AJRALISHI
TAQSIMLNISHI
DEPOLANISHI
SO’RILISHI
11.1-sxema. Temirni so’rilishi, taqsimlanishi va chiqarilishi
Koamid – kobalt eritropoezni kuchaytiradi.
Giperxrom anemiyalarda nuklein kislotalari sintezida ishtirok etuvchi sianokobalamin va foliev kislotasi qo‘llaniladi.
Sianokobalamin – pernitsioz anemiya (Addison Birmer xastaligida) qo‘llaniladi. Vit. V12 yetishmaganda, eritropoez megaloblastik yo‘nalish bo‘yicha boradi: eritroblast - giperxrom megaloblast-megalotsit. Pernitsioz anemiyada ichakdan Kaslning ichki omili (glikoprotein) yetishmaganligidan, sianokobalamin so‘rilmaydi. Adison Birmer xastaligida sianokobalamin periferik qon tarkibini yaxshilaydi, nevrologik o‘zgarishlarni va tilning shilliq qavatidagi buzilishlarni daf etadi.
Foliev kislotasi (vit B6)- makrotsitar anemiyada qo‘llaniladi. Eritroblast-giperxrom makronormoblast-makrotsit. Organizmda foliev kislota o‘zining aktiv (faol) holatiga-tetragidrofoliev kislotasiga aylanadi. Vit B12 yetishmovchiligida, foliev kislotasining faol holatiga aylanishi buziladi va qon hosil bo‘lish jarayoni DNKning sintezi buzilganligi sababidan to‘xtaydi. Normoblastlarning etilishi to‘xtaydi va eritropoez megoblastlar hosil bo‘lish yo‘liga o‘tadi.
Qo‘llanilishi: alimentar va dorilar ta’sirida rivojlangan makrotsitlar anemiyalar. SPRU (ich ketish, glossit, endokrin bezlarning gipofunksiyasi, keskin ozib ketishi), homiladorlar anemiyasida. Siankobalamin bilan birgalikda havfli anemiyada. Eritropoezni susaytiruvchi vositalar asosan eritremiyada (Vakez xastaligi)–politsetimiya xastaligida qo‘llaniladi.
Na2N3R2O4 tarkibida fosfor izotopi bor natriy fosfat. Bu dori vosita tomir ichiga yoki MITga kiritiladi. Miqdori millikyuri (mKi)da o‘lchanadi. Dori vosita qonda eritrotsit va trombosit miqdorini kamaytiradi.
Leykopoezga ta’sir etuvchi vositalar
Leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar, leykopeniya va agronulotsitozni davolashda qo‘llaniladi. Bu xastaliklar kimyoviy birikmalar (benzol, tetraetil qo‘rg‘oshin, pestitsidlar va boshqalar) qo‘ziqorinlar, qishlagan donlar, nur kasalligi, yuqumli kasalliklarda mikroblar zaharlari bilan zaharlanish (qorin tifi, gripp, sil) havfli o‘simliklarga qarshi qo‘llaniladigan dorilar va boshqalar ta’sirida rivojlanadi. Yuqoridagi omillar ta’sirida suyak mag‘zida qon hosil qilishda qatnashuvchi hujayralar halok bo‘ladi va qon shakli elementlarining sintezi kamayadi. Leykotsitlar (aleykiya) leykotsitlarning, ayniqsa donador leykotsitlarning kamayib ketishi (agranulotsitoz), insonning mikroblarga qarshilik qilish qobiliyatini keskin kamaytiradi. Agronulotsitoz rivojlanishining asosiy sababi, nuklein kislotalarining almashinuvini buzilishidir. Shuning uchun agronulotsitozni bartaraf etishda xamirturishdan (drojja)olinadigan, nuklein kislotasining Na+ tuzi qo‘llaniladi. Uni parenteral va enteral qo‘llaniladi. Nuklein kislotalarining tarkibiga pirimidin asoslari kiradi. Shu sababli pirimidin unumlari (pentoksil, metatsil) leykopoezni kuchaytiruvchi vositalar sifatida qo‘llaniladi. Ikkala dori vosita ham jarohat, yaralarni bitishini tezlashtiradi, leykopoezni kuchaytiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bu dori vositalar ichiladi. Pentoksilga nisbatan metiluratsil mahalliy qo‘zg‘atish chaqirmaydi. Shu tufayli pentoksil dispepsik o‘zgarishlar chaqiradi.
Leykopeniyalarni davolashda leykopoezni boshqaruvchi o‘sish omillari ham qo‘llaniladi. Keyingi yillarda gen injeneriyasi tufayli, bunday dorilar yaratildi. Jumladan, insonning rekombinant granulotsitar makrofagal koloniyalarni stimullovchi omil(GM-CSF)yaratildi.
Molgramostim – glikoproteid bo‘lib, T limfotsitlar, makrofaglar, fibroblastlarda hosil bo‘ladi va granulotsitlar, monotsitlar, makrofaglarni proliferatsiyasi, differensirovkasi, funksiyasini boshqaradi. Molgramostim eozonofillar proliferatsiyasini kamroq stimullaydi. Hamda eritropoezni boshqaruvchi eritropoetin kofaktor hisoblanadi.
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: leykopoezni susayishi, aplastik anemiya, havfli o‘smalar ximioterapiyasida rivojlanadigan, yuqumli xastaliklar, OITSda kuzatiladigan mielodisplastik sindromida. Asosan tomirga kiritiladi.
Noxush ta’siri: dispepsiya, anoreksiya, allergiya, gipertermiya.
Filgrastim – polipeptid bo‘lib, monotsitlar, fibroblastlar va endoteliy hujayralari ishlab chiqaradi. Granulotsitlar kelib chiqadigan hujayralar proliferatsiyasi va differensirovkasi bilan bir qatorda voyaga etgan granulotsitlarni(neytrofillar) faolligini stimullaydi. Dori vosita tomir ichiga va teri ostiga kiritiladi. Molgramostim qo‘llaniladigan holatlarda ishlatiladi.
Noxush ta’siri kam rivojlanadi. Ba’zan jigar funksiyasini buzilishi, allergiya, «suyak»larda og‘riq, dizuriya bo‘lishi mumkin.
Leykopoezni susaytiruvchi vositalar leykozlarda qo‘llaniladi. Ular haqida havfli o‘smalarga qarshi vositalar bo‘limida to‘xtaymiz.
Trombositlar agregasiyasi, qon ivishi va fibrinolizga
ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar
Organizmda gemostaz o‘zaro funksional bog‘liq ikki sistemaning, tromb hosil qiluvchi va uni erituvchi (fibrinolitik)larning muvofiq ishlashlariga bog‘liq. Tomir jarohatlanganda qon oqish bilan birgalikda tomir torayadi, trombositlar agregasiyasi va qonning ivishi kuchayib, tromb hosil bo‘ladi va qonash to‘xtaydi. YUqoridagi ikki tizimdan birini buzilishi yo qonashning kuchayishiga, yoki tromboembolik jarayonlarning (tromboz) kuchayishiga olib keladi. Ana shu o‘zgarishlarni bartaraf etish uchun bu sistemalarga ta’sir etuvchi vositalar qo‘llaniladi:
Tromb hosil bo‘lishga ta’sir etuvchi vositalar
Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:
Trombozlarni davolash va uni oldini olish uchun qo‘llaniladigan vositalar:
Trombositlar agregasiyasini kamaytiruvchi vositalar (antiagregant)
Qon ivishini kamaytiruvchi vositalar (antikoagulyantlar)
Fibrinolitik vositalar (trombolitik vositalar)
Qon oqishini to‘xtatuvchi vositalar (gemostatiklar)
Qon ivishini oshiruvchi vositalar
maxalliy qo‘llash uchun
umumiy (sistemali) ta’sirli
Antifibrinolitik vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |