Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarni berish tartibi



Download 128,53 Kb.
bet69/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
642-qonun(1)

111-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalarni berish tartibi
Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomani olish uchun davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat qiladi. Ish beruvchi tasdiqnomani elektron shaklda olish uchun YIDXP yoki onlayn-maydonchada ro‘yxatdan o‘tadi.
Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar summalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
Shaxsan kelib murojaat qilinganda, davlat xizmatlari markazlari ariza to‘ldirilgan paytdan e’tiboran bir soat ichida arizani Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga va tegishli hududiy mehnat organiga yuboradi.
YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik tarzda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga va tegishli hududiy mehnat organiga yuboriladi.
Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida hududiy mehnat organi:
chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligini ish beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligini hisobga olgan holda o‘rganadi;
YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosani elektron shaklda yuboradi.
Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi:
jalb etilayotgan chet ellik fuqarolarning soni va mutaxassisliklari (lavozimlari) ish beruvchining ishchi kuchiga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojiga muvofiqligini o‘rganadi;
davlat xizmatlari markazlariga (shaxsan kelib murojaat qilinganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilinganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yig‘im miqdorini ko‘rsatgan holda yuboradi.
Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish to‘g‘risidagi xabarnoma kelib tushgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun kuyidagi miqdorlardagi yig‘im to‘lovini besh ish kuni ichida amalga oshiradi:
yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek Prezident maktablariga va oliy o‘quv yurtlariga ishlash uchun jalb etilayotgan o‘qituvchilar hamda mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
malakali mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
vatandoshlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
boshqa chet ellik fuqarolar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida amalga oshiriladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma rasmiylashtirilgan kunda uni Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat qilinganda) yoki ish beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilinganda) YIDXP yoki onlayn-maydoncha orqali yuboradi. Davlat xizmatlari markazi tasdiqnoma kelib tushgandan keyin bir soat ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma kelib tushgandan keyin bir soat ichida tasdiqnomani unga o‘z muhrini qo‘ygan holda ish beruvchiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi;
tegishli hududiy mehnat organining chet ellik fuqarolarni jalb etish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi;
jalb etilayotgan chet ellik fuqarolar soni va mutaxassisliklarining (lavozimlarining) ish beruvchilarning ishchi kuchiga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojiga muvofiq emasligi;
jalb etilayotgan chet ellik fuqarolar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar olmagan holda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishga qabul qilinganligi faktining mavjudligi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish