Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda yer sharida hayvonlarning 2 mln dan
oshiq turi tarqalgan. Atrofimizdagi olamda juda kata ahamiyat kasb etadigan hayvonlarning kunda kunora turlari yuqolib bormoqda. Bu esa tabiatda oziq zanjirining buzilishiga sabab bo’lmoqda. Oziq zanjirining balansi buzilishi insoniyat va tabiat uchun juda og’ir oqibatlarga olib keladi. Oziq zanjirining buzilishi natijasida ba’zi bir hayvonlar ko’payib, ba’zi bir hayvonlar kamayib bormoqda. Bunday holatlarda rivojlangan davlatlarda hayvonlarni muhofaza qilinadigan joylar, Qizil kitob tashkil qilinib hayvonlar muhofaza qilinmoqda. Hayvonlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Shu sababli ko’plab hayvon turlarini saqlab qolishga butun dunyo hamjamiyati birga kurashishi lozim. Mavzuning maqsadi.Qushlarni tabiatdagi va inson hayotidagi rolini
jamiyatga uqtirish va shu orqali ularga bo’ladigan tazyiqlarni oldini olish.
Kamayib borayotgan turlarni ertaroq aniqlash va ularni muhofazaga olish.
Shu bilan birga qushlarni tabiatdagi o’rnini chuqurroq tahlil qilish va buni
namoyish qilish.
Mavzuning vazifasi.O’quvchilar orasida qushlar haqidagi bilimlarini
oshirish. Ularni asrab avaylash va insonlar orasida qushlarning ahamiyati
haqida so’zlab berish.
Muhim, qiziqarli ma‘lumotlarga ega bo‘lgan o’quvchilarda Tabiatga,
Vataniga, o‘qitilayotgan faniga bo‘lgan dunyo qarashi kengayadi, bilim
darajasi chuqurlashadi. Natijada o‘quvchilar ongida milliy istiqlol g‘oyasi,
vatanparvarlik, ekologik, estetik va iqtisodiy tarbiya, ekologik madaniyat
shakllanib boradi.
II.1. QUSHLAR SINFINING UMUMIY TAVSIFI Nerv sistemasi va sezuv organlarining yuksak taraqqiy etgan belgilari, ovqat xazm qilish kanali, oshqozon pastki xiqildoq, xavo xaltachalari, yuragi va o`ng aorta yoyidan chiqqan arteriyalar, ichak- tutkich venasi, siydik-tanosil tizimi, chap tuxumdon.
Qushlar tuzilishi jixatdan o`zlarining bevosita ajdodlari xisoblangan sudralib yuruvchilarga yaqin bo`lib, o’sha hayvonlarning gavda temperaturasini doimiy qilib olgan va uchishga layokatlangan progressiv shoxсhasidir. Qushlarning sudralib yuruvchilarga nisbatan progressiv taraqqiy etgan belgilari quyidagilar xisoblanadi:
1) Nerv sistemasi va xulk-atvori yuqori darajada rivojlangan.
2) Gavda temperaturasi yuqori va doimiy.
3) Uchish qobiliyatiga ega.
4) Ko`payishi ancha takomillashgan
Qushlarning bu xususiyatlari ularni yer sharida nixoyat keng tarqalishiga va xilma-xil yashash joylarida xayot kechirishiga imqon beradi.
Morfologik tuzilishiga ko’ra qushlar oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi, keyingi oyoqlarida yangi bo’lim-sevkani xosil bo’lishi, gavdasining pat bilan qoplanganligi, yuraklarining to’liq to’rt kamerali bo`lganligi, bosh skeletida bitta ensa burtmasining bo’lishligi va chanoq buyragining borligi bilan xarakterlanadi.
Qushlarning uchishga moslashgan belgilari quyidagilardan iborat:
• gavdasining suyri shaklda bolishligi
• oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi
• murakkab pat qatlamining bolishligi
• suyaklarining yengil bo`lib, naysimon suyaklarning ishi bosh bolishi va uning xavo bilan tolib turishi
• xavo xaltachalarining bolishligi
• jag`larida tishlarining bolmasligi
• togri ichakning reduksiyalanib ketganligidir
Qushlarning tuzilishini kaptar misolida ko`rib chiqamiz.
1-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi: 1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq; 6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi; 10 – barmoqlar; 11 – ilik
Teri qoplagichlari. Qushlarning terisi yupqa bo`lib, epidermis sust rivojlangan, suyak xosilalari yo`q, teri bezlari ham deyarli bo`lmaydi. Faqat dum tubining ustida dum bezi bo`ladi. Dum bezining yogli sekreti bilan qushlar patlarini yoglaydi va uni xullanishdan saqlaydi. Shu sababli bu bez suvda yashovchi qushlarda yaxshi rivojlangan.
2- rasm. Kaptar qanotining tuzilishi: 1 – yelka suyagi; 2 – bilak suyagi; 3 – panja suyaklari; 4 – muskullar; 5 – birinchi tartib qoqish patlari; 6 – ikkinchi tartib qoqish patlari
Qushlarda epidermisdan xosil bo`lgan har xil shox xosilalar bo`ladi. Yani ustki va pastki jag`lari, tumshuqni xosil qilgan shox qismlari bor. Barmoqlarining uchlarida tirnoqlari, sevkasi va bazilarining sonida shox qalqonchalari bo`ladi. Gavdasining pat bilan qoplangan qismi pteriliy deb ataladi. Bularni orasida patsiz ochiq joylar bor, bunga apteriya deyiladi. Bu muskullarning uchish vaqtida qisqarishi uchun qulaylik tugdiradi. Shuning uchun apteriya uchuvchi qushlarda bo`ladi.
Qushlarning patlari juda yengil, pishik va xavo bilan issiqlikni yomon o`tkazadigan qoplagichlardirki, bu gavda temperaturasi doimiy, shu bilan birga yuqori bo`ladigan uchar jonivorlar uchun juda muximdir. Bundan tashqari, patlar qush gavdasini suyri shakliga kiritadi, kokuv patlari esa uchish apparatining muxim qismini tashkil etadi. Kontur patlar esa qushni har xil mexanik tasirotlardan ximoya qiladi.
Qushlarning patlari odatda bir yilda bir yoki ikki marta, tolik yoki qisman yangilanib tullab turiladi. Bu vaqtda eski patlar tushib, ularning o`rniga yangisi rivojlanadi.
3-rasm. Qush patining tuzilishi: A – qoqish pati; B – kontur qoplag‘ich pat. D – par: 1 – qalam uchi; 2 – birinchi va ikkinchi tartib o‘siqchalar; 3 – o‘zak
Skeleti. Qushlarning skeleti uchishga layoqatlangan bo`lib, erkin oyoqlar va ularning kamar skeletining o`zgacha o`zgarganligi hamda yengil va mustaxkamligi bilan xarakterlanadi. Skeletining engilligi naysimon suyaklarini ishi bosh bo`lib, xavo bilan tolganligi, mustaxkamligi, ko`pchilik suyaklarning juda erta bir biri bilan qo`shilib hamda tuzlar miqdorining ko`pligi tufaylidir.
Dum umurtqalari oltita bo`ladi. Keyingi dum umurtqalari qo`shilib ketib, vertikal plastinka shaklidagi dum suyagini xosil qiladi. Bosh skeleti umumiy tuzilish sxemasiga kora sudralib yuruvchilarning bosh skeletiga oxshash bo`ladi. Ensa bolimi tortta ensa suyagidan tuzilgan, bosh skeletiga oxshash bo`ladi. Ensa bolimi bitta quloq usti suyagi bo`ladi. Miya qutisi tagini asosiy ponasimon hamda tanglay va qanotsimon suyaklar xosil qiladi.
Bosh skeletini ustki tomondan bir juft burun, peshona, teppa va tangacha suyaklar yopib turadi. Ustki jag` suyagiga keyingi tomondan yonoq va kvadrat yonoq suyaklar birikadi. Pastki jag` qoshilish tishsimon, burchak va toj suyaklaridan tashkil topgan.
4-rasm. Kaptar skeleti: 1 – bosh; 2 – ustki tumshuq; 3 – ostki tumshuq; 4 – bo‘yin umurtqalari; 5 – yelka; 6 – ko‘krak umurtqalari; 7 – o‘mrov; 8 – ko‘krak tirgak; 9 – to‘sh; 10 – to‘sh toji; 11 – boldir; 12 – son; 13 – ilik; 14 – oyoq panja; 15 – barmoqlar; 16 – chanoq; 17 – qanot panjasi; 18 – bilak; 19 – qovurg‘alar; 20 – dum umurtqalari
Yelka kamari kurak, korakoid va umrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak suyagi uzun, qilichsimon shaklda bo`lib, kobirgalarning ustida joylashadi. Umrov suyaklari oldingi tomonda uchlari bilan qo`shilib, qushlar uchun xarakterli bo`lgan ayri suyagini xosil qiladi.
Keyingi oyoq katta son suyaklari, katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan kichik boldir suyagi rudiment xolida bo`lib katta boldir suyagining pastki bolimiga juda erta qo`shilib ketadi. Tovon oldi suyagining ustki bolimi tovon suyagiga qo`shilib ketadi va qushlar uchun xarakterli bo`lgan sevkani xosil qiladi.
Chanoq kamari yupqa yonbosh, kuymish va kov suyaklaridan xosil bo`lgan. Kuymish va kov suyaklarining keyingi uchlari qoshilmaydi va ochiq chanoq xosil qiladi. Yonbosh suyagi murakkab dumgozani xosil qilishda ishtirok etadi.
Muskul sistemasi shu bilan xarakterlanadiki oyoqlarni xarakatga keltiruvchi muskullar tanaga o`rnashgan bo`ladi, oyoqlarga esa ingichka paylar boradi. Ayniqsa, ko`krak muskullari juda katta bo`lib, bu tana ogirligining 20% ni tashkil qiladi. Bu muskul ko`krak toj suyagiga birikadi va qanotni pastga tushirish uchun xizmat qiladi.
Ko`krak muskulining tagida esa umrov osti muskuli joylashadi va qanotni ko`tarish, uchun xizmat qiladi. Kuchli keyingi oyoq muskullari qushlarning yurishi, daraxtlarda xarakati, yerdan ko`tarilishi va qonish prosesslarini bajaradi.
Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi sudralib yuruvchilarga yuruvchilarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Avvalo qushlarning bosh miyasi orqа miyaga qaraganda 1,5:1 dan 2,5:1 kursatkich 1:1 nisbatga tengdir. Oldingi miya yarim sharlari asosan targ`il modda xisobidan kattaradi, qopqog`ida miya moddasi kam bo`ladi. Miyacha kuchli rivojlangan. Bu ularning murakkab va xilma-xil xarakatlarini ta’minlaydi. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Orqа miyasining yelka va bel bo’limlari yug’onlashib nerv chigallarini xosil qiladi. Bu chigallardan orqа va oldingi oyoqlarga boruvchi nervlar chiqadi.
Sezuv organlari. Ichki va o’rta quloqdan iborat eshituv organi sudralib yuruvchilarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Xid bilish organi esa sust taraqqiy etgan. Lekin korish organi-ko`z kuchli rivojlangan va ular tashqi muxitda orientasiya qilishda va o`z oljalarini axtarib topishda asosiy rol oynaydi. Ko`zning keyingi boshligiga kirib turadigan sertomir o`simtasi ko`z tarogi bor. Kiprikli muskul tasirida ko`z gavxari shaklini o`zgartirishi hamda ko`z gavxari va tor parda orasidagi masofaning o`zgarishi natijasida korishga moslashganligi qushlarning korish organi uchun xarakterlidir. Bunga ikki tomonlama akkomodasiya deyiladi.
Ovqat xazm qilish organlari og`iz bo`shlig`idan boshlanadi. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning tishi bo`lmaydi. Jag`larini o`tkir qirrali shox tumshuqlar qoplab turadi. Tumshuqlar qisman tish vazifasini bajaradi. Og`iz boshligining tagiga til o`rnashgan. Og`iz boshligiga sulak bezlarining chiqarish yollari ochiladi. Kaptarning qizilo`ngachi orta qismi kengayib, jigildon xosil qiladi. Oshqozon osti bezining chiqarish yoli 12-barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarning jigarida boshqa qushlarda bo`ladigan o`t pufagi bo`lmaydi.
5-rasm. Kaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi: 1 – og‘iz bo‘shlig‘i; 2 – jig‘ildon; 3 – qizilo‘ngach; 4 – oshqozon; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – buyrak; 8 – kekirdak; 9 – o‘pka; 10 – havo xaltasi;
11 – jigar.
Nafas olish organlari o`ziga xos tuzilgan va boshqa ichki organlarga nisbatan uchishga ko`prok moslashgan. Og`iz boshligining torida xiqildoq yorigi joylashadi va bu xiqildoqqa ochilib turadi. Bu ustki xiqildoq doimiy ovoz apparati vazifasini bajarmaydi. Ustki xiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya ko`krak bo`shlig`ida ikkita bronxga bo`linadi. Shu joyda, yani traxeya bronxlarga bolingan joyda qushlar uchun xos bo`lgan pastki xiqildoq joylashadi va suyak xalqalar bilan ushlab turiladi. Pastki xiqildoq ovoz apparati vazifasini bajaradi. Bu yerda tashqi va ichki ovoz pardalari tarang tortiladi va ovoz chiqadi. Bronxlar opkaga kirgandan so`ng shoxlanadi va bronxiollar xosil qiladi. Lekin ba’zi bronx shoxсhalari o’pkadan chiqib qushlar uchun xarakterli bo`lgan xavo xaltachalarini xosil qiladi.
Xavo xaltachalari qushlarning nafas olishida katta rol o’ynaydi. Qushlar nafas olganda xavo yo’llari bilan o’pkaga boradi, xavoning bir qismi esa opkadan xavo xaltachalariga boradi. Ko`krak qafasi qisqarganda, yani nafas chiqarilganda xavo xaltachalaridan xavo yana opkaga kiradi va o`z kislorodini beradi. Demak, bir marta olingan xavodan qushlar ikki marta nafas oladi. Lekin xavo xaltachalarida gaz almashinmaydi.
Qonaylanish sistemasi. Qushlarning yuragi toliq tort kamerali bo`lib, arterial va venoz qonyurakda va gavdada aralashmaydi. Shu sababli qushlarning gavda temperaturasi doimiydir. Qushlarning yuragi boshqa umurtqali hayvonlarning yuragiga nisbatan katta bo`ladi. Bu qushlarning modda almashinish prosessining juda intensivligi bilan boglikdir.O`ng yurak qorinchasidan opka arteriyasi venoz qonni opkalarga olib boradi. Opkadan arterial qon, opka venasi nomi bilan kelib, chap yurak bolmasiga quyiladi. Modda almashinish va gaz almashinish prosesslarining juda ham intensiv borishi sababli qushlarning gavda temperaturasi ham yuqori bo`ladi. Masalan, qushlarning gavda temperaturasi ortacha 420S ga tengdir.
6-rasm. Kaptarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi: 1 – yurak; 2 – o‘pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 4 – katta qon aylanish doirasi; 5 – o‘ng yurak bo‘lmasi; 6 – o‘ng yurak qorinchasi; 7 – chap yurak bo‘lmasi; 8 – chap yurak qorinchasi; 9 – aorta; 10 – o‘pka arteriyasi; 11 – vena; 12 – o‘pka venasi.
Ayirish organlari. Juft metanefritik buyraklari juda katta bo`ladi. Buyraklar uch pallaga bolingan. Uzunchoq yassi tanachadan iborat. Buyraklardan bittadan siydik yoli chiqadi. Siydik yoli kloakaga ochiladi. Qushlarda siydik pufagi yo`q. Kloakada siydikdagi suv ikkinchi marta suriladi.
Erkaklarning ko`payish organi bo`lib juft loviyasimon urugdon xizmat qiladi. Urugdon yil fasllariga qarab har xil kattalikda bo`ladi. Ko`payish davrida chugurchuqlarning urugdonlarini xajmi ko`z va qish fasllariga qaraganda 1500 barobar kattaradi. Urugdondan urug yollari chiqadi va kloakaga ochiladi. Urug yollari kloakaga ochilishdan oldin kengayib urug pufagini xosil qiladi.
7-rasm. Qushlar uyasi: 1 – ko‘rgalak; 2 – vahmaqush; 3 – qizilto‘sh;
4 – qaldirg‘och.
Urgochilarning ko`payish organi toq chap tuxumdon va chap tuxum yolidan iborat bo`ladi. Tuxumdon ham ko`payish vaqtida kattaradi. Tuxum yolining bir uchi tana boshligiga ochilsa, ikkinchi uchi kloakaga ochiladi. Pishib yetishgan tuxum tuxumdondan tana boshligiga, u yerdan tuxum yoli voronkasiga tushadi.Yetuk tuxum sariqlikdan iborat bo`lib, bularning orasida yupqa oq sariqlik qatlamlari bor. Keyin tuxum oval oqsil bilan o’raladi. Bachadonda esa ikkita yupqa po’st osti pardasi va keyin oxakka shimilgan qattiq po’st bilan qoplanadi. Tuxum po’stida talaygina mayda-mayda teshikchalar bo`ladi. Bu teshikchalar orqаli embrion bilan tashqi muxit ortasida gaz almashinib turadi. Tuxumning poyanak tomonida yupqa parda bir-biridan ajralib, xavo kamerasini xosil qiladi. embrion tuxumdan oshib chiqishdan oldin shu kameradagi atmosfera xavosidan nafas oladi. Tuxum sarigining qarama-qarshi tomonlaridan oqsil iplari- xalazalar chiqadi. Xalazalar post osti pardaning ichki devoriga tegib turadi.Zarodishning taraqqiyoti uruglanish paytidan boshlanadi. Uruglangan tuxum sariqligining yuqoriga qaragan tomonidan yorug dog yoki zarodish diskasi joylashadi. Shunday qilib tugilgan tuxumda zarodish ikki qavatli bo`ladi. Zarodish diskasi ornida zarodish qalqoni, uning ortasida birlamchi chiziq xosil bo`ladi. Keyinchalik embrion atrofidan xalqa burma ko`tarilib chiqadi. Bu burma embrionni butunlay o`rab oladi. Shunday qilib embrion pardalari, ichki pardasi-annion va tashqi pardasi seroza ularning orqаsida esa embrion kobig’i–alentois xosil bo`ladi. Rivojlanishning ilk bosqichlarida embrionning boshi, bo’yinning ikki yon tomonida 5 juft jabra yoriqlari, juft oyoqlari xosil bo`ladi. Keyin jabra yoriqlari yo`qoladi, sariqlik xaltasi quriydi va joja tuxumdon chiqadi.