Qo’lyozma huquqida


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI



Download 404,88 Kb.
bet30/32
Sana22.07.2022
Hajmi404,88 Kb.
#836518
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Maloxotoyimposhsha diss tekkizlangan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Xennig M., Jardin A. Lady-boss. -M.: Delo, 2001 yil.
2. Vitkin J. Ayollar haqidagi haqiqat (erkaklar tomonidan tuzilgan 14 ta afsona). - SPb.: Piter Press, 1996 yil.
3. Chidori S.M. Boshqaruv psixologiyasi: shaxsdan jamoaga. - Petrozavodsk, "Folium", 1996 y
4. Belyadskiy N.P. aqlli boshqaruv texnologiyasi: Qo'llanma / N.P. Bialiatskiy.-Minsk: Yangi bilim.-2001-320 yillar.
5. Korobeinikov A. Hayot va martaba / / Probl. nazariya va amaliyot mashqlari-2001 .- № 6.-S.77-81
6. Ushakov A. Taqdirni tanlash kerak, sinovdan o'tkazilmasligi kerak / / Kadrlar menejmenti.-2000 .- № 5.-S.49-52
7. Shvalbe B, Shvalbe H. Shaxsiyat, martaba, muvaffaqiyat: Per. u bilan. -M.: A / O Progress Publishing Group, 1993. P.201-208
8. Ivantsevich D. M., Lobanov A. A. Menejmentning inson resurslari.-M.: Delo, 1993, ch. o'n
9. Olga Borovik jurnali "Ayol nimani xohlaydi" 2010 yil - № 11-S. o'n olti
10. Natalya Moskolyonova "Biznes va ayol", "Cosmopolitan" jurnali, 2009 yil - 5-son - B.57
11.http: //www.hrliga.com/index.php?module\u003dprofessionop\u003dview.
"Inson resurslari menejeri" jurnali elektron shaklda.


1-ilova
Frayburg savolnomasi yordamida shaxs xususiyatlarini o’rganish metodikasi
Frayburgning test savolnomasi 1903 yili Y.Farenberg, X.Zarg, R.Rampi kabi tadqiqotchilar tomonidan amalda qo’llanildi. Test birinchi marta 1970 yili, ikkinchi marta 1973 yili nashr qilindi, uchinchi nashri esa 1978 yilda chikdi. Bu metodika inson shaxsining ba’zi bir xususiyatlarini tashxis qilish uchun yaroqli bo’lgan ko’p omilli testdir. Bu amaliy va ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun muhim manbadir. Savolnoma shaxs omili to’g’risida har tomonlama ma’lumotlar beradi. Test tadqiq qilinuvchilarning keng ommasiga mo’ljallangan. Ushbu metodikaning qisqartirilgan varianti ham bor. Testni yakka holda yoki guruhiy shaklda qo’llash mumkin. Bajarish uchun vaqt savolnomaning shakliga bog’liq bo’lib u 20 daqiqadan 50 daqiqagacha davom etishi mumkin. Tadqiqot uchun yo’riqnoma, savolnoma va javoblar varaqasi zarur. FHI savolnomasi 12 o’lchamdan iborat. Savolnomadagi savollar soni 114 ta. Faqat 1-savol hech bir o’lchamga ( shkalaga) xos emas, chunki u tekshirish xarakteriga ega. 1-XII shkalalar asosiy shkalalar hisoblanadi. 1- shkala (asabiylashganlik) shaxsni asabiylashganlik darajasini belgilaydi. Yuqori baholar psixosomatik buzilishlar bilan jismoniy zaif kishilarning asabiylashganlik holatiga mos keladi. Bu omilni, psixologik terminlardan foydalanib, uni quyidagicha yanada aniqroq tavsiflash mumkin: asabiylashganlik, asabni, kasalmand, biror bir holatdaq chiqib ketolmaydigan, o’z hissiyotlariga berilgan. II-shkala (spontan tajovuzkorlik) introtensiv turdagi psixopatik holatni aniqlash va baholashga imkon beradi. Yuqori baholar g’ayri-ixtiyoriy xulkka ega bo’lgan kishilarga xos xususiyatlarni bildiradi. O’z-o’zidan paydo bo’ladigan (spontan) tajovuzkorlik — bu tajovuzkor, beixtiyor, soddadil, chiqisha olmaydigan, murosasiz deganidir. Sh- shkala (ruhiy siqilganlik) - psixopatologik, ruhiy siqilganlik holatlari uchun xos bo’lgan belgilarga tashxis qo’yish uchun imkon beradi. Yuqori baholar mana shu belgilarning emotsional holatda, o’ziga va ijtimoiy muhitga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’lishini bildiradi. Depressivlik - bu ta’bixiralik, tortinchoqlik, ishonchsiz, g’amgin, ichki azoblanish xususiyatlari yig’indisidir. IV-shkala (jizzakilik) emotsional turg’unlikni baholashga imkon beradi. Yuqori baholar emotsionol holatlarning noturg’unligidan darak bsradi. Jizzakilik bu chidamsizlik, beixtiyor asabiylashgan, jiddiy tarang soddadil, injiq demakdir. V-shkala (dilkashlik) ijtimoiy faollikning imkoniyatlarini va bu xususiyatlarning haqiqiy ko’rinishini ifodalaydi. Yuqori baholar ehtiyojni ta’minlashda doimiy tayyorlikni va muomala ehtiyojining borligidan dalolat beradi. Do’stonalik - xushmuomalali, dilkashlik, uddaburonlik xususiyatlaridir. V1- shkala (og’ir, vazminlik ruhiy zarbaga chidamlilikni anglatadi. Yuqori baholar kelajakka ishonch va faollikni; o’ziga ishonchi odatdagi hayotiy holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganligini anglatadi. Mo’tadillik - bu yaxshi kayfiyat, barqarorlik, matonatlik, xotirjamlilik, o’z kuchiga ishonch, ishonuvchanlik, faollik demakdir. VII - shkala (reaktiv tajovuzkorlik) - ekstratensiv tipdagi psixopatik belgilarni namoyon bo’lishini aniklaydi. Yuqori baholar ustunlikka intilishni va ijtimoiy muhitga tajovuzkorona munosabatni ifodalaydi. Reaktiv tajovuzkorlik bu tajovuzkorona o’z karashlarini himoya qilish, o’z fikrini himoya qilish, xudbinlik, manmanlik, obro’ga, yuqoriga, ustunlikka intilish demakdir. VIII - shkala (uyaluvchanlik, tortinchoklik) insonning xayotiy vaziyatlarda o’zini passiv himoya qilish xususiyatiga moyillikni aniqlaydi. Bu kuchsiz himoyalangan turda o’tadi. Yuqori baholar shkalada xavotirlilik, ishonchsizlik tortinchoqlik xususiyatlarini mavjudligini ifodalab, bular esa o’z navbatida ijtimoiy munosabatlarga kirishishni qiyinlashtirladi. O’zini tuta bilish - vazmin, ishonchsiz, uyatchan jonlanuvchi, tahlikaga tushuvchi. IX-shkala (oshkoralik) o’z-o’zini tanqid darajasini ijtimoiy muhitga munosabatini tavsiflashga imkon yaratadi. Yuqori baholar o’z-o’ziga tanqidning yuqori darajasidan atrofdagi kishilar bilan ishonarli oshkora birgalikda katta intilishdan darak beradi. Ushbu shkala bo’yicha baholar sinalayotganning berilgan savolnoma bilan ishlayotganda u yoki bu darajada javoblarning samimiyligini tahlil qilishga imkon yaratadi, bu esa boshqa savolnomlarning yolg’on shkalalariga to’g’ri keladi. Samimiylik xususiyati o’z-o’zini tanqid, oshkoralik, shaxsiy kamchiliklarni va xatolarni tan oladi. X-shkala (ekstravertlik va introvertlik). Yuqori baholar shaxsning ekstravertlik, quyi baholar esa introvertlik xususiyatlariga mos keladi. Ekstraversiya – so’zamollik, jamoat ishlarida faollik yoki aksi, introversiya – odamlar bilan aloqadan qochish, passivlik, emotsional beqarorlik. XI- shkalada (emotsional labillik, o’zgaruvchanlik) yuqori baholar etarli o’zini idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo’zg’aluvchanlik, kayfiyatning tez-tez o’zgaruvchanligida ko’rinadigan emotsional holatning noto’g’riligini ko’rsatadi. Quyi baholar faqatgina emotsional holatning yuqori barqarorligini tavsiflamasdan, balki o’z-o’zini idrok qila olishni ham ko’rsatadi. Emotsional o’zgaruvchanlik-barqarorlikemotsional turg’unlik yoki noturg’unlik, kayfiyatning o’zgaruvchanligi, serjahllik, jo’shqinlik, ziqnalik, g’am yoki kelajakka ishonch, xursandchilik. XII-shkala (maskulinizm-feminizm) - yuqori baholar ruxiy faoliyatning, xususan, erkaklarga xosligidan guvohlik bersa, quyi baholar ayollarga xosligidan darak beradi. Mardlik-nazokatlilik-faollik, hammadan bilimdon, fahmlash topqirlikdir. Sinov yakka holda yoki sinaluvchilar guruhi bilan o’tkazilishi mumkin. Sinalayotganlar bir-biriga halaqit bermaydigan holatda joylashtirilishi lozim. Tadqiqotchi tadqiqot maqsadini va savolnoma bilan ishlash qoidasini qisqacha bayon qiladi. Sinalayotganlarning topshiriqlarni bajarishiga ijobiy va qiziqish bilan munosabatda bo’lishlariga erishish muhimdir. Ularning e’tibori ish paytida javoblar bo’yicha maslahatlashishning va o’zaro har xil muhokamaning mumkin emasligiga qaratilmog’i darkor. Shundan keyin psixolog sinaluvchilarga diqqat bilan yuriqnomani o’rganib chiqishni tavsiya qiladi, so’ng savollar paydo bo’lgan bo’lsa, ularga javob beradi, savolnoma bilan mustaqil ishlashni taklif etadi. Natijalar tahlilini tekshiruvchilar to’ldirgan barcha javob varaqalarini birinchi savolga qanday javob berganligini aniqlagan holda qarab chiqishdan boshlash kerak. Tekshirilayotgan kishi qo’yilgan savollarga ochiqchasiga javob berishni istamasa, tadqiqot amalga oshmagan deb hisoblanish kerak. Birinchi savolga ijobiy javob olingan takdirda tadqiqotning natijalari ishlab chiqilgandan keyin yuqori va quyi baholar ajratiladi. Sinaluvchiga yo’riqnoma: Sizning xulqingizga, alohida qilmishlaringizga, odamlarga bo’lgan munosabatingizga, hayotga karashlaringizga va shunga o’xshash qandaydir xususiyatlaringizga berilgan tasdiq mos keladimi-yo’qmi? Agar shunday moslik bor deb hisoblasangiz «ha» javobini bering, aks holda esa «yo’q» javobini bering. Javoblarni hamma savolga berish zarur. Tadqiqotning muvaffaqiyati topshiriqning qanchalik e’tibor bilan bajarilganligiga bog’liq. Javoblar berishda, biror kishida yaxshi taassurot qoldirishga intilmaslik kerak, chunki hech bir javob yaxshi yoki yomon deb hisoblanmaydi. Siz har bir savol ustida o’zoq o’ylab o’tirmasdan ikkala javobning qaysi biri sizningcha, har holda nisbiy bo’lsa ham haqiqatga yaqin kelishini hal qilmog’ingiz lozim bo’ladi. Ba’zi bir savollarning o’ta shaxsiyligi sizni tashvishlantirmasligi kerak, chunki tadqiqot har bir savolni, javobni tahlil qilishni nazarda tutmaydi, balki u yoki bu javobning soniga tayanadi. Bundan tashqari Siz yakka psixologik tadqiqotning natijalari xuddi tibbiyotdagidek keng muhokama qilinmasligini bilishingiz kerak bo’ladi.

Download 404,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish