan. Qo‘shin o‘sha davr qoidalariga mos ravishda o‘nminglik, minglik, yuzliklarga bo‘lingan. Harbiy-ma’muriy amaldorlar uchun saroy xazinasidan belgilangan tartibda yillik maosh va “tanho”, “tarxon” shaklidagi yer-mulklar berilgan.
- Iqtisodda dehqonchilikning salmog‘i juda yuqori edi. Xonlik hududida suv manbalarining yetarli ekanligi dehqonchilikdan yuqori hosil olinishiga asos bo‘lardi. Bu yerda donli ekinlar yetishtirish, polizchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, sholikorlik ancha rivojlangan. 19-asrga kelib xonlikda paxta maydonlari ham kengaya boshladi. Paxtaning asosiy xaridori Rossiya edi.
- Xonlikdagi asosiy yerlar davlat mulki hisoblangan. Davlatdagi eng katta mulkdor xon bo‘lib, u katta yerlarga, yaylovlarga, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo do‘konlariga egalik qilgan. Chorvachilik ham mamlakat iqtisodiy hayotida muhitm o‘rin tutgan soha bo‘lib, u ayniqsa ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan tog‘liq hududlarda rivojlangan. Xonlikda o‘rta Osiyo mintaqasiga xos bo‘lgan barcha hunarmandchilik turlari: to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik, misgarlik, duradgorlik va boshqalar mavjud edi. Iqtisodning bu sohasi ayniqsa yirik shaharlar Qo‘qon, Toshkent, Andijon, marg‘ilon, O‘sh, Xo‘jand, Turkistonda yaxshi rivojlangan. Xususan, Qo‘qon o‘z temirchilari, misgarlari, Chust do‘ppido‘zlari, Rishton kulolchilik mahsulotlari, Shahrixon pichoqlari, Marg‘ilon ipak va shoyi matolari bilan shuhrat topgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |