Qo'llanilish sohalari.Varikoz sindrom va flebotromboz, tromboflebit, yuzaki periflebit, varikoz yara kabi u bilan bog'liq asoratlar. Operatsiyadan keyingi varikoz flebit, son teri osti venasini olib tashlash jarrohlik operatsiyasidan keyingi holatlar. Shikast va lat yeyishlar, lokalizatsiyalashgan infil`trat va shishlar, teri osti gematomalari. Mushak-payli to'qimalar va bo'g'im xaltacha-bog'lovchi apparatning shikastli zararlanishlari.
Qo'llash usuli va dozalari. Kuniga 1-3 marta 3-10 sm gelni terining zararlangan sohasiga surtiladi va ehtiyotkorlik bilan teriga ishqalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |