Dam olish daqiqasi:
Vatanim osmonidan
Quyosh kulib boqadi.
Uning oltin shu’lasi
Barglarga gul taqadi.
Men ham nihol qadadim,
Parvarishlab qaradim.
Gulbog‘imni bezashda
Bu birinchi qadamim.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekran orqali trenajor topshiriq o‘tkaziladi. Abak beriladi, ovozda berilgan sonni o‘quvchilar klaviatura yordamida abakka kiritadilar:
1) Birinchi xonaning 6 birligi, ikkinchi xonaning 2 birligi, uchinchi xonaning 3 birligi
2) Birinchi xonaning 4 birligi, ikkinchi xonaning 1 birligi, uchinchi xonaning 8 birligi
3) Birinchi xonaning 9 birligi, ikkinchi xonaning birligi yo`q, uchinchi xonaning 2 birligi
4) Birinchi xonaning 8 birligi, ikkinchi xonaning 5 birligi, uchinchi xonaning 7 birligi
5) Birinchi xonaning birligi yo`q, ikkinchi xonaning 4 birligi, uchinchi xonaning 1 birligi
Do'stlaringiz bilan baham: |