auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu Qonun talablarini muntazam ravishda
(ikki martadan ko‘p) yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganlik.
Quyidagilar ushbu Qonun talablarini bir marta qo‘pol tarzda buzish deb e’tirof etiladi:
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida
ushbu Qonunning
34-moddasida
nazarda tutilgan
cheklovlarni buzganlik;
bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida olingan maxfiy axborotni
auditorlik tekshiruvi
buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilganlik, bundan qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar
mustasno;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan,
buxgalteriya hisobini yuritish,
shuningdek moliyaviy hisobot tuzish bo‘yicha belgilangan talablarning xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan buzilishi faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi;
sertifikatni boshqa shaxsga uning auditorlik faoliyatida o‘z nomidan
ishtirok etishi uchun
ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berganlik fakti aniqlanganligi;
auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga
ko‘ra har xil tekshiruvlarni o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va mazkur organlar o‘rtasida
shartnoma tuzilmagan holda mutaxassis sifatida ishtirok etganligi;
auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotining
xodimi yoki muassisi
(ishtirokchisi) ekanligi fakti aniqlanganligi;
auditorning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tmaganligi.
Ushbu modda ikkinchi qismining
to‘qqizinchi xatboshisida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha
o‘z sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditor sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil davomida sertifikat olish haqidagi ariza bilan takroran
murojaat qilishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga sabab bo‘lgan
qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbari va auditor sertifikatlarining amal qilishi
auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan
sanadan e’tiboran tugatiladi.
Vakolatli davlat organining sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi
qarori ustidan
qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditorga yoki ushbu auditor
ishlayotgan auditorlik tashkilotiga besh kunlik muddatda yuboriladi.
Sertifikatning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
vakolatli davlat organining
rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditor tomonidan olingan kundan
e’tiboran o‘n ish kuni ichida sertifikat vakolatli davlat organiga yo‘q qilish uchun qaytarilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: