URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA (SIRTQI) YÓNALISHI 203-GURUH TALABASI QODIROVA YORQINOYNING ZOOLOGIYA FANIDAN YOZGAN KURS ISHI Mavzu: Qushlarning uchishga moslanish xususiyatlari va uchish xillari
Bajardi: Qodirova Yorqinoy URGANCH-2022
MUNDARIJA I. KIRISH…………………………………………………………………… 3 II. ASOSIY QISM II.1. Qushlar sinfining umumiy tavsifi............................7 II.2. Qushlarning kelib chiqishi va sistematikasi.............................. 16 II.3 Qushlar ekologiyasi, amaliy ahamiyati ......................25 III. XULOSA. …………………………………………………………………35
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. ……………...........40
KIRISH O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunida Oliy ta’lim o‘zi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy o‘rta, o‘rta hunar texnika, o‘rta maxsus ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun saralash va o‘qishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim ikki bosqichli asosda, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tasdiqlagan Nizomga muvofiq izchil tarzda bakalavr va magistr darajasi berish orqali amalga oshiriladi. Sirtqi yoki mustaqil ta’lim tarzida o‘rganishga yo‘l qo‘yilmaydigan kasb va ixtisoslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shartnoma (pullik) asosida ikkinchi oliy ma’lumot olishga xaqlidirlar. Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati o‘z ustavlari bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlari qonunlarda belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazib turiladi. Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydеvorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir” . Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim–tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev shaxsning ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida e’tibor bеrib: “Biron–bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” – dеb alohida ta’kidlaydi. Hozirgi zamon fan yutuqlarini biologik bilimlarni bilgan holda keng miqyosda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda ekologik holat jahon miqyosida global muammo bo’lib turgan bir holatda yangidan yangi tabiiy, biologik, hech qanaqangi chiqindilarsiz mahsulot ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda genomik tahlillar olib borish keng miqyosda olib bormoqda. Shu munosabat bilan Prizidentimiz tomonidan biologiya va kimyo fanlarini rivojlantirishga kata e’tibor qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga qarashli ―Jayron ekomarkazida amalga oshirilayotgan ishlar bunga misol bo'la oladi. Mazkur markazda jayron, qulon, Prjevalskiy oti singari noyob jonzotlar ko’paytirilmoqda. Markaz o’ziga xos florasi jihatidan ham mutaxassislar e‘tiborini o’ziga jalb etmoqda. Bu yerda 28 o'simlik oilasiga mansub ikki yuzdan ziyod turni uchratish mumkin. Shu hududda mavjud ornitofaunaning 37 foizini tashkil etuvchi qushlarning aksariyati ―Qizil kitobga kiritilgan.
Zoogeografiya bu yer yuzining turli xududlari (zoogeografik oblastlar) hayvonot olamini evolyutsion kelib chiqishi, shaklllanishi, faunistik tarkibi va ularning o’zaro o’xshashlik va farqlarini chuqur o’rganadigan fandir. Mazkur xususiyatlarni belgilovchi qonuniyatlarini aniqlash esa zoogeografiya fani oldidagi eng muhim masalalarning biridir. Yer yuzasida tur areallari yoki faunistik komplekslarning shakllanishidagi tarixiy jarayonda hayvonot dunyosining turli-tuman aloqalari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Shu bilan birga har bir regionning hayvonot dunyosi birinchi navbatda muxitning abiotik omillari bilan aloqasi orqali shakllanadi. Ma’lumki, yer yuzasidagi xar qanday keng maydonning ekologik sharoitlari u yoki bu darajada o’zaro farq qiladi. Undagi o’simlik va hayvon guruhlarining tarkibi ma’lum darajada u yerdagi geografik muhit bilan bo’ladigan aloqalarga bog`liqdir.