Qo’lyozma huquqida


Tadqiqotning nazariy ahamiyati



Download 377,25 Kb.
bet3/17
Sana26.05.2022
Hajmi377,25 Kb.
#609547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Малохатой дисс

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Olingan natijalar ijtimoiy psixologiya , boshqaruv psixologiyasi, psixodiagnostika fanlarini nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi hamda psixologiyaning maxsus tarmog`i sifatida insonlarning psixologik xavfsizligini ta’minlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan ma’lumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan psixologiya sohalarini o‘qitishda raxbar o‘qituvchi, raxbar hodimlarni tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda psixolog va pedagoglar foydalanishlari, shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi psixologik salomatlik masalalarini ijobiy va salbiy tomonlarini anglashda , salbiy tomonlarini bartaraf etishda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya ishimizning tuzilishi: Bu dissertatsiya ishi kirishdan, uch bobdan , yetti bo’lim, xulosalardan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan , ilovalardan iborat.

I BOB RAXBARLIK FAOLIYATI VA RAHBAR SHAXSINI O’RGANISHNING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK MUAMMOLARI
1.1.Raxbarlik faoliyatining nazariy jihatdan o’rganilishi
Raxbar kadrlar muammosini o’rganish psixologiya tarixida sezilarli darajada o’rin egallaydi. Buning asosiy sababi sotsiologiya, sotsial psixologiyaning tarixiy etyudlarida rahbarning ijtimoiy turmushdagi roli, mamlakat, xalq taqdiridagi mas’ulligi, taraqqiyot (progress), farovonlik, baxtli turmush ko’p jixatdan uning shaxsiyatiga, faoliyatiga, qobiliyatiga, aql-zakovatiga bog’liq ekanligi bayon qilingan . Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotlarida, xalq ijodiyotida adolatli va adolatsiz shoh to’g’risidagi ma’lumotlar xaddan ziyod ko’p. Abu Rayhon Beruniy asarlarida, Al- Farobiy qo’lyozmalarida rahbar (yuksak lavozim egallaganlar nazarda tutiladi) insonlarning shaxsiy fazilatlari, ularning oldida turadigan murakkab, ma’suliyatli vazifalar, ayrim illatlarning oldini olish va bartaraf qilish yo’l-yo’riqlari bo’yicha ibratli fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, rahbarning fahm-farosati, donishmandligi, haqgo’yligi, xalqparvarligi, insof diyonatligi , saxovatpeshaligi ilmiy-amaliy namunalar asosida ta’kidlab o’tilgan.
Vatandosh shoir va yozuvchilar ijodiyotida, folklorda saxiylik-ochko’zlik bir-biriga keskin qarama-qarshi qo’yilib, ular insofga chaqirilgan. Davlatning u yoki bu lavozimida amaldorlik qilgan kishilarning ruhiy dunyosi xalq donishmandligi namunalarida o’z ifodasini topgan.
Jaxon falsafa fanida inson muammosi, jamiyat va individ, boshqarish masalasi nuqtai nazaridan mazkur mavzu talqin qilingan. Faylasuflarning qarashlarini tahlil qilish tadqiqotimiz predmetiga , vazifasiga kirmaganligi uchun ularning ta’limotiga to’xtalmaymiz.
Asosiy mulohozalarimizni ilmiy psixologiyaga munosib xissa qo’shgan rus psixologlari asarining tahlilidan boshlaymiz.
S.L.Rubinshteyn o’zining keng qamrovli qarashlarida nafaqat psixologiya fanining prinsiplari (tamoyillari) bo’lmish determinizm, ong va faoliyat birligi, taraqqiyot, monizm kabilardan tashqari shaxs kamoloti muammosiga ham alohida ahamiyat bergan. S.L.Rubinshteyn “Inson olami” (“Umumiy psixologiya muammolari” asarining so’ngi bobi) asarida inson – biosfera (nosfera) munosabatlari nafaqat alohida olingan shaxsga bog’liq ekanligi, balki jamoa va uning rahbari, hamkorlik faoliyatining natijasi, mahsuli xuddi shu munosabatning negizi bo’lishini puxta iboralar orqali dalillab berishga erishadi. Uning fikricha, rahbarning eng asosiy xususiyati – bu atrof-muhitning subsensor tarzda aks ettira olishdir. Irodaviy sifatlar negizi motivatsion-hissiy, kognitiv va regulyativ jabxalarning harakatlanuvchi ekanligi shaxsning o’zini o’zi boshqarish imkoniyatidan kelib chiqib bildirilgan fikrdir. Rahbarning regulyativ xususiyati jamoa faoliyatida va uni maqsadga muvofiq ravishda yo’naltirish tufayli ijobiy natijalar, mahsullarga erishish mumkinligi ta’kidlab o’tadi.
S.L.Rubinshteyn asarlarida shaxslararo munosabat xususiyatlari (gorizontal, vertikal, shaxsiy, rasmiy va hokazo) to’g’risida, shuningdek, rahbarning ish uslublari bo’yicha, (demokrativ, avtoritar, liberal) muayyan fikrlar bildirilgan va ularni takomillashtirish yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
A.N.Leontev talimotiga binoan, rahbar emotsiyasi, motivatsiyasi, ehtiyoji uning shaxsiyatini belgilovchi asosiy omillar bo’lib hisoblanadi. Ichki qo’zg’atuvchilarning qat’iyatligi, barqarorligi shaxsning mukammalligini bildiradi va hamkorlik faoliyatini vujudga keltirishga puxta negiz hozirlaydi. Sub’ektga sub’ektiv munosabatni amalga oshirish davomida rahbarlikning muayyan sifatlari shakllanib boradi va asta-sekin ish uslublari, shaxslararo munosabatlar shakllari egallanadi. Rahbar uchun ma’no kasb etuvchi motivatsiya uning faoliyatini boshqarishga zarur shart-sharoitlaryaratadi, buning natijasida nizoli vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyati tug’iladi.
B.G.Ananev o’zining ijtimoiy psixologiyaga bag’ishlangan asarlarida asosan uch omilga: 1) shaxslararo munosabatdagi ijtimoiy-psixologik holatga; 2) mazkur munosabatdagi liderlik xususiyatlariga; 3)hamkorlikdagi tashkilotchilik qobiliyatiga e’tiborni qaratadi. Bizningcha, ularning har qaysisi o’ziga xos mezon vazifasini bajara oladi, natijada rasmiy va norasmiy liderlar, ularning universal, vaziyatbop, ijodiy, ijro etuvchi rahbar tiplariga ajratish imkonini yaratadi. Rahbar rasmiy lider bo’lganligi tufayli uning tiplari ko’p jihatdan shaxsning yetukligiga bog’liq. Binobarin, universallik, keng qamrovga ega bo’lishlik uning puxta ruhiy muhit, cheksiz ijobiy boshqaruv imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Uning shu uslublari ichidan bittasining ustuvorligi mehnat masulining samaradorligini oshirishga yoki kamaytirishga olib kelishi B.G.Ananev tomonidan chuqur va ishontirarli darajada talqin qilinadi. B.F.Lomov ijtimoiy psixologiyaning yangi sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib borgan psixologlardan biri bo’lib hisoblanadi. B.F.Lomov o’z izlanishlaridan bir nechta yo’nalishlarni qamrab oladi:
1) muomala – faoliyat, jarayon, fikr uzatish vositasi sifatida;
2) qaror qabul qilish tiplari, vositalari va undlagi bilvositalik va bevositalik xususiyatlari roli;
3) hamkorlik faoliyatining tuzilmasi va uning o’ziga xos tavsiflari;
4) rahbar kadrlar faoliyatining tuzilishi;
5) rahbarning tiplari va ish uslublari va boshqalar. B.F.Lomovning rahbar faoliyatiga nisbatan o’ziga xos yondoshuvi hamda uning yaxlit tuzilishiga ega ekanligi to’g’risidagi mulohazalari muhim ahamiyatga, hamkorlik faoliyatiga tizimli va majmuaviy yondoshuvlar boshqaruvning muayyan asosda ro’yobga chiqarish imkoniyati mavjudligi yuzasidan bildirilgan fikrlar rahbar psixologiyasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
B.F.Lomovning faoliyatga yondashuvdagi (operatorlik, muhandislik, nozimlik) yangicha munosabat ularni boshqarish uchun rahbar kasbida muayyan fazilatlar, operativlik, ishchanlik, serg’ayratlik xususiyatlari mavjud bo’lishini taqozo etadi. Muoamala va faoliyatdagi izchillik ish harakatlari oddiydan murakkabga va undan yanada ijodiylikni talab qiluvchi vaziyatga o’sib o’tish rahbardan maxsus qobiliyatlar, amaliy ko’nikmalar va malakalarni shakllangan bo’lishining zaruriyatga aylantiradi, maxsuldorlik, samaradorlik kelib chiqishini ro’y-rost ta’minlaydi.
R.X.Shakurov maktab direktorining ijtimoiy-psixologik qiyofasini tadqiq etar ekan ruhiy muhitni vujudga keltirishdan tashqari rahbarning ishbilarmonlik xislati, tashkilotchilik qobiliyati muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtirib o’tadi. Rahbar bilan uning qo’l ostidagi jamoa a’zolari bilan o’zaro ta’sir ko’rsatishi quyirdagilar orqali namoyon bo’lishini maxsus ta’kidlaydi:
1) shaxsning rahbar roliga kirish jarayoni hamda rahbar bilan xodimlarning o’zaro ijtimoiy-psixologik jahatdan moslashuvi (adaptatsiya);
2) boshqaruvning ijtimoiy–psixologik funktsiyalarini bajarishning dolzarbligi o’zgarishi;
3) rahbarning ish uslubiga nisbatan ijtimoiy-psixologik talablarning dinamikasini va jamoani shakllanish jarayonida boshqaruvning har qaysi funktsiyasini bajarishda usullarga tobora yuklamaning kuchayishi kabilar.
V.I.Mixeevning ilmiy tadqiqoti boshqaruvning ijtimoiy-psixologik masalasiga bag’ishlangan bo’lib, unda rahbarning ish uslubiyati va uslubiga kengroq o’rin beradiladi. Mualliflarning fikricha, rahbarning ishga oid ma’lumotlar bilan tanishganlik darajasi va axborotlar majmuasi (banki) uning uchun eng zarur omil bo’lib xizmat qiladi. Rahbarning shaxsi, boshqaruv munosabatlarining xususiyatlari, ishlovchilarning shaxsiy fazilatlari, ularni shaxodatlash muvaffaqiyat garovi yoki ruhiy muhitning kafolatidir. Rasmiy va norasmiy guruhlar, mehnatga munosabat va ish uslubi, ijtimoiy ruhiy muhit, mehnatdan qoniqish, tashkiliy aloqalar, psixologik testlar, xodimlar va rahbarlar bilan suhbatlashish tizimli tadqiqotni amalga oshirish uchun eng zarur shart-sharoitlar yaratadi degan g’oya monografiyada chuqur o’rnashgan.
V.I.Mixeev boshqaruv qarorini qabul qilish masalalarini umumlashtirgan holda qaror va uni tashkillashtirish kabi omillar negizini tadqiq etishdan kelib chiqqanholda uni o’rganishga xarakat qiladi. Ishga taalluqli, daxldor yig’ilishlarning mehnat qilish kasbiy mohiyatiga va uning xos tabiatiga ta’sirini uyg’unlashtirib o’zaro ta’sir, o’zaro xamkorlik munosabatlarini tekshiradi. Mehnatning oqilona taqsimlanishi va uni standartlashtirish, shtatli lavozimlar to’g’risida yo’riqnomalar hamda ularning shaxsiy o’zini o’zi boshqarishga ta’sir o’tkazishi oqibat natijada hamkorlik faoliyati mahsuli sifati masalasiga borg’liqligi ta’kidlab o’tiladi.
Rahbarning talabchanligi va mehnat intizomi, byurokratizm bilan kurashish, boshqaruv jarayonida ommaning ishtiroki, ishlab chiqarishda tanqid va o’zini o’zi tanqidning umumiy faoliyati uchun ahamiyati xaspo’shlanadi. Xo’jalik yuritish bilan tarbiya viy ishning uyg’unligi motivatsiya shakllanishi garovi ekanligi asarda talqin qilinadi.
K.A.Abulxanova Slavskaya o’z asarida faoliyatning regulyatsiya qilishning shaxslilikka daxdor mehanizmlari to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, shaxsning barqaror shakllangan ijtimoiy malakalari, qadriyatlari, xayot pozitsiyasi va strategiyasi boshqarish uquvini keltirib chiqaruvchi asosiy omil ekanligini dalillaydi. Shaxslilik mexanizmlari boshqaruv ko’nikmalarini ayrim olingan kishilarda tarkib toptirish kafolati bo’lishi nazariy jihatdan isbotlab beriladi. Bu asnoda muayyan tavsiyalar ilova qilinadi.
M.Markov o’zining ijtimoiy boshqaruvning nazariyalariga bag’ishlangan asarida majmuaviy muammolarni ketma-ket hal qilishning yo’l-yo’riqlarini tadqiqotqiladi. Muallif boshqaruvning ijtimoiy-psixologik asoslari, omillari, tavsiflari, namoyon bo’lish xususiyatlari, bosqichlari yuzasidan ilmiy mushohadalar yuritadi va bunda jaxon psixologiya fanining yutuqlariga asoslanadi. Boshqaruvning tarixiy jabxalari, shakllari, rivojlanish, o’zgarish tufayli yangi sifat bosqichiga o’sib o’tish muammolari tahlil etiladi. Hamkorlik faoliyatining tuzilishi, shakllanishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari yoritib beriladi. Qaror qabul qilishning ierarxiyasi va jarayonida norasmiy omillari, demokrativ ish uslubining ustivor roli izohlanadi.
A.L.Sventsitskiy boshqaruvning ijtimoiy psixologiyasini keng ko’lamda tadqiq qiladi. Muallif boshqaruvning turlari va ularning rahbarlik tipologiyasi, rahbarning ish uslubi bilan bevosita aloqasi singari masalalarni eksperimental tarzda o’rganadi. Olingan emperik ma’lumotlardan kelib chiqqan holda ularning samaradorligi darajasi, ko’rsatkichi, o’zaro korrelyatsion aloqalari, barqarorlik koeffitsientlariga uzviy bog’liqligi ta’kidlab o’tiladi. Qaror qabul qilishning boshqaruvdagi roli, uning xilma-xil ko’rinishlari, semantik jihatdan uyg’unligi bayon qilinadi.
B.D.Parigin ijtimoiy-psixologik muammoning asoslari yuzasidan mulohaza yuritganida quyidagi jabxalarga e’tibor qiladi:
1) rahbar va jamoa o’rtasidagi mutanosiblik muvaffaqiyat garovi ekanligi;
2) jamoadagi va rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi nizolarning kelib chiqishiga asosiy sabab bo’lgan faktorlarning ob’ektiv va sub’ektiv negizi;
3) qaror qabul qilishning o’ziga xos xususiyatlari va ta’sir etuvchi ish uslublari, munosabat, murojaat vositalarining roli;
4) rahbarning shaxsga oid xususiyati, ijtimoiy ustanovka, ijtimoiy o’zaro ta’sir kabilarning majmuaviy mujassamlashishi va boshqalar.
B.D.Pariginning asari rahbari kadrlar tayyorlashning nazariy asoslari to’g’risidagi boy ma’lumotlari bilan ushbu mavzuni tadqiqot etishga mukammal negizlar hozirlaydi, ilmiy platforma vazifasini bajaradi1.
Dastlabki g’oyaviy-siyosiy qarashlar eramizdan avvalgi asrlarda Xitoyda vujudga keldi. Bu qarashlarning keng yoyilishi ulug’ Xitoy mutafakkiri Konfutsiy (Kun-Fu-Szi.er.av. 551—479 y.) nomi bilan bog’liqdir.2 Uning axlokiy-siyosiy qarashlari markazida insoniylik, inson tabiatining axloqny masalalari, oila hayoti, davlatning vazifasi, uni boshqarish, xalq va davlatning o’zaro munosabati, ijtimoiy tartib, ijtimoiy qatlamlar to’g’risidagi g’oyalar yotadi. Qadimgi siyosiy qarashlarning xarakterli xususiyati shundaki, qariyb barcha mamlakatlarda siyosatga hamma vaqt axloq printsiplari doirasida va u bilan uzviy birlikda qaraladi. Konfutsiy ta’limotida ham asosiy o’rinni JEN (insoniylik) kontseptsiyasi egallaydi. Uning fikricha, kishilarning oila va davlatni boshqarishdagi o’zaro munosabatlarida shunday qonunlar borki, ular «o’zingga lozim topmaganni boshqalarga ham ravo ko’rma», printsipiga asoslanadi. Insoniylik muayyan ijtimoiy tartib, qoidalar (li) asosida oilada ham, davlat boshqaruvida ham amal qilmogi kerak. Jamiyat a’zolari o’rtasida har bir vazifa ierarxik ravishda, bosqichma-bosqich bo’lib berilnshi va boshqarilishi zarur. Davlat xuddi oilaga o’xshaydi, davlatni boshqarish ham katta oiladagi boshqarishni eslatadi. Hukmdor-hukmdor, fuqoro-fuqoro, ota-ota, o’g’il-o’g’il bo’lmog’i kerak, deyiladi konfutsizm ta’limotida. Bu g’oya davlatni boshqarish haqidagi ta’limotning asosini tashkil etadi. Konfutsiy bu g’oyani isbotlash uchun jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahvollariga qarab bir necha qatlamlarga bo’ldi. Birinchi qatlamga tug’ma bilish qobiliyatiga ega bo’lganlar, ikkinchi qatlamga o’qish o’rganish natijasida bilim olganlar, uchinchi qatlamga qiyinchiliklarni sezganidan keyin bilim olganlar, to’rtinchi qatlamga qiyinchiliklarni boshdan kechirsa ham o’qib o’rganmaydiganlarni kiritdi.
Bu borada mutafakkir Dun Chjunshu (er. av. 180 — 115 yy) ta’limoti alohida ahamiyatga molikdir. Shu yillari «Xan davri Konfutsiyasi» nomli maktab vujudga kelgan edi. Dun Chjunshu imperator universitetida dars berib, saroyga yaqii faylasuflardan biri edi. U Konfutsiy ta’limotining tan olinishini talab qilib bu ta’limotni davlat doktrinasi darajasiga ko’tardi. U imperator hokimiyatining mutlaq ekanligini isbotlashga xarakat qildi.3
Eramizdan avvalgi VII—II asrlarda Xitoyda legizm dib olgan falsafiy-siyosiy yo’nalish vujudga keldi. «Legizm» - qonun degan ma’noni anglatadi. Bu ta’limotning ko’zga ko’rnngan vakillari: Guan Chjun (er. av. VII asr), Shan Yan (er, av. 390-338 yy.), Xan Fey (er. av. 280—233 yy.) hisoblangan.4
Legizm o’zining axloqiy-siyosiy mohiyatiga ko’ra inson, jamiyat va davlatni boshqarish haqidagi ta’limotdir. Bu okim ilk konfutsiychilik bilan jiddiy kurashlar davomida shakllandi va rivojlandi. Bu oqim tarafdorlari kuchli, yaxshi boshqariladigan, qonunga asoslangan davlat tarafdorlari sifatida chiqdilar. Biroq. qonunga asoslanuvchi qudratli davlatni barpo etish va boshqarish usullari masalasida legizm maktabining namoyondalari hamisha ham bir xil fikrda bo’lmaganlar. Eng muhim masalalarda Konfutsiy ta’limotiga qo’shilmaslik hollari ham bo’lgan5. Konfutsiychilar jamiyat xayotining markaziga insoniylik hamda kishilarning ahloqiy sifatlarini qo’ygan bo’lsalar, legizm tarafdorlari qonunni ustun qo’yadilar: «siyosat axloq bilan mos kelmaydi, sig’ishmaydi», degan tezisni ilgari surdilar. Siyosat axloqiy normalardan tashqaridadir.
Shunday qilib, Qadimgi Xitoy va Xindistonda turli siyosiy maktablar ijtimoiy taraqqiyot extiyojlarining mahsuli sifatida vujudga keldi va rivojlandi. Ayniksa; Konfutsi ta’limoti ko’p asrlar mobaynida (er. av. Ill—I asrlarda) markazlashgan imperiyaning qaror topishi bilan rasmiy davlat doktrinasi bo’lib qoldi. Eramizniig I asrlariga kelib, Xitoyda buddizmning yoyilishi tufayli uch siyosiy ta’limot — konfutsiychilik, daosizm, buddizmning bir-biriga bo’lgan ta’siri kuchaydi. Diniy va siyosiy ta’limotlar ta’sirida asta-sekin podsho, xukmdor xalq va davlatning tarbiyachisidir, degan g’oya qaror topa boshladi. Davlat qudratli tarbiya muassasasi sifatida talqin etilib, u davlatni boshqarish maqsadida taqdirlash yoki jazolash usullaridan foydalanishi mumkin, xokim fuqorolarning otasidir, degan ta’limot ilgari surildi. Jazolash sistemasini belgilovchi qonunlap keng qamrovli va qat’iy bo’lib, ko’prok oddiy fuqorolarga nisbatan joriy etilgan, aslzoda, boy-badavlat kishilar uchun esa egallagan lavozimlariga qarab qo’llanilgan.6
Eng yaxshi davlat tuzumi qanday bo’lishi kerak, degan masalani o’z zamondoshlariga nisbatan yorqinroq va keskinroq qo’ygan ulug’ mutafakkir afinalik Platon (er. av. 427—347 yy.) edi. Platon asarlarining aksariyati suhbat, munozara, savol-javob tarzida bo’lib, ularning ko’pchiligi bizgacha etnb kelgan. Platon otasi tomonidan Afinaning so’nggi podshosp Kodr avlodiga, onasi tomonidan esa o’z davrining «etti donishmand»laridan biri bo’lgan qonunshunos Slonim oilasiga mansub edi. Platon ustozi Sokrat qatl etilganidan keyin Afinani tark etib, yaqin mamlakatlarga sayohat qiladi. Afinaga qaytgach, «Akadem» deb ataluvchi bog’da falsafa maktabi – Akademiya tashkil etib, unda falsafiy-tarbiyaviy ishlar bilan mashg’ul bo’lagan.
Sokratning siyosiy-axloqiy qarashlari shunday ishonch-e’tiqodga asoslanganki,unga ko’ra hokimiyat eng yaxshi, ya’ni axloqli, odil va boshqarish uquvi va tajribasiga ega bo’lgan fuqorolarga tegishli bo’lishi kerak. Shu nuqtai nazardan Sokrat Afina demokratiyasini qattiq tanqid ostiga olgan.7
Platon ustozi Sokrat siymosida haqiqat va yaxshilik uchun tolmas kurashchi va mutafakkirni ko’rgan, uning izidan borishga harakat qilgan. Platon falsafa, adabiyot, matematika, astronomiya, logika (mantiq) singari fanlarga oid ko’plab asarlar yaratgan. Uning siyosat, davlat, uni boshqarish shakllari singari ijtimoy-siyosiy masalalarga oid asarlari ham ancha salmoqlidir.
Platon falsafiy asarlarida moddiy olamni, real borliqning birlamchi ekanligini inkor etdi va g’oyalar olamini haqiqiy va real olam deb tushuntirdi. Uning «Davlat» asarida bayon etilgan ideal davlat haqidagi qarashlari ham ana shunday nuqtai nazarga asoslangandir.
Platon fikricha, bir zamonlar ideal davlat mavjud bo’lgan, biroq davrlar o’tishi bilan uning mohiyati buzilgan. U ideal davlatning g’oyadan tobora uzoqlashish evolyutsiyasini ko’rsatishga harakat qildi. Platon taklif etgan ideal davlatning asosiy printsipi adolat bo’lib, fuqorolik xayoti ana shu printsipga asoslangandnr. Har bir fuqoroning tabiatiga mos keluvi alohida mashg’ulot, vazifa ajratilgandir: har bir odam o’z g’oyasiga sodiq bo’lishi kerak. Har kim o’z mohiyatiga muvofiq ravishda faoliyat ko’rsatsagina ideal davlat ro’yobga chiqadi. Qadimgi Gretsiyada butun bir, siyosiy qarashlar sistemasini yaratgan qomusiy olim va faylasuf Aristotel (er. av.384 - 322 yy.) Platon akademiyasining iste’dodli talabalaridan biri bo’lib, quldorlik demokratiyasining emnrilish davrida yashadi va ijod qildi.8
Aristotel jamiyat va davlat xokimiyatining turlari to’g’risidagi g’oyalarni sistemalashtirdi va yanada rivojlantirdi. Ulug’ faylasuf dualizm pozitsiyasida turib, moddiy narsalarga g’oyalarning mujassamlashuvi deb qaradi. Uning siyosiy qarashlari mashhur «Siyosat» asarida mujassamlashdi. Aristotel Platon singari o’z ilmiy faoliyatida siyosiy tartibotlarni tasnif (klassifikatsiya) qilishga alohida e’tibor berdi. Ustozi kabi davlat tuzumi tasnifini belgilovchi asos sifatida yaxshilik, ezgulik singari sifatlarni oldi.
Aristotelning siyosiy nazariyasi o’sha davrdagi davlatni boshqarishda erishilgan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirishga asoslangan edi. U 158 polis (shaxar-davlat) haqida boy materiallar to’plab, ularni o’rgandi va davlat, siyosiy tartiblar haqidagi ta’limotini yaratdi. Aristotel yaxshi fazilatga ega bo’lgan uchta davlat tuzumini va ularga zid bo’lgan uch siyosiy tartibotni ko’rsatdi. Uning davlat tuzumi to’g’risidagi g’oyalar mavjud ijtimoiy tuzum hususiyatlaridan kelib chiqar edi.
Aristotel quldorlik jamiyati va undagi sinflarni abadiy, deb, jamiyatning qullar va quldorlarga bo’liniishni qonunlariga muvofiq deb xisobladi. Uning fikricha, tuzumining uch tipi ijobiy xususiyatga, uch siyosiy tartib esa salbiy hususiyatga egadir. Davlat tuzumining monarxiya, aristokratiya va politiya tiplari ijobiy hususiyatga ega. Ularga zid ravishda davlatning uch salbiy tipi mavjuddir. Monarxiyaning buzilishi tiraniyaga, aristokratiyaning buzilishi oligarxiyaga, politiyaning buzilishi esa demokratiyaga olib kelishi mumkin.
Aristotelning davlat tuzumi tasnifida bitta yangi tushuncha – politiya tushunchasi qo’llanildi. Bu tushunchani olngarxiya va demokratiyaning qo’shilishidan vujudga kelgan siyosiy xokimiyatini ifodalash uchun qo’lladi. Boshqacha kilib aytganda politiya «o’rta sinf» davlatni tuzilishini ifodalaydi.



Download 377,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish