108-modda. Mehnat organlarining xorijiy ishchi kuchi jalb etilishini tartibga solish va qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha vakolatlari
(108-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnat organlari O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etish monitoringini tarmoqlar va hududlarning aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.
Ushbu Qonun talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda tekshirish Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mehnat inspeksiyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari quyidagilarni:
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar shartlariga, shuningdek mehnat, mehnatni muhofaza qilish, aholi bandligi, ish beruvchining fuqarolik majburiyatini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini;
(108-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chet ellik fuqarolarning kasbiy-malakaviy mansubligi tekshiruvini o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiradi.
Mehnat organlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda har chorakda yuqori malakali va malakali mutaxassislarning daromadlaridan to‘langan soliqlar summalarini tekshirish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchilar va (yoki) chet ellik fuqarolar tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarning shartlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi buzilganligi aniqlangan taqdirda, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida mehnat organlari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar yuboriladi.
(108-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ko‘rsatmalarda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishning ularni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib muddatlari ko‘rsatilishi kerak.
Aniqlangan qoidabuzarliklar mehnat organlarining ish beruvchilarga va (yoki) chet ellik fuqarolarga berilgan ko‘rsatmalarida ko‘rsatilgan muddatlarda bartaraf etilmagan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarning amal qilishi tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |