Auditorlik tashkiloti, basharti quyidagi majburiy shartlarga rioya etsa, qonunchilikda nazarda
tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, bundan
aksiyadorlik jamiyati mustasno, tashkil etilishi
va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi
kamida to‘rt nafar auditordan iborat bo‘ladi;
auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga
oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan shakllantiriladi;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli bo‘lgan
ulush kamida
ellik bir foizni tashkil etishi kerak (bundan auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining
filiali yoki sho‘ba xo‘jalik jamiyati tashkil etilgan hollar mustasno);
auditorlik tashkilotiga faqat o‘zi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan
auditor rahbar bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin
emas.
Ushbu moddaning
oltinchi qismi
talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda auditorlik tashkiloti
nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kun muddatda
vakolatli davlat organini bu
haqda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni ko‘rsatib
o‘tilgan sanadan e’tiboran uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bartaraf etishi yoxud auditorlik
faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Ushbu moddaning
oltinchi qismi
talablariga
nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlari
o‘tkazish taqiqlanadi.
Auditorlik tashkilotining filiali tashkil etilganda filial rahbari auditor bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasi bo‘lishi va
bu nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil
yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
O‘zi haqidagi ma’lumotlar Tadbirkorlik subyektlarining yagona
davlat reyestriga kiritilgan
sanadan e’tiboran uch oy davomida u to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining
reyestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan
foydalanishga haqli emas.
Auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan
chiqarilgan taqdirda, auditorlik
faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida “auditorlik tashkiloti” degan so‘z birikmasidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: