Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» deb e’lon qilish taklif etildi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida yettita taklifni, jumladan, davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. Qolaversa, u Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» sifatida e’lon qilish taklifini bildirdi.
Ayni vaqtda Qo‘qon shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri. Mazkur tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon hamda Vengriyaning turizm masalalari bo‘yicha vazirlari ishtirok etmoqda.O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yig‘ilishi uchun aynan Qo‘qon shahri tanlangani bejiz emasligini ta’kidladi.«Tilimiz, dinimiz bir, tarix va madaniyatlarimiz mushtarakligi Turkiy Kengash tashkiloti faoliyatining barhayotligi kafolatidir. Shu sababdan mehmondo‘stlik sanoati — turizm aloqalarini mustahkamlash bugungi Kengash ishtirokchilarining asosiy maqsadidir», — dedi vazir.Uning aytishicha, Jahon turizm tashkilotining (UNWTO) 2021 yil mayidagi hisobotiga ko‘ra, xalqaro turizmning tiklanishi va pandemiyaning sohaga ta’sirini kamaytirishda eng samarali usul — mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ekanligi aytib o‘tilgan.
«Turkiy xalqlar odatiga ko‘ra — qarindoshlik aloqalarini ushlab turish uchun tez-tez mehmon — qo‘noq bo‘lish, o‘zaro yo‘qlab borish, an’anasi ota-bobolarimizdan qolgan. Biz, bugun qardoshlik aloqalarni mustahkamlash va bir-birmizning uyimizda mehmon bo‘lish uchun mavjud savollarga javob topishimiz lozim», — dedi O‘zbekiston vakili.
Shundan kelib chiqib, Aziz Abduhakimov kengash a’zolariga yettita taklifni bildirdi:
Birinchidan. Kengashga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida transport logistika tizimini rivojlantirish dolzarb masala. Bu umumiy manfaatlarga to‘liq mos keladi.
«Buning uchun, shaharlar o‘rtasida muntazam va charter parvozlar tashkil qilish, turistik poyezd, avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish va sayyohlarning o‘z avtomobilida harakatlanishiga imkoniyat yaratishimiz lozim», — dedi u.
Ikkinchidan. Davlatlar turizm salohiyatini targ‘ib qilishga yangicha yondoshuv zarur.
«Poytaxt va turizm shaharlardagi aeroport va vokzallarda turizm ma’lumot markazlarini tashkil qilgan holda targ‘ibot materiallarini 24/7 rejimida жойлаштиришни taklif qilaman», — dedi vazir.
U shuningdek, mahalliy telekanallarda qardosh xalqlar va mehmondo‘stlik to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarni doimiy ravishda efirga berib borish kerakligiga e’tibor qaratdi.
«Biz „Turizm 365″, „UzReport“ va „Tarix“, Al-Buxoriy“ xalqaro yo‘ldosh telekanalida siz tomoningizdan taqdim etiladigan dasturlarni joylashtirishga tayyorligimizni ma’lum qilamiz», — deya ta’kidladi Abduhakimov.
Uchinchidan. «Madaniy meros obyektlarimizni tiklash, restavratsiya qilish, qadimiy axritekturasini yo‘qotmagan holda saqlab qolish, raqamlashtirish, samarali menejment joriy qilish va kelajak avlodga yetkazishga ehtiyoj mavjud».
O‘zbekiston turizm va sport vaziri Turkiy Kengash huzurida a’zo davlatlarning mablag‘i asosida Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etish taklifini bildirdi.
«Jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda Kengash a’zolari bo‘yicha to‘liq madaniy meros obyektlari onlayn xaritasi — platformasini yaratishga jalb etiladi».
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Yevropa Ittifoqining grant mablag‘lari asosida YUNESKO «visitworldheritage.com» platformasini yaratgan edi. Unga YeI hududidagi madaniy meros obyektlari kiritilgan.
To‘rtinchidan. Turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari тақвимини yaratish taklifi ilgari surildi.
Unga ko‘ra, xalq o‘yinlari — etno sport (uloq-ko‘pkari, dorbozlik, kurash, kamondan o‘q uzish, tosh ko‘tarish) va baxshilar мuсобақасини o‘tkazib borish tarixiy an’analarning yo‘qolib ketishining oldini oladi.
«Boburiylar sulolasi boshlangan qadimgi Axsikent qal’asi hududida „Turkiy ovoz“ qo‘shiq va kuy фестиvaлини tashkil etishni taklif etaman», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Beshinchidan. «Turoperatorlarni turizm bozorlariga kirib borishini qo‘llab-quvvatlash va ular yordamida qo‘shma turlar tashkil qilish barcha uchun manfaatli».
Oltinchidan. Turizm ta’limi sohasida tajriba almashish va sohadagi mutaxassislarning doimiy malakasini oshirish, akademik turizmni yo‘lga qo‘yish zarur. «Bunda, ikki tomonlama grant mablag‘lari ajratish masalalarini ko‘rib chiqish lozim».
Yettinchidan. «Turkiy Kengash tomonidan taklif qilingan „Turizm poytaxti“ tashabbusini qo‘llab quvvatlashimizni ma’lum qilgan holda, uning vositasida hozirda mashhur turizm maskanlarni emas, balki sayyohlik potensiali yuqori bo‘lgan shaharlarni rivojlantirishimiz lozim.
O‘zbekiston tomoni Turkiy dunyo va xalqlarining rivojlanishida o‘zining alohida o‘rniga ega, Ipak yo‘li ravnaqiga muhim hissa qo‘shgan Qo‘qon shahri nomzodini ilgari suradi va sizdan mazkur shaharni Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida qo‘llab quvvatlashingizni so‘rab qolamiz», — dedi Abduhakimov.O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yig‘ilishi uchun aynan Qo‘qon shahri tanlangani bejiz emasligini ta’kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |