Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» deb e’lon qilish taklif etildi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida yettita taklifni, jumladan, davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. Qolaversa, u Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» sifatida e’lon qilish taklifini bildirdi.
Ayni vaqtda Qo‘qon shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri. Mazkur tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon hamda Vengriyaning turizm masalalari bo‘yicha vazirlari ishtirok etmoqda.O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yig‘ilishi uchun aynan Qo‘qon shahri tanlangani bejiz emasligini ta’kidladi.«Tilimiz, dinimiz bir, tarix va madaniyatlarimiz mushtarakligi Turkiy Kengash tashkiloti faoliyatining barhayotligi kafolatidir. Shu sababdan mehmondo‘stlik sanoati — turizm aloqalarini mustahkamlash bugungi Kengash ishtirokchilarining asosiy maqsadidir», — dedi vazir.Uning aytishicha, Jahon turizm tashkilotining (UNWTO) 2021 yil mayidagi hisobotiga ko‘ra, xalqaro turizmning tiklanishi va pandemiyaning sohaga ta’sirini kamaytirishda eng samarali usul — mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ekanligi aytib o‘tilgan.
«Turkiy xalqlar odatiga ko‘ra — qarindoshlik aloqalarini ushlab turish uchun tez-tez mehmon — qo‘noq bo‘lish, o‘zaro yo‘qlab borish, an’anasi ota-bobolarimizdan qolgan. Biz, bugun qardoshlik aloqalarni mustahkamlash va bir-birmizning uyimizda mehmon bo‘lish uchun mavjud savollarga javob topishimiz lozim», — dedi O‘zbekiston vakili.
Shundan kelib chiqib, Aziz Abduhakimov kengash a’zolariga yettita taklifni bildirdi:
Birinchidan. Kengashga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida transport logistika tizimini rivojlantirish dolzarb masala. Bu umumiy manfaatlarga to‘liq mos keladi.
«Buning uchun, shaharlar o‘rtasida muntazam va charter parvozlar tashkil qilish, turistik poyezd, avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish va sayyohlarning o‘z avtomobilida harakatlanishiga imkoniyat yaratishimiz lozim», — dedi u.
Ikkinchidan. Davlatlar turizm salohiyatini targ‘ib qilishga yangicha yondoshuv zarur.
«Poytaxt va turizm shaharlardagi aeroport va vokzallarda turizm ma’lumot markazlarini tashkil qilgan holda targ‘ibot materiallarini 24/7 rejimida жойлаштиришни taklif qilaman», — dedi vazir.
U shuningdek, mahalliy telekanallarda qardosh xalqlar va mehmondo‘stlik to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarni doimiy ravishda efirga berib borish kerakligiga e’tibor qaratdi.
«Biz „Turizm 365″, „UzReport“ va „Tarix“, Al-Buxoriy“ xalqaro yo‘ldosh telekanalida siz tomoningizdan taqdim etiladigan dasturlarni joylashtirishga tayyorligimizni ma’lum qilamiz», — deya ta’kidladi Abduhakimov.
Uchinchidan. «Madaniy meros obyektlarimizni tiklash, restavratsiya qilish, qadimiy axritekturasini yo‘qotmagan holda saqlab qolish, raqamlashtirish, samarali menejment joriy qilish va kelajak avlodga yetkazishga ehtiyoj mavjud».
O‘zbekiston turizm va sport vaziri Turkiy Kengash huzurida a’zo davlatlarning mablag‘i asosida Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etish taklifini bildirdi.
«Jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda Kengash a’zolari bo‘yicha to‘liq madaniy meros obyektlari onlayn xaritasi — platformasini yaratishga jalb etiladi».
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Yevropa Ittifoqining grant mablag‘lari asosida YUNESKO «visitworldheritage.com» platformasini yaratgan edi. Unga YeI hududidagi madaniy meros obyektlari kiritilgan.
To‘rtinchidan. Turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari тақвимини yaratish taklifi ilgari surildi.
Unga ko‘ra, xalq o‘yinlari — etno sport (uloq-ko‘pkari, dorbozlik, kurash, kamondan o‘q uzish, tosh ko‘tarish) va baxshilar мuсобақасини o‘tkazib borish tarixiy an’analarning yo‘qolib ketishining oldini oladi.
«Boburiylar sulolasi boshlangan qadimgi Axsikent qal’asi hududida „Turkiy ovoz“ qo‘shiq va kuy фестиvaлини tashkil etishni taklif etaman», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Beshinchidan. «Turoperatorlarni turizm bozorlariga kirib borishini qo‘llab-quvvatlash va ular yordamida qo‘shma turlar tashkil qilish barcha uchun manfaatli».
Oltinchidan. Turizm ta’limi sohasida tajriba almashish va sohadagi mutaxassislarning doimiy malakasini oshirish, akademik turizmni yo‘lga qo‘yish zarur. «Bunda, ikki tomonlama grant mablag‘lari ajratish masalalarini ko‘rib chiqish lozim».
Yettinchidan. «Turkiy Kengash tomonidan taklif qilingan „Turizm poytaxti“ tashabbusini qo‘llab quvvatlashimizni ma’lum qilgan holda, uning vositasida hozirda mashhur turizm maskanlarni emas, balki sayyohlik potensiali yuqori bo‘lgan shaharlarni rivojlantirishimiz lozim.
O‘zbekiston tomoni Turkiy dunyo va xalqlarining rivojlanishida o‘zining alohida o‘rniga ega, Ipak yo‘li ravnaqiga muhim hissa qo‘shgan Qo‘qon shahri nomzodini ilgari suradi va sizdan mazkur shaharni Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida qo‘llab quvvatlashingizni so‘rab qolamiz», — dedi Abduhakimov.O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yig‘ilishi uchun aynan Qo‘qon shahri tanlangani bejiz emasligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2018-2020 yillarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida kafolatli ish o‘rinlarini tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Farg‘ona viloyati hokimligi:
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta'minlasin va bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;
muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
Farg‘ona viloyati hokimligiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda Qo‘qon shahri sektorlari va mahallalari bo‘yicha 2018-2019 yillarda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini, band bo‘lmagan aholini kasbga qayta tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni bir oy muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi Qo‘qon shahridagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud bo‘lgan va foydalanilmasdan bo‘sh turgan bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkalarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin va keyinchalik zamonaviy ishlab chiqarishlar barpo etish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish sharti bilan tadbirkorlik sub'yektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda berish hamda mulkdorlar tomonidan ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) yo‘lga qo‘yish orqali ulardan samarali foydalanilishini ta'minlaydilar.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi Qo‘qon shahridagi sobiq o‘rmon xo‘jaligining 17 gektar maydoni hududida “Hunarmandlar markazi”, mehmonxonalar, milliy taomlar restorani, gipermarket va turistik infratuzilmaning boshqa obektlarini qurishni nazarda tutuvchi turizm markazini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi uchun salohiyatli investorlarni jalb etish va 2018-2019 yillarda ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o‘z ichiga olgan “Qo‘qon” erkin savdo zonasi tashkil etish masalasini o‘rganib chiqib, tegishli taklif kiritadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Hunarmand” uyushmasining Qo‘qon shahrida tajriba tariqasida quyidagilarni nazarda tutadigan “Usto-shogird, Qo‘qon tajribasi” loyihasini 2018-2019 yillar mobaynida amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi:
Qo‘qon shahrida yuz nafar ishsiz yoshlarni hunarmandlar va boshqa kasb vakillari bo‘lgan ustozlarga bir kalendar yilga shogird sifatida biriktirish va ular bilan mehnat shartnomasi tuzish;
kasb-hunarlarni to‘liq egallagan shogirdlarni keyinchalik mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar asosida kamida ikki nafar shogirdni bepul o‘qitish sharti bilan mustaqil ishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan ta'minlash.
Farg‘ona vodiysi – O‘zbekistonning sermahsul yuragi, mashhur kishilar, shoir va mutafakkirlar yurtidir. Farg‘ona, Qo‘qon xonlarining idorasi ostidagi yerlar bo‘lib bu yerda jami 29 ta xon o‘tgan. Qo‘qonning me’moriy yodgorliklari orasida, noyob majmua (ansambl) - qo‘qon hukmdorlari - Dahma va Shohonlarning oilaviy maqbarasi alohida o‘rin tutadi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu me’moriy yodgorlik va dahmani barpo etish g'oyasi, buyuk o‘zbek shoirasi Mohlaroyim Nodiraga tegishlidir. Andijon hukmdorining qizi va oxirgi qo‘qon xonlaridan birining rafiqasi Nodira, juda qobiliyatli ayol va iste’dodli shoira, sodiq rafiqa, mehribon ona, ulkan xonlikning adolatli va dono hukmdori edi. 1822-yil turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng, Nodira o‘zining turmush o‘rtog‘i va uning ajdodlari dafn etilgan oilaviy maqbarani keyinchalik ushbu mintaqaning eng muhim diqqatga sazovor joylaridan biriga aylanadigan katta me’moriy majmuaga aylantirishga qaror qiladi. Farg‘ona vodiysining yodgorliklar me’morchiligiga xos bo‘lgan ushbu murakkab me’moriy majmua, hazir nomini olgan.
Man.
Maqbaraning hashamatli darvozalari, badiiy uyg‘unlikni tashkil etuvchi ko‘k va havorang ranglardagi sirlangan qoshinlardan yasalgan naqshli qadamalar bilan bezalgan. Darvozaning yuqori qismi, farg‘ona matolarida ko‘rish mumkin bo‘lgan kompozitsiyalarning naqshlaridan tashkil topgan romlar bilan bezalgan.
Maqbaraning nozik o‘ymakorlik ishlari bilan bezalgan darvozalarida esa, arab harflaridagi muqaddas Qur’on yozuvlari hamda hukmdor Umarxonning she’rlaridan satrlar o‘yib yozilgan.
Majmuaning ichida katta bo‘lmagan masjid va oilaviy qabrlar joylashgan. Binoning har bir qismi, eshik va derazalardan tortib tosh plitalarigacha alohida badiiy qimmatga ega. Ushbu maqbaraning qurilishi va bezalishida yog‘och o‘ymakorligi va ganch bo‘yicha taniqli ustalar ter to‘kishgan. Hukmdorlarning qabrtoshlari, o‘ymakorlik, sharqona naqshlar va muqaddas Qur’ondan olingan yozuvlar bilan bezalgan.
Shuningdek Nodiraning ko‘rsatmasiga ko‘ra u yerda Chalpak madrasasi qurilgan. Keng yoyilgan mevali bog‘va turli-tuman gul kompozitsiyalari maqbaraga bezak bo‘lib turibdi
Qo'qonning haqiqiy marvaridi va shaharning asosiy tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri - Xudoyorxon saroyi, uni xalq orasida "Qo'qon oʻrda" deb ham atashadi.
Tarixdan ma'lumki, bir yarim asrdan ko'proq vaqt mobaynida Qo'qon xonligida 29 dan ortiq xon oʻtirgan, ammo eng qudratli va esda qolarli jihati shundaki, Xudoyorxon 1845 yilda 12 yoshida taxtga o'tirgan.
1871 yilda Xudoyarxon katta saroy qurdiradi. Bu ulug'vor majmua yettinchi xon saroyi bo'lgan va xon g'oyasiga ko'ra Qo'qon hukmdorining qudratini eslatish uchun avvalgi saroylardan kattaligi va muhtasham bezaklari bilan ustun bo'lishi kerak edi.
Qo‘qondagi tarixiy obidalar va yo‘nalishlar Google Maps xaritalar dasturiga kiritiladi
Google xaritalari dasturi rahbari lavozimida ishlayotgan Jen Fitspatrik Qo‘qonga tashrif buyuradi. U shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, ularni tezlik bilan Google xaritalari dasturiga kiritilishiga yordam berishi kutilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Barcha tarixiy obidalar va ularga olib boradigan yo‘nalishlarning Google xaritalariga kiritilishi Xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari va undan keyin ham sayyohlarning Google geolokatsiya dasturi yordamida manziliga osonlik bilan yetib borishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, tez kunda Wikipedia’ga Xalqaro hunarmandchilik festivali, Qo‘qon shahri hunarmandchiligi, tarixiy obidalariga doir muhim va qiziqarli ma’lumotlar ham joylashtiriladi.
Shaharga doir rasm va medifayllarni [x]Creative Commons[/x] litsenziyasi asosida – mualliflik huquqlaridan voz kechgan holda taqdim etish bo‘yicha shahar hokimligi matbuot xizmati va Vikisklad xalqaro ma’lumotlar bazasi mutasaddilari o‘rtasidagi kelishuv shu yilning 15-iyunidan kuchga kiradi.
Dastlab binoning uzunligi 138 metr va kengligi 65 metr bo'lib, 4 gektar maydonda joylashgan edi. Saroy uch metr balandlikda ko'tarilgan, uzun kirish yo'li asosiy kirishga olib boradi. Bu yerda, rampaning etagida, ilgari quyma temir va mis zambaraklar bor edi. Ulkan o'ymakor eshiklar ustidagi portalda arab tilida "Buyuk Sayid Muhammad Xudoyorxon" degan yozuv bor. Saroy atrofini chiroyli o'yilgan panjara o'rab olgan. Majmuaning o'ng tomonida, Farg'ona ipaklari ranglarini eslatuvchi naqsh bilan bezatilgan, keramika bilan o'ralgan yuzli minora bilan bezatilgan.
Saroy qurilishiga xonlikning va unga qo'shni mulklarning eng yaxshi ustalari jalb qilingan. Qurilishni Qo'qonning iste'dodli me'mori Mir Ubaydullo boshqargan. Qadimgi keramika markazi bo'lgan Rishtonning eng yaxshi hunarmandlari saroyda pardozlash ishlari bilan shug'ullanishgan.
Dastlab saroyda 119 ta xona bor edi, ular ochilganda ganch o'ymakorligi va rang-barang bezaklar bilan bezatilgan edi. Maxsus joyni taxt xonasi va xonning qabul xonasi egallagan; xazina, qirol xazinasi va harbiy arsenal yaqin joyda joylashgan. Uning bolalari uchun xonalar va xon va uning xotinlarining shaxsiy xonalari ham juda bezatilgan edi.
Rossiya imperiyasi tomonidan Qo'qon xonligi bosib olingandan so'ng Xudoyorxon va uning oilasi Toshkentga jo'natildi. Uning mol-mulkining katta qismi musodara qilindi va keyinchalik talon-taroj qilindi. Bugungi kunda bir nechta jahon muzeylarida siz Qo'qon xonligining ba'zi eksponatlarini topishingiz mumkin. Ulardan biri Xudoyorxonning qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taxti Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanadi.
Saroydan hozirgi kungacha atigi 2 ta hovli va 19 ta xona saqlanib qolgan; qudratli xonlikning sobiq ulug'vorligi haqida hikoya qiluvchi mahalliy tarixiy muzey bu yerda joylashgan
2.2. Me`morchilik va hunarmanchilikning ravnaqi. Xalq amaliy
san`ati.
Qo`qon xonligi me`morchiligining o`ziga xos tomonlarini ko`rib chiqqan
ekanmiz, bu mintaqaning qadim zamonlardan boshlab taraqqiy etgan madaniy
maskanlardan biri bo`lganligini va teran me`morchilik hamda shahasrsozlik
tarixiga ega ekanligini ta`kidlab o`tmoq lozimdir. Qo`qon xonligining
shahaharsozlik madaniyati mil.avv. II-I ming yilliklarga borib taqaladi.
Jumladan, Elaton, Buzilmas, Olis Iskandariya (Aleksandriya, Esxata) Oqtepa
Qultepa Munchoqtepa Mug` qal`a, Ershi singari 2-3 ming yillik tarixni o`zida
mujassamlashtirgan shahar xarobalarining qazib o`rganilganligi bundan dalolat
berib turibdi.38 Shuningdek, Hoson, Quva, O`zgan, Axsi shaharlari o`rta asr
tarixiy manbalarida ko`p o`rinlarda tilga olinadi.
Ilk o`rta asrlar Farg`onaning yuksak madaniyati haqida Xitoy tarixiy
manbalarida ma`lumotlar saqlangan. Temuriylar davriga kelib esa Umar Shayx
hamda Bobur Mirzo tomonidan barpo etilgan shaharlar tafsiloti shoh asar
‗Boburnoma‖ da keng yaratilgan.
Demak, Qo`qon xonligi me`morchiligi butun O`rta Osiyo me`morchilik
an`analarini o`ziga sindirish bilan birga qadimiy Farg`ona vodiysiga xos mahaliy
madaniyat asosida yuzaga kelgan, shu sababli XVIII asr Qo`qon xonligi
shaharlari asosan o`rta asrlarga oid feodal shaharlarga xos ko`rinishni ifoda
etgan. Shaharlar ark va Shahristondan iborat bo`lgan. Shahriston markazlarida,
ko`chalar kesishgan joy chorsuda odatdagicha bozor joylashgan. Bu ikki asosiyko`chaning kesishishi natijasida shahar to`rt dahaga bo`lningan. Dahalar esa o`z
navbatida bir necha mahalla va go`zarlardan shakillangan.
Qo`qon va Toshkent arklari ―O`rda‖deb atalgan. Toshkentdagi O`rda
buzib tashlanganligi bois u haqida juda oz ma`lumot saqlanib qolgan. Ammo
Qo`qondagi Xudoyorxon nomi bilan ma`lum bo`lgan o`rda bugungi kunga qadar
yaxshi saqlanib qolgan.
Qo`oqn o`rdasi XIX asrda bunyod etilgan bo`lib, yaxlid imorat shaklida
birlashgan bir necha katta va kichik hovlilarni o`ziga birlashtirgan. Uning
umumiy sathi 4gektarni tashkil etadi.
Xalq amaliy san`ati.
Hunarmanchilik- o`zbek xonliklaridahunarmandchiliksanoati o`z davriga
yarasha ancha taraqqiy etgan edi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida
to`qimachilik (ipak) muhim ahamiyatga ega edi. Bu hunar egalari paxta, ipak,
jundan turli narsalar to`qishgan. Ipak yegirishdan oldin paxtani chig`iriqdan
o`tkazilgan. Ya`ni chigiti ajratib olingan. Chigiti ajratib olingan paxta tolasi
charxdan yegirilib kalava qilingan va tayyor ipni to`qish do`konlariga jo`natilar
edi. Bo`z to`qish keng avj olgan. Shahrisabz, Buxoro bo`zlari muhim o`rinni
ishg`ol qilardi. Namangan, Andijon to`qimachilari to`qigan olacha, qalami, bo`z,
chit, dokalari yaxshi sifati va bo`yoqlari bilan ajralib turar edi. Buxoroda sifati
baland ikki xil chit, ya`ni chiti sari gaz va chiti chatti to`qilgan. Bu chitlar
nafaqat ichki bozorlarda hatto qo`shni mamlakatlarda, Rossiyaga ham chiqarilar
edi. Ipak mollar tayorlashga ham katta e`tibor berilgan. Xo`jand Andijon,
Namangan va boshqa joylarda ipak kiyimlar to`qish ishlari avj olgan. XIX asr
o`rtalarida o`lkada atlas, shoyi doroyi, oq shoyi, adras, beqasam, banoras gul
bosilgan choyshablar va shunga o`xshash ko`p narsalar to`qilar edi
11111¹11111111111111111
Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida joylashgan Qo’qon shahri O’zbekistonning qadimiy shaharlaridan biridir. Xukand, Xovokand (shaharning eski nomlari) shahri to’g’risida birinchi yozma dalillar X asr yilnomalarida uchraydi. Shahar Buyuk Ipak yo’lidagi savdo markazi sifatida katta ahamiyatga ega edi va XIII asrda, O’rta Osiyo shaharlarining aksariyati singari, mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan.
Ammo shaharga shuhrati 18-asrda, u eng boy va eng rivojlangan Qo’qon xonligining poytaxtiga aylangandan keyin keladi. XVIII asrning birinchi yarmida, hozirgi shahardan (o’sha paytda Buxoro amirligi hududi) uncha uzoq bo’lmagan joyda, Qo’qon xonlari sulolasining ajdodi Eski Qo’rg’on qal’asini yotqizgan (1732), undan yangi nom boshlangan. Tez orada eski nomni oldi, endi u “Xuk-qand” – “Yovvoyi cho’chqa shahri” kabi yangradi. Dastlab u Buxoro amirligidan ajratilgan kichik, egalik edi, lekin asta-sekin hududiy jihatdan kengayib bordi.
Xonlik o’z kuchiga XIX asrning birinchi yarmida, uning hududiga zamonaviy O’zbekistonning aksar qismi, janubiy Qozog’istonning bir qismi, Qirg’iziston, Tojikiston va Xitoy kirganida erishdi. Qo’qon xonligi tarkibiga Toshkent va Chimkent ham kirgan. Bu katta, qudratli davlat – istiqbolli savdo va diniy markaz edi. Birgina Qo’qonda 300 dan ortiq masjid va o’nlab madrasalar bo’lgan.
O’zining faoliyati davomida Qo’qon xonligi 29 ta hukmdorning o’rnini egalladi, ulardan eng mashhurlari shafqatsizligi va ochko’zligi bilan mashhur bo’lgan oxirgi xon – Xudoyarxon edi. Uning hukmronligi davrida u to’rt marta taxtidan mahrum bo’lib, uni qayta egallab oldi.
Uning davrida shaharni obod qilish uchun katta ishlar olib borildi: guzarlar, masjidlar, madrasalar qurildi. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Bundan foydalangan Rossiya O’rta Osiyoga qarshi agressiv kampaniyani boshladi. 1868 yilda, shartnoma asosida Qo’qon xoni Rossiya imperiyasining vassaliga bo’lgan huquqlariga tenglashtirildi. Bu deyarli 170 yil davomida mavjud bo’lgan Qo’qon xonligi tarixining oxiri edi.
Qo’qon Rossiyaga qo’shilgandan so’ng xon saroyi qal’aga aylantirildi va shahar mahallalari orqali avtomagistrallar o’tkazildi, ular bo’ylab Evropa me’morchiligi binolari joylashgan. Shahar tezda Turkistonda kapitalistik faoliyatning yirik markaziga aylanib, banklar soni bo’yicha hatto Toshkentdan ham ustun keldi.
Zamonaviy Qo’qonda 18-19 asrlardagi xonlar davridagi barcha me’moriy yodgorliklar mukammal saqlanib qolgan
Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Qo‘qon Buyuk Ipak yo‘lidagi eng qadimiy shahar. Shahar hashamatli yodgorliklarga va ulug‘vor madrasalarga boy va bu ajablanarli emas, chunki Qo‘qon ilm-fan rivojlanishining markazi edi. Quyidagi diqqatga sazovor joylarni ko‘rishni unutmang:
✔️ Xudoyorxon saroyi,
✔️ Jomiy masjidi,
✔️ Modarixon maqbarasi,
✔️ Norbut-biya madrasasi,
✔️ Qo‘qon xonlarining maqbarasi
Dahma-i Shahan.
Dahma va Shohon shohlarining maqbarasi
Xudoyorxon saroyi
Dahma va Shohon shohlarining maqbarasi
Xudoyorxon saroyi
Hammasini ko'rish
Qo'qon haqida video
Iqlim 🌡
Qo‘qonning iqlimi barqaror issiq yoz va xuddi shunday barqaror sovuq qish bilan xarakterlanadi. Bu yerda ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lmaydi va ularning aksariyati kuzda va bahorda yo‘gadi. Yozda kelganingizda, bosh kiyim va soyabonlarni unutmang, shuningdek ko‘p miqdorda suyuqlik iching.
Sovg‘alar va suvenirlar 🛍
Qo‘qonga sayohat qilganingizda, kattaroq chamadonni oling, chunki u O‘zbekiston hunarmandchiligining poytaxti! Bu yerda siz deyarli hamma narsani topishingiz mumkin! O‘ziga xos loydan tayyorlangan buyumlarni sotib olishni xohlaysizmi? Marhamat! Kulolchilik ustaxonalari sonining hisobi yo‘q. Yoki siz noyob so‘zana sotib olishni istaysizmi? Muammosiz! Shaharda qo‘shni shaharlarning hunarmandlari yasagan buyumlarni, masalan, Chust pichoqlarini yoki Farg‘onadagi mevalarni ham topishingiz mumkin.
Suvenir va sovg‘alarni onlayn sotib olish
Oshxona 🍽
Qo‘qonning oshxonasi butun O‘zbekistondagidek juda mazali va sergo‘sht. Qo‘qon palovi faqat devzira deb nomlangan guruchning maxsus navidan tayyorlanadi. Bu nav butun vodiy bo‘ylab ishlatiladi. Mazkur turdagi palov faqat sarimsoq va achchiq qalampir bilan tayyorlanadi va hech qanday holatda unga shirin masalliqlar qo‘shilmaydi. Palovning barcha turlaridan Qo‘qonda tayyorlanadigani hazm qilish uchun qiyin, shuning uchun o‘zingiz bilan fermentlarni olib borishni unutmang! Qo‘qon oshxonasining yana bir o‘ziga xos xususiyati bu patirlardir. Qo‘qonliklarning aytishicha, vodiyda qilingan barcha nonlarni Qo‘qonlik erkaklar tayyorlashadi. Qo‘qon xolvasini ham tatib ko‘rishni maslahat beramiz! U O‘zbekiston hududida tayyorlanadigan eng nozik va eng mazali holva. O‘zbek taomlari haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.
Fotosurat zonalari 🙋♂️
Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️
Qo‘qondagi fotosessiyalar uchun eng yaxshi joylardan biri bu Xudoyorxon saroyidir! Ushbu binoning g‘ayrioddiy meʼmorchiligini uzoq vaqt esizdan chiqarolmaysiz!
Siz nafaqat tashqarida, balki uning ichkarida ham surat olishingiz mumkin! Binoning ichida sizni haqiqiy saroy ziynatlari kutmoqda, shuning uchun kameralaringizni tayyor tuting.
Saroy hovlisida ham fotosuratlar uchun juda ko‘p qiziqarli joylarni topishingiz mumkin!
Tarix 🏺
Qo‘qonni Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri deb aytish mumkin. Uning alohida shahar sifatida birinchi marta qayd etilishi uzoq X asrga borib taqaladi.
O‘shanda shahar «Xovakend» yoki «Xokand» deb nomlangan va u o‘z hududida juda katta savdo markazi bo‘lgan. Ammo bu shahar uzoq vaqt mavjud bo‘lmagan, XIII asrda unga hujum qilgan mo‘g‘ullar tomonidan shahar tamoman vayron qilingan. Bundan ilgari shahar Xitoyning Davan davlati tarkibiga kirgan. Muyi-Muborak, Eski Qo‘rg‘on va Tepako‘rg‘on yodgorliklari hududida olib borilgan qazilmalar jarayonida 2000 yil avval bunyod etilgan qadimiy binolar va kulolchilik buyumlari topilgan. Bu shahar ko‘p narsani boshidan kechirib, XVIII asrda o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga chiqdi. Shu davrda shahar Qo‘qon xonligining poytaxti maqomini oldi.
Poytaxtga aylangan shahar rivojlanishning keyingi bosqichiga chiqib, 300 dan ortiq masjid faoliyat yuritgan diniy markazga aylandi. Hozir shahar hunarmandchilik markazi deb nomlanadi, chunki uning hududida ko‘plab hunarmandlar istiqomat qilib kelmoqda. Shuningdek, har ikki yilda bir marta Qo‘qonda “Xalqaro amaliy sanʼat festivali” bo‘lib o‘tadi
DAXMAI SHOHON
Dahmai shohon maqbarasi 19-asrga oid bo’lib Farg'ona me'morchiligiga xos xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Qayd etish joizki, islom dinining qadimiy va umuman hurmat qilinmagan ko‘rsatmalari asosida qabrlar ustiga tosh yoki g‘ishtdan har qanday inshoot qurishni qoralab, musulmonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabr ustida namoz o‘qish man etilgan. Fargʻona vodiysida “xazira” deb nomlangan fazoviy yodgorlik majmualari rivojlangan. Bunday majmuaning o'zagi - devor bilan ajralib turadigan mo'tabar qabr va yaqin atrofda yodgorlik masjidi - ziyoratxona qad rostlangan. Xazira o‘rta asr me’morchiligi tarixidagi islom dinining me’morchilik shakllariga ta’sirini aks ettiruvchi namunalardan biridir.
Xazira Dahmai shohon (Shohlar qabr toshlari) Qo‘qon xonlarining oilaviy qabrini ifodalaydi. Uning me’moriy-makoniy tarkibi ko‘milgan hovliga olib boruvchi old portalli gumbazli kirish (9,4x11,7 m), ikki ustunli ayvon masjididan iborat. Masjidning eshiklarini qoplagan ikki rejali oʻymakor gulli bezak, ichki rasm va plafondlar majmuaning bezak bezaklarini tashkil etadi. Portal sirlangan koshinlardan yasalgan geometrik mozaika naqshlari bilan bezatilgan, bu erda ko'k va ko'k ranglar ustunlik qiladi. Portalning “U” shaklidagi mozaikali hoshiyasining ustki qismi juda oʻziga xos boʻlib, chizmaga koʻra, ustki kiyim uchun Fargʻona matolari – bekasamni juda eslatadi
19-asr boshidagi inshoot bo’lib, har ikki bino – obodonlashtirilgan hovlisi bilan yagona majmuani tashkil etadi. Mahalliy afsonalar masjid qurilishini 1809-1822 yillarda Qo‘qonda hukmronlik qilgan Umarxon bilan bog‘laydi. Bino shaharliklarga juma namozi uchun xizmat qilgan.
Masjidning ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab ishlab chiqilgan simmetrik rejasi qishki xona va keng uch qirrali ayvondan iborat bo‘lib, uning tekis shifti 98 ta yog‘och ustunlar bilan mustahkamlangan.
Binoning asosiy jabhasi, zinapoyali, dekorativ tarzda bezatilgan kornişli nozik ustunni ifodalaydi, sharqqa qaragan. Masjid o‘zining ulkan o‘lchami (97,5 x 25,5 m) va turli bezaklari bilan hayratga soladi.
Pishirilgan g'isht ishlari tugallanmagan qattiq jabhalardan farqli o'laroq, asosiy fasad va interyerlar boy bezatilgan. Shiftning plafondlari va nurlari turli xil o'simlik va geometrik naqshlar bilan qoplangan. Devor va pollarning kesishish chiziqlari stalaktit friz bilan yumshatiladi. Devorlari ganch bilan tugatiladi, so'ngra ularni lansetli chuqurchalar bilan to'rtburchaklar panellarga bo'linadi. Devorlarning pastki qismida panel chaspak bezaklari bilan bezatilgan. Ushbu turdagi dekor sof xalq an'analariga amal qiladi va ganch mozaikasi hisoblanadi. Bu texnik jihatdan sodda va juda samarali.
Individual chizmalar alabaster qatlamida kesiladi va silliq devor yuzasini saqlab, boshqa ohangdagi ohak bilan to'ldiriladi. Bu uslub nafaqat Farg'ona me'morchiligida, balki O'rta Osiyoning boshqa hududlarida ham ichki bezatish uchun keng qo'llanilgan
Masjidning figurali ustunlari xuddi shu materialdan yasalgan taxta bilan uyg'unlashgan stalaktit uchlari va marmar asoslariga ega.
Yaqin atrofda masjid bilan bir vaqtda qurilgan minora ko'tarilgan. U kesilgan konusga o'xshab, tepasida olti burchakli gumbazli fonarga o'xshaydi. Milning ichida spiral zinapoya mavjud. Balandligi 22 m dan ortiq bo'lgan minoraning qat'iy monumental hajmi dekoratsiyadan butunlay mahrum.
Jome’ majmuasi qimmatbaho monumental va dekorativ elementlarga ega Farg‘ona me’morchiligiga xos diniy bino bo‘lib, davlat muhofazasida.
Qo‘qon xonligining bizgacha yetib kelgan eng qadimgi binolaridan biri Chorsi maydonida qurilgan Norbo‘tabiya madrasasi (18-asrning 2-yarmi) bo‘lib, u yerda o‘quvchilar oliy ma’naviy bilim olgan. Nosimmetrik hovli kompozitsiyasining bir qavatli bu binosi burchaklarida silindrsimon minoralar bo'lgan to'rtburchaklar (52x72 m) bo'lib. Burchaklari qiya boʻlgan kvadrat shakldagi hovli (38X38 m) gumbazli turar joy mihujralari bilan qoplangan. Portal tomonidan ta'kidlangan asosiy kirish shimolga yo'naltirilgan. Uning ikki tomonida bir-biri bilan kesishgan arklarda gumbazli, silindrsimon baraban oʻn ikkita lansetli deraza va darsxona bilan kesilgan masjid qurilgan.
Pishirilgan g‘ishtdan qurilgan binoning dekorativ bezaklari deyarli yo‘q. Fasadlarning g'ishtlari yalang'och, interyerlari ganch gipsining oqligi bilan porlaydi. Masjid zali stalaktit ostidagi gumbazli karniş va yulduz shaklidagi mehrob plomba bilan qoplangan, darsxonaga qaraganda biroz nafisroq ko'rinadi. Old eshiklar oddiy geometrik naqsh bilan bezatilgan, uning ichki bo'shlig'i sayoz o'yilgan gulli bezak bilan to'ldirilgan.
Portal shakli va madrasaning fazoviy-rejaviy yechimi Buxoroning xuddi shunday yodgorliklariga (Koʻkaldosh, Abdulazizxon, Miri-Arab madrasalari) oʻxshaydi. Qo‘qon madrasasi qurilishida buxorolik ustalar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin va bu binoda Buxoro me’morlar maktabining ta’siri o‘z aksini topgan. Mahalliy aholi orasida Qo‘qon hukmdori buxorolik me’morlarni zo‘rlik bilan qurilishga jalb qilgani, ular mo‘rilarni ishlamaydigan qilib loyihalashtirgani haqida rivoyat bor. Shunday qilib, buxorolik quruvchilar faqat sovuq havoning boshlanishi bilan kashf etishga muvaffaq bo'lgan binoni isitishdan mahrum qilib, xondan o'ch oldilar.
Miyon Hazrat yoki Miyon Axat madrasasi XVIII asr oxirida qurilgan. shaharning janubiy qismida. Miyon Axat asli peshovarlik (Pokiston), nevarasi Abdurahmon bizga aytganidek, savdogar Abdusamadboy bilan uchrashib, oilasi bilan Qo‘qonga ko‘chib kelgan. Ko'p o'tmay, ilohiyot ilmi bilan mashhur bo'lgan va mahalliy aholi orasida obro'-e'tibor qozongan Axat xonning maslahatchisi bo'ldi. Pokistondan meros olib, oʻz mablagʻi hisobidan madrasa qurdirgan va shu kungacha saqlanib qolgan. Rejaga ko'ra, bu murakkab uch hovli majmuasi: ikkita hovli sharq-
Sadixon qozi uyi.
Qozi Sodixonning 20-asr boshlariga oid uyi Fargʻona uylarining tipik namunasidir. Tarkibi ikki yardli. Uy alohida kirishlari bo'lgan ayollar uchun old va qo'shni turar-joy qismlaridan iborat. Uyning old qismining yadrosi - kirish zali va biriktirilgan ayvonli yashash xonasi. Ichkarining to‘rtburchak hovlisida ayvonli ikkita yashash xonasi va bir qancha xo‘jalik xonalari qad rostlagan. Butun uy ikki metrli podvalda qurilgan, bu birinchi qavatdan chorva mollarini saqlash va ombor sifatida foydalanish imkonini berdi. Metall figurali panjarali tosh zinapoyadan ayvonga olib boradi. Aivanlarda Vassa bilan tekis nurli shiftlar nozik yog'och ustunlar tomonidan quvvatlanadi. Kamin bilan isitiladigan turar-joy binolarida idish-tovoq va uy-ro'zg'or buyumlari uchun figurali ramkalar o'rnatilgan. Deraza va tokchalar orasidagi tirgaklarga oʻrnatilgan ganchga oʻyilgan bezaklar qiziq. Yuqorida, devorlarning perimetri bo'ylab ultramarin fonda oq rangli geometrik naqshlar qilingan. To'liq bo'yalgan ship ta'sirli, bu erda nozik gul naqshlari qizil fonda ajralib turadi. Farg‘ona arxitekturasi an’analari asosida yaratilgan “L” shaklidagi yozgi ayvonli va dekorativ bezakli qishki xonalarning o‘ziga xos tarkibi bu uyni xalq hunarmandlarining eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘ydi.
Qo'qondagi turar-joy uylari orasida nomi saqlanmagan bayning uyidagi yashash xonasini alohida ta'kidlash kerak. Bu bino 20-asr kachala xalq meʼmorchiligi yodgorligi hisoblanadi.
Uy to'rtburchaklar uchastkani egallaydi, uning shimoliy qismida kirish zali va janubiy tomonida U shaklidagi ayvonli ikkita zal mavjud. Aivanning turli o'lchamdagi qanotlari va turli o'lchamdagi zallar assimetrik kompozitsiyani yaratadi.
Issiq kunda, ayniqsa, chuqur ayvon soyasida salqin bo'ladi, uning tekis tomi figurali to'sinli ingichka kvadrat ustunlar bilan mustahkamlanadi.
Farg‘onalik ustalar an’analarida bezatilgan ayvon va zalning zallari muhtasham ko‘rinadi. Pirslarda oʻyib ishlangan ganch panellari, jumladan, epigrafik va gulli bezaklar oʻrnatilgan. Devorlarning ustki qismi ayvonda ultramarin, zalda yashil rang qo'shilgan ganchga o'yilgan friz bilan bezatilgan. Shiftdagi rasmlarda qizil rang ustunlik qiladi. To‘sinlardagi nozik chizilgan gullar alohida ajralib turadi. Friz va shift o'rtasida ganch stalaktit kornişining oq lentasi cho'zilgan.
Mahalliy an’analar asosida yaratilgan rejaning soddaligi, o‘ziga xos bezak elementlari bu uyni farg‘onalik me’morlarning ajoyib ijod namunalaridan biriga aylantiradi.
g'arbiy o'qi bo'ylab joylashgan, uchinchisi janubdan ularga tutash. Madrasaga janubiy hovlining g‘arbiy tomonidan asosiy kirish eshigi mahalliy hunarmand Iskandarxo‘ja o‘ymakorligi naqshlari bilan bezatilgan yog‘och darvozali portal gumbazli darvozaxona bilan ta’kidlangan. Har tomondan turar-joy binolari madrasaga qattiq tutashgan. Janubiy hovlining perimetri boʻylab (32 X 26 m) turar-joy xonalari qurilgan, faqat janubiy qismida koʻp ustunli toʻrtburchak shaklda, shifti tekis toʻsinli masjid qurilgan. Mana shu yerda. janubi-sharqiy burchagida kichik minora saqlangan. Qolgan hovlilar — sharqiy (35x20 m) va gʻarbiy (23x11 m) ham hujralar bilan oʻralgan. Madrasaning sharqiy qismida ayvon (hozir yo‘qolgan), g‘arbiy qismida o‘quv xonasi qurilgan. Bu erda siz turli xil konstruktiv turdagi shiftlarni kuzatishingiz mumkin: tonozlar, gumbazlar va tekis nurlar. Madrasaning pishiq g‘ishtdan yasalgan fasadlari ritmik qator lansetli sayoz bo‘shliqlar bilan bezatilgan. Ichki qismlar ganch bilan shuvalgan.
Majmuaning hovlilar tizimiga boʻlinishiga bu yerda oʻqitiladigan fanlarning guruhlanganligi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin, ularda ilohiyotdan tashqari, adabiyot, matematika, astronomiya, tarix va hokazolarni ham oʻrgangan. Atoqli qoʻqonlik Muhammad Amin Xoʻja. shoir Muqimiy shu madrasada tahsil olgan.
Dahmai Modarixon (Xon onasi) ayollar - xon sulolasi vakillari dafn etilgan. Majmuadan faqat asosiy fasad burchaklarida oʻrnatilgan ikki qirrali minorali kirish portali-gumbaz hajmi (7,5 X 8,7 m) saqlanib qolgan. Oldingi kompleksdan farqli o'laroq, bu erda nisbatlar yanada nafisroq va portal dekorasi ancha nafisroq bo'lib, bu erda mozaikali plitkali geometrik naqsh mayolikaning nozik, nozik gulli bezaklari va lanset tokchalarining ganch stalaktit bilan to'ldirilganligi bilan birlashtirilgan. Portalning o'ng tomonida, olti burchakli koshinlardan birida me'mor 1241 hijriy (1825) qurilish sanasini sir ostida qoldirgan. Ichki qismdagi gumbazning bezaklari o'ziga xos bo'lib, u spiral qovurg'ali ganch naqsh bilan bezatilgan.
Bu nekropollarning kompozitsion texnikasi va dekorativ yechimi Farg‘onaning so‘nggi memorial me’morchiligining mahalliy an’analarini o‘zida mujassam etgan.
Gʻishtlik masjidi 20-asr boshlarida qurilgan. mahalliy hunarmandlar tomonidan o'z mahallasi - G'uzor parishionlari uchun.
Pishgan gʻishtdan qurilgan simmetrik bino teng kattalikdagi zal va sharqqa ochilgan ayvondan (7,8X18,4 m) iborat. Qishki xona va ayvonning gʻarbiy devorlarida simmetriya oʻqida lansetli chuqurchalar koʻrinishidagi mehrob boʻshliqlari joylashgan. Yozgi qismning tekis shiftini ikki qatorga o'rnatilgan 12 qirrali yog'och ustunlar qo'llab-quvvatlaydi. Nurli ship yarim silindrsimon perchlardan yasalgan bo'lib, konveks tomoni pastga qarab yotqizilgan bo'lib, bu shiftning plastik eritmasini boyitadi. Zalni qoplagan tuzilmalar rus muhandislarining ta'sirini ko'rsatdi; bu erda an'anaviy oraliq tayanchlarni yo'qotib, soxta shiftli yog'och rafters tizimi qo'llaniladi.
Masjidning dekorativ bezaklari alohida ahamiyatga ega. Ustunlar tanasidan figurali pastki nurlarga o'tish ochiq naqshli o'ziga xos yog'och tekis uchburchaklar orqali amalga oshirildi. Shiftdagi plafondlar o'simlik naqshlarining nozik ishlangan bezaklari bilan qoplangan, ularda qizil va yashil ranglar ustunlik qiladi.
Lakonik reja va oʻziga xos bezak Gʻishtlik masjidini Qoʻqon meʼmorchiligining eng yaxshi yodgorliklari qatoriga qoʻydi. Bino restavratsiyadan keyin kutubxona sifatida foydalaniladi.
Farg‘onada turizm rivojlanmoqda
Turizm iqtisodiyot tarmoqlari rivoji, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, xalqaro aloqalarni mustahkamlash kabi o‘ta dolzarb masalalar yechimida muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatimiz bu borada ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega.
Prezidentimiz tashabbusi bilan turizm sanoatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida mamlakatimizning go‘zal tabiati, muqaddas qadamjolari, noyob me’moriy obidalari hamda fayzli go‘shalari dunyo ahlini tobora o‘ziga maftun etmoqda.
Mustahkam tinchlik va barqarorlik, o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik muhiti, dunyoga mashhur o‘zbekona mehmondo‘stlik, shuningdek, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari, ularda ko‘rsatilayotgan yuksak sifatli xizmat turlari bu borada muhim omil bo‘layotir.
Ayni paytda yurtimizda sayyohlikning ekoturizm, geoturizm, ekstremal, tibbiy va madaniy yo‘nalishlari, otda, tuyada, avtomobilda sayohat qilish, alpinizm, baliq ovi, rafting kabi ko‘plab turlari rivojlanib bormoqda.
Azaldan mehmondo‘stlikni joyiga qo‘yib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lgan xalqimiz istiqlol yillarida ana shu ajoyib fazilatini sayyohlik industriyasi, xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish orqali yanada yaqqolroq namoyon etayotir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Farg‘ona viloyati tarixiy obidalari, tabarruk qadamjolari, zamonaviy inshootlari bilan sayyohlar e’tiborini tortmoqda. Xususan, viloyat markazi, qadimiy Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tumani uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar bilan doimo gavjum. Viloyatda yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ochish, mehmonlarni tarixiy obidalar, milliy hunarmandlik va xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirish uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Viloyatdagi 30 ga yaqin zamonaviy mehmonxona sayyohlar ixtiyorida.
Burhoniddin Marg‘inoniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar ustaxonalari, Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon saroyi va unda joylashgan o‘lkani o‘rganish muzeyi, Jome’, Kamolqozi masjidlari, Norbutabiy majmuasi, Dahmai Shohon va Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg‘ona shahri hamda Quvadagi Ahmad Al-Farg‘oniy majmualari bo‘ylab uyushtirilayotgan sayohatlar turistlarda yurtimiz tarixi haqida katta taassurot qoldirmoqda.
Viloyatdagi tabiiy suv havzalari bilan bog‘liq yodgorliklar, adir geokomplekslaridagi ekoturistik ob’ekt va hududlar ham o‘ziga xos. O‘zbekiston, Uchko‘prik va Rishton tumanlaridagi tabiiy buloqlar, Oltiariq tumanidagi asriy qayrag‘och va sharq chinori, Akbarobod va Zilha qumlari, Sariqo‘rg‘on tepaligi, Kitkontepa, Saurbuloq, Yomonjar jarlari, qadimiy pistazorlar, Oqbilol g‘ori kabi tabiat yodgorliklari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.
Viloyatda turizm sohasida gastronomik, ekologik va agroturizm turlarini shakllantirish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha aniq turistik ob’ektlar va transport-logistikasi tizimi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida “Osh markazlari” tashkil etildi. Rishton tumanida Tohirjon Haydarovning kulolchilik maktabi va uy-muzeyi ish boshladi.
– Bugun Farg‘onaga kelgan sayyohlar, albatta, Rishton tumaniga ham tashrif buyuradi, – deydi hunarmand T.Haydarov. – Bu yerda usta kulollar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar ularni hayratga solmoqda. Biz ham sayyohlarni milliy hunarmandchiligimiz bilan tanishtirish maqsadida kulolchilik ustaxonasi va uy-muzeyi tashkil qildik.
Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan farmoni turizm sanoatini, jumladan, yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan sayyohlik industriyasi ob’ektlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu borada Farg‘ona viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Izoh: Ziyoratgohlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar:
1. Ziyoratgohlarga olib boruvchi yo‘llarni joriy ta’mirlash;
2. Viloyat markazidan va boshqa yirik aholi punktlaridan ziyoratgohga olib keluvchi yo‘l ko‘rsatgich va axborot belgilarini o‘rnatish;
3. Sayyohlarni ziyoratgohga avtotransport vositalarining navbatlar hosil qilmasdan kirib-chiqishi uchun qulay harakatlanish rejasini ishga tushirish;
4. Transport vositalari (avtomobil va avtobus) uchun alohida avtoturargohlar tashkil etish;
5. Ziyoratgohlarda navbatlar va tirbandliklar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, obyekt bo‘ylab ziyoratchilar oqimini taqsimlash rejalarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish;
6. Ibodat marosimlarini uyushtirish jarayonlarida (namozlar) ziyoratchilarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqib amalga oshirish;
7. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 30 mln so‘mgacha kreditlar taqdim qilinishini yo‘lga qo‘yish;
8. Ziyoratgohda sanitar-gigiyenik talablarga amal qilgan holda hojatxona va qushxonalarni tartibga keltirish choralarini ko‘rish;
9. Ziyoratgohlarda qo‘shimcha xizmat turlari (ovqatlanish va esdalik sovg‘alarini sotish shoxobchalari, ziyorat amallarini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan buyumlar savdosi)ni tashkil qilish va kengaytirish;
10. Ziyoratgohga tashrif buyurganlar uchun shart-sharoitlar (o‘rindiqlar, kutish xonalari va maydonlari, onalik va bolalik xonasi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay bo‘lgan sharoitlar, salqin ichimliklar va boshqa) yaratish;
11. Ziyoratgohdagi ziyorat tartibi va odobi haqida qo‘llanmalar ishlab chiqish va ziyoratgohlarga o‘tkazish choralarini ko‘rish;
12. Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |