Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Darsni tashkil etish. Navbatchi axborotini tinglash. Davomatni aniqlash. Kirish suhbati o‘tkazish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasini tekshirish va tahlil qilish.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiyning fanlar rivojiga qo’shgan hissasi haqida video ko‘rsatiladi.
Al-Xorazmiy butun dunyoga raqamlardan qanday foydalanish kerakligini o‘rgatgan olimdir. U 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va 0 kabi raqamlar hisob-kitob ishlari uchun juda ham qulay ekanini isbotlab bergan. Bu haqida olim o‘zining arifmetikaga oid kitobida batafsil yozib qoldirgan.
Qadimda yevropaliklar sanoq va hisob-kitob ishlari uchun hozirgiday 1, 2, 3 kabi arab raqamlarini ishlatmagan. Buning o‘rniga murakkab rim raqam-laridan foydalanishgan. Rim raqamlarini yozish va o‘rganish qiyin bo‘lgan.
Masalan, oddiy “8” raqamini bildirish uchun to‘rtta belgi ishlatilgan - VIII. Agar 2088 raqamini yozish kerak bolib qolsa, u mana bunday ko‘rinish olar-di - MMLXXXVIII. Qizig‘i, o‘sha davrlarda 0 raqamini bildiruvchi belgi ham bo‘lmagan. Bu esa ko‘plab aniq fanlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan.
Al-Xorazmiy arab raqamlaridagi o‘ziga xoslikni tushuntirib beradi. Ayniq-sa, 0 raqamidan foydalanib istalgan miqdorni bildirish qulay ekanini, bunda rim raqamlariday qiyinchiliktug‘ilmasligini isbotlaydi. Shu tariqa, yevropaliklar murakkab rim raqamlaridan voz kechib, qulay bo‘lgan arab raqamlarini ishlata boshlashadi. Buyuk bobomizni esa algebra fani asoschisi sifatida tan olishadi.
41-topshiriq. Sonlarni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yozing:
318 = 300 + 10 + 8 727 = 700 + 20 + 7
42- va 43-topshiriqlarni o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, bajaradilar va javoblarni A4 formatdagi qog‘ozga yozib beradilar. Qaysi guruh tez va to‘g‘ri bajarsa, rag‘bat oladi.
42-topshiriq. Faqat 8, 0 va 5 raqamlari ishtirok etgan barcha uch xonali sonlarni shunday yozinki, har bir sonning yozuvuda raqamlar:
a) takrorlanmasin; b) takrorlansin.
a) 805, 850, 580, 508;
b) 888, 885, 880, 858, 855, 850, 808, 805, 800,
588, 585, 580, 558, 555, 550, 508, 505, 500.
43-topshiriq. Birliklari o‘nliklaridan 2 marta kichik bo‘lgan barcha ikki xonali sonlarni yozing.
21, 42, 63, 84
44-topshiriqni o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘qib eslatadi.
45-topshiriqni o‘quvchilar rolli o‘yin orqali tushuntirib beradi. Bunda 6 ta o‘quvchida qo‘lida yoki bo‘yniga osilgan A4 formatda rim raqamlari bo‘ladi (3 tasida I, 1 tasida V, 2 tasida X). Qolgan o‘quvchilar 1 dan 20 gacha birgalikda sanaganda, tanlangan o‘quvchilardan ayrimlari oldinga chiqib, sonni ko‘rsatadilar, kimdir xato qilsa, uning o‘rniga qolgan o‘quvchilardan birinchi bo‘lib xatoni topgan o‘quvchi chiqadi va ular almashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |