Qirgʻizlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tarixiy manbalarning tahlili shuni koʻrsatadiki, XVII va XVIII asrlarda Tyanshan togʻining shimolida yashovchi qirgʻizlarning katta guruhi Fargʻona erlariga kelib oʻrnashdilar. Turli urugʻ-qabilaviy tuzilishga ega boʻlgan qirgʻiz etnosi ham Qoʻqon xonligi hududidagi togʻ va togʻoldi manzilgohlarida yashab, vodiyning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida faol ishtirok etganlar.
Uygʻurlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uygʻurlar Sharqiy Turkistonning eng qadimgi turkiy etnoslardan biri hisoblanadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan eʼtiboran, ayniqsa XIX asrda Xitoy feodallariga qarshi koʻtarilgan musulmonlar qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchragandan keyin Sharqiy Turkistonning koʻplab musulmon aholisi, xususan juda koʻp uygʻur oilalari Fargʻona vodiysiga qochib oʻtdilar. XIX asrning oʻrtalaridayoq Qoʻqon xonligida 300 mingga yaqin uygʻurlar yashagan. Tadqiqotchi I.V. Zaxarova ham 1860-yilga qadar Qoʻqon xonligi hududida 200–250 ming qoshgʻarliklar yashagan boʻlsa kerak, deb hisoblaydi.
Qoraqalpoqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
XVIII asrdan Buxoro xonligida yuz bergan siyosiy inqiroz koʻplab xalqlarni bu hududni tashlab ketishga majbur etdi. Oqibatda Buxoro va Samarqand atroflarida yashagan aholining bir qismi Qoʻqon xonligi hududiga kelib oʻrnashdi. Xususan, Sirdaryoning oʻrta oqimida yashab turgan qoraqalpoqlar Qoʻqon xonligi hududiga kelib qoʻnim topdilar. Qoʻqon xonligi hududiga koʻchib oʻtgan qoraqalpoqlar Sirdaryo va Qoradaryo boʻylariga oʻrnashib, anʼanaviy xoʻjaligini yuritishni davom ettirdilar. Xullas, Qoʻqon xonligi oʻzining etnik qiyofasining turli-tumanligi bilan ham xarakterlanadi. Holbuki, bunday etnik turli-tumanlik vodiy aholisini oʻzaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlanishida muhim omillardan biri boʻlgan.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so`zi” gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.
Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, T.”Sharq”, 1998.
Karimov I. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil.
O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.
O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.
O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.
www.ziyonet.uz
www.pedagog.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |