Sakkizinchi qadam - sotuv taklifi
Suhbatning bu bosqichida siz potensial mijozingizning
kutgan natijasiga erishishga
yordam bera oladigan sotuv
taklifingiz haqida bemalol gaplashishingiz mumkin bo’ladi.
Ko’rib turganingizdek, jarayonning
boshidan beri biz siz
to’g’ridan-to’g’ri ishlatishingiz mumkin bo’lgan aniq gaplarni
aytmadik, aksincha siz o’zingiz uchun
eng yaxshi skript tuzib
olishingiz uchun eng sinalgan tizimli yo’nalishni ko’rsatdik.
Sababi, hammaning biznesi har xil.
Bu bosqich ham xuddi shunday.
O’zingizning mahsulot /
xizmatdan kelib chiqib, ularga qadamba-qadam qanday
yordam bera olishingiz haqida gapirasiz.
Bu jarayon sizdan uzoq vaqt olmasligi va mijozingizni sizni
uzoq tinglashga majbur qilmasligi kerak.
Xizmatingizning
xususiyatlari haqida gapirib, foydalarini
tushuntirish bosqichiga o’tasiz.
Va shunday qilib ularning qaror qabul qilishiga olib kelasiz.
OBSESS
Bet 11
To’qqizinchi qadam - sotuv suhbatini
yakunlash
Ularning qaror qabul
qilganliklari bilan tabriklab, bu qarorlari
qanchalik ular uchun manfaatli bo’lishini tushuntirasiz.
Va bu suhbat uchun vaqt ajratganliklari
uchun rahmat aytib,
suhbatni yakunlaysiz.
OBSESS
Bet 12