Qizilqum cho’li Reja: Kirish



Download 38,49 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi38,49 Kb.
#15711
Qizilqum cho’li
Reja:
Kirish


  1. Qizilqum cho’lining geografik o’rni

  2. Qizilqum cho’lining geologic tuzilishi

  3. Qizilqum iqlimi va ichki suvlari

  4. Tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi

  5. Qizilqum tabiatini himoya qilish chora tadbirlari


Xulosa

Adabiyotlar

Qizilqum Turon tekisligidagi eng katta cho’llardan biri bo’lib, asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgandir. O’zbekiston hududida Qizilqum cho’lining joylashgan qismi Qizilqum okrugiga kiradi. Shimoli-g’arbda Qizilqum okrugi Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho’l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g’arbi Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog’iston bilan bo’lgan davlat chegarasiga to’g’ri keladi.

Cho`lning Qizilqum dеb atalishiga sabab, uning ko`p qismini egallab yotgan qumlar rangining qizilligidir. Qizilqumda qadimgi qoldiq past tog`lardagi qizg`ish jinslarning nurashidan qosil bo`lgan qoldiq qumlar ko`p yеrda qizil rangga ega. Qizilqumning janubiy qismida esa qumlar rangi to`q, kul rang. Bu qumlar Zarafshon daryosi olib kеlgan yotqiziqlardan qosil bo`lgan, qizil tuproqlar bilan aralashmagan.

Qizilqumning maydoni 300 ming km2. Okrug janubi-sharqdan shimoli-g’arbga qarab pasayib boradi. Uning o’rtacha mutlaq balandligi 200—300 m bo’lsa, janubi-sharqda 350—400 m, shimoli-g’arbda esa 90—100 m ga tushib qoladi.



Qizilqum okrugi relyef jihatidan bir xil emas. Uning ko’pchilik qismini mutlaq balandligi 200 m gacha bo’lgan qumli tekisliklar ishg’ol qiladi Bu yerda botiqlar, tekisliklar, yassi platolar va qoldiq tog’lar mavjud. Tekisliklarning ko’pchilik qismini allyuvial sochilma qumlar ishg’ol qilib, asosan, eol relyef shakllari — qum marzalari (nisbiy balandliklari 15—20 m, maksimal balandliklari 60—70 m gacha), do’ng qumlar, kamroq esa barxanlar mavjud. Qum marzalari ko’proq meridional yo’nalishga ega bo’lib, o’simliklar bilan mustahkamlangan. Do’ng qumlari Qizilqumning markaziy qismlarida mavjud, ular ham mustahkamlangan. Barxanlar Qizilqum okrugida nisbatan kam bo’lib, ular aholi yashaydigan joylarda, quduqlar atrofida, Amudaryo sohillarida ko’proq joylashib, ularning harakatga kelishi insonlarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq.

Qizilqum okrugida marza qumlar orasidagi past joylarda taqirlar uchraydi, ammo ular kam. Taqirlar bahorda suv bilan qoplanib, yozga borib suv bug’lanib ketib, qurib, usti qotib yorilib ketadi.

Qizilqum okrugining markaziy qismida bir necha berk botiqlar joylashgan. Botiqlar Qizilqumning markaziy qismidagi qoldiq tog’lar orasida tektonik botiqlar mavjud.

Botiqlarning tagi qumdan iborat bo’lib, ustki qismi taqir yoki sho’rxoklardan iborat. Bu botiqlarning eng kattalari Bo’kantog`ning janubida dengiz sathidan 12 m pastda joylashgan Mingbuloq, Yetimtog’ning januby-sharqida joylashgan Mullali, Ovminzatog’ bilan Qazaxtog’ orasida joylashgan Qoraxotin, Quljatog’ning janubi-sharqida joylashgan Oyoqog’itma botiqlaridir. Bu botiqlarning har birining bo’yi 40—50 km ga yetadi.

Qizilqum okrugining markaziy qismidagi platolardan ko’tarilib turgan paleozoy qoldiq tog’lari eng qadimiy quruqlikka aylangan qismi hisoblanadi. Bu tog`lar juda ham yemirilib ketgan bo’lib, mutloq balandliklari 922 m dan oshmaydi. Bu tog’larning eng muhimlari Quljuqtog’ (Irlir cho’qqisi 764 m), Yetimtog’ (568 m), Tomditog’ (Otog’ cho’qqi 922 m), Ovminzatog’ (635 m), Quljuqtog’ (785 m), Qazaxtog’ (394 m), Sulton Uvays tog’i (Ashitog’, cho’qqi 473, m). Shu sababli bu qoldiq tog’lar deyarli kenglik bo’ylab yo’nalib paleozoy erasining kristalli slanetslari, kvartsli slanetslari va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ular orasida esa granit, diorit, granodiorit va boshqa otqindi jinslar ham uchraydi.

Qizilqumning tekislik qismi neogen va antropogen davrning allyuvial tekisliklaridan, asosan, dengiz va Amudaryo hamda Sirdaryoning yotqiziqlaridan iborat, ustini esa qalinligi 10—12 m keladigan qumlar qoplab olgan. Qizilqumda kopdan —kop qadimgi quruq ozanlar uchraydi. Ulardan eng kattasi Janadaryo bolib, u taxminan qizilorda shaqri yaqinida boshlanib, janubi —qarb tomon oqqan va bu ozan orqali Sirdaryo suvlari qachonlardir Orol dееngizigacha borib ^uyilgan Sulton Uvays toqining sharqiy qismidan Orol dеngizining janubi — qarbiy qirqoqigacha Amudaryoning qadimgi ozani Aqchadaryo chozilib yotibdi. U uzunligi 170 km, kеngligi 25 km kеladigan dеlta qosil qilgan. qizilqumning janubiy qismida qam bir nеcha qadimgi ozanlar mavjud, bular Sirdaryoning qadimgi ozani Daryosoy va Zarafshonning Moxandaryo ozanidir.

Qizilqum okrugida, ayniqsa, paleozoy qoldiq tog’larida oltin, slyuda, feruza, asbest, boksit, simob, grafit, volfram, tal’k, granit, yashma, island shpati kabi qazilma boyliklar, tekislik qismida esa gaz, neft, uran, oltingugurt konlari mavjud. Qizilqum okrugida foydali qazilmalar qazib olinayotgan va qazishga tavsiya qilingan konlarni o’zlashtirish asosida oltin, uran, qurilish xom-ashyolari, keyinchalik mis, boksit, strontsiy konlarini o’zlashtirish asosida Zarafshon, Uchquduq, Tomdibuloq, Ko’kpatos ishlab chiqarish tarmoqlari, granit, oltin, bu-yoq'bop minerallar, qurilish xom-ashyolarini o’zlashtirish negizida Tasqazg’on ishlab chiqarish shoxobchasi, tabiiy gazlarni o’zlashtirish negizida esa Gazli ishlab chiqarish tarmog’i vujudga kelgan. Qizilqum o’lkasida oltin (Buruntog’, Ko’kpatas), uran (Uchquduq), gaz (Gazli,Toshquduq, Xo’jaqazg’on), oltingugurt, simob, grafit, fosfor, asbest, korund, mis, feruza, binokorlik materiallari konlari mavjud.

Qizilqum okrugining iqlimiy xususiyatlari katta hududni egallagani uchun shimoldan janubga qarab o’zgarib boradi. Qizilqum hududining yaylovlari ob-havosi keskin kontinentalligi bilan xarakterlanadi. О‘rtacha yillik yog‘in miqdori 105-160 millimetrni tashkil etadi va yog‘ingarchilikning asosiy qismi qish-bahor mavsumiga tо‘g‘ri keladi.

L.S.Gayevskaya, N.Salmanov (1995) ma’lumotlariga kо‘ra umumiy yog‘ingarchilik miqdorining 45-50 foizi bahor, 35-40 foizi qish, qolgan 10-20 foizi esa kuz va yoz fasllarida sodir bо‘ladi.

Ob-havo harorati yil mavsumlariga qarab keskin о‘zgaruvchanlikka ega. Meteorologik stansiyalar ma’lumotlariga kо‘ra о‘rtacha yillik havo harorati +13 +170S ni, yoz davridagi harorat +450 +470S ni, qish davridagi mutlaq minimal harorat esa –25 –300S ni, havoning о‘rtacha nisbiy namligi 45-55 foizni, iyul oyida esa bu kо‘rsatgich 13-18 foizgacha pasayadi.

Mazkur hudud iqlimining xususiyatlaridan biri tez-tez esib turadigan, aksariyat holatlarda esa kuchli, shamollardir. Uning tezligi sekundiga 20-25 metrgacha yetadi. Bu esa tuproq va о‘simlik qoplamiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shamol aksariyat hollarda shimoldan, shimoli-g‘arbdan va sharqdan esadi. Yoz oylarida issiq shamol “garmsel” esib, havoning nisbiy namligi keskin pasayadi.

Qizilqumning shimoliy qismi iqlimi asosan Markaziy Osiyo antitsikloni va g’arbdan keladigan siklonlar ta‘sirida vujudga kelsa, janubiy qismi iqlimining shakllanishida tropik havo massalarining ta‘siri ancha kattadir. Shuning uchun Qizilqum okrugining qishi sovuq, davomli bo’lib, yanvarning o’rtacha harorati shimolida -4 -10° bo’lsa, janubida -1 -2° bo’ladi. Qizilqum okrugining iqlimiy xususiyati jiqatidan farqlanuvchi shimoliy qismi bilan janubiy qismi orasidagi chegara taxminan 41° shimoliy kenglik yoki —3° yanvar izotermasi orqali o’tadi.

Iqlimining qishda shakllanishida Qizilqumning shimoliy qismida Sibir antitsiklonidan vujudga kelgan havo massasi muhim omil hisoblanadi. Bu havo massasi shimoli-sharqdan esib hudud haroratini pastga tushirib, quruq, lekin ochiq, sovuq ob-havoni vujudga keltiradi. Shuningdek qishda bu joylarga shimoli-g’arbdan va g’arbdan keladigan siklon turli havo massasi ham ta‘sir etib, shimoli-sharqdan esuvchi havo massasi bilan to’qnashadi. Natijada qish ob-havosining tez-tez o’zgarib ochiq ayozli ob-havo nam, nisbatan iliq ob-havo bilan almashib turadi. Ba‘zi kunlari Sibir antisikloni bilan birga Qizilqum okrugining shimoliga Rossiya tekisligining janubi-sharqidan sovuq havo massasi ham yetib kelgach, harorat pasayib, —35° gacha tushadi.

Yoz uning hamma qismida deyarli bir xil bo’lib Qizilqum okrugida, quruq, ochiq, issiq, markaziy qismi esa qizib ketib, iyulning o’rtacha harorati 28°—30°ga yetadi. Nisbatan pastroq, iyulning 26°li izotermasi okrugning shimoli-g’arbiga to’g’ri keladi. Qolgan qismlarida esa iyulning o’rtacha harorati 26—28° atrofida o’zgaradi. Eng issiq 46° ga yetadi.

O’zbekistonning qurg’oqchil qismlaridan biri Qizilqum okrugi bo’lib, uning shimoli-g’arbida, Quyi Amudaryo okrugiga tutash qismlarida yillik yog’in miqdori 75—100 mm atrofida o’zgaradi. Yog’in miqdori okrugning janubi-sharqiy qismiga borgan sari ortib, 100—150 mm ga, qoldiq tog’lar va Nurota tog’lariga yaqin qismlarida esa 200 mm ga yetadi.

Yog’in yil fasllari bo’yicha Qizilqum okrugida notekis taqsimlangan. Yillik yog’inni 100% desak uning 48% bahorga 30% qishga, 19% kuzga, faqat 3% yozga to’g’ri keladi. Yog’inning bir qismi qor holida yog’sa-da, Qizilqumda u qalin bo’lmasdan (qalinligi 20 sm ga yetadi) uzoq vaqt saqlanmaydi (yiliga o’rtacha 20 kun qor qoplami bo’ladi). Okrugning shimoliy qismida qor oktabrdan aprel oyining oxirigacha, janubida esa noyabrning boshlaridan mart oyining oxirigacha bo’lishi kutiladi. Qor qoplami yupqa bo’lib, uzoq vaqt saqlanmaganligi tufayli mollarni qishda ham yaylovda boqiladi. Lekin ba‘zan qishda haroratning tez-tez pasayib ketishi chorvachilikka ancha salbiy ta‘sir etadi.

Qizilqum okrugida shamollar yil bo’yi shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-g’arbdan esib, tezligi o’rtacha sekundiga 3—4 m atrofida. Lekin qishda va bahorning boshlarida shimoli-sharqdan nisbatan kuchli shamollar esib turadi.

Qizilqum okrugida doimiy oquvchi mahalliy suvlari yo’q. Sababi iqlimining quruqligi (yog’inning kamligi, yozgi haroratning yuqoriligi tufayli mumkin bo’lgan bug’lanishning ko’pligi) tufayli. Amudaryo tranzi holda uning janubi-g’arbiy qismidan oqib o’tadi, xolos. Lekin bahorda qorlar eriganda, yomg’ir ko’proq yoqqanda Qizilqumning markaziy qismidagi past tog’larda vujudga keladigan vaqtli soylardan suv oqib, so’ngra ularning suvi qurib qoladi. Aksincha, Qizilqumda yer osti suvlari ancha ko’p. Okrugda grunt suvlari hamma qismida turon svitasi qumliklarida uchraydi. Bu tur yer osti suvi, asosan, yog’inlardan to’yinadi, lekin bug’lanish katta, binobarin, sho’r (minerallashish darajasi yuqori) bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri ichish uchun sifatsiz. Relyefi past yerlarda bu tur yer osti suvlaridan yaylovlarni suv bilan ta‘minlashda foydalaniladi. Qalin barxan qumlari ostida taxminan 100 m chuqurliklarda chuchuk grunt suvi mavjud bo’lib, minerallashish darajasi 0,3 dan 1,02 g/l ga yetadi. Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog’lar etaklaridagi prollyuvial yotqiziqlar orasida chuchuk grunt suvlarining katta miqdori mavjud.

Qizilqumda mezozoy davr yotqiziqlari va paleogen davr jinslari orasida bosimli artezian yer osti suvining katta zahirasi mavjud. Bu tur suvlar nisbatan chuchuk bo’lib, ba‘zi joylarda kovlanganda o’zi otilib chiqishi mumkin. Mingbuloq, Qoraxotin, Oyoqog’itma kabi botiqlarda burg’ulash paytida o’sha artezian suvlari o’zi otilib chiqqan har litr suvida minerallashish darajasi 1,0 grammdan, 3,0 grammgacha borishi mumkin.

Qizilqum okrugida yer osti suvining dinamik miqdori sekundiga 5,8—6,0 m3 ni tashkil etib, gidrogeologik rayonlar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: Markaziy Qizilqumda 11,0 m3 /sek, Qizilqumning shimoli-sharqi va shimolida 4,0 m3/sek, Qizilqumning shimoli-g’arbida (Orol bo’yida) 43,6 m3/sek.

Qzilqum okrugining shimoli-g’arbida sur-qo’ng’ir tuproq tarqalgan. Nisbatan relyefi pastroq bo’lgan yerlarda esa taqir va ta'qirli tuproqlar uchraydi. Bunday tur tuproqlarda chirindi kam bo’lib, gumus miqdori 0,4—0,5% gacha boradi.

Qizilqumda ko’plab qumli cho’l mavjudligiga qaramay, tuproqlari nisbatan xilma-xil. Bu hol ko’proq relef va uning letologik tuzulishiga bog’liq. Qizilqumda bo’z-qo’ng’ir, cho’l-qum, taqirli tuproqlar, taqirlar va sho’rlar tarqalgan. Vohalarda tuproq ko’proq o’tloq, taqirli-o’tloq turlariga oid. Marzali, ko’zanakli va do’ng qumlarda cho’l-qum tuproqlar tarqalgan. Odatda, ushbu tuproq turli o’simliklar bilan mustahkamlangan qum relyef shakllarida ko’proq uchraydi. O’zidan namni yaxshi o’tkazgani uchun yog’in-sochin qumning quyi qatlamlarda uzoq vaqt saqlanadi va o’simlik ildizlarini yetarli namlik bilan ta`minlab turadi. Tuproq profili ko’p qatlamlarda bo’linmaydi, butun qatlam bo’z rangliligi bilan ajralib turadi, karbanotning ko’pligi ( 6 % gacha) va chiridining kamligi (0,2 % gacha ) bilan tavsiflanadi. Janubi-sharqiy Qizilqumda sertepali tekisliklardagi cho’l-qum tuproqlarning quyi qatlamlarda ( 50 sm pastda ) tuz mavjud. Qumloq va gil tekisliklarda taqirlar va taqirli tuproqlar rivojlangan. Ularda sho’rlanish goho tuproq ustida, ba`zi joylarda quyidan boshlanadi yoki tuproq yuqoridan to ancha chuqurlargacha turli darajada sho’rlangan. Sug’oriladigan yerlarning tuproqlari o’tloq turiga oid, ular turli darajada sho’rlangan, ular qadimdan sug’orilib kelinayotgan voha tuproqlarida agroerrigatsion loyqa qalinligi 2-3 m va undan ko’p.

Qizilqum okrugi hududining 3—5 foiz maydonini o’simlik deyarli o’smaydigan qumlar egallagan. Qolgan 95—97 foiz maydoni u yoki bu darajada o’simliklar bilan qoplangan.

Qizilqum okrugi florasi cho’lga xos xususiyatlarga ega bo’lib, uzoq davom etgan jazirama quruq yoz sharoitiga moslashgan kserofit, psammofit va efemer turlaridir. Yaylovlarda о‘sadigan о‘simliklar qoplamiga iqlim omillari kuchli ta’sir kо‘rsatadi va odatda buta-о‘tchil о‘simliklarning vakillari yetakchilik qiladi. О‘simliklarning о‘rtacha yillik hosildorligi ob-havo sharoitiga, ya’ni kо‘proq namlikka bog‘liq holda 2,0-4,0 s/ga atrofida bо‘ladi.

Okrug bahorda ko’k tusga kirib, efemer va efemeroid o’simliklari — rang, qo’ng’irbosh, yaltirbosh, lolaqizg`aldoq, lola, boyg’alcha, chuchmoma, kovrak kabilar bilan qoplanadi. Lekin yozning boshlanishi bilan efemer va efemeroid o’simliklari sarg’ayib qurib qoladi, so’ngra o’z vegetatsiyasini psammofit, kserofit tur o’simliklari davom ettiradi.

Okrugning sho’rxok sho’rtob va sho’rxok-botqoq tuproqlar tarqalgan botiqlarida qora saksovul, yulg’un, baliqko’z, sarisazan, qorabaroq, potash va boshqa bir yillik sho’ralar uchraydi. Taqir va taqirli tuproqlar mavjud bo’lgan yerlarda donasho’r, bir yillik sho’ralar usadi. Chо‘l yaylovlarini asosan efemerli-butali hamda juzg‘un-saksovul assotsiatsiyali guruhlari tashkil etadi. Janubi-G‘arbiy Qizilqum chо‘l yaylovlarida asosan quyidagi guruhlarga mansub о‘simliklar tarqalgan:



Efemerlar va efemeroidlar. О‘zlarining vegetatsiya (о‘sish) davrini erta bahorda boshlab, tо‘liq rivojlanish siklini aprel-may oylarida tugatadi. Bu tur(nо‘xatak, rang, iloq, qo`ng`irbosh, yaltirbosh, arpag`on, oqchitir)ga mansub о‘simliklar qо‘ylar uchun bahor mavsumida turli vitaminlar va oqsillarga (karotin kо‘rinishida) boy kо‘k ozuqa, yoz oylarida esa quruq ozuqa sifatida ahamiyatli.

О‘tchil о‘simliklar. Bular ildiz tizimi yaxshi rivojlangan о‘simliklar bо‘lib (karrak, yantoq), yerning chuqurroq qatlamlaridagi suvlardan foydalanishga moslashgan. Dag‘al poyali о‘simliklar qо‘ylar uchun qimmatli va tо‘yimli ozuqa hisoblanadi.

Buta va yarim buta о‘simliklar. Ildiz tizimi kuchli, barglari esa kuchsiz rivojlangan о‘simliklar bо‘lib, tuproqning chuqur qatlamlaridagi suvlardan foydalanishga moslashgan (saksovul, juzg‘un, shuvoq va boshqalar). Bular mayda tuyoqli chorva uchun kuz va qish oylarida tо‘yimli ozuqa hisoblanadi.

Shо‘radosh о‘simliklar. Ildiz tizimi kuchsiz, barglari esa kuchli rivojlangan (baliqko`z, donasho`r), tarkibida kо‘p miqdorda tuz saqlovchi о‘simliklar bо‘lib, kuz va qish oylarida qо‘y-echkilar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.

Shuningdek, Janubi-G‘arbiy Qizilqum yaylovlarida efemerli-butali hamda juzg‘un-saksovul assotsiatsiyasi guruhli о‘simliklar о‘sib yaxshi rivojlanadi va ulardan chorva mollarini boqishda keng kо‘lamda foydalanish mumkin. Yuqorida qayd qilingan ozuqabop о‘simliklardan samarali foydalanish va ularni kо‘paytirish hamda muhofaza qilish mavjud bо‘lgan yaylovlar mahsuldorligini oshirishga imkon beradi va bu esa qorakо‘lchilikni rivojlantirishning istiqbolli yо‘llaridan biri hisoblanadi.

Okrug zoogeografik xususiyati jihatidan Turon provensiyasining Qizilqum zoogeografik rayoniga mansubdir. Okrug hayvonot olami Turkiston cho’llariga xos bo’lgan vakillar bilan tavsiflanadi. Lekin okrugda taroq barmoqli qo`shoyoq, xo’jasavdogar kabi endemik vakillar mavjud.

Qumli-cho’llarda kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qum sichqoni, shalpangquloq, qo`shoyoqlar, toshbaqa, tipratikan kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan dumaloq boshli kaltakesak,agama,echkemar,stsink gekkoni,o’qilon,qum bo’g’ma iloni, efa iloni (charx ilon) yashaydi.Sut emizuvchilardan cho’l mushugi, jayron, xongul, sayroq (oq quyruq), bo’ri, tulki, quyon uchraydi. Hasharotlardan esa chayon, qoraqurt, tarantul, falang, chigirtka bor.

Amudaryo sohilarida Qizilqum okrugida to`qayzorlar ham mavjud bo’lib, unda g’oz, o’rdak, qirg`ovul, to’ng’iz kabi hayvonlar bor. Qizilqum okrugidagi Amudaryo sohillarida joylashgan to’qay landshafti va u yerdagi o’simlik hamda hayvonlarni (xongul, jayron, to’ng’iz, qirg’ovul, o’rdak, g’oz va bosh.) muhofaza qilish uchun Qizilqum qo’riqxonasi tashkil etilgan.

Qizilqum okrugida qushlardan xo’jasavdogar, yilqichi, tentakqush, so’fito’rg’ay, yo’rg’a tuvaloq, qum chumchug’i kabilar uchraydi.

Qizilqum okrugi tabiiy boyliklarga serob hudud hisoblanadi. Eng muhim boyligi mineral resurslari (oltin, uran, gaz, fosforit, korund, grafit)dir. Bundan tashqari okrugda iqlim resurslari, yaylov-o’tloqlari, yer osti suvlari, mo’yna beruvchi hayvonlari ham mavjud bo’lib, ular yurt boyligidir.

Qizilqum okrugi o’z navbatida L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) ning rayonlashtirish tizimi bo’yicha Sulton Uvays, Shimoliy Qizilqum, Bo’kantog`, Yetimtog’, Janubiy Qizilqum, Tomditog`, Quljuqtog’ kabi tabiiy-geografik rayonlarga bo’linadi. 3-jadval

Qizilqumning ba`zi meteorologik stansiyalarida yog`inning taqsimlanishi

Meteostansiya

Yillar


1993

1996

1997

2000

2002

2003

2006

2008

2009

yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



yog`in

mm his.da



Buxoro

213,0

59,9

193,7

88,7

164,2

169,3

81,4

57,6

163,6

Oyoqog`itma

221,2

61,3

215,1

96,4

152,3

214,5

120,5

69,1

166,5

Qorako`l

196,7

69,7

160,9

89,4

181,0

187,6

96,7

60,6

162,6

Yakkatut

167,7

70,0

229,0

98,2

139,4

200,1

98,2

60,1

116,9


Qizilqum cho`llari tabiatidan foydalanish va muhofaza qilish masalalari
XXI – asr boshlanishida insoniyat oldida turgan eng jiddiy ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri, bu cho`llanish muammosidir. Cho`llanish, asosan arid mintaqa uchun xos bo`lib, yer, suv, o`simlik va boshqa resurslarning degeradatsiyalashuvidir (fr.degredation – asta-sekin yomonlashuvi).

Cho`llanish deganda tabiiy-geografik va antropogen jarayonlarning o`zaro ta‘siri yig`indisi bo`lib, arid hududlardagi ekosistemalarni yemirilishi, organik hayot shakllarining degeradatsiyalashuvi va bu hududlarning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarining pasayishi tushuniladi. Cho`llanish jarayoni oqibatida ekologik vaziyatning yomonlashuvi Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O`zbekiston hududi uchun ham nihoyatda muhim va dolzarb muammodir.

Tabiiyki, O`zbekistonda Sobiq ittifoqdan qanday ekologik holat qoldi degan savol tug`iladi? Ming afsuski, 70 yillik totalitar tuzumidan nihoyatda xatarli ekologik vaziyat va ekologik tanglik qoldi, xolos. BMT ning 48 sessiyasida (1993 yil, sentyabr) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning so`zlagan nutqida – «………. biz iqtisodiyoti haddan tashqari izdan chiqqan va ekologiyasi buzilgan respublika bo‘lib ……, bu hudud aslini olganda, sobiq SSSR tarkibida faqat xom-ashyo manbai bo‘lib, bu yerdan arzon xom-ashyo olib chiqib ketilgan1»ligi qayd etilgan edi. Bu esa yillar o`tgan sayin vahimali sur‘atda avj olib borgan ekologik tanglik ostonasiga olib keldi. Suv resurslaridan uzoqni ko`rmay pala-partish foydalanish, pirovard natijada Orol dengizining qurishiga, katta maydonlardagi yerlarning sho`rlanishiga va boshqa ko`pgina og`ir ekologik oqibatlarga sabab bo`ldi.

Inson xo`jalik faoliyatining kuchli ta‘siri natijasida O`zbekiston hududining 60%dan ko`proq maydonida har xil darajada cho`llanish jarayoni sodir bo`layapti. Cho`llanish jarayonining shiddatli borishi ko`pgina sotsial-iqtisodiy va ekologik oqibatlarga olib kelmoqda. Avvalo shuni aytish kerakki, O`zbekiston hududida cho`llanish barqaror yo`nalishga (tendentsiyaga) ega bo`lib, bu jarayon chuqurlashib va kengayib bormoqda.

Suv resurslarining tobora kamayib, ularning sifati yomonlashib borishi, bozor munosabatlariga o`tish davrida iqtisodiyotdagi va ekologiyadagi qiyinchiliklar munosabati bilan sug`orishda ishlatiladigan suvlar sifatining hamda gidromeliorativ tizimlar texnik holati sifatining yomonlashuvi (ko`p joylarda bo`ylama zovur quduqlarining ishdan chiqishi, yopiq yonlama zovur-oqova suvlarni chiqarish oqimlarini samaradorligini pasayishi va boshqalar), sug`oriladigan yerlar sho`rlanishini doimo monitoring o`tkazib turishning yo`qligi bilan bog`liq holda keyingi yillarda Qizilqumda tuproqlarning ikkilamchi sho`rlanish jarayonining tezlashishi kuzatilmoqda. Bunga sabab umuman O`zbekiston bo`yicha, ayniqsa sug`oriladigan yerlarda o`tgan asrning 60-yillariga nisbatan yer osti suvi sathining ko`tarilib ketishidir.

Markaziy Osiyoda ekologik vaziyat jiddiylashuvining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari aholi migratsiyasining paydo bo`lishiga ham sabab bo`ldi. Masalan, Orol dengizining qurishi tufayli Orolbo`yi rayonidan bir necha ming oilaning ko`chib ketishiga sabab bo`ldi.

Cho‘l landshaftlari resurslaridan samarali foydalanish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega, sababi landshaft resurslari tarkibidagi o‘simlik zahiralari yoki cho‘l hududlarining yaylovlaridan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘lib, qo‘shimcha daromad to‘plashda asosiy manbalardan hisoblanadi. Cho`llarning shimoliy hududlarida ham qo‘y chorvachiligini rivojlantirish uchun qulay yaylov fondi mavjud. Bu mintaqalardagi saksovulli-jusanli yaylovlar eng hosildorli o‘tloqlar qatoriga kiradi. Ularning saksovulli-jusanli yaylovlari 60% ni, buyurgunli-jusanli va qorasaksovulli yaylovlari esa 40% ni tashkil etadi.

Keyingi yillarda cho`llarning shimoliy hududida artezian quduqlari orqali tabiiy yaylovlarni suvlantirish boshlandi va sekundiga 20-100 litr suv yetishtirib beradigan quduqlar ishga tushirildi. Natijada tez vaqt ichida faqat o‘z-o‘zidan suv chiqarib beradigan yirik skvajinalar va 30 dan ortiq shaxta tipidagi quduqlar ishga tushirildi. Bu hududda ixtisoslashgan qo‘y chorvachiligi xo‘jaliklarini tuzishga va chorva mollarining bosh sonini ko‘paytirishga zamin yaratmoqda. Amudaryoning chap va o`ng qirg‘oqlarida joylashgan tumanlardagi qo‘y chorvachiligi, tuyachilik tarmoqlari uchun foydalanishga yaroqli yaylovlar mavjud. Ularni suv bilan ta’minlash deqhonchilik hududlarida tayyorlanadigan yem-xashak va yaylovlar hisobidan yetarli hajmda ozuqa balansini tuzish mumkin.

Xullas, Markaziy Osiyo uchun cho`llanish jarayoni jiddiy xavfdir. Markaziy Osiyo davlatlari sobiq Ittifoq davrida ayniqsa keyingi qirq yilda (1950-1990 y.) salbiy ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarga duch keldi. Hozirgi davrda esa murakkab, ko`p qirrali, qarama-qarshi va sohalararo mazmunga ega bo`lgan bu ekologik muammolarni yechish talab qilinadi. Shu bois uning muhim qismi bo`lgan cho`llanish jarayonini tadqiq qilishda va uni baholashda yangicha harakat, fikr va yondoshuvlar zarur.
XULOSA

Mavzuni o’rganib shuni xulosa qilamizki, cho’l tabiat resurslaridan samarali foydalanishda quyidagilarni amalga oshirish lozim.

- cho‘l hududlarini chorvachilikda foydalanishning samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligidan olinadigan yalpi ichki mahsulotning hajmini ko‘paytirishga va qishloq joylarida aholining yashash sharoitini yuksaltirishga mustahkam poydevor tuzishga zamin yaratiladi.

- ikkilamchi sho‘rlanishlarning paydo bo‘lishi va sho‘rlashgan yerlar ko‘lamining kengayib borishini oldini olish chora –tadbirlarini ishlab chiqish;

- tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishga uchraganligi va ayrim turlarni yo‘qolib ketishini oldini olish;

- kimyoviy va mineral o‘g‘itlarni me’yoridan ortiqcha qo‘llanilishi oqibatida suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining zararlanishi hamda qishloq xo‘jalik ekinlari, aholi orasida turli kasallliklarni kelib chiqishini oldini olish;

- sug‘orish tizimlari va inshootlarini qayta rekonstruksiya qilish;

- o‘zlashtirilgan yerlardan samarali foydalanish, tabiiy va iqtisodiy geografik omillarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini landshaft tiplariga moslashtirib joylashtirish;

- buzilgan antropogen landshaftlarni rekultivatsiya qilish va ularning geoekologik muvozanatini tiklash;

- ayniqsa o‘simliklari nobud bo‘lgan gaz va neft quduqlari atrofidagi yerlarda fitomeliorativ ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

- qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida yer resurslaridan foydalanishni ilmiy asosda oqilona tashkil etish va yer resurslarini muhofaza qilish uchun ham ekologik jihatdan, ham iqtisodiy nuqtai – nazardan samarador bo`lgan tadbirlar majmuasini belgilashni taqoza etadi.

- O`rta Osiyo cho‘llarini kompleks o‘rganish va shu asosda ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilishning geografik asoslarini ishlab chiqish.



Cho‘llarda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni yaxshilash, muhofaza qilish, mavjud ekologik muammolarning yechimini topish, barqaror rivojlanishning asosi hisoblanadi.


ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Аббосов С.Б Ўрта Осиё чўлларини таснифлаш масалалари // “Чўл зонаси ландшафтлари ресурсларидан самарали фойдаланишнинг географик асослари” Республика илмий- назарий, амалий конференция материаллари Бухоро, 2010 й.б. 63

2. Абдулқосимов А.А., Аббосов С.Б. Чўлларнинг вужудга келиши, шаклланиши ва географик тарқалиши // Ўзбекистон География жамияти ахбороти. – Т., 2007. 28-жилд, – Б. 6-10.

3. Акромов З.М. Проблем хозяйственного oсвоения пустинных и горно -предгорных территории. – T.: Узбекистан, 1974. –176 с.

4. Zokirov Sh.S., Hasanov I.A. O`rta Osiyo cho`l landshaftlarining ekologik sharoiti. O`zGJ axboroti 29-jild, T., 2007.

5.Ёрқулов Р.И. Табиий омиллар таъсирида Қашқадарё чўл ландшафтларининг чўлланиши ” O’zbekiston geografiyasi: tabiati,aholisi, xo’jaligi”

1 Каримов И.А. Выступления Президента республики Узбекистан И.А.Каримов на 48 сессии Генеральной Ассамблеи ООН. Изд. «Узбекистан», Ташкент, 1993. с.8.

Download 38,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish