Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilar guruhga bo‘linib, vaqt birliklariga oid savollar beriladi.
1) Botir ertalab soat 8 dan 15 minut o‘tganda yo‘lga chiqib 15 minutdan keyin maktabga yetib keldi. Botir maktabga soat nechada yetib kelgan?
2)Nafisa do‘konga nonga ketayotganida soat 14 dan 15 daqiqa o‘tgan edi. Agar u uyga qaytganida soat 14 dan 45 daqiqa o‘tgan bo‘lsa, u necha minut yo‘lda bo‘lgan?
3) Xolam biznikiga kelib ertalab soat 6 da yo‘lga chiqqanlarini aytdilar. Agar ular biznikiga soat 7 yu 30 da kirib kelgan bo‘lsalar qancha vaqt yo‘lda bo‘lganlar?
4) Dars 45 minut davom etadi. Agar u soat 8 da boshlangan bo‘lsa birinchi soat tugaganida soat necha bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |