II.2. QUSHLARNING KELIB CHIQISHI VA SISTEMATIKASI
Qushlarning qadimgi sudralib yuruvchi hayvonlardan kelib chiqqanligi xech ham shubxasizdir. Qushlarning bevosita ajdodlari bo`lib dinozavrlarni, timsoxlarni va boshqa sudralib yuruvchini bergan psevzuxiylar xisoblanadi.
O`tgan asrda yuza qatlamlarida yashagan hayvon qoldiqlari topildi. Bu hayvonlar o`z tuzilishlariga kora sudralib yuruvchilar bilan qushlar ortasidagi oraliq ornini egallagan. Bularga arxeopteriks deb nom beriladi. Arxeopteriksning patlar bilan qoplangan oldingi oyoqlari- qanotga aylangan, kurak suyagi qilichsimon, umrov suyaklari qo`shilib ayri suyak xosil qilgan, chanogi va ayniqsa orqа oyoqlari qushlarnikiga o’xshash bo`lib, sevkasi tutashib ketgan va to’rt barmoqli bo`lgan. Gavdasi pat bilan qoplanganligi gavda temperaturasini doimiy bo`lganligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, arxeopterislarda sudralib yuruvchi hayvonlarga xos belgilari ham saqlangan, yani shox tumshuqlari bolmagan jag`larida tishlari bo`lgan, uzun dum umurtqalari bo`lib, ko`krak toji suyagi taraqqiy yetmagan, oldingi oyoqning barmoqlari yaxshi rivojlanmagan, murakkab dumgoza xosil bolmagan.
Arxeopteriksning tuzilishi shuni korsatadiki, bular daraxtda yashovchi hayvonlar bo`lib, shoxdanshoxga pattilab uchib o`tgan va parvoz qilgan. Arxeopterikslarning xozirgi zamon qushlari bilan boglovchi gruppasi topilmagan.
Bur davrda o`ziga xos ikkita qushlar gruppasi yashaganligi malum, ixtiornislar va gesperornislar. Bular tipik qushlar xisoblanadi. Shunday bolsa-da, bu qushlarning jag`larida tishlari bo`lgan. Ixtiornis yaxshi uchadigan qush bo`lgan, chunki uzun qanotlari va baland toj suyagi yaxshi rivojlangan, gesperornisda esa toj suyagi va qanot yo`q, qanotdan faqat yelka suyagining rudimenti saqlanib qolgan, suvda suzib xayot kechirgan.
Uchlamchi davra tipik qushlar paydo bo`ladi va bular hozirgi zamon qushlariga juda yaqin bo`lgan. Chunki bu davrda yopiq urugli osimliklar va xasharotlar juda ko`payadi, bu esa xashoratxor mevaxor va donxor qushlarning nixoyatda ko`payishiga sabab bo`lgan.
Qushlarning sistematikasi
Hozirgi zamonda yashab turgan barcha qushlar yelpigich dumlilar yoki shin qushlar kenja sinfiga kiritiladi va yura davrida yashagan kaltakesakdumlilar yoki qadimgi qushlar kenja sinfiga qarshi quyiladi.
Xozirgi davrda yashovchi tipik qushlar kenja sinfiga 8600 ta tur kiradi va uchta katta turkumga bo`linadi.
Suzuvchilar katta turkumi.
Bu katta turkumga faqat bitta pingvinglar turkumi kiradi. Pingvinglar uchmaydigan, lekin yaxshi suzadigan va sho`ngiydigan qushlardir. Shu sababli oldingi oyoqlari o`zgarib, suzish organi-kurakka aylangan, suyaklari ichida xavo bo`lmaydi. Patlari yassi, pat gavdasini zich va bir tekis qoplab turadi. Oyoqlari gavdaning keyingi tomonida joylashgan, shu sababli yurganda gavdasini vertikal tutadi. Barmoqlari orasida suzgich pardalari bor.
Pingvinglar asosan Antraktidada tarqalgan bo`lib, bazan Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning Janubiy qirgoqlarigacha suzib boradi. Koloniya bo`lib yashaydi. Yer kavaklariga toshlardan qilingan uyalarga 1-2 ta tuxum qoyadi. Bazilari tuxumini qorinllaridagi teri xaltachasida olib yuradi.
Ko`krak tojsizlar katta turkumi
Bu katta turkumga kiruvchi qushlarning hammasi uchish qobiliyatiga ega emas. Chunki terilarida apteriya yo`q, patlari gruppalarga aniq ajralmagan, yelpigichlarida ilmoqchalar bo`lmaydi. Tush suyagi kichik va yassi bo`lib, unda ko`krak toji suyagi rivojlanmagan. Kukrak va korakoid suyaklari bir-biriga qo`shilib ketgan. Dum bezi yo`q. Oyogida 3 ta 2 ta barmogi bor. Erkaklarida kopulyativ organi bo`ladi.
Hozirgi zamonda yashayotgan ko`krak tojsiz qushlar Janubiy yarim sharda tarqalgan bo`lib, tortta turkumga bo`linadi.
Afrika tuyaqushlari turkumi
Bu turkumga faqat bitta tur-afrika tuyaqushi kiradi va hozirgi zamon qushlari ortasida eng kattasi xisoblanadi. Katta erkaklarining balandligi 260-275 sm.ga ogirligi 50-90 kg.ga. yetadi. Uchish qobiliyatini butunlay yo`qotgan, lekin tez yuguradi. Oyogida faqat ikkita barmogi bo`ladi. Terisida apteriysi bo`lmaydi. Patlarida ilmoqchalari yo`q. Afrika va Arabistonning chol- dashtlarida tarqalgan. Asosan osimliklar bilan ovqatlanadi. Bitta erkagi 2-5 ta urgochisi bilan gala bo`lib yashaydi. Umumiy uyaga urgochilarning har biri 7-9 tadan tuxum qoyadi. Har bir tuxumning ogirligi 1,5 kg keladi. Bitta uyada 15-20 ta, xatto 50-60 tagacha tuxum bo`lib, tuxumlarini kechasi erkagi, kunduzi urgochilari navbatlashib 42 kun bosadi. Erkaklarining rul va qanot patlari bezatish uchun ishlatilsa, goshti va tuxumi ozuqa sifatida ishlatiladi.
2.Amerika tuyaqushlari turkumi
Bu turkumga tuyaqushlarning ikkita turi Janubiy Amerikaning chol va savannalarida tarqalgan. Oyogida barmoklari uchta. Boyinning balandligi 150 sm, ogirligi 30 kg keladi. Bitta erkagi 5-7 ta urgochisi bilan gala bo`lib yashaydi. Urgochilarining har biri 5-6 ta tuxumini erkagi kovlagan umumiy uyaga qoyadi. Tuxumlarni erkagi 42 kun davomida bosadi va tuxumdan chiqqan jojalarni boqadi. Amerika nandular tuxumi va goshti uchun ovlanadi.
3. Avstraliya tuyaqushlari turkumi
Bu turkumga kazuarlar va emular kiradi. Emu qoramtir-qo`ngir rangda bo`lib, ogirligi 40-55 kg keladi va Avstraliyaning shimoliy- sharqiy qismida va Yangi Gveniya ormonlarida kazuarlar tarqalgan. Kazuarlarning ogirligi 80-90 kg keladi, tanasi qora, boyin va boshi patsiz. Peshonasida o`tkir shox o`simtasi bor.
Avstraliya tuyaqushlari osimliklarning vegetativ qismi bilan ovqatlanadi. Bular ham gala bo`lib yashaydi. Tuxumlarining inkubasiya davri 52 kun davom etadi. Nasl uchun qaygurish amerika tuyaqushlaridagidek faqat erkaklari zimmasiga yuklatilgan.
4.Qanotsizlar yoki kivilar turkumi
Ko`krak tojsiz qushlarning ichida eng kichigi bo`lib, ogirligi 2-3 kg keladi. Ushta turi faqat yangi Zellandiya ormonlarida tarqalgan. Qanot skeleti va yelka kamari kuchli reduksiyalangan, oyogida tortta barmogi bo`ladi. Burun teshiklari uzun tumshugining uchida joylashgan. Ko`zlari nisbatan kichik. Tunda xayot kechiradi. Xasharotlar bilan ovqatlanadi. Urgochilari 1-2 ta nisbatan yirik tuxum qoyadi. Inkubasiya davri 6-7 xafta davom etadi.
Ko`krak tojlilar katta turkumi
Ko`krak tojli qushlarning aksariyat ko`pchiligi uchish qobiliyatiga ega, tush suyagida ko`krak toji suyagi taraqqiy etgan, yelpigich patlari ilmoqchalari bor, terisida apteriya bo`ladi, suyaklari pnevmatik. Ko`krak tojli qushlar yer yo`zida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo`linadi.
1. Nay burunlilar turkumi
Bu turkumga tashqi korinishi baliqchilarga oxshaydigan bo`lib, juda yaxshi uchadigan, ochiq suv, dengiz va okeanlarda yashaydigan qushlar kiradi. Nay burunlilarning qanotlari uzun va o`tkir barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Burun teshiklarining kalta naychalar uchiga o`rnashganligi bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Bu turkumning tipik vakillari-buronqushlari bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda yashaydigan odatdagi albatrosning boyi 1 m ga, yozilgan qanotining uzunligi 3,5 m ga boradi. MDXning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi, Uzok Sharqda esa kashurkalar bor.
2.Ko`krak oyoqlilar yoki peliksimonlar turkumi
Ko`krak oyoqlilarga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi, bularning xarakterli belgisi tortala barmogining umumiy suzgich parda bilan bir-biriga quchilganligi va pastki jag`ining ostida har xil darajada takomillashgan teri xaltachasi borligi xisoblanadi. Yer yo`zida keng tarqalgan, dengiz, kol va daryolarning quyi oqimlarida yashaydi.
MDXning Janubiy rayonlarida sakkoqush va qoravoylar yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan ovqatlanadi. Koravoylar baliqlarning katta chuqurliklarga sho`ngib ushlasa, sakkoqushlar suvning sayoz joylarida tutadi.
3.Laykasimonlar turkumi
Bu turkumga laylaklar, ibislar va ko`tonlar kiradi. Laylaksimonlarning boyinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun bo`lib, suv boylarida va botqoqlik joylarida yashaydi. Yer yo`zida ko`tblardan tashqari hamma joyda tarqalgan. Bazilari koloniya bo`lib daraxtlarda uya qursa, ko`tonlar, boshqalari yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ikkalasi ham «Qizil kitob»ga kiritilgan. Kaspiy boylarida o`ziga xos tumshugi bo`lgan qizil koz ham shu turkumga kiritiladi.
4.Gozsimonlar turkumi
Gozsimonlar suvda yashovchi qushlardir. Barmoqlari orasida pardasi bor, dum bezlari yaxshi rivojlangan. Tumshuqlari yassi bo`lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq tirnoqchasi bor, tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalar yoki tishlari bo`ladi.
Bu turkumga gozlar, oqqushlar, ordaklar kiradi. Bularning hammasi ovlanadigan qushlardir. Bular yer yo`zida keng tarqalgan, suvda, qirgoqlarda, yerda, daraxt kovaklarida uya quradi. Bu qushlarning biologik xususiyatlaridan biri tullashi xisoblanadi.
Jojalari katta bulgash, pana joylarga borib tullaydi. Qanot va rul patlari birdan tushib butunlay uchish qobiliyatini yo`qotadi. Natijada yirtqichlar va brokonerlar bularni osongina tutadi. Shu sababli Gozsimonlarni tullash joylarida qoriqlash kerak.
9-rasm. G‘ozsimonlar turkumi: 1 – kulrang g‘oz; 2 – churrak; 3 – suqsun;
5. Lochinsimonlar turkumi
Bu turkumga orta va katta olchamdagi qushlar kiradi. Ustki tumshugida yumshoq teri voskovisasi bo`lib, burun teshiklari shu voskovisaga ochiladi. Ustki tmshugining uchi va tirnoqlari egilib ilmoq xosil qiladi. Qizilo`ngachida jigildon bo`ladi.
Kunduzgi yirtqish qushlar yer yuzining deyarli hamma qismida keng tarqalgan. Bular odatda juft bo`lib yashaydi va yerga, daraxtga, qoyalarga beuxshov uyalarini quradi. Yirik turlari 1-3 ta, kichik turlari esa 4-7 tuxum qoyadi. Tuxumlarni erkaklari va urgochilari nisbatlashib bosadi. Tuxumdan ochib chiqqan jojalari ko`zi ochiq, lekin nimjon oladi, terisi yumshoq pat bilan qoplangan bo`ladi. Bu qushlar faqat hayvonlar bilan ovqatlanadi.
Ko`pchilik kunduzgi yirtqich qushlar xasharot va kemiruvchilarni qirib foyda keltirsa, tasqaralar olimtiklar bilan ovqatlanib tabiat sanitari vazifasini bajaradi. Yirik yirtqich qushlar dala hayvonlariga xujum qilsada, kasal va nimjonlarini tutib olib, tabiiy tanlashga yordam beradi. Bazi joylarda yirik lochinlar, qarchigaylar, burgutlar sport va xatto sanoat ovida ushlovchi- tutuvchi qush sifatida foydalaniladi.
6.Tovuqsimonlar turkumi
Bu turkumga kiradigan qushlar gavdasining pishiqligi, oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni kovlashga moslashganligi, qanoti kalta va serbar bolishligi bilan xarakterlanadi. Erkagi, urgochisiga nisbatan katta va tiniq rangda bolishligi bilan ajralib turadi.
Tovuqsimonlarda nasl uchun qaygurish faqat urgochilari zimmasida bo`ladi. O`z uyalarini odatda yerga qoyadi va uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo`ladi.
Bu turkumga Avstraliya va Tinch okeanining bazi orollarida yashovchi galati chuptovuqlar, qirgovullar oilasiga kiradigan Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka, Afrika sesarkasi, Xindiston tovusi, bankiv tovugi, qirgovullar kakliklar, bedanalar, korsimonlar oilasiga kiradigan kor, karkor, oq kuropatka va boshqa bir qancha turlar kiradi. Tovuqsimonlarning deyarlik hammasi ovchilik obekti xisoblanadi.
7.Turnasimonlar turkumi
O`lchami, tashqi qiyofasi va ekologik xususiyatlari har xil bo`lgan turnasimonlar 190 ga yaqin turni o`z ichiga oladi va bizda asosan turnalar, suvmoshaklar va tuvaloklar oilalarining turlari tarqalgan.
Turnalarning oyogi va boyni uzun bo`ladi. Botqoqlik va quriq joylarda uya quradi. Bizda oq turna va bo`z turnalar yashaydi.
Suvmoshaklarga suv boyidagi changalzorlarda, botqoqliklarda va o`tloqlarda yashaydigan qashqaldoq, tar-tar, Gozganjirlar kiradi.
Tuvaloklar odatda chol, saxrolarda yashaydigan qush bo`lib, boyinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarida faqat uchta barmogi bor. Dum usti bezi rivojlanmagan. Bu oilaga ogirligi 16 kg gacha keladigan dudak yoki tuvalok, bizgaldoq va yurgatovuqlar vakil boldi. Goshti uchun ovlanadi. Bularning soni keskin kamayib ketganligi sababli «Qizil kitob»ga kiritiladi.
8.Baliqchisimonlar turkumi
Baliqchisimonlar mayda va orta kattalikdagi qushlar bo`lib, gavdasi cho`ziq, qanotlari uzun va o`tkirdir. Oyoqlarida torttadan barmogi bor, oldingi uchta barmogi suzgich parda bilan o`zaro tutashgan. Tumshugi katta va togri bolib, biroz yon tomondan qisilgan. Baliqchisimonlarning hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi, suvda yaxshi suzadi, lekin sho`ngiy olmaydi. Odatda uyalarini yerga qoyadi va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi.
Bu turkumga tipik vakil qilib, daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisini olish mumkin. Bu turkumga yana shigichilar ham kiradi. Bularning ustki tumshuqlarini uchi baliqchilarniki singari pastga bukilmagan va baliqchilarga nisbatan kichik bo`ladi.
9.Kaptarsimonlar turkumi
Ortacha kattalikdagi donxor qushlardir. Jigildoni yaxshi rivojlangan. Qanoti uzun va o`tkirlashgan. Bu turkumga tashqi korinishidan bir-biriga oxshash, lekin biologiyasi bilan farq qiluvchi kaptarlar va bulduruklar kiradi.
Kaptarlarning ustki tumshugi asosida yumshoq terili voskovisasi bo`ladi. Kok kaptar, ormon zonasida yashovchi gov kaptar va har xil musichalar shu turkumning tipik vakilidir.
Bulduruklar asosan chol va saxrolarda yashaydi. Tumshugida voskovisasi yo`q. Erkaklari urgochilariga nisbatan ochiq rangda bo`ladi. Yerdagi uyalariga uchta tuxum qoyadi. Ko`payish vaqtida jigildoni kaptarlardagi singari «sut» ishlab chiqarmaydi. Suv ichish uchun uyasidan uzoq masofalarga muntazam ravishda uchib boradi. Bulduruk va oqbovurlar vakili xisoblanadi.
10.To`tisimonlar turkumi
Yer sharining tropik va subtropik ormonlarida yashovchi mevaxor qushlardir. Ustki jag`i bosh skeleti bilan xarakatchan quchilgan, pastki jag`i esa yuqori va pastga hamda yon tomonga qarab xarakat qiladi. Tumshugi katta bo`lib, uchi ilmoq xosil qiladi, voskovisasi bor. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqа tomonga qaratilgan, jig’ildoni bor.
To`ti qushlarning tipik vakillariga Amerika ara-to`tisi, qafasda boqiladigan ko’k to`ti, Avstraliya kokildor kakadu- to`tisi, Afrika jakosi, Yangi Zelandiya nestori va boshqalar kiradi.
11.Kakkusimonlar turkumi
Daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqа tomonga qaratilgan. Asosan xasharotlar bilan ovqatlanadi. Kakkularning 70% ga yaqin uya paraziti xisoblanadi, ya’ni o`zlari uya qurmasidan tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga qoyadi. Tuxumdan chiqqan bolasi uya egasini tuxumini yoki bolalarini uyadan chiqarib tashlaydi. Shu turkumga tipik vakil qilib odatdagi kakkuni olamiz.
12.Yapaloq qushlar turkumi
Tumshuqlari va tirnoqlarning uchi egilib, xuddi kunduzgi yirtqich qushlar singari ilmoq xosil qiladi. Tumshugida voskovisasi bor. Ko`zlari katta bo`lib, boshning oldingi tomoniga qaratilgan, eshitish organi yaxshi rivojlangan. Tashqi eshitish yolining chetida teri burmasi bor. Bu ovoz tuplash vazifasini bajaradi. Patlari juda mayin va uchgan vaqtda shovqin chiqarmaydi.
Yapoloqqushlar yer yuzida juda keng tarqalgan va kechasi aktiv xayot kechiradi. Daraxt kovaklariga, qoyalarga, yer kovaklariga uya quradi. Kemiruvchilar va xasharotlar bilan ovqatlanadi va qishloq xojaligiga katta foyda keltiradi. Shimoliy kenglikda tarqalgan yapaloqqushlar, orta va janubiy mintaqalarda yashaydigan ukki, boyugli, punqush, soglar, quloqdor yapoloqqushlar bu turkumning tipik vakillaridir.
13.Uzunqanotlar turkumi
Bu turkum bir-biridan yaxshi ajralib turadigan jarqaldirgochlar va qolibrlarni o`z ichiga oladi.
Jarqaldirgochlar kichik qushlardir, tumshuqlari kichik, qanoti uzun va o`tkir qilichsimon. Og`iz kesimi juda katta. Oyoqlari kalta, torttala barmogi ham oldinga qaratilgan. Asosiy vaqtini xavoda o`tkazadi. Ovqatlarini-mayda xasharotlarni xavoda uchib yurib ushlaydi, xatto xavoda suv ichadi. Tarixiy yodgorliklar kovaklarida, uy shiplarida, tog qoyalarida uya qoyadi. Bizda oq qorinli va qora jarqaldirgochlar yashaydi, Osiyoning janubiy-sharqiy tomonida saqlangan jarqaldirgochi yashaydi. Bu qush sulak bezlaridan chiqadigan yopishqoq moddadan uya quradi. Bu uyani odamlar ovqatga ishlatadilar.
Kolibriyalar eng mayda qushlar xisoblanadi. Ogirligi 1,5 g keladi. Janubiy va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Tumshugi ingichka va uzun. Rangi odatda ochiq, yaltiroq. Katta tezlik bilan uchadi, ogirligi 20 g gacha o`lchami aridek keladi. Kattalari kichik qaldirgochdek uchadi, qanotini bir sekundda 20-25 xatto 50 martagacha qoqadi. Kechasi gavda temperaturasi +17+210S ga tushadi. Ormonlarda yashab gul nektari va guldagi mayda xasharotlar bilan ovqatlanadi.
14.Raksimonlar turkumi
Tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi qushlar gruppasi xisoblanadi. Yopiq uya kuradi. Bu turkumga yashil xavo rangli kukkarga, sariq targ`il, kokildor sassiqpopichak, ariq va xovo`z boylarida yashovchi xavorang kuktarqoq, asalarini qiradigan kurkunaklar kiradi.
15.Qizilishtonlar turkumi
Daraxta yashashga moslashgan kichik va orta kattalikdagi qushlar xisoblanadi. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqаga qaratilgan. Dum patlari prujina rolini o’ynaydigan elastik patlardan tashkil topgan. Tumshug’i qattiq va to’g’ri. Tili uzayadi va uning yordamida daraxt po’sti ostidan xasharotlarning lichinkalarini ushlab oladi. Qora, ola qanotli qizilishtonlar va burma boyin bu turkumning tipik vakillaridir.
16.Chumchuqsimonlar turkumi
Eng ko`p yani 5000 ga yaqin turni o`z ichiga olgan turkumdir. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning 60% ni tashkil qiladi. Tashqi korinishi va o`lchami nixoyatda xilma-xil bo`ladi. Bular yer sharining deyarlik hamma qismiga tarqalgan. Juda ham pishiq yasalgan uyalari turli joylarga qoyiladi. Chumchuqsimonlar turkumiga qargalar, suydilar, zargaldoqlar, shaq-shaqlar, moyko`tlar, jiblajibonlar, qaldirgochlar, turgaylar, chittaklar, dexqonchumchuqlar, olyanpkalar kabi bir qancha oilalarning vakillari kiradi. Aksariyat ko`pchiligi xasharotxor qushlar bo`lib, qishloq xojaligiga katta foyda keltiradi.
10-rasm. Chumchuqsimonlar turkumi: 1 – chug‘urchiq; 2 – hakka; 3 – qaldirg‘och; 4 – zog‘cha; 5 – qarg‘a; 6 – chittak; 7 – chumchuq; 8 – go‘ngqarg‘a.
Do'stlaringiz bilan baham: |