Qodirov abbosbek



Download 117,18 Kb.
bet4/4
Sana02.08.2021
Hajmi117,18 Kb.
#136234
1   2   3   4
Bog'liq
QODIROV ABBOSBEK IM-80 MAQOLA

B u Spark

Mashina 1998-yilda ishlab chiqarilgan, bizda esa 2011-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan. Mashinaning bagaj sig’imi 175 litr. Mashinaning salondagi narxi 92 821 000 so’m.

Chevrolet Spark (dastlab Daewoo Matiz nomi bilan mashhur bo'lgan) - bu General Motors kompaniyasining sho'ba korxonasi GM Korea tomonidan ishlab chiqarilgan subkompakt xetchbek shahar avtomobili.

Daewoo Matizning birinchi avlodi 1998 yilda Daewoo Tico o'rnini bosgan. 2002 yilda Daewoo Motors General Motors kompaniyasining GM Korea nomi bilan tanilgan Janubiy Koreyadagi bo'linmasiga aylandi. O'tish vaqtidan boshlab avtomobil Chevrolet nishoni ostida tobora ko'proq sotilmoqda. Ikkinchi avlod modeli GM Korea tomonidan 2005 yilda, uchinchi avlod 2010 yilda ishlab chiqarilgan.
Chevrolet Spark EVning cheklangan ishlab chiqariladigan to'liq elektr versiyasi AQShda Kaliforniya va Oregon shtatlaridagi taniqli bozorlarda 2013 yil iyun oyida chiqarildi. Spark EV - bu General Motors tomonidan EV1 ishlab chiqarilishi to'xtatilganidan beri sotiladigan birinchi to'liq elektr yo'lovchi avtomobili. 1999 yilda.

Ko’rib turganingizdek deyarli barcha mashinalarni ishlab chiqarishda o’zbek korxonasining hech qanday o’rni yo’q, ishlab chiqarishdan bo’lak. Ijtimoiy tarmoqlarda bu monopol tashkilot deya yuritiladi. Tashkilot mamlakat hududida sotuvdagi narxini xorijdagi narxiga taqqoslansa mamlakat ichidagi narxi bilan mamlakat ichida 2 yoki 3 marta shu mashinani sotib olish mumkin. Xatto Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi bilan UzAvtoMotors sudlargacha borishdi. Quyida sizlarga voqeani yoritamiz;
UzAuto Motors kompaniyasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini bergan va bu arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Ushbu ma’muriy ish sudya G‘. Davlatov raisligida ko‘rilmoqda.

2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

Ma’lum qilinishicha, arizachi — UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyati vakili sudga sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma kiritdi.

Mazkur iltimosnoma yuzasidan taraflar fikri so‘ralganidan so‘ng sud o‘z o‘rnida ajrim qilib, mazkur iltimosnoma ishni ko‘rish jarayonida taraflar tomonidan davlat siri bilan bog‘liq maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar sud muhokamasida ko‘rilishi uchun taqdim etilganidan so‘nggina muhokama qilinishi uchun ochiq qoldirildi va sud ishni mazmunan ko‘rib chiqishni boshladi”, — deyiladi Oliy sud xabarida.

Dastlab so‘z navbati UzAuto Motors vakiliga berildi. Kompaniya vakili o‘z vajida bildirishicha, javobgar —Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qarori noto‘g‘ri tatbiq etilgan, UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarga narxlar shakllantirilishida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tatbiq etilishi lozim, jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning narxini kelishish jamiyatning Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradi.

Shuningdek, arizachining vakili tomonidan ma’lum qilinishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandi talablari buzilgan holda qaror qabul qilingan, chunki maxsus komissiya yig‘ilishini o‘tkazishni boshqa kunga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnoma kiritilgan bo‘lsa-da, UzAuto Motors’ga yozma fikr va dalillarni taqdim etish huquqi cheklangan.

Xabar berilishicha, javobgarning vakili tomonidan arizachining vajlariga nisbatan fikr-mulohazalari tinglanganidan so‘ng mazkur vajlarga nisbatan qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishi to‘g‘risida fikr bildirildi va sud muhokamasi taqdim etilgan qo‘shimcha dalillarni o‘rganish hamda sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish uchun kiritilgan iltimosnoma yuzasidan hujjatlarni o‘rganish uchun keyinga qoldirildi.

Keyingi sud majlisi 2020-yil 9-oktabr kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, deputat Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita kompaniya tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan.

Qo‘mitaning 2020-yil 19-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan.

Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi va keyinroq kompaniya Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qilgani ma’lum bo‘lgandi.
XULOSA

Bu monopol tashkilotni yo’qatish uchun, o’ylaymanki, yurtimizda mashina ishlab chiqarish zavodlrini yanada ko’paytirishimiz kerak. Shunda raqobat paydo bo’ladi va raqobat qilayotgan zavodlar o’z istemolchilari uchun narxni pasaytirib , kerak bo’lsa imtiyoz va aksiyalar hm uyushtiradilar.
Download 117,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish