Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering



Download 375,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/37
Sana11.07.2022
Hajmi375,01 Kb.
#775993
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Javoblar YN DHN

Huquqiy layoqat –
shaxsning huquq normalariga muvofiq subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega 
bo‘la olish qobiliyatidir. Boshqacha aytganda, huquqiy layoqat jismoniy va yuridik shaxslarning subyektiv 
huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish imkoniyati, qonunda nazarda tutilgan turli munosabatlarga 
kirishi qobiliyatidir. Insonlarda huquqiy layoqat ular tug‘ilgan paytda paydo bo‘lib, vafot etgunicha mavjud 
bo‘ladi. Huquq normalari huquqiy munosabat subyektlarining ular huquqiy layoqatiga mos tarzdagi 
harakatlanish mezoni va chegarasini belgilaydi. Huquq nazariyasida huquqiy layoqatning uch turi farqlanadi: 
umumiy, sohaviy va maxsus. 
Umumiy huquqiy layoqat –
har qanday shaxsning, yoki tashkilotning umuman huquq subyekti bo‘la olish 
imkoniyatidir. 
Bu 
imkoniyat 
tug‘ilgan 
(tashkil 
topgandan) 
boshlab 
mavjud 
bo‘ladi. 
Sohaviy huquqiy layoqat –
shaxs yoki tashkilotning u yoki bu huquq sohasida subyekt bo‘la olish yuridik 
qobiliyati. 
Turli 
huquq 
sohalarida 
subyekt 
bo‘lish uchun har xil talablar belgilangan. 
Maxsus huquqiy layoqat – muayyan lavozimni prezident, sudya, prokuror va h.k. egallash munosabati bilan 
vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lish qobiliyati. Bunday layoqat shaxsning 
muayyan huquq subyekti toifasiga mansub bo‘lishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin (masalan, huquqni 
muhofaza etish organi xodimi). 
Huquqiy muomala layoqati –
jismoniy va yuridik shaxsning o‘ziga tegishli huquqini o‘zi bevosita amalga 
oshirish qobiliyatini anglatadi. Muomala layoqati qonunda belgilangan shaxslar tomonidan o‘z harakatlari 
bilan subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatidir. Muomala layoqatining mazmuni, 
ko‘lami 
va 
amalga 
oshirish 
shartlari 
huquq 
normalari 
bilan belgilanadi. 
Mehnat-huquqiy munosabatlarida huquq layoqati va muomala layoqati 16 yoshdan, oila-nikoh 
munosabatlarida 18 yoshdan (O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga ko‘ra ayollar 17 yoshdan) 
qatnasha oladilar. Jinoiyhuquqiy munosabatlarda jinoiy javobgarlikka tortilish 16 yoshdan, og‘ir jinoyatlarda 
huquq 
layoqati 
va 
muomala 
layoqati 
14 
yoshdan, 
ba’zan 
hatto 
13 
yoshdan 
paydo bo‘ladi (masalan, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam o‘ldirish jinoyatida). 
Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda huquq layoqati va muomala layoqati har 
doim ham birga (bir vaqtda) vujudga kelmaydi. Fuqaroning o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega 
bo‘lishi va ularni amalga oshirishi, o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirish va ularni bajarish 
layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n 
sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Aytish joizki, voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda 
nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la muomala layoqatiga ega bo‘ladi (Fuqarolik 
kodeksining 22-moddasi). Shuningdek, ushbu qonunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha va o‘n to‘rt 
yoshga 
to‘lmagan 
voyaga 
yetmaganlarning 
muomala 
layoqati 
ko‘lami 
belgilangan (27 va 29-moddalar). 
Huquqiy munosabat subyekti o‘z xatti-harakati, nojo‘ya xulq-atvori va huquqbuzarlik oqibati, yetkazilgan 
zarar uchun javobgarlikni o‘tay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. Gap 

Download 375,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish